Evroobligatsiyalarning asosiy afzalliklari emitentlarning ishonchliligi, oliqlardan qochish imkoniyatining mavjudligi, evroobligatsiya egasining nomini oshkor etilmasligidir. Bundan tashqari savdolarning katta qismi birjadan tashqari bozorda telefon yoki kompyuterlar orqali amalga oshiriladi. Foizlar yilda bir marta to‘lanadi. Bunday obligatsiyalarning asosiy qismi ta’minlanmagan hisoblanadi. Milliy tartibga solish organlari tomonidan ularga nisbatan cheklovlar mavjud emas. Evroobligatsiyalar evropadagi ikkita fond birjasi ya’ni London va Lyuksemburg fond birjalari listinggiga kiradi. Evroobligatsiyalarni chiqarish shakllariturli tuman bo‘lib, suzib yuruvchi va qat’iy belgilangan stavkada, “nol” kuponli, boshqa obligatsiyalarga konvertatsiyalanadigan, ikki turli valyutada denominatsiyalangan (obligatsiya nominali ma’lum bir valyutada, uning foiz to‘lovlari esa boshqa valyutada amalga oshiriladi) va boshqa ko‘rinishlarda chiqarilishi mumkin.
Evroobligatsiyalarni so‘ndirish muddatiemitent qarzning asosiy summasini qaytarishga majbur bo‘lgandan boshlab hisoblanadi. Uzoq muddatli majburiyat odatda 10 yildan ortiq bo‘lgan muddatda so‘ndirilishini anglatadi. O‘rta muddatli majburiyat esa 1 yildan 10 yilgacha bo‘ldan davriy oraliqni egallaydi. Qisqa muddatli majburiyat 1 yildan kam bo‘lmagan muddatga chiqarilgan obligatsiyalarga namoyon bo‘ladi. Evroobligatsiyalar yagona so‘ndirish sanasiga, yoki turli so‘ndirish sanasi bilan chiqariladi. So‘ndirish fondi bilan obligatsiyalarni chiqarishda emitent vaqti-vaqti bilan doimiy ravishda obligatsiyalarni ma’lum bir qismini bozor kursi bo‘yicha ularni qaytarib sotib olish yo‘li bilan (mustaqil ravishda yoki maxsus agent orqali) yoki (agar obligatsiya kursi nominalidan yuqori bo‘lsa) emissiya prospektida ko‘rsatilgan so‘ndirish jadvalidan kelib chiqib, nominali bo‘yicha davriy ravishda so‘ndiradi. So‘ndirish yilda ikki marta ixtiyoriy tanlov usuli orqali amalga oshiriladi. Golladiyalik emitentlar orqali amalga oshiriladigan emissiyalarda obligatsiyalarni so‘ndirish investorlar tomonidan egallangan obligatsiyalar miqdoriga proportsional ravishda amalga oshiriladi. Ko‘plab evroobligatsiyalar taqdim etuvchiga shaklida chiqarilganligi uchun ularning egalarini hisobi yuritilmaydi va ularni so‘ndirish to‘g‘risidagi e’lon moliyaviy matbuotda oldindan berilishi lozim. Evroobligatsiyalar muomalasining asosiy qismini2 yildan 40 yilgacha bo‘lgan evroobligatsiyalar tashkil etadi. Ularning orasida juda qisqa muddatli, muomalasi 6 oyni tashkil etuvchi evroobligatsiyalarni ham uchratish mumkin. Evroobligatsiyalar bo‘yicha foizlarni to‘lash ancha murakkab tartibda amalga oshiriladi. Ikkita valyutada denominatsiyalangan obligatsiyalarning asosiy qarz summasi bir valyutada ifodalanadi, foizlarni to‘lash esa, boshqa valyutada amalga oshiriladi. Dastlab foizlar belgilangan valyutada hisoblanib, keyin investor talabiga ko‘ra boshqa valyutaga bozordagi kurs bo‘yicha almashtirgan holda foizlar to‘lab berilishi mumkin. Ba’zi hollarda investor foiz to‘lovi o‘rniga boshqa yangi obligatsiyani olishi ham mumkin. Lekin bunday obligatsiyalar investorlar tomonidan ko‘p talab etilmaydi.
Evroobligatsiyalarning asosiy qismi fiksirlangan foiz stavkali oddiy obligatsiyalar hisoblanadi, ularning to‘rtdan bir qismi emitent bilan muddatidan oldin so‘ndirishga kelishilgan obligatsiyalardir. Evroobligatsiyalarning asosiy qismi nominali bo‘yicha, yoki kichik mukofot, yohud nominaliga nisbatan diskont (chegirma) bilan chiqariladi. “Nol” kuponli obligatsiyalar bundan mustasno.