Toshkent moliya instituti “Moliyaviy tahlil” fanidan kurs ishi


O’zgarishga ta’sir etuvchi birliklar hisob-kitoblari



Download 391,42 Kb.
bet11/13
Sana14.06.2022
Hajmi391,42 Kb.
#668634
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
2 5427059411812095817

O’zgarishga ta’sir etuvchi birliklar hisob-kitoblari







Reja

Shartli1

Shartli2

Haqiqat

Q=xu

Jami o’zgarish Qx-Qr

Xr*Yr

Xx*Yr

x

Xx*Yx

1.

Birinchi omil (x) ta’siri

X

x

x

Xx*Yr-Xr*Yr

2.

Ikkinchi omil (y) ta’siri

X

x

x

Xx*Yx-Xx*Yr

Q=xuz

Jami o’zgarish Qx-Qr

Xr*Yr*Zr

Xx*Yr*Zr

Xx*Yx*Zr

Xx*Yx*Zx

1.

Birinchi omil (x) ta’siri

X

x

x

Xx*Yr*Zr-Xr*Yr*Zr

2.

Ikkinchi omil (y) ta’siri

X

x

x

Xx*Yx*Zr-Xr*Yr*Zr

3.

Uchinchi omil (z) ta’siri

X

x

x

Xx*Yx*Zx-Xx*Yx*Zr

Q=x/y

Jami o’zgarish Qx-Qr

Xr/Yr

Xx/Yr

x

Xx/Yx

1.

Birinchi omil (x) ta’siri

X

x

x

Xx/Yr-Xr/Yr

2.

Ikkinchi omil (y) ta’siri

X

x

x

Xx/Yx-Xx-Yr

Q=z/x+u

Jami o’zgarish Qx-Qr

Zr/Xr+Yr

Zx/Xr+Yr

Zx/Xx+Yr

Zx/Xx+Yx

1.

Birinchi omil (x) ta’siri

X

x

x

Zx/Yr-Zr/Xr+Yr

2.

Ikkinchi omil (y) ta’siri

X

x

x

Zx/Xx+Yr-Zx/Xr+Yr

3.

Uchinchi omil (z) ta’siri

x

x

x

Zx/Xx+Yx-Zx/Xx+Yr

Sotuv rentabelligi va uning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar hisob-kitobida buni ko‘rib o‘tishimiz mumkin. Sotur rentabelligi quyidagi bog‘lanishda aniqlanadi:
Rc=Syaf/Sst
Bunda,
Syaf-sotishdan yalpi foyda
Sst-sotishdan sof tushum.
Mutlaq farq usuli natijaviy ko‘rsatkichga ta’sir etuvchi omillar soni ikki yoki undan ortiq tasir birliklariga ega bo‘lgan hollarda qo‘llaniladi. Uning mazmunini natijaviy ko‘rsatkichga ta’sir etuvchi birlikning farqi qolgan omillarning reja, xaqiqatdagi (uzviy ketma ketlikda) ko‘rsatkichlarga ko‘payrilgan holda aniqlanadi.
Mutlaq farq usuli ananaviy usulalarning sodda modelli tizimi hisoblanib ko‘pincha samaradorlik va natijaviylik ko‘rsatkichlariga nisbatan qo‘llaniladi. Uning muhim xususiyati omilar ta’sirini hisob kitob qilishda uzviylikning, aniqlikning ketma-ketlikning qat’iy belgilanishi. Analitik ketma-ketlikda birinchi navbatda sifat ko‘rsatkichlari keyingi qatorlar bo‘yicha bilik, miqdor ko‘rsatkichlar tartiblanadi. Masalan, mahsulot ishlab chiqarish xajmiga ta’sir etuvchi mehnat vositalari bilan bog‘liq bo‘lgan omillarni mutlaq farq usulida hisob-kitob qilishimiz mumkin. Mahsulot hajmiga ta’sir etuvchi mehnat vositalari bilan bog’liq bo‘lga omillar qatoriga: asosiy vositalarning o‘rtacha yillik qiymatining o‘zgarishi, asosiy vositalardan samarali foydalanish (asosiy vositalarning qaytimining o‘zgarishi) ko‘rsatkichining ta’siri.
8-jadval
Mahsulot hajmiga ta’sir etuvchi mehnat vositalari bilan bog’liq omillar ta’sirini tahlil qilish metodikasi14



Ko’rsatkichlar

O’tgan yil

Hisobot yil

Farqi +,-

O’sishi, %

1

Mahsulot (ish,xizmat)lar hajmi, mln.so’m

Q0

Q1



Q1/Q0*100-100

2

Asosiy vositalarning o’rtacha yillik qiymati, mln.so’m

A0

A1



A1/Q0*100-100

3

Asosiy vositalar qaytimi, so’m

F0

F1



(Q1/A1)/(Q0/A0)*100-100

4

Omillar ta’siri

x

x

x

x

4.1

Asosiy vositalarning o’rtacha yillik qiymatining o’zgarishining ta’siri, mln.so’m





x

4.2

Asosiy vositalarning qaytimi o’zgarishining ta’siri, mln.so’m





x

Mutlaq farq usulida uch omillik ta’sir birliklari quyidagi bog‘lanishlar orqali hisob-kitob qilinadi:
Omillar ta’sirini uchta omilli birlikka nisbatan qo‘llashda quyidagi bog‘lanishlar amalga oshiriladi.
9-jadval
Natijaviy ko’rsatkichga ta’sir etuvchi birliklar soni uchta bo’lganda mutlaq farq usulining qo’llash metodikasi15



Ko’rsatkichlar

O’tgan yil

Hisobot yil

Farqi +,-

O’sishi, %

1

2

3

4

5 (4-3)

6 (4/3*100-100)

1

Natija (Q=X*Y*Z)

Q0

Q1



Q1/Q0*100-100

2

Birinchi ta’sir birligi(X)

X0

X1



X1/X0*100-100

3

Ikkinchi ta’sir birligi (Y)

Y0

Y1



Y1/Y0*100-100

4

Uchinchi ta’sir birligi (Zr)

Z0

Z1



Z1/Z0*100-100

5

Omillar ta’sirining hisob-kitobi

x

x

x

x

5/1

Natijaviy ko’rsatkichga birinchi omil ta’siri hisob-kitobi





x

5.2

Natijaviy ko’rsatkichga birinchi omil ta’siri hisob-kitobi





x

5.3

Natijaviy ko’rsatkichga birinchi omil ta’siri hisob-kitobi





x

Nisbiy farq usuli. Tahlilda ushbu usulni qo‘llash orqali mutlaq ko‘rsatkichlardan tashqari nisbiy ko‘rsatkichlar orqali ham sabab-oqibat bog‘lanishlarini, omillarning natijaviy ko‘rsatkichga ta’sirini hisob-kitob qilish imkoniyatini beradi. Ushbu usul ham mutlaq ifodalarga tayangan holda omillar ta’sirini foizli biliklarda, natijani o‘zgartirishini uzviy ketma ketlikda hisob-kitob qilishni talab etadi.
10-jadval
Natijaviy ko’rsatkichga ta’sir etuvchi omillarni nisbiy farq usulida hisob-kitob qilish metodikasi16

Ko’rsatkichlar

Omillarning nisbiy ortishi, %

Oldingi hisobdan farqi, %

Omillar ta’siri

Birinchi ta’sir omilning o’sishi (A)

A%(A1/A0*100)

A%-100=Qa

Qa*Qr

Ikkinchi ta’sir omilning o’sishi (B)

B%(B1/B0*100)

B%-A%=Qb

Qb*Qr

Uchinchi ta’sir omilning o’sishi (C)

C%(C1/C0*100)

C%-B%=Qc

Qc*Qr

To’rtinchi ta’sir omilning o’sishi (D)

D%(D1/D0*100)

D%-C%=Qd

Qd*Qr

Natijaviy ko’rsatkichning o’zgarishi

Qx-Qr=(Qa*Qr)+(Qb*Qr)+(Qc*Qr)+(Qd*Qr)

  1. Moliyaviy tahlilda qo’llaniladigan iqtisodiy-matematik usullar va ularning mohiyati

Faoliyatning samaradorligi va natijaviyligini, uzviy olaqadorlik va bog‘lanishlardagi omilli tahlilini amalga oshirishda matematik usullardan foydalanish, analitik ishlar sifatligini, tahlilning chuqurligini va masalaning qanchalik chuqurligini ham taminlab beruvchi muhim omildir. Iqtisodiy matematik usullar masalani yechishning kompyuter algoritmini shakllantirishda ham qo‘l keladi. Iqtisodiy matematik usullar vaqt mezoni bo‘yicha, tezlik, aniqlik masalasida, dasturlash va natijalar mayda birliklariga qadar aniqlanishi sababli samaradorligi yuqori turadi. Iqtisodiy matematik usullar iqtisodiy tahlil imkoniyatlarini oshirib, yanada ko‘proq turdagi va murakkab tavsifdagi masalalarni qisqa muddatda to‘g‘ri hal qilish imkonini beradi.
Moliyaviy tahlilda matematik usullarni qo‘llash korxona faoliyatida qator o‘ziga xos shartlarni e’tiborga olishni talab qiladi. Ularning asosiylari quyidagilardir: korxona iqtisodiyotini to‘laligicha axborot texnologiyalariga asoslangan bo‘lishi, iqtisodiy-matematik modellar tuzish, axborot manbalarini takomillashtirish, xodimlar malakasi va shu kabilar. Matematik usullarning integral, logorifim, korrelyasion, regression, matematik dasturlash, nazariy o‘yin turlarini tarkiblash mumkin.
Integral usul. Multiplikativ, karrali va karrali-additiv ko‘rinishli aralash modellari tarkiblanadi. Integral usul zanjirli usul, mutloq va nisbiy farq usullariga nisbatan omillar ta’sirini hisoblashda aniqroq natijalar olishga imkon beradi. Turli modellar uchun omillar ta’sirini hisoblash algoritmlarini quyidagicha bo‘ladi.
11-jadval
Integral usul modellari17

Modellar

Omillar ta’sirini aniqlash

f=xy



X omil ta’siri

yoki

Y omil ta’siri

yoki

f=xyz



X omil ta’siri



Y omil ta’siri



Z omil ta’siri



f=xyzq



X omil ta’siri



Y omil ta’siri



Z omil ta’siri



Q omil ta’siri



Logarifmlash usuli. Logarifmlash usuli multiplikativ modellarda omillar ta’sirini hisoblash uchun qo‘llaniladi.
Integral metoddan farqli ravishda logorifmlashda ko‘rsatkichlarning mutlaq o‘sishi emas, balki ularning o‘sish (pasayish) indeksi qo‘llaniladi.

4-rasm. Logarifmlashda omillar ta’siri18
Korrelyasion (stoxastik) bog‘lanish. Bu juda ko‘p kuzatuvlardagina namoyon bo‘ladigan ko‘rsatkichlar orasidagi to‘liq bo‘lmagan, taxminiy bog‘lanishdir. Odatda, juft va ko‘p miqdorli korrelyasiyalar farqlanadi.
Juft korrelyasiya- bu bitta omilli, boshqasi natijaviy bo‘lgan ko‘rsatkichlar orasidagi bog‘lanishdir. Ko‘p miqdorli korrelyasiya esa natijaviy ko‘rsatkichlar bilan bir nechta omillarning o‘zaro ta’sirida ishlatiladi.
Korrelyatsion bog`lanish umumiy holda quyidagicha ta’riflash mumkin. O`zaro bog`langan ikkita belgidan biri Xning ayrim qiymatlarini yoki orqali, ikkinchi belgi Yning birinchi belgi Xning har bir qiymatiga mos keladigan qiymatlarini yoki deb belgilaylik. Bir belgi Xning har bir qiymatiga ikkinchi o`zgaruvchan Y belgining taqsimoti mos kelsa, bunday munosabatda korrelyatsion bog`lanish deb yuritiladi.
Statistikada o`zaro bog`lanishlarni o`rganish uchun maxsus usullardan foydalaniladi. Xususan funksional bog`lanishlarni tekshirish uchun balans va indekslar metodi, korrelyatsion bog`lanishlarni o`rganish uchun esa parallel qatorlar, analitik gruppalash, dispersion tahlil va regression va korrelyatsion tahlil usullari keng qo`llaniladi.
Korrelyatsion bog`lanishlarni o`rganishda ikki toifadagi masalalar ko`ndalang bo`ladi. Ulardan biri o`rganilayotgan hodisalar (belgilar) orasida qanchalik zich bog`lanish mavjudligini baholashdan iborat. Bu korrelyatsion tahlil deb atatluvchi usulning vazifasi hisoblanadi.
Korrelyatsion tahlil korrelyatsion koeffitsientlarni aniqlash va ularning muhimligini, ishonchliligini baholashga asoslanadi.
Ikki belgi orasida korrelyatsion bog`lanish mavjudligi yoki yo`qligi aniqlash uchun korrelyatsion koeffitsenti topiladi. O`lchanuvlar natijasida olingan o`rganayotgan belgining son qiymatlari yoziladi.













Bu yerda lar bir belgining son qiymatilari lar 2-chi belgining son qiymatlari. Bu ma’lumotlar asosida korrelyatsiya koeffitsienti quyidagi formula bo`yicha hisoblanadi:

Bu yerda - lar(yoki lar) soni
= =



Korrelyatsiya koeffitsienti larni hisoblamasdan quyidagi formula bilan hisoblash mumkin:

Korrelyatsiya koeffitsienti quyidagi xossalarga ega:

  1. Korrelyatsiya koeffitsienti – 1 va 1 orasida bo`ladi:

  2. Agar korrelyatsiya koeffitsienti musbat bo`lsa, kuzatilayotgan 2 belgi orasida to`g`ri proportsional bog`lanish mavjud bo`ladi, ya’ni bir belgining son qiymatlari o`sishi bilan (kamayishi bilan) ikkinchi belgining ham son qiymatlari o`sadi (kamayadi).

  3. Agar korrelyatsiya koeffitsienti manfiy bo`lsa, kuzatilayotgan 2 belgi orasida teskari proportsional bog`lanish mavjud bo`ladi, ya’ni bir belgining son qiymatlari o`sishi bilan (kamayishi bilan) ikkinchisining son qiymatlari kamayadi (o`sadi).

  4. Agar r=0 bo`lsa, korrelyatsion bog`lanish mavjud bo`lmaydi.

  5. Agar r=1 yoki r=-1 bo`lsa, kuzatilayotgan 2 belgi orasida funktsional bog`lanish mavjud bo`ladi.

  6. Umuman olganda korrelyatsiya koeffitsienti qancha katta bo`lsa, shuncha kuchli bog`lanish va qancha kichik bo`lsa, shuncha kuchsiz bog`lanish bo`ladi. Ko`pincha agar bo`lsa, bog`lanish juda kuchsiz va bo`lsa, bog`lanish juda kuchli hisoblanadi.

12-jadval
r ning qiymatiga qarab, bog`lanish kuchining turlari19

Qiymati

0,1-0,3

0,3-0,5

0,5-0,7

0,7-0,9

0,9 va undan yuqori

Bog`lanish kuchi

Bo`sh

O`rtamiyona

Sezilarli

Yuqori

Juda ham yuqori

Korrelyatsion bog`lanishni tekshirishda ko`zlanadigan ikki hodisa vazifasi bir hodisaning o`zgarishiga qarab, ikkinchi hodisa qancha miqdorda o`zgarishini aniqlashdan iborat. Afsuski, korrelyatsion tahlil usuli – korrelyatsiya koeffitsientlari bu haqida fikr yuritish imkonini bermaydi.
Regression tahlil deb nomlanuvchi boshqa usul mazkur maqsad uchun xizmat qiladi.
Regressiya koeffitsenti quyidagi formula bo`yicha hisoblanadi.
yoki
bu yerdagi r , lar oldingi bo`limdagidek hisoblanadi.
Bu yerda regressiya koeffitsentlarini larni hisoblanmasdan ham topsa bo`ladi:




Regressiya koeffitsienti hisoblangandan keyin quyidagi regressiya tenglamalarini tuzish mumkin:
yoki
Bu tenglamalar yordamida esa bir belgining aniq bir qiymatiga 2-chi belgining mos keladigan qiymatini topish mumkin.
Regression tahlil amaliy masalalarni yozishda muhim ahamiyatga ega. U natijaviy belgiga ta’sir etuvchi belgilarning samaradorligini amaliy jihatdan etarli darajada aniqlik bilan baholash imkonini beradi. Shu bilan birga regression tahlil yordamida iqtisodiy hodisalarni kelajak davrlar uchun istiqbol miqdorlarini baholash va ularning ehtimol chegaralarini aniqlash mumkin. Buning uchun regressiya tenglamalari yoki iqtisodiy – statistik modellar tuziladi. Bunday modellar nazariy jihatdan asosli, amaliy jihatdan qoniqarli natijalar berish uchun ular regression tahlil bilan korellyatsion tahlil usullarini birgalikda qo`llanilishida asoslanishi lozim, chunki bu usullar bir – birini to`ldiradi va taqozo etadi.
Shunday qilib korrelyatsion bog`lanishlarni har taraflama chuqur tahlil qilish uchun korrelyatsion tahlil va regressiya usullari birgalikda qo`llanishi kerak.
Misol: Odamning bo`yi va og`irligi misolida korrelyatsiya, regressiya koeffitsientlari va regressiya tenglamasi qanday topilishini ko`rib chiqamiz. 10 odamning bo`yi va og`irligi o`lchanib quyidagi ma’lumotlar hosil qilingan bo`lsin20:
13-jadval



170

160

172

165

160

174

165

176

178

180



68

66

72

64

64

70

69

77

80

82

Bular asosida va larni topamiz.


14-jadval
Endi quyidagi jadvalni to`ldiramiz21:





-

-

( - )( - )

( - )2

( - )2

170
160
172
165
160
174
165
176
178
180

68
66
72
64
62
70
69
77
80
82

0
-10
2
-5
-10
4
-5
6
8
10

-3
-5
1
-7
-9
-1
-2
6
9
11

0
50
2
35
90
-4
10
36
72
110

0
100
4
25
100
16
25
36
64
100

9
25
1
49
81
1
4
36
81
121

Jadvaldan foydalanib formula bo`yicha va ni topamiz.

Regressiya tenglamasi esa quyidagicha bo`ladi:

y-71= 0,9(x-170)
y= 0,9x- 82
Korrelyasion tahlil uchun omillarni saralash – eng muhim hisoblanadi. Chunki tahlilning yakuniy natijalari omillarning qanchalik to‘g‘ri tanlanganligiga bog‘liq. Nazariya va tahlilning amaliy tajribasi omillarni tanlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda quyidagi qoidalarga bo‘ysunish kerak:

  1. Birinchi navbatda, ko‘rsatkichlar orasidagi sababli bog‘lanishlarni hisobga olish zarur, negaki, faqat ulargina o‘rganilayotgan holat mohiyatini ochib beradi. Natijaviy ko‘rsatkichli matematik munosabatlarda joylashgan bu kabi omillarning tahlili unchalik ahamiyat kasb etmaydi.

  2. Ko‘p omilli korrelyasion model yaratishda amalda qilib bo‘lmaydigan barcha shart va majburiyatlarni o‘z ichiga olgan, natijaviy ko‘rsatkichlarga hal qiluvchi ta’sir o‘tkazadigan eng muhim omillarni tanlab olish zarur. Styudent bo‘yicha kam jadvalli, ishonchlilik mezoniga ega bo‘lgan omillarni hisobga olish tavsiya qilinmaydi.

  3. Chiziqli turdagi korrelyasion modellarga egri chiziqli xarakterga ega bo‘lgan natijaviy ko‘rsatkich bilan bog‘lanishli omillarni qo‘shish tavsiya etilmaydi.

  4. Korrelyasion modelga o‘zaro bog‘langan omillarni qo‘shish mumkin emas. Agar ikkita omil o‘rtasidagi juft korrelyasiya koeffitsienti 0,85 dan ko‘p bo‘lsa, korrelyasion tahlil qoidasiga ko‘ra bittasini chiqarib tashlash kerak, aks holda, natijaviy ko‘rsatkichni xau holdabo‘lishiga olib keladi.

  5. Korrelyasion modelga funksional xarakterdagi natijaviy ko‘rsatkich bog‘lanishli omillarni korrelyasion modelga qo‘shish tavsiya etilmaydi. Korrelyasion model uchun omillarni saralashda analitik guruhlash, parallel va dinamik qatorlarni solishtirish, chiziqli grafiklar katta yordam beradi. Ular yordamida o‘rganilayotgan ko‘rsatkichlar orasidagi bog‘lanish mavjudligi, shakli va yo‘nalishini aniqlash mumkin. Omillarni saralashni Styudent mezoni bo‘yicha qiymatlarni baholash asosida korrelyasion tahlil masalasini echish jarayonida ham amalga oshirish mumkin.

Sanab o‘tilgan shartlarni hisobga olgan holda va omillarni saralash usullarini qo‘llagan holda ko‘p omilli korrelyasion modelning rentabellik darajasi (Y) uchun uning darajasiga katta ta’sir ko‘rsatuvchi quyidagi omillar tanlab olingan.
x1 – material unumi, so‘m;
x2 – jamg‘arma unumi, so‘m;
x3 –mehnat unumdorligi (bir ishchining o‘rtacha yillik ishlab chiqarishi), ming so‘m;
x4 – korxona aylanma mablag‘ining aylanish davomiyligi, kun;
x5 – yuqori sifatli mahsulotning solishtirma og‘irligi, %
Modomiki, korrelyasion bog‘lanish ko‘p sonli kuzatuvlarda to‘laligicha namoyon bo‘lar ekan, ma’lumotlarni tanlab olish hajmi etarlicha katta bo‘lishi kerak, negaki ko‘p sonli kuzatuvlardagina boshqa omillarning ta’siri tekislanadi. O‘rganilayotgan obyektlar majmui qanchalik ko‘p bo‘lsa, natijalar tahlili shunchalik aniq bo‘ladi.
Chiziqli dasturlash usuli va uning tahlilda qo‘llanilishi. Chiziqli dasturlash usuli iqtisodiyotda ko‘p uchraydigan ekstremal masalalarni hal qilishda ko‘p qo‘llaniladi. Ushbu turdagi masalalarni yechimi funksiyalardagi o‘zgaruvchan miqdorlarni chetki qiymatlarini (maksimum va minimum) topishga qaratilgandir. Chiziqli dasturlash qat’iy funksional bog‘liqlikda bo‘lgan voqeliklarni o‘rganib, chiziqli tenglamalar tizimini (tenglama va tengsizliklarni qayta shakllantirib) yechishga asoslangan. O‘zgaruvchan miqdorlarning matematik ifodasi, ularning aniq tartibi, hisob-kitoblarning ketma-ketligi, mantiqiy tahlillar chiziqli dasturlashga xos jihatlardir. Ushbu usulni faqat quyidagi holatlarda qo‘llash mumkin:

  1. o‘rganilayotgan o‘zgaruvchan miqdorlar matematik aniqlik va miqdoran cheklangan bo‘lsa;

  2. omillarni o‘zaro almashtirish asosida aniq ketma-ket hisob-kitoblar amalga oshirilsa;

  3. o‘rganilayotgan ob’ektning tushunishdagi mantiqiy asoslash bilan hisobkitoblardagi mantiq, matematik mantiq o‘zaro mos kelsa.

Chiziqli dasturlash qo‘llanib hal etiladigan barcha iqtisodiy masalalar aniq cheklangan sharoitlarda muqobil echim topishi bilan farq qiladi. Demak, mazkur usulda masalani hal qilish - mavjud muqobil imkoniyatlar orasida eng maqbul hamda yaxshisini tanlab olishdir. Iqtisodiyotda chiziqli dasturlashdan foydalanishning qimmati va ahamiyati shu bilan izohlanadiki - mavjud ko‘p miqdordagi ahamiyatli muqobil variantlar ichida eng maqbul variant tanlanadi.
Boshqa usullar yordamida mazkur turdagi masalalarni hal qilishning imkoni mavjud emas. Ushbu usul yordamida sanoat korxonalarida stanoklarning eng maqbul unumdorligi, qishloq xo‘jaligida minimal miqdor va qiymatdagi ozuqa ratsioni, transport masalalari hal etiladi.
Nazariy o‘yin usuli o‘rganilayotgan voqelik tafsifiga ko‘ra undagi mavjud vaziyatlar ichida eng maqbul strategiyaning topishni tadqiq qiladi. Bunda korxona uchun eng qulay va maqbul vaziyat strategiya qilib boshqaruv qarorlari asosida belgilab olinadi.
Mazkur holatni matematik ko‘rinishga keltirishda har bir vaziyatni alohida o‘yin ishtirokchisi deb belgilab olinadi. Har bir ishtirokchi esa o‘zining manfaatini maksimallashtirishni boshqa ishtirokchilar hisobidan amalga oshirishga harakat qiladi.
Nazariy o‘yin usulida masala aniq formulalashtirishni talab qiladi. Bunda o‘yin qoidasi va ishtirokchilar soni belgilanadi, ishtirokchilar imkoniyatidagi strategiyalar aniqlanadi, yutuqlar va yutqazishlar o‘rganiladi. Masalalarni hal qilishda algebraning chiziqli tenglamalar va tengsizliklar tizimi usullari va boshqa shu kabilardan foydalaniladi.
Nazariy o‘yin usulining mazmunini quyidagi misolda ko‘rishimiz mumkin.
Bolalar ustki kiyimi ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kichik korxona oktyabr va noyabr oylarida bir dona kurtka ishlab chiqarish uchun 30,0ming so‘m xarajat qiladi, bir dona palto ishlab chiqarish uchun esa -40,0ming so‘m xarajat qiladi. Sotish bahosi esa kurtka uchun - 35,0 ming so‘m bo‘lsa, Palto uchun esa – 50,0 ming so‘m.
Ko‘p yillik kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki korxona havo iliq kelsa 270 dona kurtka, 170 dona palto sotar ekan. Sovuq havoda esa 200 dona kurtka mahsuloti, 250 dona palto mahsulotini sotish imkoniyati mavjud.
Ob-havoni qanday bo‘lishligi avvaldan bashorat qilish qiyinligini e’tiborga olib, ya’ni tabiat injiqligini hisobga olgan holda korxonaga tushadigan tushumni barqarorlashtirish talab etilsa, quyidagicha hisob- kitob ishlari amalga oshiriladi.

  1. Mavsum iliq kelsa korxona tushumi quyidagicha bo‘ladi:

270* 35 + 170 *50 = 19500,0 ming so‘m;

  1. Mavsum sovuq kelsa korxona tushumi quyidagicha bo‘ladi.

200 * 35 + 600*50 = 17950,0 ming so‘m.
Bu yerda korxonaning iliq havo uchun mo‘ljallagan strategiyasini A hamda sovuq havo uchun esa V, tabiatning iliq havosi uchun S, sovuq havosi uchun D kabi belgilashlarini kiritamiz.
Korxona uchun A va V strategiyalardan tashqari, tabiatning injiqligi ham mavjud. Bu holat ham erishiladigan tushum, natijada esa foydaga (zarar) o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Misol uchun, korxona A strategiyani qo‘lladi, lekin havo sovuq (D) keldi. Bunda korxonaning tushumi:
200 * 35 + 170 *50 – 80 * 40 = 12300 ming so‘m.
Agar korxona V strategiyani ko‘llagan holda S iliq havo bo‘lsa, u holda:
200 * 35 - 70 * 30 + 170 *50 = 1300 ming so‘mni tashkil etadi.
Yuqoridagi ma’lumotlardan foydalanib esa, quyidagi matritsa jadvalini tuzamiz. Bunda korxona R1- komanda, tabiatni esa R2 shartli belgi bilan belgilab olamiz.
15-jadval
Nazariy o’yin usulida daromadlarni boshqarish strategiyasini belgilash22


Download 391,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish