Toshkent moliya instituti sh. N. Fayziev, R. D. Dusmuratov, A. A. Karimov, I. N. Kuziev, A. Z. Avlokulov



Download 2,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/156
Sana19.02.2022
Hajmi2,19 Mb.
#457986
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   156
Bog'liq
Audit 2014 Sh.N. Fayziyev darslik

IV. AUDITORLIK TAShKILOTLARI
FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh
10. Auditorlik tashkilotlari ochiq aktsiyadorlik jamiyati shaklidan tashqari barcha 
tashkiliy-huquqiy shaklda tashkil etilishi va faoliyat yuritishi mumkin, bunda ustav kapitalining 
51 foizdan kam bo’lmagan miqdori mazkur auditorlik tashkilotining bir yoki bir nechta 
shtatdagi auditorlariga tegishli bo’lishi shart. Auditor (auditorlar) faqat bitta auditorlik 
tashkilotining ta’sischisi bo’lishi mumkin. 
11. Auditorlik tashkilotini auditor malaka sertifikatiga ega bo’lgan rahbar boshqaradi. 
Attestatsiyadan o’tmagan rahbar ikki yil mobaynida auditorlik tashkiloti rahbari sifatida 
faoliyat yuritish huquqiga ega emas. 
12. Quyidagilar: 
faqat tashabbuskorlik asosida auditorlik tekshiruvini amalga oshiruvchi auditorlik 
tashkilotlari eng kam oylik ish haqining 1500 barobari miqdoridan kam bo’lmagan ustav 
kapitaliga va shtatida kamida 2 nafar auditorga ega bo’lishi; 
ustav kapitali 500 mln. so’mdan ko’proqni tashkil etgan ochiq aktsiyadorlik jamiyatlari, 
banklar va sug’urta tashkilotlaridan tashqari xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda tashabbuskorlik 
asosida va majburiy auditorlik tekshiruvlarini amalga oshiruvchi auditorlik tashkilotlari eng 
kam oylik ish haqining 3000 barobari miqdoridan kam bo’lmagan ustav kapitaliga va shtatida 
kamida 4 nafar auditorga, ularning bittasi xalqaro buxgalter sertifikatiga ega bo’lishi; 
barcha xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda auditorlik tekshiruvini o’tkazuvchi auditorlik 
tashkilotlari eng kam oylik ish haqining 5000 barobari miqdoridan kam bo’lmagan ustav 
kapitaliga va shtatida kamida 6 nafar auditorga, ularning ikkitasi xalqaro buxgalter sertifikatiga 
ega bo’lishi shart. 
Mazkur bandning auditorlik tashkilotiga uning shtatidagi auditorlarning eng kam soniga 
nisbatan qo’yilgan talabi mazkur auditorlik tashkiloti asosiy ish joyi hisoblangan auditorlik 


432 
shtati auditorlarning belgilangan eng kam soni bilan to’liq to’ldirilishini nazarda tutadi. (O’zR 
Prezidentining 02.07.2008 y. PQ-907-son Qarori taxriridagi xat boshi) 
Auditorlik tashkiloti ustav kapitalining kamida ellik foizi muassislar (ishtirokchilar)ning 
pul mablag’laridan, qolgan qismi esa auditorlik tashkiloti faoliyatini amalga oshirishda bevosita 
foydalaniladigan moddiy boyliklardan shakllantiriladi. (O’zR Prezidentining 02.07.2008 y. PQ-
907-son Qarori taxriridagi xat boshi) 
13. Xususiy korxona shaklidagi auditorlik tashkilotlari O’zbekiston Respublikasining 
"Xususiy korxonalar to’g’risida", "Auditorlik faoliyati to’g’risida"gi qonunlari hamda mazkur 
Nizom talablariga muvofiq tashkil etiladi. 
14. Mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi auditorlik tashkilotlari O’zbekiston 
Respublikasining "Mas’uliyati cheklangan va qo’shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to’g’risida", 
"Auditorlik faoliyati to’g’risida"gi qonunlari hamda mazkur Nizom talablariga muvofiq tashkil 
etiladi. 
15. Yopiq aktsiyadorlik jamiyati shaklidagi auditorlik tashkilotlari O’zbekiston 
Respublikasining "Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlar huquqlarini himoya qilish 
to’g’risida", "Auditorlik faoliyati to’g’risida"gi qonunlari hamda mazkur Nizom talablariga 
muvofiq tashkil etiladi. 
16. Auditorlik tashkilotlari O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat 
ro’yxatidan o’tkazilishi lozim. 
17. Auditorlik tashkilotlari auditorlik xizmatini ko’rsatish to’g’risida tuzilgan shartnoma 
asosida o’z fuqarolik mas’uliyatini sug’urta qilish polisiga ega bo’lgan taqdirda auditorlik 
faoliyatini amalga oshiradi. 
18. Auditorlik tashkilotlari bitta xo’jalik yurituvchi sub’ektning auditorlik tekshiruvini 
uch yildan ortiq ketma-ket o’tkazish huquqiga ega emas. 
19. Auditorlik tashkilotlari auditorlik tekshiruvini o’tkazish uchun shtatdagi auditorlar 
yoki auditorlik tashkiloti bilan fuqarolik-huquqiy xarakterdagi shartnoma tuzgan auditorlarni 
jalb etadi. 


433 
Auditor sifatsiz auditorlik tekshiruvi o’tkazishi natijasida keltirgan zarari, tijorat sirlarini 
oshkor etganligi va auditorlik tashkilotiga zarar keltirgan boshqa xatti-harakatlari uchun 
auditorlik tashkiloti oldida qonun hujjatlariga muvofiq ravishda javobgar bo’ladi. 
Qoidabuzarlikka yo’l qo’yilgani uchun malaka sertifikati bekor qilingan yoki amal qilishi 
to’xtatilgan auditorlar bekor qilingan yoki to’xtatilgan vaqtdan boshlab uch yil davomida 
auditorning malaka sertifikatini takror olish uchun malaka imtihonlari topshirishga 
qo’yilmaydi. 
20. Qoidabuzarlikka yo’l qo’yilgani uchun auditorlik tashkiloti litsenziyasining amal 
qilishini to’xtatish hollarida mazkur auditorlik tashkiloti rahbarining malaka sertifikatining 
amal qilishi ham litsenziyaning amal qilishini to’xtatish to’g’risidagi qaror qabul qilingan 
sanadan boshlab to’xtatiladi. Auditorlik tashkiloti litsenziyasining amal qilishini to’xtatishga 
olib kelgan qoidabuzarliklarga yo’l qo’ygan o’sha auditorning malaka sertifikatining amal 
qilishi ham to’xtatiladi. 

Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish