Toshkent Моliya instituti Моliya fakulteti


Evroobligatsiyalarni so‘ndirish



Download 106,56 Kb.
bet9/12
Sana16.06.2022
Hajmi106,56 Kb.
#676871
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Moliya bozori mustaqil ish

Evroobligatsiyalarni so‘ndirish nominali bo‘yicha amalga oshiriladi. Ikki valyutada denominatsiya qilingan obligatsiyalarni so‘ndirish nominalidan farqli ravishda boshqa valyutada amalga oshirilishi mumkin. to‘lov muddati kelganda “heaven and hell bonds” sharoitida kelishilgan kurs va “spot” kurs o‘rtasidagi farqqa bog‘liq ravishda so‘ndiriladi. Nazariy jihatdan qaraganda, so‘ndirish summasi 2 barobarga ortishi yoki “nol” qiymatga ega bo‘lishi mumkin. So‘ndirish qiymati ma’lum bir indeksga bog‘lab qo‘yiladi. Masalan “bull-bear issue” holatida so‘ndirish qiymati aktsiyalar kursiga bog‘liq bo‘ladi. Agar obligatsiyalar ikki transh14da chiqarilsa “buqa transhi” (bull tranche) holatida so‘ndirish summasi indeksning ko‘tarilishi bilan ortib boradi, “ayiq transhi” (bear tranche) holatida esa indeksning pasayishi bilan ko‘payadi. Obligatsiyalar qiymatining indeksatsiyasi ma’lum bir tovar indeksiga nisbatan yoki mahsulot narxiga nisbatan amalga oshirilishi mumkin. Lekin bunday holat amaliyotda kam uchraydi. Obligatsiyalar muddati tugaganda so‘ndirish fondi hisobiga, yoki fond tomonidan ularni qaytarib sotib olish orqali yagona summa bilan so‘ndiriladi. So‘ndirish fondidan foydalangan holda qarz muddati tugaguncha har yili obligatsiyalarni ma’lum bir qismini so‘ndirish emitent zimmasida turadi. Qaytarib sotib olish fondidan foylanilganda obligatsiyalarning bozordagi narxi nominalidan past bo‘lsa, emitent kelishilgan miqdordagi obligatsiyalarni bozordan qaytarib sotib olishga majbur. So‘ndirish fondi odatda obligatsiyalar emissiyasidan so‘ng bir necha yildan keyin faoliyat yurita boshlaydi, qaytarib sotib olish fondi esa 3-6 oydan keyin o‘z faoliyatini yuritadi.
Muddatidan avval so‘ndirilishi mo‘ljallangan evroobligatsiyalar. Ko‘plab uzoq muddatli obligatsiyalar emitent tomonidan muddatidan avval (ma’lum bir imtiyozli davriy oraliqda) so‘ndirilishi mumkin. Xususiy korporatsiyalar o‘z obligatsiyalari nominaliga qo‘shimcha ravishda ma’lum bir miqdordagi mukofotni qo‘shgan holda qaytarib sotib olishni mo‘ljallaydilar, davlat obligatsiyalari esa nominali bo‘yicha qaytarib sotib olinadi. Qaytarib sotib olish huquqi – buni optsionlarga o‘xshash xususiyati bo‘lib, emitent bunday huquqqa ega hisoblanadi. Bunday optsionda boshqa obligatsiyalarga nisbatan o‘z muddati davomida yuqori daromadli va nisbatan arzon naxda sotiluvchi, muddatidan oldin so‘ndirilishi mo‘ljallangan obligatsiyaning aniq narxi bo‘ladi. Agar bozordagi foiz stavkalar pasaysa, emitent obligatsiyalarni qaytarib sotib olishga harakat qiladi va emitent o‘z majburiyatlarini kichik foiz stavkalarda qayta moliyalashtirish inkoniyatiga ega bo‘ladi. Muddatidan avval obligatsiyalarni so‘ndirish sharti ularni qiymatini aniqlashni qiyinlashtiradi. Obligatsiyalarning kupon to‘lovlarini hisoblashning bir nechta standartlari mavjud. Evroobligatsiyalar bozorida va amerika korporativ obligatsiyalar bozorida oy kunlari 30 kun, yil kunlari 360 kun deb hisoblash qabul qilingan. Oyning 31 sanasi 30 sanaga almashtiriladi. Shuning uchun turli sanalardagi kunlar soni quyidagi formula orqali hisoblanadi.
KS = (2 yil – 1 yil)*360 + (2 oy – 1 oy)*30 + (2 kun – 1 kun)
Asosiy foiz stavkasi darajasini aniqlashda mo‘ljal qilib odatda LIBOR olinadi. Lekin bu har doim emas, masalan 1954 yilda birinchi marta 250 mln. AQSh dollari miqdoridagi evroobligatsiyalarni AQSh g‘aznachilik majburiyatlari foizi + 35 bazis punk miqdorida suzuvchi kupon stavkasi darajasida belgilab joylashtirgan. Birinchi uch oyda uning stavkasi LIBOR stavkasidan 0,3 foizga past bo‘lgan.

Download 106,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish