Toshkent Моliya instituti Моliya fakulteti sirtqi 2-mutaxassislik
3-kurs ММ-51к-2 гуруҳ талабаси
Paxmiddinov Jamoliddinning
Моliya bozori fanidan yozgan
Mustaqil ishi
Mavzu : Xalqaro qimmatli qog’ozlar bozor Reja: Kirish 1. Xalqaro qimmatli qog‘ozlar bozorining mohiyati, tarkibiy tuzilishi va uning ishtirokchilarining xususiyatlari
Kirish Jаhоn mоliya bоzоrini xаlqаrо miqyosdа glоbаllаshgаn bоzоr dеb tаvsiflаsh mumkin.Jаhоn mоliya bоzоri mоliyaviy glоbаllаshuv jаrаyoni mаhsuli bo’lib, industriаl mаmlаkаtlаrni umumjаhоn miqyosdа iqtisоdiy sаmаrаdоrligini kеskin оshirdi. Lеkin bu jаrаyon rivоjlаnаyotgаn mаmlаkаtlаr rivоjigа ijоbiy tа’sirdаn ko’rа ko’prоq sаlbiy tа’sir ko’rsаtishi hоzirdа bаrchаgа аyon bo’lib qоldi. Buning sаbаbi rivоjlаnаyotgаn mаmlаkаtlаr iqtisоdiyoti industriаl dаvlаtlаr iqtisоdiyotigа ko’pdаn bоg’liqligidа dеb bilish mumkin. Mоliyaviy glоbаllаshuv shаrоitidа
mоliya bоzоrlаrini rivоjlаnishi uzоq kеlаjаkdа dunyoning istаlgаn jоyidаn vа vаqtdа ishtirоk etish imkоnini bеruvchi xаlqаrо elеktrоn birjаni vujudgа kеlishini (hisоb-kitоb mаrkаzi vа mаrkаziy dеpоzitаriy bilаn kоmplеksdа) tаhmin qilish mumkin. “Xalqaro moliya bozori tahlili” fanini o’qitishdan asosiy maqsad xalqaro moliya bozorining zamonaviy tuzilishi, mamlakatlarda shakllangan xalqaro moliya bozorlari, xalqaro moliya bozorini tahlil qilish va prognozlash usullari, hozirgi davrdagi milliy moliya bozorini xalqaro bozorga integratsiyasini rivojlanishining asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqish bo‘yicha nazariy-amaliy bilimlarni shakllantirishdan iboratdir. Bugungi kunda jahon bozori kon’yunkturasi keskin o’zgarib, globallashuv sharoitida raqobat tobora kuchayib borayotgani mamlakatimizni yanada barqaror va jadal sur’atlar bilan rivojlantirishni taqozo etmoqda. Ma’lumki, olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo’yicha ustuvor yo’nalishlarni amalga oshirish maqsadida, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni bilan “2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi” qabul qilindi. Ushbu “Xalqaro moliya bozori tahlili” fanini chuqur o’rganish orqali talabalar xalqaro moliya bozorining iqtisodiy taraqqiyotga ta’siri, xorijiy investitsiyalar va xalqaro moliyaviy operatsiyalar haqida tasavvurga ega bo’ladi, xalqaro moliya bozorining xususiyatlari va faoliyati yo‘nalishlarini, xalqaro moliya bozorini shakllanishi va rivojlanish tendensiyalarini, xalqaro moliya bozori nazariyasi va faoliyati asoslarini, ularning ixtisoslashuvi, tuzilishi, faoliyati doirasini biladi va ulardan foydalana oladi, xalqaro moliya bozorining taraqqiyoti va hozirgi sharoitida unda bitimlar tuzish orqali turli pul oqimlarini samarali boshqarish; xalqaro moliya institutlari va xalqaro moliya bozorining investitsiyalarni moliyalashtirish vositalarini talabga mos ravishda eng qulayini tanlash, xalqaro hisob-kitoblar shakllarini to‘g‘ri tanlash va moliya bozoridagi o‘zgarishlarni prognozlashtirish bo‘yicha ko‘nikmalariga ega bo‘ladi, xalqaro moliya bozorida tuzilayotgan va ishlatilayotgan moliyaviy bitimlarni texnik-iqtisodiy va moliyaviy tahlil qilish, ularni aniq sharoitlarda samarali ijro etilishini ta’minlash; xalqaro moliya bozorini o’rganish bilan hamkorlik aloqalarining optimal shakllarini va muddatlarini belgilash haqida malakaga ega bo‘ladi.