1-rasm. Jahon qimmatli qog’ozlar bozori tarkibiy tuzilishi
Xalqaro qimmatli qog’ozlarini fond bozorlarida muomalada bo’luvchi asosiy ikki, ya’ni evroobligatsiya va chet el obligatsiyalari shakllari mavjud.
Nominal qiymati obligatsiya joylashtiriladigan mamlakatning milliy pul birligida bo’lgan, ya’ni obligatsiya emitenti uchun xorijiy valyutadagi va ushbu mamlakat fond birjasida kotirovka qilinadigan obligatsiyalar - chet el obligatsiyalari hisoblanadi. Masalan, Frantsiyaning Angliyada joylashtirish uchun chiqarilgan qarz obligatsiyalari nominali funt sterlingda ifodalanadi, Angliya fond birjasidagi kotirovka natijalari asosida ingliz investorlari tomonidan sotib olinadi. Ya’ni chet el obligatsiyalari ma’lum bir mamlakatga ushbu davlat qonun-qoidalari asosida joylashtiriladi. Chet el obligatsiyalari ham odatda, jahonning yirik moliyaviy markaz shaharlarida, masalan Nyu-York, London, Yaponiya va boshqa shaharlarda joylashtiriladi. Chet el obligatsiyalaridan foydalanish amaliyotga 500 yildan beri mavjud bo’lsa, evroobligatsiyalar paydo bo’lganiga hozirda atigi 30 yil bo’ldi.
Bugungi kunda chet obligatsiyalarini asosan rivojlangan mamlakatlar emissiya qilishmoqda. Ba’zi mamlakatlar tomonidan emissiya qilingan chet el bligatsiyalari o’ziga xos nom bilan ataladi. Masalan, Shveytsariya obligatsiyalari - Chocolate Bonds, Yaponiya obligatsiyalari - Samourai Bonds, AQSh obligatsiyalari - Jankee Bonds, Buyuk Britaniya obligatsiyalari – Bulldog va h.k.. jahon fond bozorining ushbu segmenti evroobligatsiyalarni ko’payishi hisobiga qisqarib bormoqda.
Evroobligatsiya – xorijiy investorlar orasida xalqaro sindikat anderrayterlari orqali joylashtiriladigan, emitent va xorijiy investorlar uchun chet el valyutasida chiqarilgan qarz munosabatli qimmatli qog’oz hisoblanadi. Evroobligatsiyalar joylashtirilayotganda jahonning hech qaysi bir mamlakatida ro’yxatga olinmaydi. Evroobligatsiyalar asosan bank kontsortsiumlari, sindikatlari va xalqaro ashkilotlar tomonidan emissiya qilinadi. Evroobligatsiyalarning turi sifatida “dragon” (inglizcha “dragon bonds” atamasidan olingan) obligatsiyalarini qayd etish mumkin. Ular evrodollar obligatsiyalar bo’lib, osiyo bozorida joylashtirilgan (birinchi navbatda Yaponiyada) va ma’lum bir osiyo birjasida (odatda Gongkong yoki Singapur birjalarida) listinga ega bo’lgan qimmatli qog’oz hisoblanadi. Evroobligatsiyalar va chet el obligatsiyalari o’rtasidagi o’xshashlik ularni mamlakatlar o’rtasida kapitalni qayta taqsimlash vositasi bo’lib hisoblanishida, shuningdek, ularni emitent mamlakatlar milliy valyutasidan farqli boshqa valyutada emissiya qilinishida namoyon bo’ladi. Evroobligatsiyalar va chet el obligatsiyalari o’rtasidagi farq esa quyidagilardan iborat: Birinchidan, evroobligatsiyalar erkin konvertatsiya qilinadigan valyutada emissiya qilinadi. Chet el obligatsiyasi esa uning emitenti uchun ixtiyoriy xorijiy valyutada emissiya qilinadi, ya’ni bunday valyutalar erkin konvertatsiya qilinadigan valyuta bo’lmasligi ham mumkin. Ikkinchidan, chet el obligatsiyalari joylashtiriladigan mamlakatda ro’yxatga olinadi, uning nominal qiymati joylashtiriladigan mamlakat uchun milliy valyutada bo’ladi, u faqat joylashtiriladigan mamlakat fond bozorida muomalada bo’ladi. Evroobligatsiyalar esa, ma’lum bir mamlakatga ro’yxatga olinmasdan joylashtiriladi, bir vaqtning o’zida bir necha mamlakatlar fond bozorlarida muomalada bo’lishi mumkin, shuningdek, obligatsiya nominali ko’rsatilgan milliy yoki xalqaro valyutaning xususiyati emitentining milliy xususiyatlari mos kelmasligi lozim. Evroobligatsiyalarni dastlabki joylashtirish to’g’ridan-to’g’ri emitent joylashgan mamlakatning milliy fond bozorlarida amalga oshirilmasdan, balki xorijiy mamlakatlar milliy fond bozorlagida amalga oshiriladi va ular orqali emitent joylashgan mamlakat milliy fond bozorlariga kelib tushishi va muomalasi amalga oshirilishi mumkin. Milliy fond bozori vositasi bo’lgan oddiy obligatsiyalar bilan xalqaro fond bozorining maxsus vositasi bo’lgan evroobligatsiyalar o’rtasidagi asosiy farqlar quyidagilarda namoyon bo’ladi:
- xalqaro anderrayter konsortsiumlari yoki investitsion banklarni o’z ichiga oluvchi oddiy sindikatlar tomonidan bir vaqtning o’zida bir necha mamlakatlarda evroobligatsiyalar emissiyasi amalga oshiriladi;
- sindikat tomonidan ko’rsatilgan hududlarda joylashtirilgan evroobligatsiyalar emissiyasi hech qaysi bir mamlakatdan ro’yxatdan o’tmaydi. Evroobligatsiyalar muomalasi ma’lum bir davlatning obligatsiyalar muomalasini tartibga solishning
iqtisodiy-huquqiy me’yorlari orqali tashkil etilmaydi, balki evroobligatsiyalar asosan xalqaro huquqiy me’yorlar bo’yicha tartibga solinadi;
Do'stlaringiz bilan baham: |