209
Estetika so‘zi yunoncha «estezis» so‘zidan olingan bo‘lib, «sezish», «his qilish qobiliyati» ma’nosini
bildiradi. Bu fan – insonning voqelikka estetik munosabatlari va insoniyat badiiy rivojining umumiy qonun-
qoidalari haqidagi fan. Uzoq vaqt bu fan «Go‘zallik falsafasi» deb ta’riflab kelingan. Lekin hozirgi davrda
„Estetika" fanini bunday ta’riflab bo‘lmaydi, chunki «go‘zallik»ning o‘zi „Estetika"ga tegishli
tushunchalardan biriga aylanib qoldi. Birinchi marta estetika so‘zini fanning nomi sifatida olmon faylasufi
Aleksandr Baumgarten (1714-1762) “Poetika” asarining ba’zi bir masalalari to‘g‘risida falsafiy
mulohazalar” kitobida ishlatgan (1735 yil). Lekin bu bilan Baumgartenni „Estetika" fanining asoschisi deb
bo‘lmaydi, chunki estetika nazariyalari qadim zamonlardayoq „Falsafa” fani doirasida o‘rganilgan.
Dastlabki estetik ta’limotlar quldorlik jamiyati davrida – Sharq mamlakatlari (Misr, Bobil,
Hindiston, Xitoy, Eron va Turon)da vujudga kelib, qadimgi Yunonistonda, ayniqsa, Aflotun, Arastu, Suqrot
asarlarida, qadimgi Rimda Lukretsiy Kar, Goratsiy va boshqalarning tadqiqotlarida rivojlantirildi. XVIII
asrning ikkinchi yarmidan mustaqil fan sifatida shakllana boshladi. „Estetika" so‘zi ko‘pincha narsa va
hodisalarning rang-tusi va shaklidagi mukammallik, mutanosiblik, latofat ma’nolari majmui sifatida ham
qo‘llaniladi. Mazkur tushuncha kishilarning yaxshi fe’l-atvori, muomalasi, nutqi, did bilan kiyinishini
anglatadi yoki tabiatdagi go‘zallikni ham bildiradi.
Estetika so‘zi ba’zan «nafosat» tushunchasi bilan baravar ishlatiladi. San’atda ham estetika bir
qancha ma’nolarda qo‘llaniladi. Voqelikdagi tabiatan nozik narsalar va hodisalar in’ikosi – badiiy
adabiyotda nazm, tasviriy san’atda – manzara, miniatyura va boshqalar fikrimizga yorqin dalildir.
Ikkinchidan, san’atda nima in’ikos ettirilishidan qat’i nazar, nihoyatda nozik ifoda usullari qo‘llanilishi,
ifoda usulining bag‘oyat nafisligi – nozik raqs va boshqalar diqqatga sazovordir. “Estetika” atamasi o‘rnini
bevosita va bilvosita “Nafosat” atamasi bosa oladi. Ko‘pchilik “estetika” atamasiga o‘rgangani uchun
“nafosat” atamasini chuqur his qilol-maydi.
Estetika fan sifatida voqelikning go‘zallik asosida in’ikos etishini, inson amaliy faoliyatining hamma
sohalarida go‘zallik va xunuklik tuyg‘ularini, ayniqsa, badiiy ijodning umumiy qonunlarini o‘rganadi. Biz
voqelikdagi go‘zallik va xunuklikni turlicha tushunamiz. Estetik qarashlarimiz, tasavvurlarimiz, baholarimiz
nisbiy bo‘lib, ularni xolis baholash estetikaning vazifasidir. Mazkur fanning asosiy tushunchasi – go‘zallik
zohiriy va boti-niy ma’noga ega, voqea-hodisa, buyum zohiran go‘zal, botinan xunuk bo‘lsa, bu erda tom
ma’nodagi go‘zallik deb bo‘lmaydi. Shu bois donishmandlar tashqi va ichki go‘zallik mutanosibligiga
alohida ahamiyat berganlar.
Go‘zallikka intilish tabiiy ehtiyojdir. Bu ehtiyoj tarbiya vo-sitasida namoyon bo‘ladi. Go‘zallik
qurshovida yashagan inson bilan xunuklik muhitida o‘sgan odam o‘rtasida katta farq bor. Go‘zallik tarbiyasi
insonni ma’naviy jihatdan kamolotga etaklaydi, estetik his-tuyg‘uni taraqqiy ettiradi. Estetik his-tuyg‘u
insonni qurshab turgan muhitdagi go‘zallik va xunuklikni, ulug‘vorlik va tubanlikni, fojiaviylik va
kulgililikni idrok etish va baholash qobiliyatidir. Estetik ehtiyoj ezgulikka, go‘zallikka intilishdir. Bu ehtiyoj
mehnat, san’at, axloqiy munosabatlardagi go‘zallikni taqozo etadi. Estetika o‘z mohiyatiga ko‘ra, din, fan,
axloq, huquq tamoyillaridan farq qiluvchi o‘ziga xos qonunlar asosida rivojlanib, unda o‘tmish madaniy
merosi, hozirgi kun tarbiyasi, kelajak bashoratlari uyg‘unlashgan holda namoyon bo‘ladi, fan voqea-
hodisalarning qonuniyatlarini voqelikka muvofiq keladigan tushunchalar va qoidalar orqali ochib bersa,
estetika voqea-hodisalarni xayol, to‘qima obrazlar vositasida ifodalaydi. Ulardagi timsollar ham o‘z
tuzilishiga ko‘ra bir-biridan farq qiladi. Masalan, musavvirlik, haykaltaroshlik, teatr va boshqa san’at
turlarida voqea-hodisalar bevosita tasvirla-nadi. Musiqa, raqs, me’morchilikda san’atkorning voqea-
hodisalar va narsalardan tug‘ilgan g‘oyaviy-hissiy holati ifodalanadi. Bu jihatdan estetika san’atga yaqin
turadi. Estetika fani
falsafiy bilimlar majmuida o‘ziga xos alohida ahamiyatga molik bo‘lib, u bir tomondan
insonning atrof-muhitga, voqelikka estetik munosabati doirasidagi olamni o‘zgartirish jarayonidagi
Do'stlaringiz bilan baham: |