Ko’rsatkichlar
|
1-yanvar
2021
|
1-aprel
2021
|
1-iyul
2021
|
1-oktyabr
2021
|
1-yanvar
2021
|
Asosiy vositalarning o’rtacha yillik qiymati, mln.so’m
|
8000
|
8500
|
9200
|
10500
|
11600
|
Yuqoridagi formula bo‘yicha asosiy vositalarning o‘rtacha yillik qiymati quyidagicha bo‘ladi.
O‘x= (8000/2+8500+9200+10500+11600/2) / (5-1) = 9500 mln so‘m
Balans usuli– o‘zaro bog‘langan va tenglashtirilgan ikki guruh iqtisodiy ko‘rsatkichlar tengliklarini aks ettirish usulidir. Bu metod buxgalteriya hisobi va rejalashtirish amaliyotida eng ko‘p qo‘llaniladigan metod hisoblanadi.
Balans usuli korxonani aktivlar, kapital va majburiyatlar balansi, debitorlik va kreditorlik majburiyatlari balansi, valyuta balansi, byudjet balansi, resurs balansi tahlilida keng qo‘llaniladi.
1-rasm. Balansning muhim turlari va ularning birlik elementlari8
Ushbu usuldan moliyaviy xo‘jalik faoliyatining barcha bo‘g‘inlarda keng foydalaniladi.Balans metodi ko‘proq omilli modellarni tuzishda ham qo‘llanishi mumkin.
2-rasm. Modellar va ularning tuzilishi9
Indeks usuli. Indeks so‘zi lotincha “Index” atamasidan olingan bo‘lib belgi, ko‘rsatkich degan ma’noni bildiradi. Har qanday ko‘rsatkich ham indeks ma’nosida bir xilda ishlatilmaydi. Tahlilda, statistikada indeks deganda - bevosita qo‘shib bo‘lmaydigan bo‘laklardan tashkil topgan ikki to‘plamni taqqoslash tushuniladi. Tahlilda shunday hodisalar uchraydiki, ularga mumkin bo‘lmagan sharoitda umumlashtirib baho berish zaruriyati tug‘iladi. Bu kabi muammolarni yechish uchun tahlilda mahsulot hajmi indeksi, baho, tannarx, mehnat unumdorligi va boshqa indekslar hisoblanadi.
Indekslar to‘plam birliklarini qamrab olishiga qarab individual va umumiy indekslarga bo‘linadi. Individual indekslar to‘plamning ayrim elementlarining o‘zgarishini ta’riflaydi. Taqqoslanish asosiga qarab indekslar bazisli va zanjirsimon indekslarga bo‘linadi. Baza o‘rnida qabul qilingan miqdor bilan qolganlari taqqoslansa bu indekslar bazisli, o‘zidan oldingi davr bilan taqqoslansa zanjirsimon indekslar deyiladi.
Indekslashtirilayotgan miqdorlarning xarakteri va mazmuniga qarab indekslar miqdor(fizik hajm) va sifat ko’rsatkichlari indekslariga bo‘linadi. Indeks usulida hodisaning miqdori (fizik xajmi)-q; narxlar-r; tannarx –s; unumdorlik- harflar bilan belgilanadi. Joriy davr ko‘rsatkichi “1” satr osti ishorachasi, o‘tgan davr esa “0” –bilan ifodalanadi. “i” va “I” lar individual va umumiy indekslarni ifodalaydi, “” – yig‘indini bildiradi.
Individual indekslar quyidagicha ifodalanadi: Mahsulot fizik hajmi individual indeksi (i q) i q=q1/q0 Bu yerda: q1 va q0 - joriy va o‘tgan davrlarda ishlab chiqarilgan mahsulotning fizik hajmi. Bu indeks yuqorida ta’kidlaganimizdek, mahsulot fizik hajmini vaqt, hudud va ob’ektlar bo‘yicha faqatgina bitta mahsulot uchun o‘zgarish xarakterlaydi.
Baho individual indeksi (i r) i r=r1/r0. Bu yerda: p1 va p0 – joriy va o‘tgan davrlarda mahsulot bir birligini bahosi (narxi).
Tannarx individual indeksi (i z) i z=z1/z0. Bu yerda: z1 va z0 – joriy va o‘tgan davrlarda mahsulot birligini tannarxi.
Umumiy indekslar agregat va o‘rtacha shakllarda bo‘ladi. Agregat indekslar deb, maxsus taqqoslagichlar (vazn) yordamida joriy va o‘tgan davrlar uchun hisoblangan to‘plamlarni o‘zaro taqqoslashga aytiladi.
Agregat shakldagi indeksni ham quyidagicha formula ko‘rinishida yozish
mumkin.
Bu indeks mahsulot ( yoki tovar oboroti) hajmining umumiy indeksidir. Bu erda q1p1 va q0p0 joriy va bazis davrlardagi mahsulot qiymati. Ko‘rinib turibdiki, bu indeks mahsulot fizik hajmini emas, uni qiymatining o‘zgarishini xarakterlamoqda, ya’ni baho o‘zgarsa, qiymat ham o‘zgaraveradi.
Fizik hajmi indeksini tuzishda vazn sifatida o‘tgan davr baholari olinsa
formulani quyidagicha yozish mumkin.
Bu yerda: q1p0 - joriy davrdagi mahsulotning qiymati (o‘tgan davr bahosida); q0p0 – bazis davridagi mahsulotning qiymati.
Umumiy indekslarni agregat shaklda hisoblash uchun indekslashtirilayotgan belgi va uning vaznlari haqida har bir mahsulot va davrlar bo‘yicha alohida ma’lumotlar mavjud bo‘lishi shart.
Indekslar yordamida nafaqat miqdor ko‘rsatkichlari, balki sifat ko‘rsatkichlari ham o‘rganiladi. Ularga baho, tannarx, hosildorlik, mehnat unumdorligi, rentabellik darajasi va boshqalar kiritiladi. Agarda o‘rganilayotgan qatorning hadlari baza sifatida qabul qilingan bitta had bilan taqqoslansa, bunday indekslar bazisli indekslar, agarda har bir had o‘zidan oldin keladigan had bilan taqqoslansa unday indekslar zanjirsimon indekslar deb yuritiladi.
5-jadval
Sotilgan mahsulot miqdori bo’yicha bazisli va zanjirsimon indeks10
Do'stlaringiz bilan baham: |