216
Forobiy “Baxt-saodatga erishuv haqida”gi risolasida “Inson aql-idroki tufayli haqiqiy insonga
aylanadi, bilim insonga baxt va shodlik keltiradi, inson bilish orqali o‘zida go‘zallik va mukammallikni
kashf etadi” deb ko‘rsatadi. SHaxsni kamol toptirish jarayoni, Forobiy fikricha, inson o‘z hayoti davomida
ilm, hunar o‘rganishi, axloqiy qonun-qoidalarni egallashi va san’atni hayotiy tajriba bilan boyitish orqali
sodir bo‘ladi. Estetik fazilatlar inson atrofini qurshagan muhit ta’si-rida shakllanadi. Forobiy shaxs
tarbiyasida she’riyat va musiqa san’atining o‘rnini alohida ta’kidlaydi. U san’at turlarini bir-biridan farq
qiladi: she’riyat so‘z bilan, tasviriy san’at esa bo‘yoqlar bilan ish ko‘radi. Lekin har ikkovi ham inson ruhiy
hayotining in’ikosidir. San’at insonda go‘zal estetik fazilatlarni tarbiyalashga qodir kuchga egadir. Ta’lim-
tarbiya masalalariga Forobiy alohida to‘xtalib, yoshlarning axloqiy fazilati nizomlarini hamda ularning
san’atni egallashi uchun amaliy malakalarini tarbiyalashni muhim vazifa deb hisoblaydi.
Abu Rayhon Beruniy (973-1048) nafosat haqidagi qarashlarida voqea-hodisalarning o‘zaro
bog‘liqligi va aloqadorligi manbai hamohanglik va uyg‘unlikdir deb ko‘rsatadi. Go‘zallikni tabiat va
insonga xos bo‘lgan kamolot, etuklik sifati darajasida baholaydi.
Abu Ali ibn Sino (980-1037) o‘zining estetik qarashlarida estetika bilan axloq muammolarini bir-
biriga uzviy bog‘laydi. U “Kitob ush-shifo” asarida musiqaning estetik xususiyati haqida so‘z yuritib, uning
axloqiy tarbiyadagi ahamiyatiga, she’riyatning kishilarga go‘zal fazilatlar singdirishi imkoniyatlariga
to‘xtalib o‘tadi. YOshlarni tarbiyalash oila va davlatning muhim vazifasi, jamiyat taraqqiyoti, yutuqlari
ma’lumotli, madaniyatli kishilarning o‘sishiga bog‘liq, “barcha bilimlarga ega narsalar mukammallikka
moyildir” der ekan, “mukammallik” atamasida u insonning ichki go‘zalligi va ezgulikka intilishini
ifodalaydi.
O‘rta Osiyo Uyg‘onish davri mutafakkirlari “Alloh go‘zal va u go‘zallikni yaxshi ko‘radi”
tamoyiliga amal qilganlar. Ular Alloh go‘zalligini ulug‘lab, diniy e’tiqod doirasida insonparvarlik
ta’limotini yaratdilar, diniy e’tiqodni inson aql-idroki kuchi, inson irodasi erkinligi g‘oyasi bilan bog‘lab
talqin qildilar.
Estetik tafakkur XIV-XV asrlarda yanada rivojlandi. Ayniqsa, Alisher Navoiy o‘z asarlarida
go‘zallikni, san’atni yuksak qadrlab, san’at inson ma’naviy olami, komil shaxs bo‘lib etishishi uchun zarur
ekanligini ta’kidlaydi. Uning adabiy-estetik qarashlari “Majolis un-nafois”, “Mezon ul-avzon” va
“Mufradot” asarlarida bayon etiladi. Navoiy badiiy so‘z san’atining ma’rifiy-tarbiyaviy, hissiy-ruhiy
ahamiyatini alohida ta’kidlar ekan, ijodkorlarning axloqiy qiyofasiga e’tibor qaratadi. Ularning kamtarlik,
himmatlilik, xush-muomalalilik, sahiylik kabi fazilatlarini ta’kidlaydi. “Majolis un-nafois”da mashhur
sozandalar, hofizlar haqida ham so‘z yuritiladi. “Mezon ul-avzon”da turkiy she’riyatning yozma va og‘zaki
adabiyot hamkorligida yuzaga kelgan janrlar (tuyuq…), og‘zaki adabiyotning yozma adabiyotga kirib
borishi (o‘lan-changiy, yor-yor, qo‘shiq) masalalariga alohida to‘xtaladi, xalq qo‘shiqlarining sakkiz turi
haqida ma’lumot beradi: tuyuq, changi-turkiy, arzuvoriy, muhabbatnoma, mustahzod va boshqa.
Navoiyning adabiy-estetik qarashlarida san’atkor inson ma’naviy ehtiyojiga, insof va adolatning barqaror
bo‘lishiga xizmat qilishi, eng yaxshi insoniy fazilatlarni targ‘ib etishi, kitobxon ongi, hissi va didiga ta’sir
ko‘rsatishi kerak, degan g‘oya ilgari suriladi. XX asr estetik nazariyalari an’anaviy qarashlarga kam
tayanadi. Intuitivizm A.Bergson (1859-1941), Andre Malro (1901-1976) badiiy ijodning noratsional
asoslariga e’tibori bilan ajralib turadi. Ekzistensializm J.P.Sartr (1905-1980), Alber Kamyu (1913-1960)
estetikasida insonga e’tiborni, san’at fenomenini inson taqdiri bilan bog‘lab qarashni ko‘rishimiz mumkin.
Strukturalizm Roman YAkobson (1896--1982), Rolan Bart (1915-1980) san’at asarini tahlil qilar ekanlar
struktura, belgi, element, funksiya tushunchalarini ishlatadilar. Masalan, strukturalizm tas-viriy san’at
Do'stlaringiz bilan baham: |