Toshkent moliya instituti sh. N. Fayziev, R. D. Dusmuratov, A. A. Karimov, I. N. Kuziev, A. Z. Avlokulov



Download 2,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/156
Sana19.02.2022
Hajmi2,19 Mb.
#457986
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   156
Bog'liq
Audit 2014 Sh.N. Fayziyev darslik

 
 
Moliyaviy hisobotning asosiy vositalarga doir hisobot shakllari 
ko’rsatkichlarining o’zaro mosligini tekshirish.
№ 
Ko’rsatkichlar 
Ming sum. № 
Ko’rsatkichlar 
Ming sum.
Farqi 
ming 
so’m 

1 Asosiy 
vositalarning 
boshlang’ich qiymati: 
a)yil boshiga (010-satr, 3-ustun) 
b)yil oxiriga (010-satr, 4-ustun) 
143261, 0 
149118, 0 
3 Asosiy 
vositalarning 
boshlang’ich qiymati: 
a)yil boshiga (130-satr, 3-
ustun) 
b)yil oxiriga (130-satr, 4-ustun) 
143261, 0 
149118, 0 


2 Asosiy vositalarning eskirishi: 
a) yil boshiga (011-satr, 3-ustun) 
b)yil oxiriga (011-satr, 4-ustun) 
17776, 0 
26009, 0 
3 Asosiy vositalarning eskirishi: 
a)yil boshiga (130-satr, 7-
ustun) 
b)yil oxiriga (130-satr, 10-
ustun) 
17776, 0 
26009, 0 


3 Asosiy vositalarning qiymati: 
a) yil boshiga (012-satr, 3-ustun) 
b)yil oxiriga (012-satr, 4-ustun) 
125485, 0 
123109, 0 
3 Asosiy vositalarning qiymati: 
a) yil boshiga (130-satr, 11-
ustun) 
b)yil oxiriga (130-satr, 12-
ustun) 
125485, 0 
123109, 0 


 


229 
Buxgalteriya hisoboti va Bosh daftar (yoki tegishli hisob registrlari) 
ko’rsatkichlarining mosligini tekshirishda №3 shakldan foydalaniladi.
Ushbu amallarni bajarish natijalari quyidagi tarzda rasmiylashtiriladi. 
 
 
Moliyaviy hisobotning asosiy vositalar bo’limi bo’yicha ko’rsatkichlarni 
Bosh daftar bilan taqqoslash.
 
Hisobot
 
Bosh daftar
 

Satr nomi
so’m. 
Schyot 
shifri
Schyot nomi
So’m
Farqi
1
So’
m
%
2
Jami asosiy vositalar yil 
boshiga boshlang’ich 
qiymati (130-satr, 3-ustun)
143261, 
0
0110-
0190
Schyotning hisobot 
yilining 01. 01. ga 
qoldigi 
143261, 0
-
-
3
Jami asosiy vositalar yil 
oxiriga 
boshlang’ich qiymati (130-
satr, 6-ustun)
149118, 
0
0110-
0190
Schyotning hisobot 
yili 31. 12 ga qoldigi
149118, 0
-
-
4
Asosiy vositalar eskirishi, 
yil boshiga 
(130-satr, 7-ustun)
17776, 0
0210-
0290
Schyotning hisobot 
yili 01. 01. ga qoldigi
17776, 0
-
-
5
Asosiy vositalar eskirishi yil 
oxiriga (130-satr, 10-ustun)
26009, 0
0210-
0290
Schyotning hisobot 
yili 31. 12 ga qoldigi
26009, 0
-
-
6
Asosiy vositalar kirimi 
(ishga tushirilishi) (130-satr, 
4 ustun)
12730, 0
0110-
0190
Schyotlarning hisobot 
davridagi debet 
oborotlari summasi
12730, 0
-
-
7
Asosiy vositalar chiqimi 
(130-satr, 5-ustun)
6873, 0
0110-
0190
Schyotlarning hisobot 
davridagi debet 
oborotlari summasi
6873, 0
-
-

- tegishli schetlar qoldiqlarining yigindisi olinadi.




230 
Keyinchalik Bosh daftar ma’lumotlarini sintetik va analitik hisob registrlari 
ko’rsatkichlari bilan solishtirish natijalari bo’yicha tekshiruv davom ettiriladi. 
Asosiy vositalar analitik hisobining inventar kartochkalari ma’lumotlari bilan 
taqqoslanadi. Auditor asosiy vositalar guruhlari bo’yicha harakat ko’rsatkichlarini 
inventar kartochkalar bo’yicha analitik hisob ma’lumotlari bilan mosligini 
tekshirishi mumkin. Auditor tekshiruvning mazkur bosqichida kuzatib chiqish 
amallari yordamida dastlabki hujjatlar ma’lumotlarining analitik va sintetik hisob 
registrlarida aks ettirilishini, Bosh daftar yozuvlarini tekshiradi. Natijada u asosiy 
vositalar harakatiga doir muomalalar buxgalteriya hisobi schyotlarida to’g’ri aks 
ettirilganligiga ishonch hosil qiladi.
 
Asosiy vositalar analitik hisobini tashkil etish auditida auditor moddiy 
javobgar shaxslarni va ular bilan tuzilgan to’liq moddiy javobgarlik to’g’risidagi 
shartnomalar mavjudligini aniqlashi zarur. Agar shartnomalar bo’lmasa, u holda 
auditor ularni tuzishni tavsiya qilishi lozim.
Amaldagi tartibga ko’ra asosiy vositalarning analitik hisobi ularning tasnifiy 
guruhlari va inventar ob’ektlari bo’yicha, shuningdek ob’ektlarning moddiy 
javobgar shaxslarda turish joyi (bo’linmalar, brigadalar, tsexlar, uchastkalar va 
boshqalar) bo’yicha yuritiladi.
Korxonaga kelib tushgan asosiy vositalarni tekshirishda har bir ob’ekt 
bo’yicha alohida tuzilgan qabul qilish - topshirish dalolatnomasi (naqladnoyi) 
(AV-1 shakl) ning rasmiylashtirilishiga e’tibor qaratish zarur. Bunda 
dalolatnomadagi ob’ektning tavsifi, turgan joyi, sotib olingan manbai, chiqarilgan 
yoki qurilgan yili, ishga tushirilgan vaqti, ob’ektning sinov natijalari, uning 
texnik talablarga muvofiqligi va boshqa ma’lumotlar tekshiriladi.
Ayrim hollarda bir turdagi va narxi bir xil xo’jalik inventarlari, asboblar, 
stanoklar olinganda «Asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish umumiy 
dalolatnomasi» tuzilishi mumkin.
Bunda ushbu dalolatnoma ma’lumotlari, unga ilova qilingan pasportlar, 
ishlatish tartibi, yo’riqnomalar ham tekshirilishi zarur.


231 
Hisobga qabul qilingan har bir asosiy vosita ob’ektiga inventar raqam 
berilgan bo’lishi lozim. Bu belgilar ob’ekt foydalanishda bo’lgan jami davr ichida 
saqlanib, buxgalteriya hisobining barcha tegishli dastlabki hujjatlarida va hisob 
registrlarida ko’rsatiladi. Ob’ekt hisobdan chiqarilganidan so’ng uning inventar 
raqami yangi kirim qilingan asosiy vositalarga berilmaydi.
Ayni vaqtda auditor asosiy vositalar ob’ektlari qiymatini baholash va qayta 
baholash natijalarini inventar kartochkalarida, ham buxgalteriya hisobi 
schyotlarida aks ettirishning to’g’riligini tekshirishi maqsadga muvofiqdir. Bunda 
u O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (№129), Makroiqtisodiyot va 
statistika vazirligi (№4) va Davlat Soliq qo’mitasi (№2002-86) tomonidan 
tasdiqlangan «1 yanvar holati bo’yicha asosiy fondlarni har yili qayta baholashni 
o’tkazish to’grisida Nizom»da belgilangan qayta baholash usullarining 
qo’llanilishini tekshiradi. Xususan, qayta hisoblash koeffitsentlarining 
qo’llanilishi va hisob-kitoblar to’g’riligiga alohida e’tibor berishi lozim.
Shu bilan birga qayta baholash natijasida narxlar oshgan yoki kamaygan 
summalarining buxgalteriya hisobi schyotlarida aks ettirilishi ham tekshiriladi. 
Qayta baholanib oshgan summa 0100-«Asosiy vositalarni hisobga oladigan 
schetlar» (0110-0190) debeti va 8510-«Mulklarni qayta baholash bo’yicha 
tuzatishlar» schyotining kreditiga yoziladi.
Qayta baholangan asosiy vositalar ob’ektlari bo’yicha tiklanish qiymati 
bo’yicha inventar kartochkaning «Rekonstruktsiyalash, modernizatsiyalash» 
bo’limida qayd etilgan bo’lishi lozim. Shu bilan birga qayta baholangan eskirish 
summasi ham inventar kartochkaning tegishli bo’limida aks ettirilgan bo’lishi 
kerak. Har bir moddiy javobgar shaxs asosiy vositalar ob’ektlarining analitik 
hisobini AV-9 shakldagi vedomostda yuritishi kerak. Shuning uchun auditor 
tekshirilayotgan korxonada ushbu qoidaga rioya qilinayotganligiga ham ishonch 
hosil qilishi lozim. Bunda hamma moddiy javobgar shaxslar bilan belgilangan 
shaklda va ikki nusxada to’la moddiy javobgarlik to’g’risida shartnomalar 
tuzilganligi, shartnomalarning bir nusxasi moddiy javobgar shaxslarning hujjatlar 


232 
to’plami (shaxsiy delosi) da, ikkinchi nusxasi esa shu xodimlarning o’zlarida 
saqlanayotganligi tanlab tekshirilishi lozim.
Bulardan tashqari, auditor barcha moddiy javobgar shaxslar asosiy vositalarni 
o’z javobgarligiga olganligini tasdiqlab inventarizatsiya vedomostlarida imzo 
qo’yganliklari hamda asosiy vositalarning keyingi kirimlari esa ularning dastlabki 
hujjatlardagi imzolari bilan tasdiqlanganini tekshiradi.
Amaliyotda eng ko’p uchraydigan kamchiliklardan biri - korxonalar bunday 
kartochkalarni yuritishni ortiqcha ish deb hisoblaydilar (korxona buxgalteriyasida 
inventar ro’yxatlarning borligini nazarda tutib), inventar kartochkalarni 
yuritadigan korxonalar esa hamma vaqt ham bu kartochkalarning rekvizitlarini 
to’liq to’lg’azishga rioya qilmaydilar.
Bulardan tashqari, asosiy vositalar kirimga olingan, hisobdan chiqarilgan va 
korxona ichida joyi (moddiy javobgar shaxslar) o’zgartirilganda, ularning 
inventar kartochkalariga bu haqda tegishli yozuvlar yozilganidan keyin, oy 
oxirigacha joy-joyiga qo’yilmasdan alohida saqlanganligi aniqlanadi. So’ngra shu 
kartochkalar asosida har oyda asosiy vositalar amortizatsiyasi (eskirishi) ni hisob-
kitobi tuzilib, ularning har bir turi bo’yicha jamlangan kirim, chiqim oborotlari va 
shu asosda tuzilgan «Asosiy vositalar harakatini hisobga olish kartochkasi» (AV-
8 shakl) ma’lumotlar ham tekshiriladi.
Asosiy vositalar harakatini hisobga olish kartochkasi (AV-8 shakl) joriy 
yilning 1 yanvariga ochilib, unda asosiy vositalarning mavjud qoldiqlari turlari 
bo’yicha ko’rsatilishi lozim. Undagi oylik oborotlar va oy oxiriga, ya’ni keyingi 
oyning 
1-sanasiga 
chiqarilgan qoldiqlari tekshiriladi. So’ngra uning 
ma’lumotlariga asosan tuzilgan asosiy vostalarning oborot vedomostlari 
tekshirilib, yakunlari esa Bosh daftardagi yakunlar bilan solishtirilib chiqiladi. 
Shular asosida «Asosiy vositalarning mavjudligi va harakati to’g’risidagi 
hisobot» (3-shakl) ma’lumotlari tekshiriladi.
Xulosa qilib aytganda, inventar kartochkalarini korxona buxgalteriyasida 
tasnifiy guruhlar bo’yicha, ularning ichida esa ishlatilish joylari bo’yicha saqlash 


233 
yillik moliyaviy hisobot tuzishda asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobot 
(3-shakl) ni to’ldirishni osonlashtiradi. Auditor buxgalteriya xodimlarining 
e’tiborini ushbu holatga qaratmoãi lozim. Agar hisob jarayonlari 
avtomatlashtirilgan bo’lsa, kartochkalarni qo’lda to’lg’azishga ehtiyoj qolmaydi. 
Bunda axborotlar korxonada mavjud bo’lgan analitik hisob mashinagrammalarida 
saqlanadi, lekin ular AV-6 shakldagi kartochkalarda hisobga olinadigan 
pozitsiyalardan kam bo’lmasligi lozim.
Asosiy vositalar kirimini hisobga olishning to’g’riligini tekshirishdan maqsad 
sotib olingan asosiy vositalar hisobda to’g’ri aks ettirilganligini va foydalanishga 
topshirilgan ob’ektlarning real qiymatini ifodalashini tasdiqlashdan iborat.
Tekshiruvning ushbu bosqichida quyidagi amallarni bajarish zarur: 

Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish