363
Ko‘pchilik savdoni rag‘batlantirish dasturlari mavjud tajriba asosida
ishlab chiqilsa ham dastlabki testlashtirish tanlab olingan usul
maqsadlariga mos kelishiga, stimullar o‘lchami optimalligiga, aksiyani
ko‘rsatish usuli samaraligiga ishonishga yordam beradi. Ayrim
ta’minotchilar rag‘batlantirishning turlicha usullarini iste’molchining o‘zi
bilan baholashni taklif qiladilar yoki tanlangan usulni haqiqiyligini
cheklangan hududlarda tekshirib ko‘radilar. Marketing bo‘yicha
menejerlar majburiyatlariga tayyorgarlik davrini va sotish davrini
(tadbirning boshlanish paytidan kompaniya tayyorlangan tovarning
taxminan 95 % ni realizatsiya qilgach, tugaguncha) qamrab oluvchi
realizatsiya va rag‘batlantirish dasturining nazorati rejasini ishlab chiqish
kiradi.
Har yili dunyoda qariyb 20 mingta xalqaro, milliy va mintaqaviy
ko‘rgazmalar, yarmarkalar va salonlar o‘tkaziladi. Qizig‘i shundaki, 1798
– yilda Parijda tashkil etilgan sanoat ko‘rgazmasi bunday tadbirlarning
milliy iqtisodiyot uchun muhimligini alohida qayd etgan Napoleon
Bonapart tomonidan ochilgan edi. Belgiyada birinchi ko‘rgazma 1814 –
yilda (Gent), Avstriyada 1825 – yili (Vena), Ispaniyada 1846 – yili
(Madridda) bo‘lib o‘tgan edi. Germaniyada esa ilk sanoat ko‘rgazmalari
Myunxenda (1818 – yili), Drezdenda (1824 – yili) va Berlinda (1843 –
yili) o‘tkazilgan.
Birinchi butun dunyo ko‘rgazmasi «Barcha xalqlar ulug‘ bir ish —
insoniyatni takomillashtirish ustida ishlayversin», degan shior ostida 1831
– yili Londonda bo‘lib o‘tgan edi. Ana shu ko‘rgazma o‘tkazish
tashabbuskori Angliya qirolichasi Viktoriyaning umr yo‘ldoshi shahzoda
Albert bo‘lgan. Buyuk Britaniyadan tashqari unda AQSh, Fransiya,
Germaniya va boshqa mamlakatlar ishtirok etgan, 14 ming qatnashchi 17
mingta eksponatni taqdim etib tanishtirgan edi. Tashrif buyuruvchilar
— avval faqatgina imtiyozli tabaqalar vakillari va qurbi yetadigan
badavlat kishilar kiraverishda 1 funt to‘lab (bu esa oddiy ishchining bir
haftalik ish haqidan 6 baravar ko‘p edi), jahonning 40 dan ziyod
mamlakatlaridan kelgan eksponatlar bilan tanisha olar edilar: ulkan
teleskoplar, mexanik to‘quv dastgohlari, gidravlik presslar va mexanik
chalg‘ilar, rezina buyumlar va boshqalar tomoshaga qo‘yilgan edi.
Birinchi kuni ko‘rgazmaga 25 ming odam tashrif buyurdi. Keyinchalik
esa kirish to‘lovi 21 shillinggacha kamaytirildi va ko‘rgazmani oddiy
odamlar ham bemalol tomosha qiladigan bo‘ldi. Ko‘rgazma ishlab turgan
364
yarim yil davomida unga 6 million odam keldi. Birinchi butun– dunyo
ko‘rgazmasini o‘tkazish bo‘yicha Qirollik komissiyasi tomonidan
mukofotlarning 3 ta darajasi belgilangan edi: faqatgina yangi ixtiroga yoki
buyumning yangicha dizayni uchun beriladigan katta medal, ikkinchi
darajali medal – yuqori sifatli mahsulot uchun ko‘rgazmaga tashrif
buyurganlar va komissiya a’zolari e’tibor qaratgan eksponat Faxriy yorliq
bilan taqdirlangan edi. Mukofotlar jami 5081 ta bo‘lgan, inglizlarga 4038
tasi topshirilgan bo‘lsa, ajnabiylarga1145 tasi nasib etgan.
1855 – yilda Parijda ikkinchi, 1862 – yilda Londonda uchinchi butun
dunyo ko‘rgazmasi o‘tkazildi. Jahon savdosida mahsulot sotish bozori
uchun kurash keskinlashib ketishi XX asr boshlarida ko‘rgazmayarmarka
faoliyatining tamomila yangi turi – namunalar jahon ko‘rgazmasi paydo
bo‘lishiga olib keldi. 1900-yili Italiyaning Turinda avtomobillar tarmoq
yarmarkasi tashkil etildi. Fransiyada 1904-yili Parij shahrida yarmarkasi
ishlay boshladi. Namunalar xalqaro yarmarkasi Birinchi jahon urushi
davrida va urushdan keyingi yillarda ayniqsa, keng tarqaldi. Xalqaro
aloqalar izdan chiqishi, tashqi savdo va valuta cheklovlari joriy etilishi,
to‘lov balanslari buzilishi sharoitida aynan xalqaro yarmarkalar jahon
savdosini qayta tiklashga ko‘mak berishning eng qulay shakli bo‘lib
xizmat qildi. 1915-yilda Londonda namunalar xalqaro yarmarkasi ochildi,
1916-yilda Lionda tashkil etildi (u hozirgi vaqtda ham eng yirik
hisoblanadi), 1918-yilda Bryusselda, 1920-yili Milanda, 1926-yili
Salonikida, 1927-yilda esa Izmirda ochildi.
Ikkinchi jahon urushi aksariyat xalqaro yarmarkalar ishini to‘xtatib
qo‘ydi. Savdo aloqalari izdan chiqdi, yarmarka inshootlari vayronaga
aylandi. Urushdan keyin esa, aziyat chekkan Yevropa davlatlari
iqtisodiyoti tiklanib borgani sayin xalqaro yarmarkalar faoliyati qayta
tiklandi.
Do'stlaringiz bilan baham: