3 tonnagacha yuk ko‘tarish quvvatiga ega yuk avtomobillari uchun
150 000
3 tonnadan ortiq yuk ko‘tarish quvvatiga ega yuk avtomobillari uchun
225 000
Soliq to‘lovchi:
bir nechta faoliyat turi bilan shug‘ullanganida, har bir faoliyat turi uchun alohida-alohida qat’iy belgilangan miqdordagi soliqni to‘laydi, faoliyat bilan ikki va undan ortiq aholi punktlarida shug‘ullanganida esa, ushbu aholi punktlari uchun o‘rnatilgan yuqori stavkada soliq to‘lanadi;
tadbirkorlik faoliyatini ijaraga olingan uskunalarda va binoda amalga oshirgan taqdirda, yashash joyidagi soliq organiga ijaraga beruvchi to‘g‘risida ma’lumotnoma (axborot) taqdim etishga majbur;
I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan shaxs hisoblanganida faoliyat turidan va uni amalga oshirish joyidan qat’i nazar, oyiga qat’iy belgilangan miqdordagi soliqning 50 foizini, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda to‘laydi;
“Hunarmand” uyushmasi a’zosi bo‘lgan va hunarmandchilik mahsulotlarini (tovarlarini, xizmatlarini) ishlab chiqarish hamda realizatsiya qilishni amalga oshirganida qat’iy belgilangan miqdordagi soliqni to‘lashdan ozod etiladi;
bolalar o‘yin avtomatlari bilan bog‘liq xizmatlarni ko‘rsatsa, har bir jihozlangan joy (birlik) uchun qat’iy belgilangan miqdordagi soliqni to‘laydi.
Jismoniy shaxslarning mol-mulkini ijaraga berishdan olingan daromadlariga ushbu Kodeksning 381-moddasi birinchi qismida belgilangan stavkada soliq solinadi.
Xalq deputatlari tumanlar va shaharlar Kengashlari yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qat’iy belgilangan miqdordagi soliq summalariga faoliyat amalga oshiriladigan joylarning xususiyatlariga, shuningdek faoliyat amalga oshiriladigan turlarining mavsumiyligi qarab 0,7 dan 1,3 gacha kamaytiruvchi yoki oshiruvchi koeffitsiyentlar belgilashga haqli”;
14) 385-modda:
uchinchi qismining 2-bandi chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi sakkizinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Ushbu modda birinchi qismining 1-bandiga muvofiq yakka tartibdagi tadbirkor bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan jismoniy shaxslardan olinadigan soliq soliq agenti tomonidan hisoblab chiqariladi va to‘lov manbaida ushlab qolinadi”;
15) 408-modda:
birinchi va ikkinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Soliq, agar ushbu moddaning ikkinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq to‘lovchining kalendar oyda ishlagan kunlari sonidan qat’i nazar:
1) yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan — oyiga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda;
2) yakka tartibdagi tadbirkor bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan jismoniy shaxslar tomonidan (bundan buyon matnda yakka tartibdagi tadbirkorning xodimlari deb yuritiladi) — oyiga bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida;
3) faoliyatni yuridik shaxs tashkil etmagan holda, oilaviy tadbirkorlik shaklida amalga oshiruvchi oila a’zolari tomonidan:
yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tgan oila a’zosi tomonidan — oyiga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda;
oilaning boshqa a’zolari tomonidan (bundan o‘n sakkiz yoshga to‘lmaganlar mustasno) — oyiga bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida;
4) qishloq tumanlarida ro‘yxatdan o‘tgan va faoliyatini amalga oshirayotgan “Hunarmand” uyushmasi a’zosi bo‘lgan hunarmandchilik faoliyati subyektlari tomonidan o‘z faoliyatining dastlabki ikki yilida — oyiga bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida majburiy tartibda to‘lanadi.
Mehnat staji hisoblanishi uchun o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar, mehnat shartnomasi asosida chet elda ishlayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan chet davlatlarda tashkil etilgan (ochilgan) savdo uylarida, vakolatxonalarda (shu jumladan yuridik shaxs tashkil etmasdan), tashkilotlarda ishlayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan yiliga bazaviy hisoblash miqdorining kamida bir baravari miqdorida ixtiyoriy tartibda, quyidagi soliq to‘lovchilar tomonidan esa majburiy tartibda to‘lanadi:
“Usta-shogird” maktablari o‘quvchilari — ular yigirma besh yoshga to‘lguniga qadar ishlagan davrda;
dehqon xo‘jaliklari, shuningdek maydoni to‘rt sotixdan kam bo‘lmagan dehqon xo‘jaligida, tomorqa yer uchastkasida band bo‘lgan yoki ushbu maydonda qoramol yoxud ellik boshdan kam bo‘lmagan xonaki parranda parvarishlayotgan jismoniy shaxslar. Bunda dehqon xo‘jaligi rahbari soliqni majburiy tartibda to‘laydi, boshqa a’zolari va ko‘rsatilgan jismoniy shaxslar esa ixtiyoriy asosda to‘laydi”;
to‘rtinchi qism quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Soliqni to‘lash quyidagicha amalga oshiriladi:
ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslar tomonidan — har oyda tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilgan oyning o‘n beshinchi kunidan kechiktirmay;
ushbu moddaning ikkinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslar tomonidan — hisobot yilining 1-dekabrigacha amalga oshiriladi. Bunda soliqning miqdori to‘lov kunida belgilangan bazaviy hisoblash miqdoridan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi”;
o‘n birinchi qism quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan soliq to‘lovchilar soliqni ushbu Kodeksning 405-moddasida ko‘rsatilgan soliq stavkalari bo‘yicha jami yillik daromad to‘g‘risida deklaratsiyada ko‘rsatilgan mehnatga haq to‘lash tarzida olingan daromadlar summasidan kelib chiqib, biroq ushbu moddada belgilangan uning eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan holda, soliqni ixtiyoriy ravishda to‘lash haqida jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiyani taqdim etish bilan bir vaqtda beriladigan ariza asosida to‘lashga haqli. Bunda to‘lanishi lozim bo‘lgan soliqning uzil-kesil summasi ushbu moddaning birinchi — beshinchi qismlariga muvofiq to‘langan summalarni hisobga olgan holda aniqlanadi”.
16) 414-modda birinchi qismining 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1) madaniyat va san’at, ta’lim, sog‘liqni saqlash (bundan turistik zonalarda joylashgan sanatoriy-kurort obyektlari mustasno), jismoniy tarbiya va sport, ijtimoiy ta’minot obyektlarining”;
17) 415-moddaning to‘rtinchi qismi birinchi xatboshidagi “0,2 foiz” degan so‘zlar “0,4 foiz” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
18) 419-moddaning 4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4) ko‘p kvartirali uylarga uzviy bog‘liq bo‘lgan avtomashina turar joylari, shuningdek boshqa imoratlar, binolar va inshootlar”;
19) 422-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi: