Toshkent moliya instituti moliya fakulteti


Koronavirus pandemiyasi sharoitida iqtisodiy va ijtimoiy sohani rivojlantirishni qo’llab-quvvatlash choralari



Download 74,53 Kb.
bet10/10
Sana30.03.2022
Hajmi74,53 Kb.
#518118
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
hisobot 1

Koronavirus pandemiyasi sharoitida iqtisodiy va ijtimoiy sohani rivojlantirishni qo’llab-quvvatlash choralari.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-martdagi “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy taʼsirini yumshatish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF–5969-son va 2020-yil 3-apreldagi “Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF–5978-son farmonlariga muvofiq, aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kengaytirish, iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror faoliyat yuritishini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Shu jumladan, Yunusobod tuman Moliya bo’limi tomonidan tadbirkorlik subyektlariga imtiyoz va preferensiyalar berildi, Davlat byudjetidan tashkilotlar xodimlariga ish haqi, shuningdek, pensiya, stipendiya va nafaqalarning uzluksiz toʻlab berilishi taʼminlandi.
Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish davrida asosiy daromad manbalarini yoʻqotgan shaxslarni, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini va tadbirkorlik subyektlarini qoʻshimcha qoʻllab-quvvatlashni taʼminlash maqsadida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan quyidagilar buyurildi:
1. Belgilansinki, 2020-yil 1-apreldan 2020-yil 1-oktyabrga qadar:
a) Oʻzbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondiga, “Saxovat va koʻmak” fondiga, “Oʻzbekiston mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga, shu jumladan, ularning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlardagi boʻlinmalariga, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan shakllantiriladigan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga muhtoj boʻlgan jismoniy shaxslar roʻyxatiga kiritilgan jismoniy shaxslarga begʻaraz beriladigan:
pul mablagʻlari va tovarlar (xizmatlar)ga foyda soligʻini hisoblashda chegiriladigan xarajatlar sifatida qaraladi;
tovarlar (xizmatlar) qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinadi va aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha soliq solish obyektiga kiritilmaydi;
b) Oʻzbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondidan, “Saxovat va koʻmak” fondidan, “Oʻzbekiston mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondidan, yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan begʻaraz yordam (pul mablagʻlari, tovarlar va xizmatlar)ga, agar yordam oluvchi shaxslar mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan shakllantiriladigan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga muhtoj boʻlgan jismoniy shaxslar roʻyxatiga kiritilgan boʻlsa, jismoniy shaxslarning daromadi sifatida qaralmaydi;
v) jismoniy shaxslarga turar joylarini jismoniy shaxslarga va koronavirus pandemiyasi davrida faoliyati toʻxtagan tadbirkorlik subyektlariga noturar joylarni ijaraga berishdan olingan jismoniy shaxslardan olinadigan daromadlar boʻyicha soliqni foizsiz kechiktirib toʻlash huquqi beriladi. Bunda, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini toʻlash boʻyicha berilgan kechiktirish summasi 2021-yil 1-aprelga qadar muddatgacha teng ulushlarda toʻlanishi lozim;
g) lizing korxonalari tomonidan hisoblangan va kechiktirilgan lizing boʻyicha foiz daromadlari summasi foyda soligʻini hisoblashda kechiktirish berilgan davrdagi jami daromad tarkibiga kiritilmaydi;
d) tijorat banklarining kreditlari boʻyicha foiz xarajatlarini Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash Davlat jamgʻarmasi tomonidan kompensatsiya qilish tartibi tadbirkorlik subyektlarining amaldagi kredit shartnomalariga ham tatbiq qilinadi.
2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2020-yilda xodimga toʻlanadigan, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻiga tortilmaydigan moddiy yordam summasi mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 4,22 baravaridan 7,5-baravarigacha oshiriladi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligining pensiyalar toʻgʻri tayinlanishi hamda toʻlanishi boʻyicha tekshirishlar natijasida aniqlangan, ortiqcha toʻlangan pensiyalar boʻyicha 2020-yil 20-aprel holatiga pensionerlarning qarzdorlik summasini hisobdan chiqarish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
4. Belgilab qoʻyilsinki, 2020-yil 1-maydan boshlab barcha ishlovchi pensionerlarga (Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti hisobidan pensiya oluvchi shaxslardan tashqari) pensiyalar toʻlovi toʻgʻridan-toʻgʻri Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
5. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-apreldagi “Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF–5978-son Farmonining 6-bandida nazarda tutilgan soddalashtirilgan tartibda soliqlarni toʻlash boʻyicha foizsiz kechiktirish (boʻlib-boʻlib toʻlash) berish muddati 2020-yil 31-dekabrgacha uzaytiriladi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari kechiktirish (boʻlib-boʻlib toʻlash) berilgan va kelgusida toʻlanadigan soliq summalarini toʻlash boʻyicha muddatni mustaqil ravishda, biroq ikki yildan oshirmasdan belgilash huquqiga ega ekanligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
6. Moliya vazirligi bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Shuningdek, farmonga muvofiq Yunusobod tuman moliya bo’limi tomonidan ijtimoiy va iqtisodiy sohalarni qo’llab-quvvatlash maqsadida quyidagilar amalga oshirildi:
• Joriy yilning mart–iyun oylarida toʻlash muddati tugaydigan bolalari boʻlgan oilalarga nafaqa, bola parvarishi boʻyicha nafaqa va moddiy yordamlar toʻlash ularni toʻlashni yangi muddatda davom ettirish toʻgʻrisidagi ariza hamda boshqa hujjatlarni talab qilmagan holda 6 oy muddatga (biroq bola tegishlicha 2 yoshga va 14 yoshga toʻlgunidan koʻp boʻlmagan muddatda) tanaffussiz davom ettirildi.
• Oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalar va nogironlarni bepul taʼminlash uchun asosiy oziq-ovqat mahsulotlari va gigiyena tovarlarining roʻyxati karantin tadbirlari amal qilishi davrida bir martalik niqoblar, antiseptik vositalar va bakteriyaga qarshi sovunlar jamlanmasi bilan toʻldirildi.
• yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi va yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni toʻlashdan ozod qilindi;
• ijtimoiy soliqni kamaytirilgan stavkada 1 foiz miqdorida toʻladi;
• Karantin tadbirlari davrida oʻz faoliyatini toʻxtatishga majbur boʻlgan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi qatʼiy belgilangan summasini va ijtimoiy soliqni hisoblash toʻxtatdi, bunda faoliyatni toʻxtatganlik toʻgʻrisida soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali davlat soliq xizmati organlari xabardor qilindi va davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik toʻgʻrisida guvohnomani topshirish talab etilmadi.
• Bitta qarz oluvchiga davlat jamgʻarmasi tomonidan bir vaqtda ham kafillik, ham kompensatsiya berishga qoʻyilgan cheklov bekor qilindi.
• Moliya vazirligi manfaatdor tijorat banklari bilan birgalikda mazkur Farmon doirasida muddati uzaytirilgan kreditlar boʻyicha berilgan davlat kafolatlarini qayta rasmiylashtirdi va hokazo.

Xulosa
Men ushbu amaliyot davomida O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazrligi qoshidagi Yunusobod tumani moliya bo`limining tashkiliy tuzilmaviy faoliyati, davlat budjetining kassa ijrosi davlat budjeti mablag‘larining tushumi va sarfi ustidan nazoratni amalga oshirishi, huquqiy-me`yoriy hujjatar haqida qisqacha tanishdim. Davlat byudjetining kassa ijrosi, jumladan tushadigan daromadlarni turli darajadagi byudjetlar o‘rtasida taqsimlash, byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetalari ijrosi va davlat byudjeti ijrosi to‘g‘risida hisobotni tuzish, tegishli byudjetlar daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi kassa uzilishlarining oldini olishni ta'minlaydigan, davlat byudjeti Yagona g‘azna hisobvarag‘idagi mablag‘larni boshqarish, byudjet tashkilotlarining va byudjet mablag‘lari oluvchilarning tovarlarni yetkazib beruvchilar bilan byudjet tizimi byudjetlari mablag‘lari hisobiga tuzilgan shartnomalarini xarajatlar smetalarida ko‘rsatilgan summalar doirasida hamda belgilangan maqsadlarga muvofiq tuzilganligi ustidan monitoring qilish asosida majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish,davlat haridlari bo‘yicha axborot bazasini yaratish va doimiy ravishda takomillashtirish bo‘yicha takliflar berib borish , xarajatlar smetalarida va ro‘yxatdan o‘tkazilgan shartnomalarda nazarda tutilgan summalar doirasida byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari oluvchilar nomidan hamda ularning topshirig‘i bo‘yicha tovarlarni yetkazib beruvchilarning hisobvaraqlariga to‘lovlarni bevosita amalga oshirish orqali to‘lov intizomiga rioya etilishini ta'minlash; davlat byudjeti g‘azna ijrosining buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish, Davlat byudjeti ijrosi haqida axborotlarni to‘plash, qayta ishlash va tahlil qilish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining davlat ichki va tashqi qarzlariga xizmat ko‘rsatish, O‘zbekiston Respublikasi kafolatlarini ijro etish haqida tushunchalarga ega bo`ldim.
Tanishuv amaliyot davrida quyidagilarni amalga oshirdim va mazkur hisobotni tayyorladim:

  • Moliya bo`limi va undagi budjet tashkilotlari va uning hududiy bo’limlarining tashkiliy tuzilishi bilan tanishdim:

  • Byudjet tashkilotlari va uning hududiy bo’limlarining vazifalari, huquq va majburiyatlari bilan tanishdim;

  • O’zbekiston Respublikasining g’aznachiligi tizimining qonunchiligi, huquqiy-me’yoriy asoslari bilan tanishdim;

  • Shuningdek, ish davomida o`z ishiga mas`uliyatli bo`lish, atrofdagilar bilan to`g`ri muloqotni olib borish va o`zaro ahil jamoa bo`lishni o`rgandim.

Download 74,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish