214
go‘zal ayol qiyofasida namoyon bo‘ladi. Mamlakatimiz gerbida o‘z aksini topgan afsonaviy qush Humo –
baxt, tole va davlat ramzi. U boshi, tanasi va qanotlari oltin, kumushdan bo‘lgan go‘zal qush bo‘lib, kimga
soya solsa, o‘shanga baxt keltiradi. Qadimgi sharqda go‘zallik ezgulik bilan, yuksak daraja-dagi axloqiylik
bilan bog‘lab mushohada etilgan. Qadimgi Sharq mamlakatlari erishgan yutuqlar zaminida Evropa
mamlakatlari badiiy madaniyati tarkib topdi. Qadimgi Yunoniston mutafakkirlari Sharq badiiy madaniyati
merosiga tayangan holda estetik g‘oyalar va qarashlarni ishlab chiqdilar. Qadimgi yunon faylasufi Pifagor
(e.a. 6-5 asrlar) va uning shogirdlari o‘zlarining raqamlar haqidagi qarashlarini nafosat olamiga ham tadbiq
etdilar. Ularning nafosat asoslari, ya’ni “xilma-xil ovozli tomonlarning kelishuvi” umumbashariy
hamohang-lik ekanligi haqidagi qarash va g‘oyalari muhim o‘rin tutadi.
Geraklit (e.a. 540-480) nafosat xossalari moddiy dunyoning o‘zidan kelib chiqqan, nafosat
hamohanglikni anglatadi, hamohanglik esa qarama-qarshiliklar birligini tashkil etadi, deb ko‘rsatadi va
nafosatning nisbiyligi g‘oyasini ilgari suradi.
Demokrit (e.a. 460-370) go‘zallikni bo‘laklarning to‘g‘ri mutanosibligi, mosligi (simmetriya)da deb
biladi va me’yor tushunchasi bilan bog‘ladi. San’at – bu voqelikka taqlid qilishdir, deb hisoblaydi, u.
Suqrot (e.a. 470-399) fikricha, go‘zallik koinotdan inson turmushiga, uning ichki kechinmalariga
ko‘chirilgan, go‘zallik va ezgulik bir-biridan ajralmasdir.
Aflotun (e.a. 427-347) fikricha, nafosat manbaini “g‘oyalar” tashkil etadi, uning yoritib turuvchilik
kuchi go‘zallikni kashf etadi. Go‘zallikning mohiyatini his-tuyg‘u bilan emas, faqat aql-idrok bilan anglash
mumkin. Aflotun san’atni narsalardan ko‘chirilgan nusxa, narsalarning o‘zi esa g‘oyalarning xira nusxasidir,
deb ta’riflaydi. Aflotun san’atning odamlarga nisbatan ta’sir kuchini salbiy, buzg‘unchi xususiyatga ega, deb
ta’kidlaydi. SHuning uchun ham o‘zi kelajakda orzu qilgan davlat haqidagi qarashlarida musiqadan boshqa
san’at turlarini tilga olmaydi.
Arastu (e.a. 384-322) fikricha, nafosat asosini moddiy dunyodagi narsalar tashkil qiladi. U san’atni
voqelikka taqlid qilish vositasi sifatida baholab, san’atning inson ruhiga o‘tkazadigan ta’sir kuchiga alohida
e’tibor beradi. San’atning axloqiy qudratini, olijanob fazilatlar yaratish kuchini ulug‘laydi. Arastu inson
ruhini vahima, dahshat, rahm-shavqat orqali poklantirish (“katarsis”) ta’limotini ilgari suradi. SHuningdek,
Arastu voqelik va san’at, inson va san’at, inson va badiiy ijod masalalariga maxsus to‘xtalgan.
Estetik qarashlar Qadimgi Rimda ham shakllanib rivojlangan. Tit Lukretsiy Kar (e.a. 99-55)
“Narsalar tabiati haqida” asarida san’at “zaruriyat” (ehtiyoj)dan tabiiy kelib chiqqanligini ta’kidlab, uning
ma’rifatchilik ahamiyatini ko‘rsatib beradi.
Qadimgi SHarq hamda Qadimgi Yunoniston va Rim mutafakkir-larining estetik g‘oyalari, qarashlari,
ta’limotlari fan tarixida muhim o‘rin tutadi. Bu ta’limotlar o‘zidan keyin vujudga kelgan turli-tuman estetik
maktablarga zamin vazifasini bajardi.
O‘rta asrlarda G‘arb mamlakatlarida san’at, umuman badiiy amaliyot va nazariya masalalarida turli
xil qarashlar, muammolar yuzaga keldi. Bu davr estetikasida uchta hududni ajratib ko‘rsatsa bo‘ladi.
Birinchisi – Vizantiya, ikkinchisi – G‘arbiy Evropa, uchinchisi – sharqiy hudud – Qadimgi Rus. Vizantiyada
estetik qarashlar xristian madaniyatida badiiy tasvirlarning roli haqidagi bahs-munozaralarida shakllanib
borgan.
G‘arbiy Evropa mamlakatlarida bu davrda san’at asarlarida badiiy ijodning real dunyoga e’tibori
kuchayishini ko‘rish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |