Toshkent moliya instituti sh. N. Fayziev, R. D. Dusmuratov, A. A. Karimov, I. N. Kuziev, A. Z. Avlokulov


 Asosiy vositalar auditida foydalaniladigan ma’lumot manbalari



Download 2,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/156
Sana19.02.2022
Hajmi2,19 Mb.
#457986
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   156
Bog'liq
Audit 2014 Sh.N. Fayziyev darslik

 
2. Asosiy vositalar auditida foydalaniladigan ma’lumot manbalari 

Asosiy vositalarni auditorlik tekshiruvdan o’tkazishda foydalaniladigan 


manbalar buxgalterlik hisobning korxonada qabul qilingan tashkiliy shakliga ham 
bog’liq. Bular hisobni qo’lda yuritish sharoitida: jurnal-orderlar, vedomostlar, 
kartochkalar: avtomatlashtirilgan hisob sharoitida esa kompyuter dasturlari, 


221 
mashinagrammlaridir. Lekin hisobning har qanday shakli sharoitida ham asosiy 
vositalarning harakatiga oid muomalalar (kirimi, chiqimi, xo’jalik ichidagi 
siljishi, ta’mirlanishi) me’yoriy hujjatlar va dastlabki hujjatlashtirishning 
unifikatsiyalangan idoralararo shakllari bilan rasmiylashtirilishi lozim. Ular 
qatoriga quyidagilar kiradi: 
*
asosiy vositalar buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish masalalarini tartibga 
soladigan asosiy me’yoriy hujjatlar; 
*
korxonaning hisob siyosati to’g’risidagi buyrugi; 
*
asosiy vositalarni hisobga olishda korxonada qo’llaniladigan analitik va 
sintetik hisob registrlari; 
*
buxgalteriya hisobotlari; 
*
asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish (ichki siljish) dalolatnomasi 
(naqladnoyi) (AV-1 shakl); 
*
ta’mirlangan, qayta jihozlangan va zamonaviylashtirilgan ob’ektlarni qabul 
qilish-topshirish dalolatnomasi (AV-2 shakl); 
*
asosiy vositalarni hisobdan chiqarish dalolatnomasi (AV-Z shakl); 
*
avtotransport vositalarini hisobdan chiqarish dalolat-nomasi (AV-4 shakl); 
*
asosiy vositalarni hisobga oladigan inventar kartochka (AV-6 shakl);
*
asosiy vositalarni hisobga oladigan inventar kartochkalar ro’yxati (AV-7 
shakl); 
*
asosiy vositalar harakatini hisobga oladigan kartochka (AV-8 shakl); 
*
asosiy vositalarning inventar ro’yxati (ishlatish joylari bo’yicha) (AV-9 
shakl).
Auditor ushbu me’yoriy hujjatlar, hisob registrlari va dastlabki hujjatlarda 
asosiy vositalar harakatini rasmiylashtirish uchun javobgar shaxslar imzolarining 
mavjudligi va haqqoniyligiga e’tibor qaratib, barcha rekvizitlarning to’g’ri 
to’lg’azilganligini aniqlaydi.


222 
Auditor korxonaning hisob siyosati to’g’risidagi buyruqda bayon qilingan - 
asosiy vositalarni hisobga olish uslubiyoti bilan tanishib chiqishi lozim. Bunda 
xususan quyidagilarni aniqlash zarur: 
*
ob’ektlarni asosiy vositalar va aylanma mablag’lar qatoriga olib borish 
uchun ular qiymatining belgilangan chegaralari; 
*
qiymatidan qat’iy nazar asosiy vositalar qatoriga olib boriladigan ob’ektlar 
ro’yxati; 
*
asosiy vositalar bo’yicha amortizatsiya hisoblash usullari; 
*
asosiy vositalarni ta’mirlash uchun qilingan xarajatlarni aks ettirish tartibi; 
*
hisobot yilining 1 yanvar holatiga asosiy vositalarni qayta baholash ko’zda 
tutilganligi; 
*
asosiy vositalarni inventarizatsiya qilish muddatlari; 
*
asosiy vositalar mavjudligi va harakatiga doir muomalalarni hisobga olish 
uchun 
ishchi schyotlar rejasi
da belgilangan schyotlar ro’yxati.
Asosiy vositalar mavjudligi va harakatiga doir muomalalarni hisobga olishda 
qo’llaniladigan va tekshiruvda auditor tomonidan jalb qilinadigan, sintetik va 
analitik hisob registrlari buxgalteriya hisobining korxonada qo’llanilayotgan 
shakliga bog’liq. Ularga 0110-0199, 0211-0299, 0310 schyotlar bo’yicha sintetik 
hisob registrlari, sintetik va analitik hisob bo’yicha oborot vedomostlari, saldo 
vedomostlari kiradi.
Asosiy vositalar harakatiga doir muomalalar, odatda, dastlabki hujjatlarning 
unifikatsiyalangan (yagona shaklga keltirilgan) shakllari bilan, ayrim hollarda esa 
korxonada ishlab chiqilgan va hisob siyosati to’g’risidagi buyruq bilan 
tasdiqlangan dastlabki hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi.
Auditor tekshiruv chog’ida moliyaviy hisobotning quyidagi shakllaridan 
foydalanadi: 
*
buxgalteriya balansi (1-shakl); 
*
moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot (2-shakl); 
*
asosiy vositalar to’g’risida hisobot (3-shakl); 


