Toshkent moliya instituti sh. N. Fayziev, R. D. Dusmuratov, A. A. Karimov, I. N. Kuziev, A. Z. Avlokulov


 Nomoddiy aktivlar auditini tashkil etish va o’tkazishning umumiy



Download 2,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/156
Sana19.02.2022
Hajmi2,19 Mb.
#457986
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   156
Bog'liq
Audit 2014 Sh.N. Fayziyev darslik

 
2. Nomoddiy aktivlar auditini tashkil etish va o’tkazishning umumiy 
tartibi 
Nomoddiy aktivlar auditining maqsadi buxgalteriya hisoboti «nomoddiy 
aktivlar» moddasining ishonchlilik darajasi to’g’risida fikr shakllantirish va 
korxonada qo’llanilayotgan nomoddiy aktivlarni hisobga olish uslubi hamda 
soliqqa tortish bilan bog’liq muomalalarning O’zbekiston Respublikasida amal 
qilayotgan qonunchilikka muvofiqligini aniqlashdan iborat.
Nomoddiy aktivlar auditining ketma ketligi: 
A. Umumiy muolajalar. Testlar nazorat quroli. 
1.
Ichki nazorat tizimi bo’yicha test o’tkazish (INT); 
2.
Buxgalteriya hisobi tizimi bo’yicha test o’tkazish (BHT); 
3.
Buxgalteriya hisobi maqsadi uchun tuzilgan hisob siyosatining tahlili; 
4.
Soliq hisobi maqsadi uchun tuzilgan hisob siyosatining tahlili; 
5.
Ishchi schetlar rejasini tahlil qilish; 
6.
Buxgalteriya balansi va buxgalteriya hisob registrlaridagi ko’rsatkichlarni 
bir xilligini tekshirish; 


246 
7.
Xujjatli tekshirishda tanlab olish miqdori va tuzilishi aniqlash. 
B. Mohiyati bo’yicha tekshirish muolajalar. 
1.
Inventarizatsiya; 
2.
Shartnomalarni ko’rib chiqish (tekshirish); 
3.
Nomoddiy aktivlarni kirimi va chiqimi hisobini hujjatlashtirilishini to’g’ri 
rasmiylashtirilganligini tekshirish; 
4.
NMA kiritilish kriteriyasiga mosligini tekshirish; 
5.
NMA baholash va kirimini hisobda qayd etilishini qonunchilikka va hisob 
siyosatiga mosligini tekshirish; 
6.
NMA hisobi va amortizatsiya hisoblashning to’g’riligini va hisob 
siyosatiga mosligini tekshirish; 
7.
Tekshirilayotgan davr muomilalarining to’g’riligini tekshirish; 
8.
Sotib olingan va chiqib ketgan NMA bahosini hisob ma’lumotlari bilan 
solishtirib tekshirish; 
9.
Hisobotlardagi muhim axborotlarning oshkor qilinishini tekshirish; 
10.
Xato va kamchiliklarni taxminiy ro’yxati; 
11.
Tizimli (sistemali) kamchiliklar to’g’risida ma’lumot; 
12.
Tanlab tekshirish natijalarini tahlili; 
13.
Me’yoriy hujjatlar bo’yicha aniqlangan kamchiliklar ro’yxati; 
14.
Nomoddiy aktivlarni auditi bo’yicha xulosa. 
Nomoddiy aktivlar auditi jarayonida quyidagilar amalga oshiriladi: 
1. Nomoddiy aktivlar mavjudligi ustidan nazorat o’rnatilishini aniqlash 
(mulkiy ob’ektlarni nomoddiy aktivlar qatoriga olib borishning to’g’riligi; 
mavjudligini va muomalalarni hujjatlashtirishning to’g’riligini tekshirish; 
nomoddiy aktivlarni baholashning to’g’riligini tekshirish; inventarizatsiya qilish; 
hisobot ko’rsatkichlarining sintetik va analitik hisob ma’lumotlariga mosligini 
aniqlash); 


247 
2. Sintetik hisobni yuritish, nomoddiy aktivlarning kirimi va chiqimiga doir 
muomalalarni soliqqa tortishning to’g’riligini tekshirish (nomoddiy aktivlar 
kirimi va chiqimiga doir muomalalarni sintetik hisob registrlarida aks ettirilishi; 
nomoddiy aktivlar kirimga olinishi va chiqim qilinishiga doir muomalalarni 
soliqqa tortish masalalari); 
3. Nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblash va hisobda aks ettirish 
(foydali 
xizmat 
muddatini 
belgilashning 
asoslanganligi; 
amortizatsiya 
hisoblashda qo’llanilgan usullarning qonuniyligi va asoslanganligi; amortizatsiya 
ajratmalarining hisobda aks ettirilishi).
Yuqorida keltirilgan masalalar bo’yicha etarli ma’lumotlarga ega bo’lish 
auditorga nomoddiy aktivlar hisobining holatini mustaqil baholash va 
qoidabuzarliklar hamda amaldagi qonunchilik va belgilangan qoidalardan chetga 
chiqishlarni aniqlashga imkon beradi.
Auditor nomoddiy aktivlarni tekshirish chog’ida quyidagi ma’lumot 
manbalaridan foydalanadi: 
*
nomoddiy aktivlarni hisobga olishni va ular bilan bog’liq muomalalarni 
soliqqa tortishni tashkil etish masalalarini tartibga soluvchi asosiy me’yoriy 
hujjatlar; 
*
korxonaning hisob siyosati to’g’risidagi buyrug’i (farmoyishi) (nomoddiy 
aktivlar hisobiga taalluqli qismi); 
*
nomoddiy aktivlar sintetik va analitik hisobi bo’yicha korxonada 
qo’llaniladigan hisob registrlari; 
*
nomoddiy aktivlarga taalluqli muomalalarni hisobga oladigan dastlabki 
hujjatlar; 
*
buxgalteriya hisobotlari.
Dastavval, auditor korxona hisob siyosatining nomoddiy aktivlarni hisobga 
olish uslubiyoti bayon qilingan asosiy qoidalari bilan tanishib chiqadi. Bular 
xususan quyidagilardan iborat: 


248 
amortizatsiya ajratmalarini hisoblash usullari (bir butunligicha yoki nomoddiy 
aktivlarning har bir turi bo’yicha); 
*
amortizatsiya hisoblanmaydigan nomoddiy aktivlar ro’yxati; 
*
nomoddiy aktivlarni hisobga olish uchun qo’llaniladigan namunaviy qabul 
qilingan va korxonaning o’zida tasdiqlangan dastlabki hujjatlar shakllari; 
*
nomoddiy aktivlarni inventarizatsiya qilish muddatlari; 
*
nomoddiy aktivlar hisobiga doir hujjatlar aylanishi; 
*
nomoddiy 
aktivlarga 
taalluqli 
muomalalarni 
hisobga 
olishda 
qo’llaniladigan schyotlar ro’yxati.
Nomoddiy aktivlarga taalluqli muomalalarni tekshirish uchun sintetik va 
analitik hisob registrlari qo’llaniladigan hisob shakllariga bog’liq holda 
foydalaniladi.
Buxgalteriya hisobining jurnal-order shaklida nomoddiy aktivlarning sintetik 
hisobi 13-ASK jurnal-orderda va «nomoddiy aktivlarni hisobga olish 
vedomosti»da yuritiladi.
Buxgalteriya hisobining schyotlar rejasida korxonaga mulkiy huquq asosida 
tegishli bo’lgan nomoddiy aktivlarning miqdori va harakati to’g’risidagi 
ma’lumotlarni umumlashtirish uchun 0400-«Nomoddiy aktivlarni hisobga 
oladigan schetlar»(0410-0490) schyotlar mo’ljallangan. Bu schyotlar balansga 
nisbatan aktiv bo’lib, ularning debet tomonida mavjud nomoddiy aktivlarning 
qoldig’i, kirimi va kreditida xo’jalikdan chiqishi aks ettiriladi.
Mulklar nomoddiy aktivlar qatoriga olib borilganligining to’g’riligini 
tekshirish chog’ida huquqlar va shunga o’xshash fuqarolik-huquqiy shartnomalar 
tuzilish natijasida sotib olinadi va patent to’g’risida, tovar belgilari, xizmat 
ko’rsatish belgilari, mualliflik huquqlari to’g’risidagi qonunlar bilan tartibga 
solinadi.
Mavjud nomoddiy aktivlarni quyidagilar asosida sotib olish mumkin: 
*
litsenzion shartnoma; 
*
«nou-xou»ni qabul qilish-topshirish shartnomasi; 


249 
*
ta’sis shartnomasi.
Nomoddiy aktivlarni korxonaning o’zida yaratish quyidagilar doirasida 
amalga oshiriladi: 
*
asarni yaratish to’g’risidagi shartnoma; 
*
ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini bajarish to’g’risida 
shartnoma; 
*
ilmiy-texnik mahsulotni yaratish (berish) to’g’risida shartnoma.
Ekspertiza o’tkazish chog’ida e’tibor qaratish zarur bo’lgan ayrim 
shartnomalarning xususiyatlarini qisqacha ko’rib chiqamiz.
Mualliflik shartnomasida asardan foydalanish usullari mazkur shartnomaga 
muvofiq beriladigan muayyan huquqlar; 
foydalanish uchun beriladigan huquq muddati; 
mukofatlash ko’lami yoki uni aniqlash tartibi, to’lash tartibi va muddatlari.
Litsenzion shartnoma predmeti bo’lib shunday nomoddiy aktivlar 
hisoblanadi-ki, ular tegishli organlarda maxsus ro’yxatdan o’tkaziladi (kashfiyot, 
foydali model, sanoat namunasi, tovar belgisi, xizmat ko’rsatish belgisi). 
Litsenziyalovchi (barcha zarur hujjatlarni beruvchi tomon) va litsenziat litsenzion 
shartnomaning tomonlari bo’lib hisoblanadi. Litsenzion shartnomada ob’ektdan 
foydalanish usullari (sanoat mulki ob’ektidan foydalanishga doir muayyan 
huquqlar); foydalanish uchun beriladigan huquq muddati; mukofatlash ko’lami 
yoki uni aniqlash tartibi, to’lash tartibi va muddatlari. Mukofatlash litsenziatning 
foydasidan ajratma ko’rinishida yoki qat’iy summa ko’rinishda, yoki ushbu 
usullarni birgalikda qo’shib aniqlanishi mumkin. Shartnomada tomonlarning 
majburiyatlari ko’rsatiladi. Litsenzion shartnoma patent idorasida ro’yxatdan 
o’tkazilishi lozim.
«Nou-xou»ni bir-birovga o’tkazish shartnomasi bo’yicha «nou-xou» 
(axborot)dan foydalanish uchun beriladigan huquq emas, balki uning o’zi 
beriladi. Shartnomada «nou-xou»ni berish tartibi to’g’risidagi asosiy shartlar, 
shartnomaning amal qilish muddati, bahosi va to’lov tartibi, maxfiylikni saqlash 


250 
bo’yicha tomonlarning majburiyatlari ko’rsatiladi. Berilayotgan «nou-xou»ni 
bayon qilish shartnomaning muhim shartlaridan hisoblanadi. Shartnoma 
ro’yxatdan o’tkazilmaydi.
Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini bajarish shartnomasida 
ishlarning nomlari va ularning har bir bosqichi; ishni bajarish uchun asos (dastur, 
reja, texnik topshiriqlar va shunga o’xshash); butun ishlarni bajarish muddati va 
har bir bosqichni bajarish muddati; ish qiymati va to’lov tartibi; ishni qabul qilish 
tartibi; ishlar natijalaridan foydalanish shartlari; tomonlarning mas’uliyatlari 
ko’rsatiladi.
Nomoddiy aktiv ob’ektini hisobga qabul qilish kuchga kirgan shartnoma 
asosida amalga oshiriladi. Shartnomalarni yuridik ekspertizadan o’tkazish uchun 
auditorlik firmasining yuristi jalb qilinishi mumkin.
Auditor shartnomalarni tekshirish bilan bir qatorda nomoddiy aktivlarni qabul 
qilish-topshirish dalolatnomasi (qabul qilish dalolatnomasi) va nomoddiy 
aktivlarni hisobga olish kartochkasi (№1-NMA shakli)ni to’lg’azishni tekshiradi. 
(majburiy rekvizitlarni to’lg’azishning to’g’riligi, foydali xizmat muddatining 
ko’rsatilish, hisobga qabul qilish sanalari (foydalanishga topshirish, ob’ektni 
ro’yxat qilish; dastlabki hujjatlarni hisob registrlarida aks ettirish).
Shartnomalar 
va 
dastlabki 
hujjatlarning 
yuridik 
rasmiylashtirilishi 
tekshirilganidan so’ng auditor nomoddiy aktivlarning dastlabki qiymatini 
arifmetik tekshiruvdan o’tkazadi (ularning baholanishini). «Buxgalteriya hisobi 
to’g’risidagi qonun»ning 12-moddasi va «Nomoddiy aktivlar» nomli №7 
BHMSning 22-23 bandlariga muvofiq nomoddiy aktivlar buxgalteriya hisobida 
pul ifodasida aks ettiriladi.
Nomoddiy aktivlarni baholash ularning tegishli shartnoma qiymati va 
rejalashtirilgan maqsadlarda foydalanish uchun yaroqli holga keltirish 
xarajatlarini qo’shish tartibidan kelib chiqib aniqlanadi.
«Nomoddiy aktivlar» nomli №7 BHMS 11 bandiga muvofiq nomoddiy 
aktivlarning boshlang’ich qiymati - bu aktivni sotib olishda haqiqatda to’langan 


251 
pul mablag’lari yoki uning ekvivalentlari yoki ishlab chiqarishda qilingan haqiqiy 
xarajatlar qiymati.
Haqiqiy xarajatlar tarkibiga jumladan, nomoddiy aktiv ob’ektining o’zini 
sotib olish xarajatlari, sotib olishda berilgan tijorat krediti bo’yicha to’lanadigan 
foizlar, tashqi iqtisodiy va boshqa tashkilotlarga to’lanadigan komission to’lovlar 
(xizmatlar qiymati), nomoddiy aktivlarni sotib olish bilan bog’liq bo’lgan boshqa 
xarajatlar kiradi.
Boshqa mulklar singari nomoddiy aktivlarga taalluqli buxgalterlik 
ma’lumotlar haqqoniyligi vaqti-vaqti bilan o’tkazib turiladigan inventarizatsiya 
asosida tasdiqlanadi.
Nomoddiy aktivlarni inventarizatsiya qilish quyidagi vazifalarni hal etadi: 
ularning haqiqatda mavjudligini aniqlash; haqiqiy qoldiqni buxgalterlik hisob 
ma’lumotlariga solishtirish yo’li bilan ularning butligini ta’minlash ustidan 
nazorat o’rnatish.
Nomoddiy aktivlarning korxonada haqiqatan mavjudligi va ular ustidan ichki 
nazoratni amalga oshirish uchun nomoddiy aktivlarni inventarizatsiya qilish 
lozim. Bunda auditor №19-«Inventarizatsiyani tashkil etish va o’tkazish» nomli 
BHMS (O’zR. Adliya Vazirligida 2 noyabr 1999 y ro’yxatga olingan №833) va 
«Inventarizatsiya natijasida aniqlangan mulklar kamomadi va oshiqcha chiqishini 
buxgalterlik hisobida aks ettirish va soliqqa tortish to’g’risidagi NIZOM» O’zR 
Adliya Vazirligida – 2001 yil ro’yxatga olingan №1054) talablariga rioya 
qilinganligini sinchiklab tekshirishi zarur.
Agar baholash natijasida ob’ektning bozor bahosi (undiriladigan summa) kam 
chiqqan ob’ektning qoldiq qiymatidan past bo’lsa, ko’rilgan zarar summasi 
buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi: 
a) Debet 4730-«Moddiy zararni qoplash bo’yicha xodimlarning qarzlari» 
scheti aybdor yoki moddiy javobgar shaxsdan undirilishi lozim bo’lgan bozor 
qiymatiga.


252 
Debet 9430-«Boshqa operatsion xarajatlar» scheti aybdor yoki moddiy 
javobgar shaxsdan undirilishi lozim bo’lgan bozor qiymati va qoldiq qiymati 
o’rtasidagi farq summaga (ko’rilgan zarar summasiga) 
Kredit 9430 - «Boshqa operatsion xarajatlar» scheti–kam chiqqan nomoddiy 
aktivlar ob’ektining qoldiq qiymatiga.
Ko’rilgan zarar summasi daromad (foyda) solig’ini hisoblashda umumiy 
belgilangan tartibda soliqqa tortiladigan bazaga qo’shiladi.
Hisobga olinmay qolgan nomoddiy aktivlar bo’yicha amortizatsiya ular 
nomoddiy aktivlar tarkibiga qo’shilgan paytdan boshlab umumiy belgilangan 
tartibda hisoblanadi.
Nomoddiy 
aktivlarni 
inventarizatsiya 
qilish 
korxona 
rahbarining 
inventarizatsiya o’tkazish to’g’risidagi buyrug’i, «Nomoddiy aktivlarning 
inventar ro’yxati nomli inventar ro’yxat (№ INV-1 shakli), 0410-0490 
schyotlarning sintetik hisob registrlari va Bosh daftarga asosan amalga oshiriladi.
Inventarizatsiya vedomostining ma’lumotlariga asosan inventarizatsiya 
ro’yxatlarini rasmiylashtirishning to’g’riligi, korxonaning ko’rsatilgan nomoddiy 
aktivlardan foydalanish uchun huquqini tasdiqlaydigan dastlabki hujjatlar 
mavjudligi, sintetik va analitik hisob registrlarida hamda Bosh daftarda nomoddiy 
aktivlarni aks ettirishning to’g’riligi va o’zaro mosligi tekshiriladi. Ko’rib chiqish 
usulini qo’llash yo’li bilan auditor quyidagilar tengligini tekshiradi: 

Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish