212
Estetika fanining hozirgi davrga xos xususiyatlaridan biri shuki, bu sohaga kibernetika, semiotika
(belgilar tizimlarini qiyo-siy o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi bilim sohasi) va matematika kabi fanlarning
usul va vositalari ham izchil kirib o‘rnashayapti.
Estetika san’at va badiiy faoliyat turli shakl ko‘rinishlarini o‘rganadigan bilim sohalari uchun uslubiy
asos bo‘lib xizmat qilar ekan, ayni mahalda u adabiyotshunoslik, musiqashunoslik, teatrshunoslik,
axloqshunoslik kabi fanlar bilan hamkorlik qilish jarayonida rivojlanib boradi. Bu hamkorlik eng avvalo
mazkur fanlarning ham san’at umumiy nazariyasiga amal qilishida ko‘rinadi. Masalan, san’-atning xususiy
nazariyasi adabiyot, musiqa, tasviriy san’at va boshqa ijod sohalarining xususiyatlarini tadqiq etsa,
san’atning umumiy nazariyasi san’atning barcha turlari, badiiy ijod barcha sohalari amal qiladigan
qonuniyatlarning umumiy belgilarini o‘rganadi. Lekin san’atning umumiy belgilari sof holda mavjud
bo‘lmasligi, ular ayrim san’at turlari xususiyatlari orqali ifodalanishini inobatga olib aytish mumkinki,
estetika
o‘zining umumiy xulosalarini ishlab chiqishda san’atshunoslikning alohida-alohida bilim sohalari
erishgan ilmiy ma’lumotlarga tayanadi.
Estetika san’atshunoslik bilim sohalari uchun boshlang‘ich na-zariy va uslubiy asos bo‘lib xizmat
qiladi. Estetikasiz san’atshuno-slik bo‘la olmaydi, ya’ni u ayrim voqea-hodisalar sharhi bilan
shug‘ullanishga majbur bo‘lib qoladi. Shuni e’tiborga olish kerakki, Estetika xususiy san’atshunoslikning
umumiy qonuniyatlari, eng av-valo, nafosat tabiati va estetik timsol qonuniyatlarini o‘zida namoyon qiladi.
Estetikaning amaliyot uchun ahamiyati nimada? U voqelikka qanday ta’sir o‘tkazadi? Estetika
ijtimoiy bunyodkorlik jabhasida qay tarzda ishtirok etadi? Bu savollarga javob berish ham estetika fani
mavzusidir. Estetik nazariya san’at va badiiy ijod jarayoniga, badiiy madaniyatning barcha sohalariga
amaliy jihatdan kuchli ta’sir o‘tkazadi.
Ilgarigi davrlarda Evropadagi estetika nazariyalarida belgilab qo‘yilgan estetik me’yor bilan uning
burch-vazifalarini bir-biriga qarama-qarshi qo‘yish odat tusini olgan edi. Masalan, klassitsizm tarafdorlari
estetik burchni barcha ijodkorlar amal qiladigan aqidalarda ko‘rardilar. Pozitivizm tarafdorlari esa estetika
fani doirasini badiiy jarayonlarni tushuntirish va sharhlash bilan belgilardilar. Hozirgi zamon estetika
nazariyachilari bunday bir yoqlama yondashishni qabul qilmagan holda «Estetika fanining asosiy burchi va
vazifasi san’atning vujudga kelishi, rivojlanishi va amal qilish qonuniyatlarini tahlil qilishdir», degan
xulosani ilgari suradilar. Muammo shundaki, mazkur qonunlar mohiyati va tabiati ochib berilgandan so‘ng
va nazariy xulosalar bayon etilgandan so‘ng oldindan belgilangan me’yor qolipiga aylanib, san’atning joziba
va sehr kuchini yo‘qotib qo‘yish havfi tug‘iladi.
Estetika amaliyoti adabiy-badiiy tanqidda yaqqol namoyon bo‘ladi. Badiiy tanqid bilan estetik
nazariya o‘rtasida azaliy uzviy bog‘liqlik mavjuddir. Bu bog‘liqlikni «tanqid – bu harakatdagi estetikadir»
degan ibora mazmunida ham ko‘ramiz. Munaqqid san’at asarlarini baholash va sharhlashda xolis estetik
aqidalarga suyanadi va bu bilan estetikaning ijtimoiy hayotdagi o‘rnini mustahkamlaydi.
Adabiy-badiiy tanqid – bu estetika fani bilan san’at amaliyo-ti o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik ramzidir.
Estetik nazariya san’atkor dunyoqarashini shakllantirishda muhim omil hisoblanadi. Badiiy faoliyat
qonunlarini bilish, san’at tabiatini tushunish, uning ijtimoiy hayotdagi o‘rnini anglash haqiqiy iste’dod
o‘rnini qoplay olmaydi. Ammo bu ikki qanotning yaxlit namoyon bo‘lishi iste’dodning estetik nazariya
bilan qurollanishi, ularning qo‘shilib amal qilishi natijasida ijtimoiy hayot muhtoj bo‘lgan va kutib yotgan
estetik mo‘‘jizalar yaratiladi, albatta.
Estetika fani san’atdan bahramand bo‘luvchilar – tomoshabin, kitobxon, tinglovchi uchun ham katta
ahamiyat kasb etadi. Ular san’at haqida qancha ko‘p bilsalar, san’at mohiyati va burch-vazifalari haqida
qanchalik chuqur va haqqoniy tasavvurlarga ega bo‘lsalar, ularda san’at bilan doimiy muloqotda bo‘lishga
Do'stlaringiz bilan baham: |