Toshkent moliya instituti f. T. Bazarova



Download 3,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet196/329
Sana12.01.2022
Hajmi3,22 Mb.
#338719
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   329
Bog'liq
marketing

 

 

 

 

10.3. Narxning rag‘batlantiruvchanlik xususiyatlaridan            

foydalanish 

 

 

 

Raqobat sharoitida bozor ulushini egallashda tovarlar narxining sotuv 



hajmiga  ta’siri,  xarajatlarning  foydaga  ta’siri  yaqqol  ko‘rinadi.  Bunday 

sharoitda korxonaning asosiy vazifasi xaridorlarni o‘z tovariga jalb etish, 

doimiy  mijozlar  segmentini  shakllantirish,  yangi  mijozlarni  jalb  etish, 

bozor  ulushini  ko‘paytirishga  harakat  qilish,  xaridlar  miqdori  va 

qaytarilishini  ko‘paytirishdan  iborat.  Marketologlar  bunday  sharoitda 

iste’molchilarni  o‘rganib, qanday narxlar xaridlarning  xarid  qobilyatiga 

to‘g‘ri keladi, narxlarni tartibga solish orqali xaridorlarga ta’sir etish, jalb 

etishga  harakat  qilishlari  kerak.  Samarali  narx  siyosatini  bularning 

barchasini  inobatga  olmasdan  yuritish  mumkin  emas.  Xaridor 

xulqatvoriga  bog‘liq  bo‘lgan  narx  modeliga  odatda,  quyidagi 

konstruksiyalar  kiritiladi:  narxdan  vujudga  keladigan  xaridor  holati 

(emotsiyasi),  narxga  qiziqish,  narxni  qabul  qilish  va  tovarga  nisbatan 

baholash,  narxga  tayyorlik,  narxdan  qoniqishva  h.k.  Bu  alohida  omillar 

o‘zaro  juda  bog‘liq  bo‘lib,  ularning  har  biri  o‘ziga  xos  va  ularni 

boshqarish mumkin.  

Bozorga borgan har qanday xaridor bir tovarni bir necha sotuvchidan 

uning  narxini  so‘rab  tovarning  o‘rtacha  bahosini  o‘zi  uchun  aniqlaydi. 

Narxning  yuqori  yoki  pastligi  albatta  xaridor  ruhiyatiga  (tashqaridan 

ko‘rinmasada) ozmi, ko‘pmi ta’sir etadi.  

Mavsumiy tovarlarga, ma’naviy eskirgan tovarlarga chegirmalarning 

berilishi qisqa muddatda talabning oshishiga olib keladi. Xaridorga ijobiy 

ta’sir  ko‘rsatib,  uning  xarid  qilish  haqidagi  qaroriga  oson  ta’sir  etadi. 

Firma  do‘konlaridagi  yuqori  narxlar  ba’zi  xaridorlarni  qoniqtirsa, 

boshqalarini  do‘kondan tezroq chiqib ketishga undaydi. Shuning uchun 

bunday  savdo  markazlarida  chegirmalar  qo‘yilgan  tovarlarning 

«mavjudligi»  qo‘shimcha,  sovg‘a  sifatida  bir  buyumni  qo‘shib  sotilishi 




 

280 


 

 

 



ham  iste’molchida  ijobiy  kayfiyatni  tug‘diradi  va  xarid  qilishga 

qiziqtiradi.  

Narxga bog‘liq bo‘lgan kayfiyatni turlicha namoyon etish mumkin. 

Masalan, narxga bog‘liq quvonch, xaridor o‘z imkoniyatiga mos kelgan 

narxda  kerakli  tovarni  sotib  oldi:  narx  eyforiyasi  –  xaridor  past  narxda 

tovarni kechki bozorda, kunduzgi narxlarga nisbatan 10-15 % arzon sotib 

oldi. Yoki «Korzinka. uz» da yangi yil arafasida «baxtli soat», “yangi yil 

sovg‘asi”aksiyasida  sotib  olingan  tovarlari  narxidan  10%  chegirma 

qilinishi xaridor kayfiyatini ko‘tarishi tabiiy.  

Narxdan rag‘batlanish –  hozirda ko‘pgina savdo markazlari                

( “Аты-Баты”,«Korzinka.uz») da  xaridor ma’lum miqdorda tovar sotib 

olsa, unga chegirma beradi yoki kartochka (jamg‘arib boriladigan) taqdim 

etadi.  U  har  safar  xarid  qilganda  xarid  summasidan  1  %  kartochkaga 

o‘tkaziladi  yoki  tovar  xarid  summasi  belgilangan  summaga  yetsa,  yoki 

ortsa 15% gacha chegirmalar beriladi.  

Narxdan stress hosil bo‘lish turli vaziyatlarda vujudga keladi. Mijoz 

kutmagan  holda  narxning  haddan  tashqari  yuqoriligiga  duch  kelsa  va 

shunga o‘xshash holatlar stressni yuzaga keltiradi. Narxning iste’molchi 

ruhiyatiga ta’siri psixologlar tomonidan o‘rganilgan, bu holat uning xarid 

qilish haqida qaror qabul qilishiga bevosita ta’sir etadi.  

Narx  xaridor  xulq-atvoriga  ta’sir  etuvchi,  motivatsion  omil  bo‘lib 

hisoblanadi.  Narx  –  navoga  qiziqish,  ma’lum  tovarning  turli  ishlab 

chiqaruvchilar tomonidan har xil narxlarda bozorga chiqarilishi raqobatni 

yanada kuchaytiradi. Xaridor narx haqida axborotlarni to‘plab o‘zi uchun 

qulay, xarid qobiliyatiga mos keluvchi narxda tovar sotib olishga harakat 

qiladi.  

Narxga  qiziqishda  3  indikator  ajratiladi.  1)  narxning  muhimligi;             

2) alternativ (muqobil) narxni anglash; 3) narxlarni kuzatish.  

Xaridor  uchun  narx  miqdori  muhim  indikator  hisoblanib,  xarid 

qilishda qaror qabul qilishga bevosita ta’sir etadi.  

Tovar  narxini  shakllantirishda  narxning  har  bir  komponenti  (narx 

darajasi,  chegirmalar,  xarajatlarni  moliyalashtirish  va  boshqalar)  tovar 

nafliligini oshirishga ta’sir etadi.  

Alternaniv xaridlarni anglash



 – 

bunday talab holati xaridor bir necha 

xil bir iste’mol ehtiyojini qondiradigan tovarlardan eng optimal narxdagi 

va va naflilik darajasi yuqori bo‘lgan tovarlarni sotib olishga qaror qiladi. 




 

281 


 

 

 



Variantlar qancha ko‘p bo‘lsa, qaror qabul qilish va optimal narxda tovar 

sotib olish oson kechadi.  

Narxni  kuzatish–xaridor  tomonidan  ma’lum  tovar  bo‘yicha  narx 

axborotini  to‘plash,  ularni  solishtirish,  narxning  xarid  qobilyatiga  mos 

kelishiga qarab xaridor o‘zi uchun qaysi tovarni sotib olish haqida qaror 

qabul qiladi.  

Narxlarning  turli  darajada  ekanligi,  bir  tovarning  turli  savdo 

markazlarida 10-15% farq bilan sotilishi iste’molchida narxlarni kuzatish 

va axborotlar yig‘ishga qiziqishini vujudga keltiradi.  

Narxga qiziqishda to‘rt rag‘bat (motivatsiya) mavjud:  

1. Iste’mol ehtiyoji.  2. Ijtimoiy talablar.  3. Intilish. 4. Rag‘batli ish.  

Birinchi navbatda, narxga qiziqish iste’mol ehtiyojidan kelib chiqadi. 

Oilaning daromadi, oilaning katta — kichikligi narxga bo‘lgan qiziqishni 

vujudga keltiradi. Kam ta’minlangan oilalar uchun narxning pastligi eng 

muhim  indikator  hisoblanadi.  Bu  narsaga  ikki  tomonlama  yondashish 

kerak. Cheklangan moliyaviy resurslarga ega oila, agar qimmat va sifatli 

mahsulotni olsa, u unga uzoq vaqt xizmat qilishi mumkin. Masalan, qishki 

etikning sifatlisi 2-3 mavsumga yetadi.  

Arzoni  esa  bir  kishi  uchun  bir  mavsumga  ham  xizmat  qilmasligi 

mumkin.  

Ijtimoiy  ehtiyojlar  narxga  bo‘lgan  qiziqish  uyg‘onishning  ikkinchi 

motivatsiyasi hisoblanidi. Xaridorning ijtimoiy maqomi – uning ijtimoiy 

ehtiyojlarini  tug‘diradi.  Yaxshi  yashashga  intilish,  yuqori  turmush 

darajasini  ta’minlash,  qimmatbaho  buyumlarni  olishga  qiziqish  va 

hokazo.  Juda  ham  band  xaridorlarning  narxni  kuzatishga,  solishtirishga 

vaqti  yo‘q.  Ular  tezkor  ravishda  zarur,  kundalik  ehtiyojni  qondiruvchi 

mahsulotlarni sotib oladilar va kundalik majburiyatlardan xoli bo‘ladilar. 

Bunday xaridorlarda narxni kuzatish, unga qiziqish holati nisbatan kam 

bo‘ladi.  

Iste’molchilarning  turli  segmentlari  o‘zlari  uchun  narxdan 

motivatsiyalashda  individual  yondashadilar.  Bu  yerda  narxlarni 

differensiyalash,  turli  segmentlarga  moslashtirish,  ishlab  chiqarish 

korxonalari 

tovar 


assortimenti, 

ularning 

narx 

siyosatini 



diversifikatsiyalash talab etiladi.  

Narx  siyosati  va  narxlarning  shakllanishi  bozor  sharoitida  turli 

iste’molchilar  segmentiga  moslashtirilgan  holda  korxonalar  tomonidan 



 

282 


 

 

 



olib  borilishi  uning  bozorda  mustahkam  pozitsiyani  egallashga  va  turli 

iste’molchilar  segmentidan  iborat  mijozlarni  o‘ziga  jalb  qilishga  olib 

keladi.  Daromad  darajasining,  turmush  tarzining  o‘sishi  yuqori  sifatli 

«Lyuks»  sinfli  tovarlarga  talab  o‘sishini  ko‘rsatmoqda.  Axborot  bilan 

ta’minlanganlik,  yangi  tovarlar  haqidagi  ma’lumotlarning  Super  va 

Gipermarketlardagi ko‘zga tushadigan joylarga o‘rnatilgan axborot taxta 

(doska) chalari xaridorlarni o‘ziga tez jalb qilib, ularda tovarga nisbatan 

qiziqish uyg‘otaddi. Empirik  tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, tovarlar 

narxiga bo‘lgan qiziqish borgan sari o‘sib bormoqda.  

Narxi  qimmat  bo‘lsa  ham  o‘ta  sifatli  brend  markali  tovarlarning 

xaridori ko‘paymoqda. Shuning uchun ham zamonaviy bozor sharoitida 

marka  nomiga  sodiq  xaridorlar  segmenti  uchun  maxsus  «Adidas», 

«Mexx»,  «Samsung»  kabi  savdo  markazlari  xaridorlarni  maqsadli 

ravishda  o‘zlariga  jalb  etadilar  va  u  do‘konlardan  mijozlar  xaridsiz 

chiqmaydilar.  «Elektron  savdoning»  avj  olishi,  Internet  do‘konlarining 

chet  mamlakatlaridan  ham  xarid  qilish  imkoniyatini  berayotgani, 

tovarlarlar narxining differensialligi va chegirmalarning mavjudligi savdo 

jarayonlarini faollashtirmoqda.  

Narx  siyosatining  bozor  sharoitidagi  o‘ziga  xosligi,  xaridorlarning 

narx navoga qiziqqonligi turli iste’molchilar segmentida turlicha kechadi.   

Agar  tovarning  naflilik  darajasi,  sifati,  qadoq  shakli,  unga  tavsiya 

etilgan servisning yuqoriligi iste’molchini jalb qila olsa, u xaridor sifatida 

uning  narxiga  ikkinchi  darajada  ahamiyat  beradi.  Narx  haqida  ma’lum 

bilimlarga  ega  bo‘lish,  xaridorlarda  turli  emotsional  holatlarga  tayyor 

bo‘lishga va o‘ylab optimal qaror qabul qilishga olib keladi.  

Tovarlar  narxi  haqidagi  bilimlar  kognitiv  jarayonlar  natijasida 

to‘planadi. Narx – navoga tegishli bilimlar iste’molchida uning xotirasida 

uzoq  vaqt  jamlanib  shakllanadi.  Bunday  bilimlar  (axborotlar)  xaridor 

uchun subyektiv darajada muhim bo‘lib, narxiga loyiq tovar sotib olishda 

ahamiyatli hisoblanadi.  

Narxga oid bilimlar xaridor tomonidan quyidagicha xarakterlanadi:  

mazmunan (obyektlar va narxga tegishli axborotlar sifati), hajm (narxga 

oid axborot hajmi) aniqlik, axborotni to‘plash,  

Narx haqida fikr yuritilayotganda uning qaysi determinantlari qanday 

funksiyalarni  bajaradi:  birinchidan,  narx  haqida  bilimlar  ratsional  xarid 

asosi hisoblanib, to‘g‘ri qaror qabul qilishga yordam beradi, ikkinchidan 

narx ma’lumotlari tahlili yana qanday ma’lumotlar kerakligini bildiradi.  



 

283 


 

 

 



Narx haqida bilimlarning o‘lchami uchun quyidagilar zarur: narxlar 

bo‘yicha  savolnomaga  qatnashganlar  narxlarni  o‘zlari  erkin  ravishda 

eslashlari,  javoblarning  aniqligi,  savolnoma  o‘tkazish  muddati, 

savolnomaga  kiritilgan  mahsulotlar,  do‘konlar  (do‘konga  qatnash 

chastotasi (tez-tez  qaytarilishi).  Mahsulotlar artikuli, turli do‘konlardagi 

narxlar  darajasi  ham  tadqiq  qilinishi  kerak.  Iste’molchi  uchun  mos 

keladigan tovar «savati» (iste’mol savati)ni shakllantirish asosiy muammo 

bo‘lib  hisoblanadi.  Bu  savatga  qancha  va  qanday  mahsulotlar  kirishi 

kerak.  

• 

Tanlangan  mahsulotlar  barcha  do‘konlarda  sotiladimi?  Agar  siz 



xohlagan  artikul  do‘konda  umuman  bo‘lmasa,  yoki  sizga  boshqa 

artikuldagi tovar tavsiya etilsa, nima qilish kerak?  

• 

Savolnomaga qatnashayotganlar uchun artikullar birday ahamiyatga 



egami? Ular oila «budjetini» qay darajada yuklaydilar?  

• 

Do‘konning  narx  siyosati  uchun  narxlar  ko‘tarilgan  davr 



reprezintativ hisoblanadimi?  

  

 




Download 3,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   329




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish