12.2. Servis xizmatni tashkil etish
Tadbirkorlik va marketing faoliyatini axborotlashtirish bozor
iqtisodiyotining muhim sharti bo‘lib, bu ikki yo‘nalishning samarali rivoji
ko‘p jihatdan servis tadbirkorligiga bog‘liq. Servis – sotilgan mahsulot
raqobatbardoshligining muhim elementlaridan biri va raqobat bozorida
tijorat omadining kalitidir.
365
Yakuniy iste’molchilar bilan bevosita aloqada bo‘lgan servis
xizmatlari marketing tadqiqotlarida, iste’molchilarning ehtiyoj va
talablarini o‘rganishda, xaridorlarining e’tirozlariga sabab bo‘luvchi
tovarning sust tomonlari va kamchiliklarini aniqlashda, yangi modellar va
mahsulot turlarini takomillashtirishda axborotlarning qimmatli manbasi
hisoblanadi.
Taraqqiy etgan mamlakatlarda servis sohasining ulushiga 55 – 60 foiz
yalpi milliy mahsulotning to‘g‘ri kelishi, xizmatlar iqtisodiyotining
rivojlanib fan va ilmiy yo‘nalish sifatida shakllanganligining isboti bejiz
emas. Xizmatlar qayerda va qaysi sohada bo‘lmasin raqobatdoshlik
afzalligining manbayi bo‘lib hisoblanadi. Masalan, sanoatda (texnik
xizmatlar, asbob–uskunalarni ta’mirlash, ishchilarni o‘qitish, malakasini
oshirish, turli maslahatlar va h.k.), ana’anaviy xizmat sohasi tarmoqlari
(banklar, turizm, mehmonxonalar, restoran va maishiy xizmatlar,
sog‘liqni saqlash, ta’lim xizmatlari va h.k.) da. Marketing faoliyati bu
sohalarning barchasini qamrab olib, o‘z funksiyalarini kengaytirib
bormoqda. Iste’molchini o‘rganish, bozorni o‘rganish, rejalashtirish,
sotuvni tashkil etish, rag‘batlantirish, taqsimlash kanallarini tashkil etish
va bevosita iste’molchi va xaridorlar bilan munosabatlarni shakllantirish
ana shuday funksiyalardan hisoblanadi. Iste’molchi bilan doimiy aloqalar,
ularni nimani va qanday narxda xohlayotganini o‘rganish orqali doimiy
mijozlarni shakllantirish, ularni uzoq vaqt ichida o‘z tovar va xizmatlariga
ishonch hosil qilgan mijozga aylantirish, firmaga yangi mijozlarni jalb
qilish va ishontirishga qaraganda ko‘p marta arzonga tushishi amalda
tasdiqlangan.
Tadqiqotlar ko‘rsatishicha, mavjud mijozga takroriy sotuvlar tashkil
etish va yangi mahsulotlarni sotish yangi mijozni jalb qilishga qaraganda
olti barobar arzonga tushar ekan. Lekin ko‘p yillik mijoz tovardan
qoniqmasdan ketib qolsa, qaytadan uning e’tiborini qozonish 25 barobar
qimmatga tushar ekan.
O‘zaro ta’sir funksiyasini boshqarish marketingning kommunikativ
texnologiyasiga
bo‘lgan
qarashni
kuchaytiradi.
Marketinging
Skandinaviya maktabi fikricha, marketing oldi-sotdi jarayonida ishtirok
etuvchilarning barchasini manfaatlarini ko‘zlagan holda munosabatlarni
o‘rnatish mexanizmidir. O‘zaro ta’sir marketingi kommunikatsiyaga
alohida e’tibor qaratadi. Samarali kommunikatsiya har qanday faoliyatda
muhim omil hisoblanadi. Sanoat marketingi yaqin va uzoq muddatga
366
mo‘ljallangan ishlab chiqarish va sotish jarayonida sotuvchilar, xaridorlar
va iste’molchilar bilan o‘zaro samarali aloqalarni o‘rnatishi juda
muhimdir.
O‘zaro ta’sir marketingi marketingni boshqarishning yangi
konsepsiyasi bo‘lib, 1980-yili shved olimlari tomonidan taklif etilgan.
Uning asosiy g‘oyasi marketing obyekti bo‘lib, oldi-sotdi jarayonining
barcha ishtirokchilari o‘rtasida munosabatlarni o‘rnatishdan iborat.
Iste’molchi, xaridor (ulgurji va chakana xaridor, ular iste’molchilar emas),
hamkorlar, ta’minotchilar, xizmat ko‘rsatuvchilar bilan mustahkam
aloqalar strategik faoliyatning asosini tashkil etadi. Omma bilan aloqalar,
individual iste’molchini doimiy fikriga ega bo‘lish, so‘rovnomalar
o‘tkazish orqali ularning potensial talabi va ehtiyojini bilish o‘zaro ta’sir
marketingining maqsadidir. Strategik rejani ishlab chiqish va qaror qabul
qilish tadqiqot izlanishlariga asoslanib amalga oshiriladi. Shu bilan birga
qaror qabul qilishdagi javobgarlik firmaning barcha xodimlari zimmasiga
yuklatiladi. O‘zaro ta’sir marketingi konsepsiyasining vazifalarini
bajarishda nafaqat marketolog, balki yuqori zveno menejerlari ham
ishtirok etadilar. Uzoq muddatli o‘zaro manfaatli munosabatlar firmani
mijozlar va xaridorlar bilan chambarchas bog‘laydi.
AQShlik olim K.Grenroos xizmat sohasi misolida o‘zaro ta’sir
marketingining afzalliklarini ko‘rsatib, xaridorlar bilan o‘zaro
munosabatlarning hayotiylik sikli kategoriyasini taklif etdi. Birinchi
bosqichda marketingni maqsadi-potensial iste’molchilarda firmaga va
uning xizmat turlariga qiziqish uyg‘otishdir. Ayni paytda iste’molchi
firma haqida axborotga ham ega bo‘lmasligi, bunday xizmat turlari
borligini ham bilmasligi mumkin. Bunday sharoitda ana’naviy marketing
usullaridan foydalanamiz, ya’ni reklama, sotuv ko‘rgazmalar, jamoa bilan
(ommaviy) aloqalar, personal sotuvlar yaxshi samara beradi. Xaridor
firma va uning xizmat turlari bilan tanishgandan so‘ng u o‘zaro
munosabatlarning ikkinchi bosqichiga, ya’ni xarid jarayoniga o‘tadi.
Xizmatdan foydalanish, uni sotib olish o‘ziga xos xususiyatga ega.
Xizmat turi moddiy yoki nomoddiy bo‘lishi mumkin. Atelye xizmati
moddiy ko‘rinishga, ta’lim xizmati bilim olish jarayoni nomoddiy
ko‘rinishga ega. Shunday bo‘lishiga qaramay har qanday xizmat bozor
iqtisodiyoti sharoitida pullikdir (ayrim davlat tassarufidagi korxonalar
xizmati bundan mustasno.
367
Xarid jarayonini real jarayonga aylantirishdan oldin xaridor taklif
etilayotgan xizmatning uning xohishiga, talabiga mos kelish-
kelmasligini, narxi imkoniyatlariga to‘g‘ri kelishini qiyoslab, so‘ng sotib
olish haqida qaror qabul qiladi.
Uchinchi bosqich iste’mol bosqichi bo‘lib, bu bosqichda amalda
xizmatning iste’molchining talablariga mos kelish – kelmasligini tahlil
qilib, qay darajada qoniqish hosil qilganligi aniqlanadi. Firma xizmatidan
to‘liq qoniqqan bo‘lsa, u yana takroran bu xizmatdan foydalanish uchun
keladi va firmaning mijoziga aylanadi. Marketingni vazifasi iste’molchi
bilan uzviy aloqada bo‘lib, uning fikr– mulohazasini o‘rganib, e’tiborga
olib firma faoliyatini mukammallashtirishdan iborat. Firma rahbarlarining
diqqat-e’tibori mijoz bilan firma xodimi o‘rtasidagi xizmat ko‘rsatish
vaqtida muloqotning naqadar yuqori madaniyat va yuqori sifat darajasida
bo‘lishiga qaratilgan bo‘lishi kerak.
Xizmat turini taklif etayotgan firma xizmat ko‘rsatish jarayonida
mijozga nihoyatda e’tiborli bo‘lishi, xizmat sifatiga e’tibori va mahoratini
qaratishi va xizmat haqi ko‘rsatilgan xizmatning naflilik darajasiga mos
kelishiga alohida ahamiyat berishigina mijozni o‘ziga jalb qiladi. Mijoz
bilan bevosita muloqotda bo‘lib xizmat ko‘rsatayotgan xodim xizmatlar
bozorini yaxshi bilishi, raqobatchi firmalarning xizmat turlarini, narxlarini
kuzatishi va shu omillar tahlili asosida raqobat– bardoshlik afzalliklarini
shakllantirishi lozim.
Iste’molchi bilan muloqotda qo‘pollik, xizmat sifatining pastligi,
narxining balandligi kabi salbiy holatlar firma faoliyatiga putur yetkazadi,
bir kelgan xaridor boshqa bu yerga kelmaydi. Shunday ekan, firmaning
har bir xodimi firma kelajagi uchun harakat qilishi va “Iste’molchi – sxoh”
shiorini doimo esda saqlashi lozim. Xizmat ko‘rsatish sifati darajasidan
qoniqmagan mijoz albatta, firma rahbariga shikoyat bilan murojaat qiladi,
bu esa noxush muammolarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Xizmat
ko‘rsatish davrida o‘zaro munosabatlarni yuqori darajada boshqarish va
firma imijini ko‘tarish nafaqat marketologning, balki har bir xodimning
burchidir. Bu vazifalarni to‘g‘ri bajarish xaridorning mijozga aylanishiga
olib keladi.
Umumlashtirib shuni aytish lozimki, an’anaviy marketing usullari
ko‘proq bozorni, xaridor talablarini o‘rganishga qaratilgan bo‘lsa, o‘zaro
ta’sir marketingi obyekti bo‘lib iste’mol jarayonidagi muloqotlar
hisoblanadi. Agar samarali o‘zaro ta’sir marketingi olib borilmasa, yuqori
368
sifat haqidagi reklama o‘zini oqlamasa, firma obro‘si tushishiga sabab
bo‘ladi. Firmalarni o‘zaro ta’sir marketing konsepsiyasini muntazam
ravishda qo‘llashga undovchi sabablar quyidagilardir:
•
Texnologiyalarning o‘zgarishi.
•
Xaridorlar talablarining kuchayishi.
•
Raqobatchilar soni va ular salohiyatini kuchayib borishi.
•
Axborotlar makonining globallashuvi.
Bu sabablar firmani o‘z faoliyatiga keng qamrovli yondashishiga,
mavjud taklif strukturasini ko‘rib chiqib, uni iste’molchi nuqtayi
nazaridan o‘zgartirishlar kiritishga va ko‘proq yangiliklar kiritish orqali
xizmat bozorida raqobatdosh bo‘lish uchun harakat qilishga yo‘naltiradi.
Firmalar bozordagi o‘z mavqeyi va bozorda egallagan ulushiga qarab
marketingning istalgan mos keluvchi konsepsiyasini qo‘llashi mumkin.
Ularning har biri faqat yuqori samara olishga, iste’molchini o‘z mijoziga
aylantirishga va raqobatda afzallikni qo‘lga kiritishga olib keladi.
Zamonaviy marketing ishlab chiqaruvchi (vositachi) chiqargan
mahsulotni butun ekspluatatsiya qilish davomida sifatli texnik xizmat
ko‘rsatishi, servisni ta’minlab, uning ish qobiliyati saqlanishi bo‘yicha
javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi.
Servis – bu mashinalar, uskunalar va uzoq vaqt foydalaniladigan
boshqa tovarlarning sotilishi va ekspluatatsiyasi bilan bog‘liq, ularni
doimiy ravishda yuqori samarali ishga tayyorligini ta’minlovchi xizmatlar
kompleksi.
Servisga talab tovarga talabdan tug‘iladi, yaxshi servis esa xizmat
ko‘rsatilayotgan mahsulotga talabni kengaytiradi. Tovarning yuqori
darajadagi raqobatbardoshliligi sezilarli darajada yuqori sifatli servis bilan
belgilanadi va shuning uchun firmalar bu o‘ta chigal ishga vaqtinchalik,
deb qaramaydilar, aksincha, uni ta’minlash uchun pul va mablag‘ni
ayamaydilar. Oqilona tashkil etilgan servis daromadning muhim manbayi
bo‘lib qolishi mumkin: Amerika ma’lumotlariga qaraganda unga
qo‘yilgan har bir dollar xizmat ko‘rsatish texnikalariga qo‘yilganlarga
nisbatan ikki marta ko‘p foyda keltiradi.
Servis sotishdan oldin va sotishdan keyin, kafolatli va kafolatlidan
keyin kabi turlarga bo‘linadi.
Sotishdan oldingi servisda ishlab chiqaruvchi firma potensial
xaridorlarning taklif qilinayotgan tovarga har tomonlama talablarini
369
o‘rganib chiqadi. Texnik xizmat ko‘rsatish bo‘limining xodimi loyiha –
konstruktorlik ishlarida, sinovlar va ularni baholashda, ekspluatatsion va
texnik hujjatlashtirishni tayyorlashda ishtirok etadi. Tovar sotiladigan
joyga yetib kelgandan keyin servis xizmati ishchilari transportirovka
vaqtida yuzaga kelgan nuqsonlarni bartaraf etadi, uskunalarni montaj
qiladi. Savdo tarmoqlari ishchilari bilan birga servis xizmati xodimlari
ham mashinani ishda namoyish qilishda ishtirok etishlari mumkin.
Sotuvdan keyingi servis sof rasmiy belgilariga ko‘ra kafolatli va
kafolatlidan keyinga bo‘linadi: ko‘zda tutilgan servis ro‘yxatidagi ishlar
“tekinga” yoki to‘lov bilan bajariladi. Belgilar shuning uchun rasmiyki,
ishlar ehtiyot qismlar va materiallar qiymati kafolat davrida sotilgan narx
ichiga yoki boshqa (kafolatlangandan keyin) xizmatlarga kiradi. Umumiy
qoidaga ko‘ra sotilgandan keyingi servis tovarning o‘zi sotilgandagiga
nisbatan ko‘proq foyda berishga majbur.
Kafolat davrida ishlab chiqaruvchi firma texnikaning uzoq, to‘xtovsiz
ishiga bog‘liq hamma ishlarni o‘z zimmasiga olishga harakat qiladi.
Ishlab chiqaruvchi firma sotib oluvchining xodimini (oddiy maishiy-
texnika holatidan sotib oluvchining o‘zini) to‘g‘ri foydalanish qoidalari
va usullariga o‘rgatadi, ekspluatatsiyasining to‘g‘riligini nazorat qiladi.
Servis xizmati ishchilari sotilgan texnikani maxsus nazorat qiladilar va
barcha zarur profilaktik ishlarni bajaradilar, eskirgan qismlarni
almashtiradilar.
Kafolatdan keyingi servis shartnoma asosida to‘lov bilan amalga
oshiriladi. Bu davrda (tovarning ekspluatatsiyasi tugaguncha) sotuvchi
firma profilaktik ko‘rik va kapital ta’mirni o‘tkazadi, ehtiyot qismlar bilan
ta’minlaydi, texnikadan samarali foydalanish bo‘yicha maslahatlar beradi,
nuqsonli detallar va tarmoqlarni yangisiga almashtiradi.
Kafolatdan keyingi xizmat ko‘rsatishning vazifasi – uskunalarning
ishlamay, turib qolishlarini qisqartirish, ekspluatatsiyaning xavfsizligini
oshirish. Oxir – oqibatda bunday ishlar sotuvchiga ham, xaridorga ham
foydali bo‘ladi.
Marketing falsafasi nuqtayi nazaridan kafolatdan keyingi xizmat
ko‘rsatish – bir tomondan, korxonaning raqobatbardoshligining eng
muhim ko‘rsatkichlaridan biri, boshqa tomondan esa – eng foydali biznes.
Korxonalar tovarlar, ayniqsa, mashina-texnik buyumlar to‘liq
amortizatsiyaga qadar iste’molchida salbiy hissiyotlar keltirib
chiqarmasligi, unga moliyaviy zarar, yo‘qotishga olib kelmasligidan
370
manfaatdor bo‘lish holatlari kelib chiqmasligiga qiziqishi zarur. Aks
holda kompaniya raqobat bozorida o‘z obro‘sini yo‘qotadi, yakuniy
foydalanuvchini qoniqtira olmagan mahsulotlarini qayta sotish istiqboliga
ega bo‘lmaydi. Aynan shuning uchun ko‘plab g‘arb firmalari
iste’molchilar talablarini hamisha hisobga oladilar va hatto bunga
iste’molchi aybdor bo‘lsa ham sotilgan mahsulotning buzilgan (singan)
joylarini o‘z hisoblaridan tuzatadilar. Firmaning obro‘si bunday
ta’mirlarga to‘lovdan ancha yuqori turadi.
Texnik xizmat ko‘rsatishning yuqori sifatini ta’minlash uchun
firmalar tomonidan maxsus standartlar yoki band bo‘lgan xodimni
muntazam o‘qitish va mashg‘ulotlar o‘tkazilishini ko‘zda tutuvchi
standart yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini ishlab chiqadi, butun servis
tarmog‘i bo‘yicha xizmat ko‘rsatishning bir xil darajasini ta’minlaydi va
bajarilishi so‘zsiz hisoblanadi.
Texnik xizmat ko‘rsatishga talablar yildan yilga ortib bormoqda: agar
bir necha yil avval jahonning har qanday mamlakatiga ehtiyot qismlar
yetkazib berish muddati buyurtma berilgan vaqtdan 3-5 sutka deb
hisoblanilgan bo‘lsa, hozir 24 soatni tashkil etadi.Tovarni ishlab
chiqarishdan olingandan keyin ehtiyot qismlar, detallar va tarmoqlar
ishlab chiqarish muddatlari ham uzaytirilmoqda va keyingi yillarda
mashinalar va uskunalar bo‘yicha taxminan 8-10 yilni tashkil etadi.
Kafolatlangan servisdan keyin yuqori tijorat samaradorligi alohida
dalillar talab qilmaydi: muntazam asosda ehtiyot qismlar yetkazib berish
hamisha daromadli ish bo‘lgan, ta’mirlash – qayta tiklash ishlari va
murakkab uskunalarni modernizatsiyalash esa alohida yuqori daromadli
bo‘lgan. Markazlar, stansiyalar tarmoqlari, texnik xizmat ko‘rsatish
punktlari qanchalik yuqori rivojlangan bo‘lsa, korxonaning raqobat
muhitida yashab ketishi va hatto arzonroq narxlarda va tariflarda servis
xizmat ko‘rsatib ham foyda olish imkoniyatlari shuncha yuqori bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |