Respublika hududlari
|
1 kv.m uchun bazaviy soliq stavkasi (so‘mda)
|
Toshkent shahri
1 zona
2 zona
3 zona
4 zona
5 zona
|
1193,6
1013,2
832,6
652,3
471,8
|
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
|
245,0
|
Andijon viloyati
|
297,6
|
Buxoro viloyati
|
245,0
|
Jizzax viloyati
|
245,0
|
Qashqadaryo viloyati
|
245,0
|
Navoiy viloyati
|
245,0
|
Namangan viloyati
|
297,6
|
Samarqand viloyati
|
297,6
|
Surxondaryo viloyati
|
221,6
|
Sirdaryo viloyati
|
191,8
|
Toshkent viloyati
|
252,2
|
Farg‘ona viloyati
|
245,0
|
Xorazm viloyati
|
245,0
|
Soliq stavkalarini aniq miqdori quyidagi tartibda belgilanadi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va viloyatlar xalq deputatlari Kengashlari 0,5 dan 2,0 gacha bo‘lgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni qo‘llagan holda, ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan bazaviy soliq stavkalari asosida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun tuman va shaharlar kesimida ularning iqtisodiy rivojlanishiga qarab, soliq stavkalarini belgilaydi;
tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari ushbu modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisida belgilangan soliq stavkalariga Toshkent shahri uchun esa — ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan bazaviy soliq stavkalariga 0,7 dan 3,0 gacha bo‘lgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni ularning hududlarida joylashgan daha, massiv, mahalla, ko‘cha kesimida kiritadi”;
quyidagi mazmundagi uchinchi va to‘rtinchi qismlar bilan to‘ldirilsin:
“Tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari tomonidan keyingi soliq davri uchun soliq stavkalari har yili joriy soliq davrining 31-dekabriga qadar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari joylashgan joydagi soliq organlariga taqdim etadi.
Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlarga soliq stavkasi qishloq xo‘jaligi ekinzorlarining normativ qiymatiga nisbatan 0,95 foiz miqdorda belgilanadi”;
uchinchi — yettinchi qismlar tegishincha beshinchi — to‘qqizinchi qismlar deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi o‘ninchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Jismoniy shaxslarga yakka tartibdagi turar joy qurish va obodonlashtirishga berilgan tomorqa yer uchastkalariga yakka tartibdagi uy-joy qurishga berilgan yer uchastkalari uchun belgilangan stavka qo‘llaniladi”;
28) 439-moddaning:
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Soliqni hisoblab chiqarish soliq to‘lovchining yashash joyidan qat’i nazar, yer uchastkasi joylashgan yerdagi soliq organlari tomonidan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organning ma’lumotlari asosida, dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlar bo‘yicha esa — qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlarning normativ qiymatini aniqlovchi organning ma’lumotlari asosida amalga oshiriladi”;
quyidagi mazmundagi to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Ko‘p kvartirali uylarda joylashgan turar joy bo‘lmagan ko‘chmas mulk obyektlari bilan band bo‘lgan yer uchastkalari bo‘yicha soliq turar joy bo‘lmagan ko‘chmas mulk obyektining qavatlar soniga bo‘lingan maydonidan kelib chiqqan holda hisoblanadi”;
29) 442-moddaning ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi 8-band bilan to‘ldirilsin:
“8) kollektor va drenaj tarmoqlaridan ishlatiladigan suv resurslari”;
30) 444-moddaning:
to‘qqizinchi va o‘ninchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Suvdan foydalanish va suv iste’moli sohasidagi vakolatli organ har yili joriy soliq davrining 10-dekabridan kechiktirmay qishloq xo‘jaligida, shu jumladan baliqchilik xo‘jaligida, suv resurslaridan foydalanuvchi yuridik shaxslarga, dehqon xo‘jaliklari bo‘yicha esa — hisobot davri uchun kelgusi yilning 20-yanvaridan kechiktirmay suvdan foydalanish va suvni iste’mol qilish joyi bo‘yicha soliq organlariga — soliq bazasini aniqlash uchun ular tomonidan ishlatilishi kutilayotgan suv resurslari hajmini taqdim etadi.
Dehqon xo‘jaliklari uchun soliq bazasi soliq organlari tomonidan suvdan foydalanish va suv iste’moli sohasidagi vakolatli organ taqdim etgan ma’lumotlar asosida aniqlanadi”;
quyidagi mazmundagi o‘n birinchi, o‘n ikkinchi va o‘n uchinchi qismlar bilan to‘ldirilsin:
“Sun’iy suv havzalarida baliq yetishtiruvchi baliqchilik xo‘jaliklari soliq bazasini tabiiy va sun’iy suv obyektlaridan olingan va ushbu suv obyektlariga qaytarib quyiladigan suv hajmi, bundan kollektor-drenaj tarmoqlariga qaytarib quyiladiganlar mustasno, o‘rtasidagi farqdan kelib chiqib aniqlaydilar.
Qishloq xo‘jaligida, shu jumladan baliq yetishtirishda suv resurslarini hisobga olish vositalari mavjud emasligi va foydalaniladigan suv resurslarining haqiqiy hajmini aniqlashning imkoni bo‘lmagan taqdirda, soliq bazasi suvdan foydalanish va suvni iste’mol qilish sohasidagi vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan suv resurslari iste’molining normativlariga ko‘ra aniqlanadi.
Ishlab chiqarish jarayonida suvni maxsus uskunalarni (turbinalarni) sovitish uchun ishlatadigan soliq to‘lovchilar soliq bazasini tabiiy suv obyektlaridan maxsus uskunalarni (turbinalarni) sovitish uchun olingan va tabiiy suv obyektlariga qaytarib quyiladigan suv hajmi o‘rtasidagi farqdan kelib chiqib aniqlaydi. Ushbu norma suvning haqiqiy hisobi yoki suvdan maxsus foydalanish ruxsatnoma mavjud bo‘lganda qo‘llaniladi”;
o‘n birinchi va o‘n ikkinchi qismlari tegishincha o‘n to‘rtinchi va o‘n beshinchi qismlar deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi o‘n oltinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Soliq solish obyekti va (yoki) soliq stavkasi turli xil bo‘lgan bir necha turdagi faoliyat bilan shug‘ullanuvchi soliq to‘lovchilar bunday faoliyat turlari bo‘yicha alohida-alohida hisob yuritishlari va tegishli soliq stavkalari bo‘yicha soliq to‘lashlari shart”;
31) 445-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Belgilangan limitlar doirasida yer usti va yer osti manbalaridan olinadigan suv resurslari uchun soliq stavkalari bir kub metr uchun mutlaq o‘lchamda quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |