Evroobligatsiyalarni emissiya qilish tartibi. Evroobligatsiyalarni joylashtirish uchun emitent bir qator tayyorlov tadbirlari o‘tkazishi lozim. Obligatsiyalarni chiqarishda tayyorgarlikning umumiy davri (evronotalar chiqarishda) bir necha haftadan (to‘liq dastur bo‘yicha taqdim etuvchiga (nomi yozilmagan) evroobligatsiyalarni chiqarishda) bir necha oygacha cho‘zilishi mumkin. Butun muomala davri bo‘yicha evroobligatsiyalarni chiqarish loyihasini moliyalashtirishning umumiy xarajatlari barcha vositachilar komission xarajatlarini qo‘shib hisoblaganda qariyb yarim million AQSh dollari sarf etiladi.
Emissiya qilish jarayoniga tayyorgarlik bir-xil tadbirlardan iborat bo‘lmaydi, balki kompleks dastur rejali xususiyatga ega bo‘lishi va barcha tadbirlarni o‘zaro bog‘lab turishi lozim. Bunday yondashuv tayyorgarlik xarajatlarini qisqartiradi va tashkil etish jarayonini uzluksizligini ta’minlaydi.
Asosiy tayyorgarlik tadbirlariga quyidagilar kiradi:
- xalqaro standartlar bo‘yicha audit o‘tkazish. Odatda bunday ishga “kata oltilik”dan bittasi maslahatchi qilib jalb etiladi. G‘arb mamlakatlaridan taniqli ekspertlarni mazkur jarayotga jalb etiladi.
- hujjatlarni tayyorlashga maslahatchi qilib yuridik kompaniya jalb etiladi. Kompaniya mutaxassislari qonunchilik bo‘yicha ta’sis hujjatlarini to‘g‘riligini tekshiradilar, emissiya prospektini tayyorlashadi, evroobligatsiyalar muomalada bo‘luvchi birjalar, obligatsiyalar bo‘yicha to‘lov agenti, investitsion bank, auditorlar bilan shartnomalar tuzadilar, mamlakatlarning potentsial investorlariga emissiya proektining mosligini tekshiradilar. Shuningdek, huquqshunos obligatsiyalar muomala texnikasini tanlashga yordam berishi mumkin.
- evroobligatsiyalarni joylashtirishning etakchi menejeri sifatida investitsion bankni jalb etish. Odatda uning o‘zi obligatsiyalar bo‘yicha to‘lov agenti bo‘ladi. Uning komission xarajatlari summasi emissiya natijalarini tarqatish usuliga bog‘liq. Komission xarajatlar investorlarni mukofotlash natijasiga ko‘ra, anderrayting xizmati hajmi va sifatiga ko‘ra, emissiya hajmiga nisbatan foizda hisoblanishi mumkin. Investitsion bankni tanlab olish me’zonlariga nafaqat miqdor ko‘rsatkichlari, balki banking sifat ko‘rsatkichlari ham hisobga olinadi:
- u evropada taniqli nomga ega bo‘lishi lozim. Aynan shuning uchun mahalliy bank emas, balki xorijiy bank tanlanadi;
- joylashtirish bo‘yicha katta tajribaga ega bo‘lishi lozim. Bu esa evroobligatsiyalarni sotish xarajatlarini ham kamaytirishi mumkin.
- emitent mamlakatida o‘z ofisiga ega bo‘lishi, soliqqa tortish masalalarini oson hal qilishi uchun o‘sha joyning yuridik shaxsi hisoblanishi lozim.
- xalqaro reyting agentligi tomonidan baholangan bo‘lishi lozim. Agar qarz alohida bir mamlakatga joylashtiriladigan bo‘lsa, mahalliy reyting agentliklari xizmatlaridan foydalanishning o‘zi etarli bo‘ladi;
- emissiyani ro‘yxatga olish. Agar emitent bank bo‘lsa, emissiya prospektini ro‘yxatga olish mamlakatlarning moliya vazirliklarida yoki markaziy banklarida amalga oshiriladi;
- axborotlarni oshkor etish dasturi bo‘lishi lozim;