31
3.1-jadval
Konsolidatsiyalashgan byudjet daromadlarining asosiy parametrlari
1
foizda
№
Ko„rsatkichlar
2014-y.
2015-y.
2016-y.
2017-y.
2018-y.
1. Davlat byudjeti
daromadlari
60,9
60,5
60,5
61,0
62,8
2. Davlat maqsadli
jamg‗armalari daromadlari
33,7
35,7
35,1
35,2
31,7
3. O‗zbekiston Respublikasi
Tiklanish va
taraqqiyot
jamg‗armasi daromadlari
4,7
3,8
4,4
3,8
5,5
Konsolidatsiyalashgan
byudjetning jami
daromadlari
100,0
100,0
100,0
100,0
100,0
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarda
byudjetdan tashqari maqsadli jamg‗armalarning ham ahamiyati yuqori bo‗lmoqda.
Bu hol ular daromadlarining shakllanish ko‗lamlarida yaqqol namoyon bo‗ladi.
Xususan, maqsadli jamg‗armalar daromadlari konsolidatsiyalashgan byudjet
daromadlarining o‗rtacha 33,7 – 35,7 foizni tashkil qilgan.
Dastlab ayrim ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni aniq manbalar bilan ta‘minlash
maqsadida davlat byudjeti tarkibidan ma‘lum maqsadlarga mo‗ljallangan
byudjetdan tashqari maqsadli fondlar shakllangan. Masalan,
davlat byudjeti
tarkibiga kiruvchi ―ijtimoiy sug‗urta fondi‖ negizida byudjetdan tashqari Pensiya
jamg‗armasi tuzilgan. Bu va shu kabi boshqa fondlar davlat byudjetidan ajralib
chiqqani bois adabiyotlarda ―nobyudjet fondlar‖ yoki ―byudjetdan
tashqari
fondlar‖ deb yuritilgan. Shuningdek, Byudjet kodeksining qabul qilinishi va
amalga kiritilishigacha bo‗lgan oxirgi o‗n yilliklar davomida ―Byudjet
tizimi
to‗g‗risida‖gi O‗zbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasi bilan bir qator
jamg‗armalarning davlat byudjetida konsolidatsiyalanishi (jamlanishi) belgilab
berildi va ular byudjet nazariyasi va amaliyotida ―davlat maqsadli jamg‗armalari‖
degan umumiy nom oldi. Lekin jamlanma byudjet tarkibiga kirmagan, shakllanish
manbalari va ishlatish yo‗nalishlari hukumatning tegishli
qarorlari bilan belgilab
qo‗yilgan, vazirliklar va boshqa davlat idoralari tasarrufidagi fondlar ham bugungi
kunda davlatning ayrim ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarini qo‗shimcha mablag‗ bilan
ta‘minlash uchun xizmat qilib kelmoqda va ularga nisbatan adabiyotlarda
―maqsadli fondlar‖ iborasi qo‗llanilmoqda.
1
Ma‘lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-2099-sonli (25.12.2013), PQ-2270-sonli (04.12.2014),
PQ-2455-sonli (22.12.2015), PQ-2699-sonli (27.12.2016), PQ-3454 (29.12.2017) qarorlari
asosida
umumlashtirilgan.
32
Bugungi kunda konsolidatsiyalashgan byudjet tarkibidagi davlat maqsadli
jamg‗armalari qatoriga Byudjet Kodeksining 36-moddasida nazarda tutilgan
quyidagi jamg‗armalar kiradi:
Do'stlaringiz bilan baham: