Mustaqil joylashtirish. Investitsion banklarga yuridik hujjatlarni, emissiya prospektini, kurslar va emitent faoliyatining sifatini ko‘rsatuvchi mustaqil joylashtirish to‘g‘risidagi ma’lumotlar yuborilib, bank evroobligatsiyalarni chiqaruvchi emitentga faqat to‘lov agenti vazifasini bajarib beradi xolos, ularni evrobozorda joylashtirishga ko‘maklashmaydi.
3. O‘zbekiston Respublikasida korporativ obligatsiyalarni chiqarish mexanizmi Emitent tomonidan obligatsiyalarni chiqarish agar emitentning ustavida boshqacha holat nazarda tutilmagan bo‘lsa, kuzatuv kengashi qaroriga muvofiq amalga oshiriladi. Korporativ obligatsiyalar quyidagi shartlarga rioya etgan holda:
a) emitentning bunday obligatsiyalar chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadagi, auditorlik tashkiloti xulosasi bilan tasdiqlangan o‘z kapitali miqdori doirasida;
b) keyingi uch yilda rentabellik, to‘lovga qobiliyatlilik, moliyaviy barqarorlik va likvidlilikning auditorlik tashkiloti xulosalari bilan tasdiqlangan ijobiy ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan, shuningdek mustaqil reyting bahosini olgan emitentlar tomonidan;
с) investorlarga tegishli mablag‘larning emitentlar tomonidan to‘lanishi bo‘yicha to‘lov agentlari vazifasini bajaruvchi tijorat banklari ishtirokida chiqariladi.
Infratuzilma obligatsiyalari quyidagi shartlarga rioya etgan holda: emitentning bunday obligatsiyalar chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadagi, auditorlik tashkiloti xulosasi bilan tasdiqlangan o‘z kapitali va chiqarilish bo‘yicha qo‘shimcha ta’minot miqdori doirasida;
infratuzilma obligatsiyalarini joylashtirishdan olingan mablag‘lardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorida nazarda tutilgan loyihani moliyalashtirish uchun foydalanilsa;
infratuzilma obligatsiyalari bo‘yicha emitentning majburiyatlari ular to‘liq muomaladan chiqarilguniga qadar belgilangan tartibda sug‘urtalangan bo‘lsa, chiqariladi.
Davlat korxonalari infratuzilma obligatsiyalarini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda chiqaradi. Infratuzilma obligatsiyalarini joylashtirishdan tushgan mablag‘lar alohida bank hisobvarag‘ida jamlanadi va emitentning ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qiluvchi kuzatuv kengashi yoki yuqori boshqaruv organi qaroriga ko‘ra sarflanadi.
Obligatsiyalar ularning egalariga emitentni boshqarishda ishtirok etish huquqini bermaydi. Emitent tomonidan chiqarilgan va so‘ndirilmagan (bekor qilinmagan) barcha korporativ obligatsiyalarning nominal qiymati o‘z kapitalining miqdoridan oshmasligi kerak.
Obligatsiya uning olingan vaqtidan qat’i nazar, bir chiqarilish ichida huquqlarni amalga oshirishda teng hajmlar va muddatlarga ega. Ustav fondining shakllanganiga qadar (tijorat banklari ustav fondining shakllanish hollari bundan mustasno), shuningdek, uni to‘ldirish yoki emitentning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq zararlarni qoplash uchun korporativ obligatsiyalar chiqarishga yo‘l qo‘yilmaydi. Obligatsiyalar hujjatsiz shaklda chiqariladi.
Foizli, diskontli, yutuqli va maqsadli (foizsiz) obligatsiyalar chiqarilishi mumkin.
Xulosa Foizli obligatsiyaning daromadi chiqarilish shartlari bilan belgilanadigan nominal qiymati bo‘yicha belgilangan muddatda so‘ndirish va qayd etilgan foizlarni to‘lash hisobiga tashkil etadi. Diskontli obligatsiyaning daromadi nominal qiymati bo‘yicha belgilangan muddatda so‘ndirish hisobiga, bunda daromad sotish bahosi va obligatsiyaning nominal qiymati o‘rtasidagi farq hisobiga tashkil etadi.
Yutuqli obligatsiyalarni chiqarishda nominal qiymatga foiz yoki diskont ko‘rinishida belgilangan daromadga qo‘shimcha ravishda muntazam o‘tkazib turiladigan tirajlar bo‘yicha yutuq ko‘rinishida to‘lanadigan daromad belgilanishi kerak. Daromadi muntazam ravishda o‘tkazib turiladigan tirajlar bo‘yicha yutuq ko‘rinishida belgilanadigan obligatsiyalarni chiqarishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Maqsadli (foizsiz) obligatsiyalar bo‘yicha daromad tovar (xizmat) ko‘rinishida belgilanadi. Qaysi tovar (xizmat) asosida chiqarilganligini ko‘rsatish maqsadli obligatsiyalarning majburiy rekviziti hisoblanadi.
Obligatsiyalarning qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turlarini muomalaga chiqarishga yo‘l qo‘yiladi. Bankning berilgan kreditlar va boshqa aktivlarini ta’minlash bo‘yicha qimmatli qarz qog‘ozlari mazkur Qoidalar va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda obligatsiyalar ko‘rinishida chiqarilishi mumkin. Qimmatli qog‘ozlar emissiyasi, agar qonun hujjatlarida boshqacha holat nazarda tutilmagan bo‘lsa, quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
a) qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilish va tasdiqlash;
b) risolani tasdiqlash (qimmatli qog‘ozlar ommaviy joylashtirilgan taqdirda);
с) qimmatli qog‘ozlar chiqarishni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;
d) qimmatli qog‘ozlar chiqarishni Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysida hisobga olish;
e) qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risidagi axborotni qonun hujjatlari va mazkur Qoidalarda belgilangan tartibda oshkor qilish;
f) chiqarilishdagi qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish;
g) ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga qimmatli qog‘ozlarni chiqarish natijalari to‘g‘risida bildirishnoma taqdim etish.