12.4-jadval
Axborot vositalarining asosiy turlari tavsifi
Tashuvchi
Afzalligi
Cheklovi
Gazetalar
Ochiq-ravshanlik; O‘z vaqtidalik;
Mahalliy bozorni qamrab olishning
yuqori darajasi; yuqori tan olinish;
ishonchning yuqori darajadaligi
Muddati uzoq emas; bosma sifati
pastligi; uncha katta bo‘lmagan
ikkilamchi auditoriya
Televilenie
Harakatlanuvchi tasvir va ovozning
hamohangligi; bevosita tuyg‘ularga
murojaat qilinishi; diqqat-
e’tiborning yuqori darajasi; qamrab
olish darajasi yuqoriligi
Yuqori mutlaq qiymat; efirning
reklama bilan to‘lib ketgani;
kontaktning qisqa muddatliligi;
auditoriyani tanlash darajasi
yuqori emasligi
To‘qridan
to‘g‘ri pochta
reklamasi
Auditoriyani tanlash imkoniyati,
ochiq-ravshanlik, bir tashuvchiga
nisbatan raqobatning yo‘qligi,
manzilli xarakterga egaligi
Nisbatan yuqori qiymat;
«makulatura»ga aylanish xavfi
Radio
Ommaviylik, geografik va
demografik belgilari bo‘yicha
tanlash darajasi yuqoriligi!
Axborotlarni faqat ovozli
berilishi; televidiniyega nisbatan
kam jalb etuvchanligi; standart
tariflar yo‘qligi; kontaktning
qisqa muddatliligi
Jurnallar
Geografik va demografik belgilariga
ko‘ra kashfiyotchilik darajasi
yuqoriligi; ishonch va istiqbol;
yuqori sifatli bosma nashr; uzoq
muddat «yashashi»; katta
ikkilamchi auditoriya
Reklama maydonini sotib olish
va reklamaning chiqishi orasidagi
tanaffusning kattaligi; talabga
ega bo‘lmagan tirajda yo‘qolib
ketish; kafolatlangan
joylashtirishning yo‘qligi
Tashqi reklama
Ochiqlik; takroriy kontaktlarning
yuqori ko‘rsatkichi; qiymati
pastligi; raqobat yuqori emasligi
Auditoriyaga nisbatn cheklangan
tanlov, ijobiy cheklanganlik
382
Telefon
ma’lumotlari
Mahalliy bozorni qamrab olishning
eng yuqori darajasi; yuqori
darajadagi ishonch; past qiymat;
auditoriyani keng qamrab olinishi
Yuqori raqobat reklama
maydonini sotib olish va reklama
chiqishi orasidagi katta tanaffus;
ijodiy cheklov
Axborot
byulleteni
Auditoriyalarga nisbatan o‘ta
yuqori tanlov; to‘liq nazorat;
interfaol imkoniyatlar; nisbatan past
qiymat
Xarajatlar nazoratdan tashqariga
chiqib ketishi (nazoratsiz
qolishi) mumkin
Reklama
risolalari
Ochiqlik; to‘la nazorat; reklama
murojaatini kuchaytirishga qodirlik
Qayta ishlab chiqarish xarajatlar
ortib ketishiga olib kelishi
mumkin
Telefon
Foydalanuvchilar ko‘pligi;
individual kontakt o‘rnatish
mumkinligi
Nisbatan yuqori qiymat (agar
ko‘ngillilar jalb etilmasa)
Internet
Auditoriyaga nisbatan tanlash
imkoniyati yuqoriligi; interfaol
kontakt imkoniyati bor; nisbatan
narxi arzon
Axborotlarning nisbatan yangi
vositasi, shuning uchun ayrim
mamlakatlarda foydalanuvchilar
soni kam
Noan’anaviy medianing bosh yutug‘i, ularning maqsadli auditoriyaga
o‘ta aniq chiqish imkonini berishidir, bunda vaziyatdan kelib chiqib, aloqa
bo‘ladigan auditoriya «asirga olingan» bo‘lib, ushbu qamrab olish
iqtisodiy nuqtayi nazardan qisman samarali bo‘ladi. Xabarlar sodda va
to‘g‘ridan to‘g‘ri bo‘lishi lozim. Har qanday marketing strategiyasining,
shu jumladan, «muqobil»ini ham baholash u marka kapitaliga bevosita
yoki bilvosita qo‘yilmalar kiritishiga qarab amalga oshiriladi.
Aniq reklama tashuvchini tanlash.Tanlab olingan axborot vositalarining
har birida media rejalashtirish bo‘yicha mutaxassis iqtisodiy jihatdan eng
samarali reklama tashuvchilarni tanlab olishi, bunda auditoriya kattaligi
va tarkibini, reklama murojaatlarini joylashtirish qiymatni tahlil qiladigan
maxsus tadqiqot xizmatlari ma’lumotlariga suyanishlari kerak. Auditoriya
kattaligini hisob-kitob qilish uchun auditoriya adadi (reklama tashuvchi
jismoniy birliklar soni), auditoriya (reklama tashuvchi bilan aloqada
bo‘ladigan odamlar soni, agar bosma reklama vositasida ikkilamchi
o‘quvchilar bo‘lsa, auditoriya adadni ko‘paytiradi); samarali auditoriya
(reklama tashuvchilar bilan aloqada bo‘luvchi va potensial xaridorlar
tasniflariga ega bo‘lgan va reklama tashuvchi bilan aloqada bo‘ladigan
odamlar soni) va haqiqiy auditoriyadan (haqiqatan ham reklamali
e’lonlarni ko‘rgan potensial xaridorlar soni) foydalaniladi.
383
Bozorga yangi tovar chiqarishda reklama beruvchida reklamalarni
uzluksiz, konsentratsiyalanuvchi, davriy va uzilib qoladigan variantlardan
birini tanlash muammosi paydo bo‘ladi. Uzluksizlikka qandaydir vaqt
davomida reklama murojaatini bir tekis joylashtira olish bilan erishiladi.
Qoidaga ko‘ra reklama beruvchilar tez-tez sotib olinadigan tovarlar bilan
bozorni kengaytirish kerak bo‘lganda va xaridorlarning aniq belgilangan
toifasini jalb etish uchun uzluksiz reklamadan foydalanadilar.
Konsentratsiya hamma reklama budjetidan cheklangan davr mobaynida
foydalanishni ko‘zda tutadi. Bunday tartib realizatsiya muddati bitta
mavsum yoki qandaydir sana (odatda, bayramlar) bilan cheklangan
tovarlar reklamasi uchun maqbul. Davriy reklama e’lonlarini mavsumiy
uzilish bo‘ladigan ayrim davr davomida joylashtirishni bildiradi, mavsum
yangilangach, reklama ham yangilanadi. Bunday sxemadan cheklangan
reklama budjetida, xaridning kamdan kam siklida, mavsumiy tovarlarni
reklama qilishda foydalaniladi. Uzilib turuvchi reklama – bu muomalaga
past va yuqori faollikda, navbat bilan chiqadigan tovarlarni reklama qilish.
Reklama budjetini ishlab chiqish – reklama kompaniyasining
maqsadlarini, korxonaning moliyaviy imkoniyatlari, raqobatchilarning
reklama xarajatlari, tarmoqdagi umumiy xarajatlar va hokazolarni hisobga
olishga asoslangan turli xil yondashuvlarni qo‘llash bilan amalga
oshirilishi mumkin. Biroq har qanday usul axborotga, ya’ni mahsulot
(uning xususiyatlari va potensial mijozlarning ehtiyojlariga mos kelishi),
bozor va uning segmentlari, iste’molchilar ehtiyojlarini qondirishning
turli usullari va imkoniyatlari bilan bog‘liq holda uning xatti-harakatlari,
bozorda talabning o‘zgarish tendensiyalari haqidagi axborotlarga
asoslanadi. Reklama budjetini ishlab chiqishning ko‘pgina usullaridan
eng yaxshi qo‘llaniladiganlari sifatida quyidagilarni ajratib ko‘rsatish
mumkin: qoldiq budjet usuli, sotilishlar summasidan foizlarda hisob-kitob
qilish usuli, raqobatli paritet usuli, maqsad va vaziflar asosida hisob-kitob
qilish usuli va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |