140
6. Markaziy bank va uning asosiy vazifalari.
Kredit tizimida bosh rolni Markaziy bank o’ynaydi.
Markaziy bank
banklar bankidir.
Markaziy bank tijorat banklari ichida XVIII-XIX asr,
kapitalizmning dastlabki bosqichidayok ajralib turgan. Davlat faqat Markaziy
bankkagina pul emissiyasini topshirgan. Ba’zi Markaziy banklar boshidayoq davlat
muassasasi tarzida tashkil etilgan. Masalan, Nemis federal banki, Avstraliya Rezerv
banki. Boshqalari ikkinchi jaxon urushidan so’ng milliylashtirilgan. Masalan
Frantsiya, Angliya, Yaponiya, Kanada, Gollandiya banklari. Ba’zi MB lar hozirgacha
davlat, xususiy mulk asosida faoliyat yuritadi. Masalan: AQSh Federal rezerv
(tizimi) sistemasi, 1913 yilda tashkil topgan.
MB, Davlat banki, lekin ba’zi mamlakatlarda tijorat-aktsionerlik banki tarzida
ish yuritadi. Bunda bosh aktsioner bo’lib davlat maydonga chiqadi. Masalan:
Shvetsariya banki.
MB, eng avvalo davlatning pul-kredit siyosatini amalga oshiradi. MB qator
vazifalarni bajaradi, ular ichidan quyidagilarni ajratib ko’rsatish mumkin: MB
banklarini ro’yxatga oladi. Ularga ruxsatnoma beradi. Ana shundan keyingina bank
o’z faoliyatini boshlashi mumkin.
MB tijorat banklarini faoliyatini muvofiqlashtiradi va tartibga soladi. MB
faoliyatini tarkibiy qismi monitoring - ssudaga berilgan pulni olingan maqsad
bo’yicha ishlatishini nazorat qilish, olingan mablag’larini muddatida qaytarish
imkonini kuchaytirishga xizmat qiladi.
Tijorat banklarini barqaror bo’lishini ta’minlash maqsadida qator majburiy
normativlar o’rnatadi:
1. Ustav fondini minimal miqdorini belgilaydi.
2.
Bankning o’z mablag’lari bilan bank aktivlari o’rtasida nisbatni, balans
likvidliligini ko’rsatkichini belgilash.
3. MB da saqlanadigan majburiy rezerv normalarini belgilash.
4.
Tijorat banklari o’rtasida korrespondentlik schyotlari orqali hisob-kitob
ishlarini tashkil etadi.
Tijorat banklari MB ga moliyaviy hisobot topshiradi. U bunga majbur.
Markaziy bank Moliya vazirligi bilan hamkorlikda sug’urta va rezerv fondlarini hosil
qilish tartibini ishlab chiqadi.
MBning asosiy aktiv operatsiyalari - bu qimmatbaho qog’ozlar chiqarish va
ssuda berishdir.
Qimmatbaho qog’ozlar chiqarish. Davlatning qimmatbaho qog’ozlari bu
xazina veksellari, obligatsiyalar bo’lib, ular daromadlarning muhim manbai. Bozor
iqtisodiyoti sharoitida obligatsiyalar daromad manbai sifatidagina emas, ko’proq
tijorat banklari rezervlari miqdoriga ta’sir etishi va bu bilan mamlakatdagi pul
massasi miqdoriga ta’sir etish vositasi sifatida maydonga chiqadi.
MB ssudalari. Aktivlarni joylashtirishni boshqa yo’li - bu ssuda berish. MB
hukumatga qarz beradi.
Ma’lumki, YaMM ning yarmi va undan ko’prog’i mamlakatlarning davlat
byudjetlarida jamg’ariladi. Bu mablag’lar MB ning hisob schetlarida yig’iladi va
ulardan xarajat qilinadi. Shuning uchun MB hukumat, muassasa va tashkilotlarning,
141
milliy hokimiyatlarining hisob varaqalarini yuritadi. Ularda mablag’larni jamlaydi va
to’lovlarni bajaradi. Bank davlatga qisqa va uzoq muddatli ssudalar shaklida yoki
davlat obligatsiyalarini sotib olish yo’li bilan kredit beradi. MB tijorat banklariga
ham ssuda beradi. Boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga ssuda berilmaydi. MB
hamma banklarga qarz olish uchun teng sharoit yaratishi kerak. Ssuda asosan uch
maqsadga qaratiladi: rezerv majburiyatlarini bajarish, mavsumiy ssudalar, hamda
moliyaviy ahvoli beqaror banklarga shu holatdan chiqib olish uchun yordam berish.
Bundan tashqari MB aktivlarida chet el valyutasi bo’lib, xalqaro valyuta
bozorlarida dollar, marka, yena, kabilardan valyuta interventsiyasi o’tkazish vositasi
sifatida foydalanadi. MB davlat topshirig’i bo’yicha oltin va chet el valyutasi bilan
operatsiyalar o’tkazadi.
O’zaro talabnoma va majburiyatlarni hisobga olishda, ya’ni kliringga
asoslangan naqd pulsiz hisob-kitoblar MBning muhim vazifasidir.
MB ning passiv operatsiyalari.
1. Hukumatning oldi-berdi operatsiyalariga xizmat ko’rsatadi, depozitlaridan
o’z majburiyatlarini to’laydi, o’z depozitlarini soliqlar hamda zahiralarini banklar va
aholiga qimmatbaho qog’ozlar sotib to’ldirib turadi.
2. Tijorat banklari rezervlarini saqlash.
MB nuqtai nazaridan tijorat banklari rezervlari - bu uning tijorat banklari
oldidagi majburiyatlari bo’lib, MB uchun passivlar hisoblanadi.
3. Banknota chiqarish, boshqacha aytganda pul emissiyasi. Bunday xuquqga
faqat MB ega. U banknotlar tarzida qog’oz pullar emissiya qiladi. Ular muomilaga
kiritilgach qo’ldan qo’lga o’tib uning egalarini tovarlar va xizmat bilan ta’minlash
majburiyati tarzda yuzaga chiqadi.
MB har qanday miqdorda pul emissiya qilishi mumkin. Lekin u o’z vazifasini
chiqargan pullarini iqtisodiy rivojlanishga mos tovar va xizmatlar bilan ta’minlangan
bo’lsagina bajarishi mumkin. Banknotlar MB ning o’ziga nisbatan qarz
majburiyatlari sifatida qaraladi. Undan tashqari MB ning o’z kapitali bor. U bankning
a) mulki, b) schyotlari, v) protsent shaklida olgan foydasidir.
MB ning soddalashtirilgan balans sxemasini quyidagicha ifodalash mumkin.
142
Do'stlaringiz bilan baham: |