223 
*
pul oqimlari to’g’risidagi hisobot (4-shakl); 
*
xususiy kapital to’g’risida hisobot (5-shakl); 
*
izohlar, hisob-kitoblar, tushuntirishlar.
Buxgalteriya balansi (1-shakl)da korxonaga mulkiy huquq aso-sida, tezkor 
boshqaruv va xo’jalik yuritish uchun taalluqli bo’lgan asosiy vositalar I - «Uzoq 
muddatli aktivlar» bo’limidagi «Asosiy vositalar» moddasida boshlang’ich 
qiymati, eskirish va qoldiq qiymatlari bo’yicha batafsil beriladi. Asosiy vositalar 
balansda HETTO bahosi ya’ni qoldiq qiymati bo’yicha aks etti-riladi (belgilangan 
tartibga muvofiq qiymati qoplanmaydigan (amortizatsiya hisoblanmaydigan) 
asosiy vositalar ob’ektlaridan tashqari).
«Asosiy vositalar harakati to’g’risida hisobot» (3-shakl) bo’yicha quyidagilar 
to’g’risidagi ma’lumotlar o’rganiladi: 
*
asosiy vositalar alohida turlarining hisobot davri boshi va oxiriga 
mavjudligi hamda hisobot davri davomidagi harakati (kirimi, chiqimi). Asosiy 
vositalar dastlabki qiymati (tiklash qiymati) bo’yicha ko’rsatiladi; 
*
barcha asosiy vositalar, shuningdek ularning ayrim guruhlari: binolar va 
inshootlar, mashinalar, qurilmalar, transport vositalari va boshqalar; 
*
butunligicha yoki ayrim turlari (binolar, inshootlar va hokazo) bo’yicha 
ijaraga berilgan asosiy vositalarning hisobot davri boshiga va oxiriga mavjudligi; 
*
konservatsiyaga qo’yilgan asosiy vositalarning hisobot davri boshi va 
oxiriga mavjudligi.
Moliyaviy hisobotga tushuntirish va izohlarda №1 «Hisob siyosati va 
moliyaviy hisobot» nomli buxgalteriya hisobi milliy standarti (BHMS) dagi 
qoidalardan kelib chiqib, quyidagilar to’g’risidagi axborotlar bayon qilinadi 
(ochib beriladi): 
*
asosiy vositalar buxgalteriya hisobiga qabul qilingandagi qiymatining 
o’zgarishi (qo’shimcha qurish, qo’shimcha jihozlash, qayta jihozlash va qisman 
tugatish hollari ham qo’shilib); 


224 
*
korxonada asosiy vositalarning foydali xizmat qilish muddatlarini 
belgilash (asosiy guruhlari bo’yicha); 
*
qiymati qoplanmaydigan (amortizatsiya qilinmaydigan) asosiy vositalar; 
Aniqlangan xatolar auditorlik hisobotida tafsilotlari bilan aks ettirilishi lozim. 
Zarur hollarda auditor qarama-qarshi tekshiruv o’tkazishi ham mumkin.
Amaliyotda asosiy vositalar harakatiga oid muomalalarini ixtiyoriy shakldagi 
(o’zboshimcha tuzilgan) hujjatlar bilan rasmiylashtirish kabi qonunbuzarlik 
hollari ham ko’plab uchraydi.

Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish