417
buxgalteriya hisobini yo’lga qo’yish, qayta tiklash va
yuritish;
moliyaviy hisobotni tuzish;
milliy moliyaviy hisobotni buxgalteriya hisobi xalqaro standartlariga
o’tkazish;
xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliya-xo’jalik faoliyatini tahlil qilish;
buxgalteriya hisobi, soliq solish,
rejalashtirish, menedjment va moliya-
xo’jalik faoliyatining boshqa masalalari yuzasidan konsalting xizmati;
soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha hisob-kitoblar va
deklaratsiyalarni tuzish.
xo’jalik yurituvchi sub’ekt taftish komissiyasining (taftishchisining)
vazifalarini amalga oshirish.
(17-moddaning birinchi qismi O’zbekiston Respublikasining 2013 yil 30 apreldagi O’RQ-352-sonli
Qonuniga
asosan sakkizinchi
xatboshi bilan to’ldirilgan — O’R QHT, 2013 y., 18-son, 233-modda)
Auditorlik tashkilotlari auditorlik faoliyatining
milliy standartlarida
nazarda tutilgan boshqa professional xizmatlarni ham ko’rsatishlari mumkin.
Batafsil ma’lumot uchun «90-son O’zbekiston Respublikasi Auditorlik faoliyatining
milliy standarti
(AFMS) «Auditorlik
tashkilotlarining professional xizmatlari» (ro’yxat raqami 1017, 10.03.2001 y.)ga qarang.
18-modda. Auditorlik hisoboti
Auditorlik hisoboti — auditorlik
tekshiruvining borishi, buxgalteriya
hisobini yuritishning belgilangan tartibidan aniqlangan chetga chiqishlar,
moliyaviy hisobotdagi qoidabuzarliklar to’g’risidagi mufassal ma’lumotlardan,
shuningdek auditorlik tekshiruvi o’tkazish natijasida
olingan boshqa axborotdan
iborat bo’lgan va xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariga, mulkdoriga,
qatnashchilari (aktsiyadorlari)ning umumiy yig’ilishiga yo’llangan hujjat. Auditor
hisobotida aniqlangan chetga chiqishlar va qoidabuzarliklarni
bartaraf etish
bo’yicha tavsiyalar, shuningdek xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliya-xo’jalik
faoliyati samaradorligini oshirish bo’yicha tavsiyalar va takliflar mavjud bo’lishi
kerak.
Agap auditorlik tekshiruvi xo’jalik yurituvchi sub’ekt qatnashchilari
(aktsiyadorlari) yoki nazorat qiluvchi va huquqni
muhofaza qilish organlari
topshirig’iga binoan auditorlik tashkiloti tomonidan o’tkazilayotgan bo’lsa,
418
auditorlik hisoboti auditorlik tekshiruvi topshirig’iga binoan o’tkazilayotgan
shaxsga ham taqdim etiladi.
Auditorlik hisobotidagi axborot maxfiy hisoblanadi va oshkor qilinishi
mumkin emas. Ushbu axborotdan foydalangan shaxslar axborotni oshkor
qilganlik uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
Auditorlik hisobotining har bir beti auditorlik tekshiruvini o’tkazgan
auditor (auditorlar) va auditorlik tashkilotining rahbari
tomonidan imzolangan
bo’lishi kerak.
(18-moddaning to’rtinchi qismi O’zbekiston Respublikasining 2013 yil 30 apreldagi O’RQ-352-sonli
Qonuni
tahririda — O’R
QHT, 2013 y., 18-son, 233-modda)
Auditorlik hisobotining shakli va mazmuni auditorlik faoliyatning
standartlari bilan belgilanadi.
Batafsil ma’lumot uchun «70-son O’zbekiston Respublikasi Auditorlik faoliyatining
milliy standarti
(AFMS) «Moliyaviy hisobot
to’g’risida auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasi» (ro’yxat raqami 1016, 10.03.2001 y.)ga qarang.
(18-moddaning beshinchi qismi O’zbekiston Respublikasining 2013 yil 30 apreldagi O’RQ-352-sonli
Qonuni
tahririda — O’R
QHT, 2013 y., 18-son, 233-modda)
Do'stlaringiz bilan baham: