3. Kreditdan foydalanganlik uchun haq to’lash tamoyili . Qarz olib,
birovning mablag’ini ishlatib turgani uchun ma’lum miqdorda foiz to’lanadi.
Ssuda kapitali bozorida foiz darajasi muhim rol o’ynaydi, bozordagi vaziyatni
belgilaydi. Protsent stavkasi shakllanishiga bozor omillari, eng avvalo, talab va
taklif, undan tashqari Markaziy bank hisob stavkasi, banklararo kredit
121
bozoridagi protsent stavkasi, depozitlar stavkasi ta’sir etadi. Depozitlar bo’yicha
stavka qancha yuqori bo’lsa, kredit uchun ham shuncha yuqori bo’ladi.