219
san’atdagi go‘zallik ikkilamchi deydi. CHunki hayotda go‘zallik bo‘lmasa, san’atda ham u ifoda topa
olmaydi. Lekin u jiddiy xatoga yo‘l qo‘yadi. CHunki haqiqiy san’at dunyo go‘zalligini faqat surat aksinigina
emas, balki undagi go‘zallik mohiyatini ham namoyon etadi.
San’at hayotning boyligi va xilma-xilligini, go‘zallik va xunuklikni, yaxshi va yomon xislatlarni aks
ettiradi hamda unda estetik orzu muhim ahamiyat kasb etadi. San’at go‘zal va xunuk narsalarni aks ettirish
mumkin. Lekin san’atning o‘zi hamma vaqt ham go‘zaldir! CHunki u o‘z tarkibiga estetik orzu, ya’ni
go‘zallikning zaruriy xossasini singdirgandir.
Ko‘p asrlar davomida san’at estetik orzuni ro‘yobga chiqarishning ikki asosiy yo‘nalishini ishlab
chiqqan:
1) Ijobiy qahramon ramzini yaratish, ijobiy qahramon – ijodkorning go‘zallik haqidagi estetik
orzusidir.
2) Salbiy qahramon – go‘zallikning aksi bo‘lgan xunuklik, yaramaslik ramzi bo‘lib, u ham estetik
ahamiyatga ega.
San’atda ilg‘or estetik orzuning bo‘lishi san’at go‘zalligi bilan bog‘liq zaruriy, lekin yagona
bo‘lmagan omildir. San’at go‘zalligi uning haqqoniyligidan ajralmagan holda qaror topadi. Badiiy
haqiqatsiz san’atda go‘zallik bo‘lishi mumkin emas.
Haqiqat va go‘zallik birligi san’at taraqqiyotining qonuniyatlaridan biridir. SHekspir «Go‘zallik
qimmatli haqiqat bilan yakunlanib, yuz chandon go‘zallik kashf etadi», deydi.
San’atdagi go‘zallik shakl va mazmun birligida yaxlit mushohada etiladi. Inson faoliyatida
kamolotga, go‘zallikka intilish ko‘p jihatlardan eng muvofiq shaklni izlab topishda ko‘rinadi. Bu shakl esa
faoliyat burchiga, vazifasiga, mazmuniga mos kelishini taqozo etadi. SHaklning mazmunga mos kelishi
san’atdagi go‘zallik mezonidir. Gap ijtimoiy ahamiyatli, g‘oyaviy ilg‘or, hayot haqiqatiga ega bo‘lgan
mazmun haqida borsagina shaklning mazmunga mos kelishiga san’at go‘zalligining mezonlaridan biri
sifatida qarash mumkin bo‘ladi.
San’atdagi go‘zallik, uning badiiy qimmati hayotni haqqoniy tasvirlash, gumanistik g‘oyalarni
ifodalash, shakl va mazmun uyg‘unligini yaratish bilan belgilanadi.
Voqea-hodisalarning ob’ektiv estetik ahamiyatini ifodalovchi qadriyat sifatida go‘zallik sub’ektiv
estetik baholash orqali, kishilarning didi va ideallari vositasida qabul qilinadi. Estetik tarbiyaning muhim
vazifasi-kishilarda haqiqiy go‘zallikni tushuna olish va qabul qilish qobiliyatini shakllantirish va
rivojlantirishdir.
Ulug‘vorlik kategoriyasi estetikaning yana bir muhim kategoriyasidir. Qadimgi estetikada
«ulug‘vorlik» iborasi tantanaligi va ahamiyatliligi bilan ajralib turadigan nutqning alohida uslubini
tavsiflash uchun ishlatilardi. Ulug‘vorlik muammosiga estetik-nazariy yondashish III asr notig‘i Longin
yozgan «Ulug‘vorlik to‘g‘risida»gi risoladan boshlanadi. U ulug‘vorlikni nutq go‘zalligi bilan bog‘lanib
ketgan odatdan tashqari fikrlar va ehtiroslar sifatida tushunib, u insonga his-tuyg‘uli ta’sir etuvchi, uni
quvonch va hayratga soluvchi kuch deb uqtiradi.
XVII asr ingliz olimi E.Byork fikricha, ulug‘vorlik tuyg‘usining manbai-dahshat yoki shunga
o‘xshash tuyg‘ular ko‘zg‘atadigan barcha narsalar, voqea-hodisalardir. Byork ulug‘vorlikni insonga his-
tuyg‘uli ta’sir o‘tkazish shakllari ichida eng kuchlisi bo‘lgan qoniqmaslik tuyg‘usi bilan bog‘laydi:
Go‘zallik qoniqish asosidagi estetik zavqlanish baxsh etsa, ulug‘vorlik dahshat va qoniqmaslik tuyg‘usining
vujudga keltiradi.
Boshqa ingliz olimi T.Xoum fikricha, ulug‘vorlik go‘zallikdan faqat o‘zining ko‘lami bilan farq
qiladi va ijobiy his-tuyg‘ular uyg‘otadi.
I.Kant fikricha, go‘zallik ham, ulug‘vorlik ham qo‘pol, sof foyda ma’nosidagi manfaatdan xoli
bo‘lib, hamma uchun umumiy ahamiyatli, maqsadga muvofiqlik va zarurlik tasavvurlarini o‘zida mujas-
samlashtirgandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |