374
Biznesmen Richard Brenson Britaniya ishbilarmonlik maydoniga
1970 – yillarda o‘sha paytlarda yangilik (innovatsiya) bo‘lgan ovoz
yozuvchi Virgin Records kompaniyasi bilan yorib kirdi. U boshqa hech
kim nazariga ilmagan ijrochilar bilan shartnomalar tuzdi va o‘zining
hozirgi kunga qadar davom etib kelayotgan marafonini boshladi. Virgin
Records 1992–yilda Thorn-EMI kompaniyasiga deyarli 1 mlrd. doll.ga
sotildi, biroq jamlangan daromadi 8 mlrd. doll.dan ortadigan 200 dan ortiq
boshqa kompaniyalar tuzildi. «Virgin» nomi (darvoqe, bu Buyuk
Britaniyadagi uchinchi eng obro‘li savdo markasi) va R.Brenson
shaxsining o‘zi bilan turli xil tovarlar va xizmatlarni bog‘laydilar
(samolyotlar, poyezdlar, moliyaviy mahsulotlar, yaxna ichimliklar,
musiqali yozuvlar, mobil telefonlar, avtomobillar, vinolar, kitoblar,
hattoki, to‘y liboslari ham). Ko‘p qirrali bu mahsulotlarga takliflar ham
yetarli bo‘lishi bilan birga to‘langan puliga yuqori narxlardaligi, sifatliligi,
innovatsiyalari, a’lo kayfiyat ulashishi, raqobatchilarni «ko‘zini o‘ynata
olishi» bilan xarakterli. Virgin Group o‘zi uchun bozorlarda qoniqarsiz
talablarni, to‘lov qobiliyatlariga ega ehtiyojlar va uncha faol bo‘lmagan
raqobat qidirmoqda. «Biz ularni topganimizdan keyin Virginga
raqobatchilar o‘zini yaxshiroq ko‘rsata olish imkoniyatlari tug‘iladi. Biz
xaridorlarga ishonch, innovatsiya va do‘stona munosabatlar yetmagan
joylarda ularni yetkazib beramiz», - deydi R.Brenson.
1998–yilda Brenson AQShda Virgin Cola kompaniyasini ochganda,
u shaxsan Nyu-Yorkning Beshinchi avenyusini kezib chiqar ekan, hamma
ertalabki yangiliklar dasturlariga intervyu berishga ham ulgurgan edi.
2002–yilda u Virgin mobil aloqa operatoriga xizmat ko‘rsatishi e’lon
qilindi. 2004–yilda «Virgin Puclse» umumiy nomi bilan yuqori
texnologik elektron qurilmalar seriyasi chiqarilishi munosabati bilan
R.Brenson yana sahnada paydo bo‘ldi – bu NyuYorkdagi tungi klublardan
birining sahnasi edi. Yaqinda Virgin Volvo bilan hamkorlikda tanlov
e’lon qildi va uning bosh mukofoti Brensonning yangi «Virgin Galactic»
kosmik kemasida kosmik parvoz bo‘ladi. Public Relations sohasidagi
ushbu hamma faoliyat «Virgin» brendini haqiqiy baholash, Missiya:
reklamaning maqsadi qanday; Pul: u qanday pul mablag‘larini iste’mol
qiladi (talab qiladi); xabar: qaysi reklama xabarlarini xaridorgacha
yetkazish kerak; Media: axborotlarni tarqatishning qaysi vositalari
harakatlantirilishi zarur; Baholash: reklama natijalarini qanday baholash
zarur; kabi savollarg javob topadi.