4. Moddiy jixatdan ta’minlanganligi.
Qarz oluvchi ham, qarz beruvchi
ham qarzga olingan mablag’ni qaytarilishiga ishonch, ya’ni real imkoniyati
borligini ifodalaydi. Agar kredit berish uchun real tovar moddiy boyliklar zahirasi
hisobga olinsa, shuning o’zi kreditning ta’minlangani bo’ladi. Agar kredit sezonli
xarajatlarni qoplash uchun berilsa, bu xarajatlar real moddiy boyliklar
qiymatiga kirishi ko’zda tutiladi. Kredit savdo bitimlari uchun berilsa,
shartnoma tuzilib, qarz egasiga qaytarilishi hisobga olinadi.
Kredit berishda garov olish alohida o’rin tutadi. Kafolatli shartnoma asosida
kredit jismoniy shaxslar, dexqon xo’jaliklari, fermerlar, ijarachilarga berilishi
mumkin. Bunday shartnomaga ko’ra kafolatchi qarzni qaytarilishiga kafil
bo’ladi, moboda qarz olgan qaytara olmasa, kafil bo’lgan shaxs to’lashi kerak
bo’ladi. Qarz shartnomasi sug’urta kompaniyalari javobgarligi asosida ham
tuzilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |