Қаранг: Эстетика. Словарь. С. 35, 276, 421.
223
tashvishlardan forig‘ yashashni tavsiya etadilar. SHahar shovqinlaridan, mehnatdan, axborotlar
siquvidan charchaganimizda, jamoa bilan yoki oilaviy tarzda shanba yo yakshanba kuni tabiat
qo‘yniga chiqib dam olamiz. Toliqsak, doim «onamiz» qo‘yniga intilamiz, ona-tabiat bizni
davol a ydi , go‘zall i gi bilan ha yratl anti radi , ruhl antiradi. Leki n bir -ikki kundan so‘ng yana
hammasini unutamiz, tag‘in tabiatga bir xizmatkordek qaraymiz. Nega shunday? CHunki
biz uni t ushunm a ymiz, uni bilm a ymiz . SHu sababli biror bir odamni ng yax s hi yoki
yomonli gi ga asl s ababl ar ni mal i gini , uning m ohi yati ni bilm aganimiz , tushunm aganimiz
uchun «falonchining tabiati o‘zi shunaqa», yoki muayyan hayvon yoxud o‘simlikning sir -
sanoatidan bexabarligimiz tufayli uni «tabiatan o‘zi shunday» deyish bilan muammoga
nuqta qo‘yamiz. Zero, tabiat olami kubromi (katta olammi), olami sug‘romi (kichik
olammi), ya’ni, odammi, u – sirli, uni lozim darajada tushunmaymiz va bilmaymiz. Har
qancha ekologiyaga e’tibor qilmaylik, uni fan sifatida zo‘r berib o‘qitmaylik, baribir
tabi atni tus h unishim iz qi yin, zot an ekol ogi ya t abi at ni asras hni, qutqaris hni, boyi t ishni
targ‘ib qiladi. Biroq ularning hammasiga faqat estetika yordamida, uning ekologiya bilan
ham korli gi orqali erishi sh mum kin. C Hunki est eti ka insonga t abi at ni sevishni, uni ng
go‘zalligiga beg‘araz munosabatda bo‘lishni o‘rgatadi, ya’ni, tabiatni faqat odamlar
uchun yaratil gan deb em as , uni j ami yat dan tashqaridagi um umol ami y must aqi l qadri yat
sifatida idrok etishni taqozo qiladi. Ha, tabiat go‘zallik va ulug‘vorlik manbai, lekin faqat
inson uchungi na shunda y em as . M as al an, bul bul tunda, odaml ar uxlaganda s a yra ydi ,
namozshomgul va ba’zi boshqa gullar faqat qorong‘u tushayotgan paytdan boshlab
ochiladi. Demak, hayvonlarni, o‘tloqlarni, daraxtlarni, daryolarni, tog‘larni faqat «biz
uchun» deb emas, «biz uchun ham» deb tushunishimiz lozim.
Buyuk Kant tabiatni axloqiylik bilan bog‘laydi: «Kimniki bevosita tabiat go‘zalligi
qiziqtirsa, bu uning fikrlash tarzida, yo‘q deganda, axloqiylikka, ezgulikka qobiliyati
mavjudligidan dalolat beradi», – deydi u.
61
Ammo Hegelni ng, tabi atda ideal yo‘ q, s hu
sababli u ikkinchi darajali go‘zallik turi, degan fikri estetikada hukmronlik qilib keldi,
ayniqsa, bu fikr tabiatni «bo‘ysundirishni» targ‘ib qilgan markschilikning tegirmoniga
suv qu ydi. Nat ijada uzoq yi llar moba ynida tabi at est etikas iga e’ti bor qaratilm adi . Biz
me’moriy obidalarni asrash, tiklash haqida qayg‘urdik, ularni estetik qadriyatlar deb
e’lon qildik, lekin landshaft estetikasini chetga chiqarib qo‘ydik. Hozirgi kunda shu narsa
aniq bo‘ldiki, tabiatni eng ulug‘ va mangu estetik qadriyat deb bilmaslik borib turgan
estetik savodsizlikdir. Aniqrog‘i, bugun tabiatsiz estetikani tasavvur qilish mumkin emas.
Buning sababi, birinchidan, tabiatni nosan’at estetik ob’ekt sifatida to‘g‘ridan -
to‘g‘ri idrok eta olsak (bunga keyinroq bafurja to‘xtalamiz), ikkinchidan, u san’at uchun
insondan keyin eng boy material, manba; san’at vositasida in’ikos ettirilgan tabiat estetik
qadriyat sifatida ma’naviyatimizni boyitib yashaydi. San’atda aks etgan tabiat o‘zining
g‘oyaviy-badiiyligi, abadiylikning o‘chmas lahzasi, takrorlanmas go‘zallik yoki
ulug‘vorlik, ba’zan esa, fojiaviylik sifatida bizni doimiy rom etishi bilan ajralib turadi.
Nosan’at estetik ob’ekt sifatida esa, tabiat faqat go‘zallik va ulug‘vorlikni ifodal aydi,
g‘oyaviy-badiiy urg‘uga ega emas, hissiyotlarimizga san’atdagidek kuchli ta’sir
ko‘rsatolmaydi, ammo san’atda landshaftning butun go‘zalligini aks ettirish imkoni yo‘q.
Masalan, o‘tloqdagi giyohlar ranginligining o‘rnini hech bir rassom bo‘yog‘i bosa
olma ydi, ranglarni ng barchasini aks ett iram an desa, rassom ni ng rangtasvi ri bi r -bi ri bil an
nouyg‘un olachalpoq ranglar yig‘indisidan iborat bo‘lib qoladi, san’at asariga
aylanmaydi. Rassom bizga faqat o‘tloqning bir parchasini, o‘zi «tanlab olgan”
qismini gina, «t anl angan » rangl arni gina ko‘rs ati shi m umki n. Yoki musi qa s an’ati ga
aylangan tabiatni, deylik, Sayfi Jalilning dutorda ijro etilgan «To‘rg‘ay» kuyini bir -ikki,
boringki, o‘n-o‘n besh marta eshitsangiz, huzur qilasiz, estetik zavq olasiz, biroq uni har
kuni tinglasangiz, u kuy qanchalik buyuk san’at asari bo‘lmasin, joningizga tegadi. Jonli
to‘rg‘ayning sayraganini esa, yillar davomida har kuni eshitsangiz ham, har gal zavq
61
Кант И.
Сочинения в 6 т. Т. 5. М., «Мысль», 1966. С.314.