Toshkent moliya instituti sh. N. Fayziev, R. D. Dusmuratov, A. A. Karimov, I. N. Kuziev, A. Z. Avlokulov


-modda. Auditorlik faoliyatini litsenziyalash



Download 2,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/156
Sana19.02.2022
Hajmi2,19 Mb.
#457986
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   156
Bog'liq
Audit 2014 Sh.N. Fayziyev darslik

21-modda. Auditorlik faoliyatini litsenziyalash 
Auditorlik faoliyati (professional xizmatlar bundan mustasno) maxsus 
ruxsatnoma (litsenziya) asosida amalga oshiriladi. 
Auditorlik tashkilotlariga auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun 
litsenziya maxsus vakolatli davlat organi tomonidan beriladi. Bu organ: 
auditorlik faoliyatini tartibga soluvchi normativ hujjatlarini, shu jumladan 
auditorlik faoliyatining milliy standartlarini o’z vakolatlari doirasida ishlab 
chiqadi va tasdiqlaydi; 
litsenziya shartnomasida nazarda tutilgan litsenziya talablari va shartlariga 
auditorlik tashkiloti tomonidan rioya etilishini nazorat qiladi hamda uch yilda 
kamida bir marta mazkur masalalar yuzasidan tekshiruv o’tkazadi;
(21-moddaning ikkinchi qismi uchinchi xatboshi O’zbekiston Respublikasining 2007 yil 17 sentyabrdagi O’RQ-110-sonli 
Qonuni
 
tahririda — O’R QHT, 2007 y., 37-38-son, 378-modda)
auditor malaka sertifikatini olish uchun da’vogarlarga malaka talablarini 
belgilaydi; 
 Batafsil ma’lumot uchun «Auditorning malaka sertifikatini berish tartibi to’g’risida»gi 
Nizom
(ro’yxat raqami 
977, 13.10.2000 y.)ning 2 bo’limiga qarang. 
auditorlarning respublika jamoat birlashmasi bilan kelishgan holda auditor 
malaka sertifikati olish uchun o’quv dasturlarini va malaka imtihonlarini 
topshirish tartibini tasdiqlaydi; 
Batafsil ma’lumot uchun «Auditorning malaka sertifikatini berish tartibi to’g’risida»gi 
Nizom 
(ro’yxat raqami 977, 13.10.2000 
y.)ning 5 bo’limi (5.1—5.11-bandlari)ga qarang. 
auditorlarning respublika jamoat birlashmasi ishtirokida auditor malaka 
sertifikatini olish huquqiga doir malaka imtihonini o’tkazadi; 
auditorlik tashkiloti rahbarini uch yilda bir marta attestatsiyadan 
o’tkazadi; 


420 
(21-moddaning ikkinchi qismi O’zbekiston Respublikasining 2007 yil 17 sentyabrdagi O’RQ-110-sonli 
Qonuni
 
asosida ettinchi xatboshi bilan to’ldirilgan — O’R QHT, 2007 y., 37-38-son, 378-modda) 
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda auditorlik faoliyatini amalga 
oshirishga doir litsenziyani qayta rasmiylashtiradi, auditorlik faoliyatini amalga 
oshirishga doir litsenziyaning amal qilishini o’n ish kunidan ko’p bo’lmagan 
muddatga to’xtatib turadi, auditorlik faoliyatini amalga oshirishga doir 
litsenziyaning amal qilishini o’n ish kunidan ko’p bo’lgan muddatga to’xtatib 
turish yoki uning amal qilishini tugatish hamda litsenziyani bekor qilish 
to’g’risida sudga murojaat qiladi, shuningdek litsenziyaning amal qilishini 
to’xtatib turish, tugatish va litsenziyani bekor qilish to’g’risidagi ma’lumotlarni 
ommaviy axborot vositalarida e’lon qiladi;
Qo’shimcha ma’lumot uchun O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 22 sentyabrdagi 365-son qarori bilan 
tasdiqlangan «Auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun auditorlik tashkilotlariga litsenziya berish tartibi to’g’risida»gi Nizomning VIII 
bo’limi (
29—37-bandlari
)ga qarang. («Litsenziyaning amal qilinishini to’xtatib qo’yish, to’xtatish, tiklash va bekor qilish tartibi»).
(21-moddaning ikkinchi qismi sakkizinchi xatboshisi O’zbekiston Respublikasining 2013 yil 30 apreldagi O’RQ-352-sonli 
Qonuni 
tahririda — O’R QHT, 2013 y., 18-son, 233-modda) 
auditorning malaka sertifikatini beradi, qayta rasmiylashtiradi, bekor 
qiladi, uning amal qilishini uzaytiradi va tugatadi; 
(21-moddaning ikkinchi qismi to’qqizinchi xatboshisi O’zbekiston Respublikasining 2013 yil 30 apreldagi O’RQ-352-sonli 
Qonuni 
tahririda — O’R QHT, 2013 y., 18-son, 233-modda) 
malaka sertifikatiga ega bo’lgan auditorlar reestrining hamda auditorlik 
faoliyatini amalga oshirishga doir litsenziyaga ega bo’lgan auditorlik 
tashkilotlarni hisobini yuritadi. 
Batafsil ma’lumot uchun «Auditorning malaka sertifikatini berish tartibi to’g’risida»gi 
Nizom 
(ro’yxat raqami 977, 13.10.2000 
y.)ning 9 bo’limi (9.1—9.5-bandlari)ga qarang. 
Auditorlik tashkilotlariga auditorlik faoliyatini amalga oshirishga doir 
litsenziyalarni berish tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
tomonidan tasdiqlanadi. 
Batafsil ma’lumot uchun O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 22 sentyabrdagi 365-son qarori bilan 
tasdiqlangan «Auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun auditorlik tashkilotlariga litsenziya berish tartibi to’g’risida»gi 
Nizomga
 qarang. 
Auditorlik faoliyatini litsenziyasiz amalga oshirganlik qonun hujjatlarida 
belgilangan javobgarlikka olib keladi. 
O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksining 
176-moddasi
, Jinoyat kodeksining 
190-moddasi 
hamda 
Soliq kodeksining 
117-moddasiga 
qarang. 

Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish