Indekslardan murakkab ko‘rsatkichlarni o‘zgarishida omillarningta’sirini
o‘lchashda ham foydalaniladi. Omillar ta’sirini baholashda agregat shakldagi
umumiy indekslardan foydalaniladi.
3-rasm. Omillar ta’sirini hisoblash yo’llari11 Guruxlash usuli. Guruxlash deganda o‘rganilayotgan to‘plamni ta’lukli belgilari bo‘yicha sifat jihatdan bir xil bulgan guruxchalarga ajratish tushuniladi. Agar statistikada guruxlash xodisalarni umumlashtirish va tiplarga ajratish maqsadida foydalanilsa,tahlilda o‘rtachalarni moxiyatini tushintirishga,bu o‘rtachadagi alohida birliklarni rolini ko‘rsatishga, o‘rganilayotgan ko‘rsatkichlar orasida o‘zaro bog‘liqliklarni aniqlashga yordam beradi. Hal qiladigan masalalari (vazifalari) nuqtai nazardan guruxlashlar tipologik, strukturali va analitik turlarga bo’linadi:
Tipologik guruxlash - to‘plamni sifat jixatdan bir xil bulgan guruxlarga ajratishni;
Strukturali guruxlash- ko‘rsatkichni ichki tuzilishini,uning alohida qismlarini o‘zoro nisbatlarini o‘rganish maqsadida guruxlarga ajratishni;
Analitik guruxlash- ko‘rsatkichlar orasidagi boglanishlarni o‘rganish maqsadida amalga oshiriladigan guruxlashlarni anglatadi.
Tuzilishining murakkabligi jixatdan oddiy guruxlashlar va kombinatsiyali
guruxlashlar tarkiblanadi. Bitta belgi bo‘yicha amalga oshirilgan guruxlashlar oddiy guruxlash deb aytiladi.Agar bitta belgi bo‘yicha bitta guruhlashni, shu guruxga kiruvchi boshqa bir belgi bo‘yicha yana boshqa guruxlashni amalga oshirilsa bunday guruhlash kombinatsiyali guruxlash deb aytiladi.
Guruxlarni tuzishda to‘plamni guruxlarga bo‘lish,guruxlar sonini belgilash va gurux intervalini aniqlash masalasiga jiddiy yondashish zarur. Guruxlashlar algoritmini quyidagi ketma ketlikda belgilash mumkin:
tahlilning maqsadini aniqlash;
axborotlarni yig‘ish;
guruxlash uchun asos qilib olingan belgi bo‘yicha to‘plamni ranjirovka
qilish;
to‘plamni taksimlash intervali (oraligi)ni tanlash va uni guruxlarga ajratish;
guruxlash va omilli belgilar bo‘yicha o‘rtacha gurux ko‘rsatkichlarini aniqlash;
olingan o‘rtacha mikdorlarni tahlil qilish, o‘zoro bog‘liqlarni va natijaviy ko‘rsatkichga omilli ko‘rsatkichlarni ta’sir yunalishini aniqlash.
Moliyaviy tahlilda guruhlashdanko‘pincha qiyosiy tahlilda foydalanish mumkin.
6-jadval
Moliyaviy holat reytingi bo’yicha guruhlash12