217
14.
Tanlab tekshirish natijalarining tahlili;
15.
Me’yoriy hujjatlar bo’yicha aniqlangan kamchiliklar ro’yxati;
16.
Asosiy vositalar auditi bo’yicha xulosa.
Auditor ushbu asosiy masalalarni o’rganib, ularga auditorlik hisobotining
tahliliy qismida baho berishi va yo’l qo’yilgan xatolar hamda hisobning
belgilangan qoidalaridan chetga chiqish hollarini bartaraf qilish bo’yicha takliflar
berishi lozim.
Auditor asosiy vositalar auditini boshlashda xo’jalikka kelishi bilan birinchi
navbatda quyidagilarni aniqlashi zarur:
korxonaning asosiy vositalar hisobini tashkil qilish bo’yicha
tekshirilayotgan hisobot davridagi
hisob yuritish siyosati, uning o’tgan hisobot
davridagiga nisbatan o’zgarishi bilan tanishish;
asosiy vositalarning so’nggi invetarizatsiya(ashyoviy ro’yxat)dan
o’tkazilishi va uning natijalarini aniqlash;
asosiy vositalarni so’nggi qayta baholash materiallari va ularning hisobda
aks ettirilishi bilan tanishish. Bunda auditor O’zbekiston Respublikasi Moliya
Vazirligi, Makroiqtisodiyot
va statistika vazirligi, O’zbekiston Respublikasi
Davlat mulk qo’mitasining tegishli me’yoriy hujjatlariga muvofiq korxona
balansida turadigan va qayta baholangan asosiy vositalar tiklanish qiymati
bo’yicha aks ettirilishini nazarda tutishi lozim.
korxonada asosiy vositalarni hisobdan chiqarish bo’yicha
doimiy komissiya
tashkil etilishi: asosii vositalarni foydalanish joylarida saqlash uchun javobgar
shaxslar haqida buyruk (farmoyish) ning mavjudligini tekshirish, shuningdek,
ular bilan shaxsan to’la moddiy javobgarlik to’g’risida shartnomalar tuzilganligini
aniqlash;
218
tadbirkor sifatida ro’yxatga olingan va ro’yxatga olinmagan yuridik hamda
jismoniy shaxslar bilan asosiy vositalar ijarasi bo’yicha
tuzilgan shartnomalarni
o’rganish:;
buxgalteriyada asosiy vositalar kartotekasi (AV-6 va AV-8 shaklidagi
inventar kartochkalar) va komp’yuterda yoki qo’lda baja-riladigan variantdagi
aniq inventar ro’yxati (AV-9 shakl) yuritilishiga ishonch hosil qilish lozim;
ishdan bo’shab ketgan moddiy javobgar shaxslar haqida ma’lumotlar
(buyruqlar, xodimlar ro’yxati)ni o’rganish ;
asosiy vositalar hisobini yuritish qoidalari
bayon qilingan amaldagi
me’yoriy hujjatlar va asosiy vositalar hisobiga doir yagona shakldagi
(unifikatsiyalangan) idoralararo dastlabki hujjatlarning shakllari bilan korxona
buxgalteriyasi qay darajada ta’minlanganligini aniqlash.
Shu tarzda olingan ma’lumotlar auditorga mazkur korxonada asosiy vositalar
hisobining tashkil etilishi haqida umumiy tasavvurga ega bo’lish imkonini va
tekshiruvda maxsus e’tibor berish lozim bo’lgan masalalarni aniqlashga yordam
beradi.
Auditor asosiy vositalar hisobiga doir
muomalalarni tek-shirishni
boshlashidan oldin ichki nazoratning ahvolini test usulida aniqlashi maqsadga
muvofiqdir. Bu nafaqat ichki nazorat tizimining ishonchliligini baholash, balki
auditorlik tekshiruvi o’tkazish dasturiga tuzatish kiritishga ham imkon yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: