224
olasiz. SHu sababli estetikada tabiatni ham nosan’at, ham san’atga aylangan este tik
ob’ekt sifatida ikki yoqlama ilmiy yondashuv orqali o‘rganish maqsadga muvofiq.
San’atga aylangan estetik ob’ekt sifatida tabiat deyarli barcha san’at turlarida va
janrlarida o‘z aksini topadi. Boshqacharoq aytganda, tabiatni «o‘rganish», «tushunish»
barcha s an’at turl ari ga xos. Masal an, badii y adabi yot da hiko yadan – rom angacha,
she’rdan – dostongacha tabiat manzarasi tasvirlanmaydigan biror janrni topish mumkin
emas. O‘rik daraxtining to‘rt fasldagi holati, ko‘klamdagi gullagan, yozda barg yozib,
meva qil gan, kuzdagi oltin rangi ga ki rgan, qi shda yal ang‘och, shoxl ari na yzaga o‘xshagan
ko‘rinishlari badiiy adabiyotda ham, rassomlikda ham o‘z ifodasini topgan. O‘zbek xalq
kuyi «CHo‘li iroq»da fojiaviylikni, Betxovenning «Oydin sonati »sida inson qalbi
evrilis hlari ning, xayol ga cho‘m gan quvonchning i fodasi ni il g‘a ym iz. Me’morli kda
yaproqlarning peshtoqlardagi xandasaviy jilvasi, haykaltaroshlikdagi go‘zal kiyikning
tasviri deysizmi, xullas, tabiat barcha san’at turlarida badiiy asarni go‘zallashtirib,
ulug‘vorlashtirib turuvchi omil bo‘lib xizmat qiladi.
Xulosa qilib shuni aytish lozimki, tabiat estetikasini «ekologik estetika» doirasiga
tiqib qo‘yish mumkin emas, uni texnika yoki mehnat estetikasidan keyin turadi, degan
gaplar asossiz. U bugungi kunda san’at dan keyingi eng qamrovli tadqiqot ob’ektiga ega
bo‘lgan, muhimlardan muhimroq estetik nazariya turidir, uning «hurmatini joyiga
qo‘yish” vaqti allaqachon kelgan.
Ko‘rib o‘tganimiz – tabiat estetikasi bizni hozir avvalgi davrlarga qaraganda ancha
olisdan o ‘rab turgan biologik muhitni ng ha yotim izni go‘zallashti ris hdagi, umuman,
estetiklashtirishdagi ahamiyatini tadqiq etsa, uni insonni «tabiiylashtirish» vositasi
sifatida olib qarasa, texnika estetikasi, aksincha, bugungi kunda bizga eng yaqin bo‘lgan
noos ferani – t exni kavi y muhi tni muntazam «i nsoni yl as ht irib » borish muam molarini
o‘rganadi.
Ins on doimi y ravi shda ravnaq t opi b boradi gan m avjudot, uz oq davom et gan insoni y
taraqqiyotning mahsuli, ya’ni, tosh asridagi va hozirgi odam, garchand ikkalasi ham odam
deb at als a -da, bir -bi ridan farq qil adi . Zamonavi y odam aql an, axloqan nis batan yuks ak
darajaga ko‘tarilgan, jismonan esa, – go‘zallashgan. Texnikani ana shu go‘zallashgan
inson yaratgan. SHu o‘rinda imom G‘azzoliyning inson va uning ijodiga nisbatan aytgan:
«YAratilgan yaratganiga o‘xshaydi”, degan so‘zlarini yana bir bor eslaylik. Alloh insonni
yaratib, uni o‘ziga o‘xshashini istasa, inson ham o‘z ijodi mahsulining o‘ziga o‘xshash
bo‘lishini xohlaydi. Texnika inson ijodining mahsuli sifatida inson qanchalik nozik,
qanchalik aqlli, qanchalik go‘zal bo‘lsa, shunga qarab o‘zgarib boradi.
SHuni alohida ta’kidlash lozimki, so‘nggi ikki asr mobaynida, ayniqsa, XX asrda
inson t afakkuri, uning ji sman va axloqan taraqqi yotidan il gari lab ketdi. CHunki t afakkur,
vujud va axloqdan farqli o‘l aroq, nars al arga a yl anish xususi yati ga ega. Nars aga a yl angan
tafakkur tinimsiz ravishda yangi, o‘zidan yuksakroq narsaga aylanadigan tafakkurni
taqozo etadi, u esa, o‘z navbatida yana yangi narsani yaratadi va shu tarzda tafakkur olg‘ a
qarab boraveradi . Bu, biz, odatda, hisobga olma ydi gan qonuni yat. C Hunki tafakkurning
nima ekani, u qanday qilib moddiy jarayonlarni o‘zgartirishi hozircha noma’lum,
vaholanki u biologik hodisa emas. «Tafakkur energiya shakli emas, – deydi akademik
V. I.Ve rnads ki y. – Qanda y qilib u moddi y j ara yonl arni o‘z garti ra ol adi? Bu savolga ilm
hozircha javob topgan emas»
62
. Nima bo‘lganda ham, tafakkurning ravnaqqa qarab
taraqqiy qilib borishi isbot talab qilmaydigan haqiqat. Ana shu ravnaqning sur’ati biz
yarat gan t exnika vos ital arini t ezkorli k bi lan o‘z garib, qula yl a shib, go‘zallashib borishi ni
ta’minlab kelmoqda. Bunda badiiy-texnik yoki estetik faoliyat hisoblanmish dizaynning
roli katt a.
62
Вернадский В.И.
Начало и вечность жизни. М., «Советская Россия», 1989. С. 185.
Do'stlaringiz bilan baham: |