Toshkent moliya instituti "moliya" kafedrasi "davlat byudjeti"


 Byudjet munosabatlarining qonuniy-huquqiy asoslari, byudjet



Download 13,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/333
Sana21.06.2022
Hajmi13,85 Mb.
#689022
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   333
Bog'liq
Davlat byudjeti ouq 2018

4.1. Byudjet munosabatlarining qonuniy-huquqiy asoslari, byudjet 
qonunchiligi
 
O‗zbekiston Mustaqillikka erishgandan so‗ng, xo‗jalik yuritishning bozor 
tizimiga o‗tilishi, iqtisodiyot bozor infratuzulmasining shakllanishi va rivojlanishi 
mamlakat xo‗jalik jarayonlarini amalga oshirish uchun zarur bo‗lgan huquqiy 
asosni yaratishni talab etdi. Undan tashqari, jahondagi glaballashuv jarayonlarida 
faol qatnashayotgan O‗zbekiston uchun davlat boshqaruv institutlarini 
shakllantirish va tubdan isloh qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu boradagi 
islohotlar davlat moliyasi, davlat byudjeti va byudjet jarayonini boshqarish va 
tartibga solish organlari faoliyatining samaradorligini oshirishni ko‗zda tutadi. Shu 
sababli ular faoliyatini amalga oshirilayotgan iqtisodiy va demokratik islohotlar 
talablariga moslashtirish, so‗nggi ijobiy natijalarni ko‗zlagan holda muvofiqlash-
tirish, shaklan va mazmunan yangi sifat pog‗onasiga ko‗tarish talab etilmoqda
1

Bizga ma‘lumki, mamlakatda sodir bo‗layotgan har qanday jarayonlar 
tegishli qonuniy-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solib turiladi. Bosh hujjat esa – bu 
O‗zbekiston Ruspublikasining Konstitutsiyasidir. Byudjet munosabatlarini tartibga 
solib turuvchi asosiy qonuniy hujjat ham Konstitutsiya hisoblanadi. Davlat 
byudjeti bilan bog‗liq bo‗lgan barcha huquqiy-me‘yoriy hujjatlar ham Konstitu-
tsiya bilan belgilab qo‗yilgan normalar asosida ishlab chiqiladi va qabul qilinadi.
Davlat byudjeti va uning tuzilishi bilan bog‗liq normalar Konstitutsiyaning 
XXV bobida ―O‗zbekistonning Davlat byudjeti respublika byudjetidan
Qoraqalpog‗iston Respublikasi byudjetidan va mahalliy byudjetlardan iborat‖
2
ekanligi belgilab quyilgan. 

1
Davlat moliyasini isloh etishning dolzarb muammolari. Respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasi materiallari 


(20.12.2009). T.: HUMOYUN ISTIQLOL MO‘JIZASI. 2009. 87-88-betlar
2
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 122-modda. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017 
y., 14-son, 213-modda 


35 
Ma‘lumki, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish mos huquqiy bazaga 
tayanishi lozim. Shu sababli yangi qonunlar turkumini ishlab chiqish zaruriyati 
tufayli O‗zbekistonda iqtisodiy munosabatlarni tartibga soluvchi qator qonunlar 
qabul qilindi. Bunday qonunlar avvalgi ―markazlashtirilgan rejali tizim ruhi bilan 
sug‗orilgan‖, haddan tashqari mafkuralashtirilgan, xalqaro me‘yorlar va 
qoidalarning talablarini inkor etuvchi sovet davri qonunlarining o‗rniga keldi va 
yosh mustaqil davlatimizning huquqiy demokratik yo‗ldan og‗ishmay ravnaq 
topishi uchun xizmat qila boshladi. 
O‗zbekiston Respublikasi byudjet qurilishi, byudjet tizimining amal qilishi
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining barcha darajalaridagi (markaziy, 
hududiy va mahalliy) byudjet borasidagi vakolatlari byudjet qonunchiligi bilan 
tartibga solinadi. 
Byudjet qonunchiligi – byudjet munosabatlarini huquqiy jihatdan tartibga 
solib turishga xizmat qiluvchi barcha qonuniy va me‘yoriy-huquqiy hujjatlar 
yig‗indisi. Huquqiy me‘yorlarning mazmunidan kelib chiqqan holda, byudjet 
qonunchiligini bir necha darajaga ajratish mumkin: 
1-daraja
– O‗zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi - byudjet tizimi 
byudjetlarini shakllantirish, tuzish, ko‗rib chiqish, qabul qilish, tasdiqlash, ijro 
etish, davlat tomonidan mablag‗ jalb qilish va byudjet to‗g‗risidagi qonun hujjatlari 
ijrosini nazorat qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi. 

Download 13,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   333




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish