1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliqlar va yig‘imlar / 07.09.02.00 Soliq sohasida boshqaruv] 1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-599-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, 12-songa 1-ilova) 6-moddasining uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bo‘yicha 2020-yil 1-iyulga qadar ma’qullangan, to‘liq yoki qisman xalqaro moliya institutlarining va xorijiy hukumat moliyaviy tashkilotlarining mablag‘lari (qarzlari, kreditlari) hisobidan O‘zbekiston Respublikasida amalga oshiriladigan loyihalar doirasida yuridik shaxslar tomonidan sotib olinadigan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishga doir aylanmaga, shuningdek ularni olib kirishga qo‘shilgan qiymat solig‘i va aksiz solig‘i solinmaydi”.
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-dekabrda qabul qilingan O‘RQ-599-sonli Qonuni bilan yangi tahrirda tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, 12-songa 1-ilova; 2020-yil, № 3, 198-modda, № 10, 593-modda, № 11, 652-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 72-moddaning:
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Soliq stavkalari ushbu Kodeks bilan belgilanadi. Aksiz solig‘ining stavkalari, mahsulot narxi dinamikasidan va uni realizatsiya qilish, shu jumladan import qilish hajmidan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan yil davomida qayta ko‘rib chiqilishi mumkin”;
uchinchi qismi chiqarib tashlansin;
2) 75-modda quyidagi mazmundagi o‘ninchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va viloyatlar xalq deputatlari Kengashlari turistik zonalarda joylashgan alohida sanatoriy-kurort obyektlari egallagan yer uchastkalariga nisbatan mol-mulk solig‘i va yer solig‘ining kamaytirilgan soliq stavkalarini belgilash yoki soliq to‘lashdan ozod qilish huquqiga ega”;
3) 243-modda birinchi qismi:
15-bandining “a” kichik bandi “(bundan taksi, shu jumladan yo‘nalishli taksi mustasno)” degan so‘zlardan keyin “mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilanadigan tariflar bo‘yicha” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
23-bandidagi “agar qarz shartnomasida ularni soliqdan ozod etish nazarda tutilgan bo‘lsa” degan so‘zlar “agar ularni soliqdan ozod etish qonunda nazarda tutilgan bo‘lsa” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
4) 246-moddaning:
3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3) davlatlar, hukumatlar, xalqaro tashkilotlar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan hollarda — boshqa tashkilotlar va shaxslar yo‘nalishlari bo‘yicha xayriya yordami maqsadlarida, shu jumladan texnik yordam ko‘rsatish (grantlar) uchun olib kiriladigan tovarlar”;
9-bandidagi “agar qarzga doir bitimda bu tovarlar olib kirilayotganda soliqdan ozod etilishi nazarda tutilgan bo‘lsa” degan so‘zlar “agar ular olib kirilayotganda soliqdan ozod etilishi qonunda nazarda tutilgan bo‘lsa” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
5) 259-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanmasi oyiga bir milliard so‘mdan oshmaydigan soliq to‘lovchilar uchun soliq davri chorak hisoblanadi”;
6) 283-modda birinchi qismining 3-bandidagi “gazni avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari orqali” degan so‘zlar “gazni gaz to‘ldirish stansiyalari va gaz to‘ldirish punktlari orqali” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
7) 284-moddaikkinchi qismi:
4-bandining to‘rtinchi xatboshisidagi “agar qarz shartnomasida ularni soliqdan ozod etish nazarda tutilgan bo‘lsa” degan so‘zlar “agar ular olib kirilayotganda soliqdan ozod etilishi qonunda nazarda tutilgan bo‘lsa” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi 7-band bilan to‘ldirilsin:
“7) ishlab chiqaruvchilar tomonidan turistik yo‘nalishlarda tashkil etilgan degustatsiya hududlarida (joylarida) realizatsiya qilinadigan tabiiy vino (shisha idishdagilardan tashqari) mahsulotlariga”;
8) 289-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“289-modda. Soliq stavkalari Soliq stavkalari tovarning yoki xizmatning qiymatiga nisbatan foizlarda (advalor), naturada ifodalangan o‘lchov birligiga nisbatan mutlaq summada (qat’iy belgilangan), shuningdek advalor va qat’iy belgilangan soliq stavkalarini o‘z ichiga olgan aralash stavkada belgilanadi”;
9) quyidagi mazmundagi 2891, 2892 va 2893-moddalar bilan to‘ldirilsin:
“2891-modda. Tamaki mahsulotlariga doir soliq stavkalari Tamaki mahsulotlariga soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi: