JUFT REGRESSION TAHLIL
(Tajriba ishi)
Ishdan maqsad: Microsoft Excel dasturi yordamida natijaviy va omil belgilarning regression bog’lanish shaklini tahlil etish, chiziqli regression tenglama tuzish, tuzilgan modelni iqtisodiy talqin qilish va tadqiqot natijalari asosida prognoz qilish va qaror qabul qilish uchun foydalanishni o’rganish.
Topshiriq:
1980-2004 yillar davomidagi aholining iste’mol xarajatlari va shaxsiy daromadlari to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud:
Yillar
|
Shaxsiy daromad,
|
Iste’mol xarajatlari,
|
1980
|
207,7
|
195,0
|
1991
|
207,7
|
209,8
|
1992
|
238,7
|
219,8
|
1993
|
252,5
|
238,0
|
1994
|
256,9
|
238,0
|
1995
|
274,4
|
256,9
|
1996
|
292,9
|
269,9
|
1997
|
308,8
|
285,2
|
1998
|
317,9
|
293,2
|
1999
|
337,1
|
313,5
|
2000
|
349,9
|
328,2
|
2001
|
364,7
|
337,3
|
2002
|
384,6
|
356,8
|
2003
|
402,5
|
375,0
|
2004
|
431,8
|
399,2
|
1. Berilgan ma’lumotlar asosida korrelyatsiya maydonini tuzing va bog‘lanish shaklini aniqlang.
2. Chiziqli regressiya tenglamasi parametrlarini hisoblang va b parametrining iqtisodiy mazmunini izohlang.
Ishni bajarish tartibi:
Ushbu topshiriqni Microsoft Excel dasturi yordamida bajaramiz.
1. Korrelyatsiya maydonini tuzamiz va bog‘lanish shaklini aniqlaymiz.
Birinchi topshiriqni bajarish uchun va ma’lumotlarini, birinchi navbatda omil belgi ma’lumotlarini va ularga mos natijaviy belgi ma’lumotlarini kiritib chiqamiz:
Keyin va ma’lumotlar doirasini belgilab olgan holda yuqoridagi menyudan: Вставка / Диаграмма / Точечная ni tanlaymiz:
Korrelyatsiya maydonidan ushbu bog‘lanish shakli to‘g‘ri chiziqli ekanligini ko’rish mumkin. Chunki nuqtalar amalda to‘g‘ri chiziq bo‘ylab joylashgan.
2. regressiya tenglamasining parametrlarini topamiz.
Birinchi yo‘l. Yuqoridagi 1-rasmdagi korrelyatsiya maydonining istalgan nuqtasi ustiga sichqoncha ko‘rsatkichini olib kelib, sichqonchaning o‘ng tugmasini bosamiz va Добавить линию тренда ni tanlaymiz.
Quyidagi darcha paydo bo‘ladi:
Undan Параметры линии тренда dan Линейная ni tanlaymiz va qiyidada Показывать уравнение на диаграмме ga belgi qo‘yamiz.
Natijada
regressiya tenglamasiga ega bo‘lamiz.
Ikkinchi yo‘l. Regressiya tenglamasi parametrlarini topish uchun Microsoft Excel dasturining yuqori qismidagi Данные > Анализ данных menyusini tanlaymiz va quyidagi darcha paydo bo‘ladi.
Ushbu oynadan Регрессия menyusini tanlaymiz. Natijada quyidagi darcha paydo bo‘ladi:
Ushbu darchadagi Входной интервал y maydoniga natijaviy belgi ma’lumotlari doirasini belgilab kiritamiz. Bizning misolda bu doira C2 dan C16 gacha. Xuddi shuningdek Входной интервал x maydoniga omil belgi ma’lumotlari doirasini belgilab kiritamiz. Bizning misolimizda bu doira B2 dan B16 gacha. Keyin OK tugmachasini bosamiz:
Natijada regression taxlil ma’lumotlari yangi varaqda paydo bo‘ladi:
Natijalardan regressiya tenglamasi parametrlari bo‘lgan a va b koeffitsientlari mos ravishda 10,619 va 0.8981 ga tengligini bilib olamiz va quyidagi regressiya tenglamasiga ega bo‘lamiz:
Iqtisodiy mazmuni: shaxsiy daromadning 1 birlikka o’sishi hisobiga istemol xarajatlari 0,8981 ga ortadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |