1-BOB. AUDITNING MOHIYATI, UNING MAQSADI VA VAZIFALARI
1. Auditning paydo bo’lishi va rivojlanishi
«Audit» tushunchasi lotincha bo’lib, «auditing» - aynan tarjimasi «u
eshitayapti», «eshituvchi» degan ma’nolarni bildiradi. Birinchi mustaqil
auditorlar XIX asrda, Evropadagi yirik aktsionerlik kompaniyalarida vujudga
kelgan.
Auditning tarixiy vatani deb Angliya hisoblanadi. 1844 yil kompaniyalar
to’g’risida bir qator qonunlar chiqib, ularda aktsioner kompaniyalari bir yilda bir
marotaba maxsus mutaxassislarni taklif qilib buxgalteriya schetlarini tekshirib va
aktsionerlar oldida hisoboti eshitilishi lozim edi.
Moliviy nazorat va uning turlari
Iqtisodiyotda sodir bo’ladigan iqtisodiy inqirozlari buxgalter auditorlar
xizmatiga bo’lgan talabni yanada kuchaytirdi. Bu davrlarda auditorlik tekshiruvi
Nazoratning
qo’llanish
doirasi
Yuridit
shaxsga
nisbatan
nazorat
shakli
Nazorat sub’ektlari
Nazoratni olib boruvchi
shaxs yoki organ
1
Boshkaruvdagi
nazorat
(keyinchalik)
X1X asrlarga
kadar
Tashki
Dalat nazorati
(keyinchalik)
Davlat boshkaruvidagi mutaxasis
xodimlar
2
Moliyaviy
nazorat
(Dastlabki,
joriy va
keyinchalik)
Ichki
Taftish va nazorat
guruxlari
Buxgalter –iktisodchi mutaxasislar
Ichki audit bulimi
Malaka sertifikatiga ega auditorlar
Tashki
Davlat nazorati
O’z.R. xisob palatasi,
O’z.R. Moliya vazirligi,
O’z.R. Solik kumitasi,
O’z.R. Bojxona kumitasi,
O’z.R. Prokuraturasi va boshka yuridik
tashkilotlar mutaxasislari
Bank va irjalar
nazoarti
mutaxasislar
Moliyaviy yuridik
ekspertiza
mutaxasislar
Tashki audit
Malaka sertifikatiga ega auditorlar
5
sifatiga talablar murakkablashtirildi hamda majburiy tus oldi. Bular hammasi
ushbu xizmatga bozor talabini oshirdi. Hamma davlatlarda iqtisodiy va moliyaviy
axborotlarga zarur talablar belgilanib, ular auditor xulosasi bilan birga albatta
chop etilishi belgilandi. Audit aldamchilikka qarshi katta qurol bo’lib xizmat qila
boshladi.
Angliyada auditorlar deb moliyaviy hisobotning ishonchliligini nazorat
qilish bilan shug’ullanuvchi barcha mutaxassislar, shu jumladan davlat
tashkilotida ishlayotgan mutaxassislar ham hisoblanadi. Frantsiyada mustaqil
moliyaviy nazorat bilan shug’ullanuvchi ikki professional tashkilot buxgalter
ekspertlar ularning vakolatiga bevosita buxgalteriya hisobini, hisobot tuzish
ushbu doirada konsalting xizmatlari ko’rsatish hamda moliyaviy hisobot
ishonchliligini nazorat qiluvchi schetlar bo’yicha komissarlar mavjud. AQShda
moliyaviy hisobotning ishonchliligini tekshiradigan diplomli jamoat buxgalterlari
mavjud.
Rivojlangan barcha davlatlarda buxgalter auditor mutaxassisligini
egallashga hohish bildirganlar uzoq yillar davomida o’qishi amaliyot bilan
shug’ullanishi va ko’plab imtihonlarni topshirishlari lozim.
Auditning vujudga kelish
1
Boshkaruv
nazoratining tashkil
etilishi
Xitoyda eramizdan 700 yil avval davlat xodimi ( tsenz)
teritoriyalarda nazorat olib borgan
Rim imperiyasida eramizdan 200 yil avval davlat xodimi (
kvestor) teritoriyalarda nazoart olib borgan
2
Audit
atamasining
ishlatilishi
1324 yil Angliya kiroli «Eduard 11» 3 ta auditorni ( «Audit»
lugatiy mazmuni –u eshitadi) tayinlagan. Chunki viloyat
territoriya boshliklari moliyaviy ishlar buyicha xisobot berishni
bilmagan.
1689 yil Rossiyada Petr 1 podshox armiyadagi mulkiy
munozaralarni tekshirish uchun belgiladi
3
Davlat mikyosida
majburiy auditning
kiritilishi
(konun bilan
belgilanishi)
1862 yili Angliyada, 1867 yili Frantsiyada, 1931 yili
Germaniyada, 1937 yili AKShda, 1982 yili Xitoyda,
1987 yili Rossiyada 1992 yili Uzbekiston Respublikasida
6
Moliya Vazirligi auditorlar palatasi professional buxgalterlar uyushmasi va
boshqalar Respublikadagi auditorlik tashkilotlari faoliyatini tekshirib, ish
sifatlarini nazorat qilib turadilar.
Auditning zarurligi.
Auditorlik xizmatiga bo’lgan ehtiyoj quyidagi omillar
sababli vujudga keladi:
-
Axborot tuzuvchilar (rahbariyat) tomonidan ob’ektiv bo’lmagan
hisobotlar tuzilishi ehtimoli va uning oqibatida axborot foydalanuvchilar va uni
tayyorlovchilar orasida nizo vaziyatlari vujudga kelishi;
-
Qarorlar qabul qilishning sifatli axborotga bog’liqligi;
-
Axborotlarni tekshirish uchun maxsus bilimlarning zarurligi;
-
Foydalanuvchilarga axborotning sifatliligini baholash uchun ruxsatning
mavjud emasligi;
Yuqoridagi va boshqa sabablar mustaqil ekspert, etarli darajadagi
tayyorgarlik, kvalifikatsiya tajriba va bunday xizmat ko’rsatishga huquqi bo’lgan
xizmatni ijtimoiy taqazo qiladi. Auditorlik xizmati - bu moliyaviy axborotlarning
ishonchliligini belgilovchi va boshqa buxgalteriya hamda maslahat xizmatlarini
ko’rsatuvchi faoliyat.
Ishonchli axborot kapital bozorining samarali amalga oshishi va baholash
imkoniyatini hamda turli iqtisodiy qarorlarning istiqbolini aniqlashga yordam
beradi. Auditorlik tekshiruvlarini, u majburiy bo’lmagan holda o’tkazilishi ham
katta ahamiyatga ega.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxona kredit muassasalari va boshqa xo’jalik
sub’ektlari bilan mulk, mablag’ va tijorat operatsiyalari hamda investitsiya
faoliyatlarida
shartnoma
asosida
munosabatda
bo’ladilar.
Ushbu
munosabatlarning ishonchliligi va hamkorlikning hamma qatnashchilari
moliyaviy axborotlardan foydalanishlari asosida tashkil etiladi. Bu axborotlarning
ishonchliligi mustaqil auditorlar tomonidan tasdiqlanadi.
7
Davlat uchun iqtisodiyot va soliqqa tortish sohalarida qarorlar qabul qilishda,
sud, prakratura va tergov jarayoni uchun moliyaviy hisobotlarni ishonchliligini
korxonalar faoliyati natijalari to’g’risida axborotlarni mustaqil tasdiqlash
muhimdir. Ayrim mualliflarning fikricha audit zarurligini asoslash uchun agentlar
nazariyasi yaratildi. Ushbu nazariyaga asosan audit ma’lum bir shaxslar
moliyaviy axborotlarining ishonchliligi va doirasi tushuniladi. Aniq va to’g’ri
ma’lumot nafaqat investorlar yoki aktsionerlar, balki kreditorlarga qarzning
qaytarilishini to’g’ri baholash va foizlarni hisoblash uchun ham zarur. Davlat
iqtisodiy siyosatni va soliq tizimini ishlab chiqish uchun ushbu aniq
ma’lumotlarga tayanadi.
Auditorlik xizmatlarining asosiy vazifasi axborotlardan foydalanuvchilarga
taqdim qilinadigan hisobotlar to’g’risida xolis fikr-mulohazalar bildirishdir.
Auditorlar etarli bilim va tajribaga, shuningdek, buxgalteriya hisobi hujjatlari va
asoslovchi ma’lumotlarni olish huquqiga ega bo’lganliklari uchun bu vazifani
malakali darajada bajaradilar. Bundan tashqari, ular korxona ma’muriyatiga
bo’ysunmaydigan va uning tazyiqlaridan holidirlar.
Auditorlik faoliyatining rivojlanishiga 1929-1933 yillardagi jahon iqtisodiy
tanazzuli katta turtki bo’ldi. Bu davrda aktsiyadorlik jamiyatlari va boshqa
korxonalarning ko’pchiligi inqirozga yuz tutdilar. Natijada hisobotlarni, xususan,
balans, foyda va zararlar to’g’risidagi hisobot ma’lumotlarini tasdiqlash tartibini
qat’iy belgilash, ularning to’g’riligi va haqqoniyligini mustaqil auditorlar
tomonidan tekshirish ehtiyoji yuzaga kelgan .
Dastlab auditorlik vazifalari aniq belgilanmagan bo’lib, barcha investorlar,
aktsiyadorlar, kreditorlar auditorlarni o’zlarining himoyachisi sifatida qabul
qilganlar.
Auditorlar haqida ularni aktsiyadorlar oldidagi mas’ul shaxslar deb qarash
1929 yilda «Kompaniyalar to’g’risidagi qonun» chiqarilishi bilan o’zgardi. Ushbu
qonunga muvofiq barcha kompaniyalar o’zlarining moliyaviy hisobotlarida foyda
va zararlarni majburiy ravishda ko’rsatishlari belgilab qo’yildi.
8
Oxirgi
25 yil mobaynida
auditorlik faoliyati 3 xil rivojlanish bosqichidan
o’tdi:
1.
Do'stlaringiz bilan baham: |