Toshkent moliya instituti f. T. Bazarova


Reklama samaradorligini baholash



Download 3,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet263/329
Sana12.01.2022
Hajmi3,22 Mb.
#338719
1   ...   259   260   261   262   263   264   265   266   ...   329
Bog'liq
marketing

Reklama samaradorligini baholash 

 

 

 

Reklamani  yaxshi  rejalashtirish  va  uni  boshqarish  samaradorligini 



baholashni  ko‘zda  tutadi.  Ko‘pchilik  reklama  beruvchilar  reklamaning 

kommunikativ  samarasini,  ya’ni  uning  tovar  haqida  xabardorlik,  bilish 




 

384 


 

 

 



yoki afzal ko‘rish haqidagi darajasiga potensial ta’sir etishini baholashga 

urinadilar. Kommunikativlikka qo‘shimcha ravishda reklama beruvchilar 

shuningdek,  reklamaning  tijoratdan  samarasini  ham  baholashni  xohlar 

edilar.  

Kommunikativ  samarani  tadqiq  etish  reklamaning  iste’molchiga 

ta’sir etish samaradorligini aniqlashga yo‘naltirilgan. Bunday tadqiqotlar 

(uni  reklama  testlashtirish,  deb  ham  ataydilar)  reklama  e’loni 

joylashtirilgunga qadar ham, uni e’lon yoki translyatsiya qilingach ham 

o‘tkazilishi mumkin.  

Reklamaning tijoratdan samarasini baholash umuman, kommunikativ 

samarani  baholashga  nisbatan  sezilarli  darajada  qiyin.  Savdo-sotiq 

darajasiga  tovarning  tavsifi,  uning  narxi  va  savdoda  mavjudligi, 

shuningdek, raqobatchilarning xatti-harakatlari kabi ko‘plab omillar ta’sir 

qiladi. Bu omillar qancha kam bo‘lsa, ularni nazorat qilish ham shunchalik 

soddalashadi. Reklamaning savdoga ta’sirini baholash ham shuncha oson 

bo‘ladi.  Hammadan  osoni,  reklamaning  bevosita  marketing  o‘tkazishda 

savdo hajmiga ta’sirini baholash, eng murakkabi esa – firma imijini yoki 

savdo markasini shakllantirishga yo‘naltirilgan reklamadan foydalanishni 

baholashdir.  Bu  masalani  hal  qilish  variantlaridan  biri  12.4-rasmda 

keltirilgan.   

  

 

 



 

12.4-rasm. Savdo-sotiq hajmiga reklamaning ta’sir etishini baholash formulasi 

 

  



Tadqiqotchilar  reklamaning  savdo  hajmiga  ta’sirini  tajribalar 

yordamida o‘tgan davrlarni tahlil qilish asosida baholashga urinmoqdalar. 

Retrospektiv  yondashuv  o‘tgan  davrdagi  savdo  hajmi  va  reklamaga 

xarajatning  o‘zaro  aloqasini  statistik  (hisoblab)  chiqarishda  ko‘rinadi. 

Boshqa  tadqiqotchilar  reklamaning  savdo  hajmiga  ta’sirini  baholash 

uchun eksperimental yondashuvdan foydalanadi.  

Tadqiqochilarning  yanada  ko‘proq  qismi  reklama  xarajatlarining 

savdo  hajmi  o‘sishiga  ta’sirini  baholashga  urinadilar  va  faqat 

kommunikativ samarani o‘lchash bilan qanoatlanmaydilar.  

  

Firmaning 



 

reklama 


 

xarajatlari ulushi

 

 

 



Ovoz  

 

ulushi



 

 

 



Ong va qalb 

 

ulushi



 

 

 



Bozorning 

 

ulushi



 

 

 




 

385 


 

 

 



Bevosita  savdo  -  xarid  jarayonining  ma’lum  bir  bosqichlarida, 

ayniqsa, xaridorning o‘zi sotayotgan tovarni afzal ko‘rishiga erishish va 

uni sotib olishga undash kerak bo‘lganda eng samarali kommunikatsiya 

vositasidir.  Shuning  uchun  soddaroq  vazifalar  kommunikatsiyaning 

arzonroq  texnik  vositalari  orqali  uzatilgan  sari,  savdo  xodimlarining 

strategik marketingdagi roli kuchayib boradi.   

To‘g‘ridan to‘g‘ri (bevosita) savdo – savdoning mustaqil vositachilar 

xizmatlaridan  foydalanmagan  holda  xaridorlar  bilan  to‘g‘ridan  to‘g‘ri 

aloqa o‘rnatish imkonini beruvchi metodi.  

To‘g‘ridan  to‘g‘ri  (bevosita)  savdo  operatsiyalari  o‘tkazish  ustidan 

to‘liq nazorat yuritishga, o‘z tovarlari bozorini yaxshiroq o‘rganishga, o‘z 

iste’molchilari  bilan  uzoq  muddatli  munosabatlar  o‘rnatishga,  o‘z 

takliflariga  tez  o‘zgartirishlar  kiritishga,  mahsulot  sifatini  oshirish 

bo‘yicha iste’molchilar bilan hamkorlikda ilmiy izlanishlar olib borishga 

imkon  beradi.  Ishlab  chiqaruvchi  va  xaridorning  to‘g‘ridan  to‘g‘ri 

aloqalari  munosabatlar  marketingi  rivojlanishi  (interfaol  marketing) 

asosini tashkil etadi, bunda foyda manbayi tovar emas, mijoz hisoblanadi. 

Bozor  vakili  marketingni  uzoq  muddatli  munosabatlarda  bir  martalik 

bitimga aylantirishga urinadi.  

To‘g‘ridan to‘g‘ri (bevosita) savdo, asosan, ishlab chiqarish vositalari 

bozorida tarqalgan. To‘g‘ridan to‘g‘ri sotishlar asosiy tur xomashyolarni 

qayta ishlash sanoatlariga yetkazib beruvchi neft, ko‘mir, stanok qurilishi 

kompaniyalari  kabilar  uchun  xarakterli.  Jahon  tajribasi  ma’lumotlariga 

ko‘ra, mashina va uskunalarning 2/3 ga yaqin qismi eksport ta’minlanishi 

savdo bo‘limlari, filiallar, agentlar, vositachilar orqali amalga oshiriladi, 

faqat 1/3 qismigina oraliq savdo bo‘g‘inlari tomonidan bajariladi.  

Keng iste’mol tovarlari bozorida to‘g‘ridan to‘g‘ri savdo yordamidan 

kam  foydalaniladi.  Ishlab  chiqaruvchi  bevosita  iste’molchilar  bilan 

ishlasa,  u  to‘g‘ridan  to‘g‘ri  savdoning  bevosita  marketing  va  shaxsiy 

sotish turlaridan foydalanishi mumkin.  

Bevosita  (to‘g‘ridan  to‘g‘ri)  marketing  –  bevosita  reklama  orqali  

bevosita  iste’molchilarga,  ulardan  reklama  murojaatlariga  to‘g‘ridan 

to‘g‘ri  javob  olish  uchun  mo‘ljallangan.  Bevosita  (to‘g‘ridan  to‘g‘ri) 

marketingning  quyidagi  turlari  mavjud:  pochta  bo‘yicha  bevosita 

marketing,  kataloglar  bo‘yicha  marketing,  telemarketing,  televizion 

marketing va elektron savdo.  




 

386 


 

 

 



Pochta orqali  to‘g‘ridan to‘g‘ri  marketing (“direkt-meyl”)  –  pochta 

jo‘natmalarini (xatlar, reklamalar, namunalar va b.) potensial mijozlarga 

tarqatish  yo‘li  bilan  amalga  oshiriladigan  marketing.  Tarqatiladiganlar 

ro‘yxati ma’lum guruhdagi tovarlarning eng ishonchli xaridorlari ro‘yxati 

asosida shakllantiriladi.  

Kataloglar  bo‘yicha  marketing  –  kataloglar  vositasidagi  to‘g‘ridan 

to‘g‘ri  marketing,  mijozlar  yoki  ularning  vakillari  tomonidan 

do‘konlardan tanlangan tovarlar jo‘natiladi.  

Shaxsiy  muloqot  strategiyasini  ishlab  chiqish  eng  avval  firmaning 

marketing  strategiyasini  amalga  oshirishda  savdo  xodimi  o‘ynaydigan 

rolni  belgilab  olishni  talab  qiladi.  Buning  uchun  firma  har  bir  tovar 

bozorida  o‘z  mijozlari  bilan  o‘rnatmoqchi  bo‘lgan  aloqa  xarakterini 

aniqlab olishi kerak.


Download 3,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   259   260   261   262   263   264   265   266   ...   329




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish