Toshkent moliya instituti “Moliyaviy tahlil” fanidan kurs ishi



Download 391,42 Kb.
bet12/13
Sana14.06.2022
Hajmi391,42 Kb.
#668634
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
2 5427059411812095817

Ishtirokchilar

(Tabiat)



(Korxona)

Strategiya

S

D

Min

A

19 500

12 300

12 300

B

13 400

17 950

13 400

Max

19 500

17 950

-

Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki korxonaning strategiyasi tabiat strategiyasi bilan bir xil bo‘lsa 19500 yoki 17950 ming so‘m foydaga erishishi mumkin. Aks holda mazkur ko‘rsatkich 12300 yoki 13400 ming so‘m holatida qoladi. Bu yerda P1va R2o‘yinchilarni strategiyasi o‘zaro muvofiq kelmaydi deb qaraladi.
Demak, korxona eng kam foydaga erishadi deb olinadi. YA’ni, o‘yinda korxona yutqizadi. Shu sababli, korxona bu ikki mahsulot turidan o‘rtacha foydaga erishish yo‘lini ishlab chiqadi. Buning uchun R1 o‘yinchining A strategiyasida chastotani nomalum X bilan belgilaymiz.
Mazkur holatda V strategiyadagi chastota esa (1-X) miqdorga teng bo‘ladi. Endigi navbatda quyidagi hisob-kitoblarni amalga oshiramiz:
19500X+12300(1-X)=13400X + 17950(1-X)
117500X=56500
X=0,48 (1-0,48)=0,52
19500*0,48 + 12300*0,52=15756
13400*0,48 + 17950*0,52=15766
(200 + 250)*0,48 +(270+170)*0,52 = 236 kurtka + 208 palto.
Demak, korxona shuncha assortimentdagi mahsulot ishlab chiqarishi uning omillar tasirida tushumning va daromadning bir xilligini taminlash imokniyatni beradi.

Xulosa
Ushbu kurs ishi mavzusini o`rganish natijasida moliyaviy tahlilning predmeti, vazifasi, tamoyillari hamda usullarini o’rganib uni amaliyotda qay tartibda qo’llanilishini o’rganib tahlil etdim.
Moliyaviy tahlilda qo‘llaniladigan usullar: an’anaviy (taqqoslash, balans, o‘rtacha miqdorlar, zanjirli almashtirish, indeks, farqli, nisbiy ko‘rsatkichli kabi) va iqtisodiy matematik (integral, chiziqli va chiziqsiz dasturlash, nazariy o‘yin, korelyatsiya va regretsiya, determinant, logarifm kabi) usullar.
Moliyaviy tahlilda qo’llaniladigan usullardan an’anaviy usul quyidagicha:

  • Taqqoslash usuli – tahlilda eng ko‘p qo‘llaniladigan usul hisoblanadi. Uning gorizontal, vertikal, trendli usullari tarkiblanadi. Amalda taqqoslashning muhim shartlariga amal etish talab etiladi. Ular qatoriga o‘lchov birligi (hajm, qiymat, miqdor ko‘rsatkichlar), davriy oraliqlari, faoliyat shakli, ishlab chiqarish sharoitlari, ishbilarmonlik muhiti bir xilligi, hisob-kitoblarning metodik jihatdan yagonaligini kiritish mumkin.

  • O‘rtacha miqdorlar. Mutlaq va nisbiy miqdorlarning hodisa va jarayonlarni o‘rganish, baholash va tahlil etishda ustunliklari, ijobiy tomonlari bilan bir qatorda, ularning qator kamchiliklari ham mavjud. Ya’ni ular o‘rganilayotgan hodisa va jarayonlarga umumlashtirib ta’rif bera olmaydi.Bu vazifani o‘rtacha miqdorlar bajaradi. O‘rtacha miqdorlardan rejalashtirish, boshqarish, ilmiy-tadqiqot ishlarida keng qo‘llaniladi.

  • Balans usuli– o‘zaro bog‘langan va tenglashtirilgan ikki guruh iqtisodiy ko‘rsatkichlar tengliklarini aks ettirish usulidir. Bu metod buxgalteriya hisobi va rejalashtirish amaliyotida eng ko‘p qo‘llaniladigan metod hisoblanadi. Balans usuli korxonani aktivlar, kapital va majburiyatlar balansi, debitorlik va kreditorlik majburiyatlari balansi, valyuta balansi, byudjet balansi, resurs balansi tahlilida keng qo‘llaniladi.

  • Indeks usuli - har qanday ko‘rsatkich ham indeks ma’nosida bir xilda ishlatilmaydi. Tahlilda, statistikada indeks deganda - bevosita qo‘shib bo‘lmaydigan bo‘laklardan tashkil topgan ikki to‘plamni taqqoslash tushuniladi. Tahlilda shunday hodisalar uchraydiki, ularga mumkin bo‘lmagan sharoitda umumlashtirib baho berish zaruriyati tug‘iladi. Bu kabi muammolarni yechish uchun tahlilda mahsulot hajmi indeksi, baho, tannarx, mehnat unumdorligi va boshqa indekslar hisoblanadi.

  • Guruxlash usuli. Guruxlash deganda o‘rganilayotgan to‘plamni ta’lukli belgilari bo‘yicha sifat jihatdan bir xil bulgan guruxchalarga ajratish tushuniladi. Agar statistikada guruxlash xodisalarni umumlashtirish va tiplarga ajratish maqsadida foydalanilsa,tahlilda o‘rtachalarni moxiyatini tushintirishga,bu o‘rtachadagi alohida birliklarni rolini ko‘rsatishga, o‘rganilayotgan ko‘rsatkichlar orasida o‘zaro bog‘liqliklarni aniqlashga yordam beradi.

  • Zanjirli bog‘lanish usulida zanjirli tizimdan foydalanilganligi sababli uning nomi zanjirli usul deb nomlangan. Bu tartib natijaviy ko‘rsatkichga har bitta omilning ta’sir darajasini hisoblashda ushbu omilning yangilangan ifodasi olinishi bilan farq qiladi. Qolgan barcha ta’sir birliklar o‘zgarishsiz qoldiriladi va h.k. Ushbu omillar oxirgi omil ta’sirini aniqlashga qadar davom ettiriladi. Zanjirli usulni turli ifodalarga nisbatan qo‘llash mumkin va bu uni qo‘llash imkoniyatlarini oshiradi va universalligini taminlaydi.

  • Mutlaq farq usuli ananaviy usulalarning sodda modelli tizimi hisoblanib ko‘pincha samaradorlik va natijaviylik ko‘rsatkichlariga nisbatan qo‘llaniladi.

  • Nisbiy farq usuli. Tahlilda ushbu usulni qo‘llash orqali mutlaq ko‘rsatkichlardan tashqari nisbiy ko‘rsatkichlar orqali ham sabab-oqibat bog‘lanishlarini, omillarning natijaviy ko‘rsatkichga ta’sirini hisob-kitob qilish imkoniyatini beradi. Ushbu usul ham mutlaq ifodalarga tayangan holda omillar ta’sirini foizli biliklarda, natijani o‘zgartirishini uzviy ketma ketlikda hisob-kitob qilishni talab etadi.

Moliyaviy tahlilda qo’llaniladigan usullardan iqtisodiy-matematik usullar - faoliyatning samaradorligi va natijaviyligini, uzviy olaqadorlik va bog‘lanishlardagi omilli tahlilini amalga oshirishda foydalanish, analitik ishlar sifatligini, tahlilning chuqurligini va masalaning qanchalik chuqurligini ham taminlab beruvchi muhim omildir. Iqtisodiy matematik usullar masalani yechishning kompyuter algoritmini shakllantirishda ham qo‘l keladi. Iqtisodiy matematik usullar vaqt mezoni bo‘yicha, tezlik, aniqlik masalasida, dasturlash va natijalar mayda birliklariga qadar aniqlanishi sababli samaradorligi yuqori turadi. Iqtisodiy matematik usullar iqtisodiy tahlil imkoniyatlarini oshirib, yanada ko‘proq turdagi va murakkab tavsifdagi masalalarni qisqa muddatda to‘g‘ri hal qilish imkonini beradi.Moliyaviy tahlilda matematik usullarni qo‘llash korxona faoliyatida qator o‘ziga xos shartlarni e’tiborga olishni talab qiladi. Ularning asosiylari quyidagilardir: korxona iqtisodiyotini to‘laligicha axborot texnologiyalariga asoslangan bo‘lishi, iqtisodiy-matematik modellar tuzish, axborot manbalarini takomillashtirish, xodimlar malakasi va shu kabilar.
Mаmlаkаtimizdа mаkrоiqtisоdiy vа mоliyaviy bаrqаrоrlikkа erishish аsоsiy vаzifаlаrdаn biri hisоblаnаdi. Bu esа iqtisоdiyot tаrmоqlаrini iqtisоdiy vа mоliyaviy fаоliyatini hаr tоmоnlаmа chuqur tаhlil qilish аsоsidа ichki хo’jаlik imkоniyatlаridаn unumlirоq fоydаlаnishni, ilg’оr tаjribаlаrni jоriy etish hаmdа sifаt ko’rsаtkichlаrni muttаsil yaхshilаb bоrishni tаqоzо etаdi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati


  1. Download 391,42 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish