Toshkent moliya instituti f. T. Bazarova


Yuqori  narxlar  strategiyasi



Download 3,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet204/329
Sana12.01.2022
Hajmi3,22 Mb.
#338719
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   329
Bog'liq
marketing

Yuqori  narxlar  strategiyasi. 

Bu  strategiya  tovar  narxini  sotib 

oluvchilar  idrok  qiladigan  qiymatiga  nisbatan  yuqoriroq  narx  qo‘yishni 

ko‘zda  tutadi.  Narx  aslidagidan  yuqori,  sotuvchilar  loyiq  ko‘rgan  narx 

qo‘yiladi. Biroq sotuvchi sotib oluvchilarning bu tovarga ega bo‘lib, o‘z 

istaklarini  qondirish  uchun  ana  shunday  narxga  ham  rozi  bo‘ladigan 

segmentlari mavjudligini bildiradi.  

Yuqori  narx  strategiyasi  yangi,  yuqori  sifatli,  patent  bilan 

himoyalangan, ishlab chiqish uchun yuqori sarf va bozorga olib chiqish 

uchun  vaqtga  ko‘ra  uzoq  xarajat  talab  qiluvchi  tovarlarga  nisbatan 

qo‘llanadi. Yuqorida sanab o‘tilgan parametrlar, shuningdek, cheklangan 

resurslarni  nazorat  qilish  va  korxonaning  imiji  korxonani  potensial 

raqobatchilar tomonidan keladigan xavfdan himoya qiladi, unga uzoq vaqt 



 

296 


 

 

 



mobaynida talab narxi bo‘yicha nisbatan noelastik bo‘lgan xaridorlardan 

“ishlab olish”ga imkon beradi. “Mukofotli”, deb ham ataluvchi bu narx 

strategiyasi  eng  yuqori  sifatli  mahsulotlarga  tegishli  va  uzoq  vaqt 

davomida yuqori darajali narxlar belgilanishini ko‘zda tutadi.  

Yuqori  narxlar  strategiyasiga  “qaymog‘ini  olish”  strategiyasi  ham 

kiradi.  U  yangi  tovarni  bozorga  kiritish  bosqichida  o‘rnatiladi.  Bu 

strategiyaning maqsadi, bu tovar katta boylik va daromadga ega bo‘lgan 

xaridorlarning  kattaroq  qismidan  ko‘proq  “ishlab  qolish”.  “Qaymog‘ini 

olish” strategiyasi korxona ushbu tovarni, unga birinchilardan bo‘lib ega 

bo‘lish  uchun  katta  narxda  sotib  olishga  tayyor  xaridorlar  doirasi 

mavjudligiga  ishongandagina  qo‘llanishi  mumkin.  Bozorning  bu 

segmenti  to‘yingach,  korxona  xaridorlarning  yangi  guruhini  –  talabi 

avvalgi  xaridorlar  segmentiga  nisbatan  narx  bo‘yicha  ancha  elastik 

bo‘lganlarni jalb etish uchun narxni asta-sekin pasaytira boradi. Narxni 

pasaytirish  hamma  imkoniyatlar  qo‘llanib  bo‘lingan  bo‘lsa  yoki  narxni 

keyingi  pasaytirishlar  naf  keltirmasligi  ayon  bo‘lgunga  qadar  amalga 

oshiriladi.  

Yuqori  narxlar  strategiyasi,  shuningdek,  ushbu  yangi  tovarni 

ommaviy  ravishda  o‘tkazishdan  uzoq  muddat  istiqbolga  ega  bo‘la 

olmaydigan  korxonalar  tomonidan  ham  (masalan,  yetarlicha  ishlab 

chiqarish quvvati yo‘qligi sababli) qo‘llaniladi. Bunday korxonalar yuqori 

narxdan  ushbu  tovarni  tadqiq  etish  va  ishlab  chiqarish  bilan  bog‘liq 

xarajatlarni tezroq qoplash va yangi, boshqa ishlanmalar uchun mablag‘ 

olish maqsadidagina foydalanadilar. Ular o‘z tovarlari uchun “birinchisini 

–  bozorga”  degan  obro‘  yaratadilar  va  bir  qancha  vaqtdan  keyin  o‘z 

xaridorlarini  katta  ishlab  chiqarish  va  sotish  quvvatiga  ega  boshqa 

firmalarga “beradilar”.  

Yuqori  narx  strategiyasi  korxonalar  tomonidan  ko‘pincha  o‘z 

tovarlarini,  uning  bahosini  sinovdan  o‘tkazish  (tekshiruv,  sinovlardan 

o‘tkazib,  ma’qullatish),  narxini  asta-sekin  maqbul  darajaga  keltirish 

uchun  qo‘llaniladi.  Agar  yuqori  narxlar  savdoning  o‘ta  past  hajmiga, 

foydaga sabab bo‘lsa, korxona tanlov asosida narxni to savdo natijalari 

uning istagiga javob beradigan darajaga yetguncha pasaytiradi.  

Yuqori narxlar davrida firma: bozorning yangi segmentlarini aniqlash 

(dastlab  yuqori  narx  strategiyasi  narxga  nisbatan  sezuvchan  bo‘lmagan 

segmentlarda  o‘tkaziladi),  talab,  ishlab  chiqarish  xarajatlari  haqida 

axborotlar  olish,  o‘xshash  mahsulotlar  ishlab  chiqaruvchilar  tomonidan 



 

297 


 

 

 



narxga  nisbatan  javob  reaksiyasini  kechiktirish,  mahsulotni  sifatli 

mukammallashtirish,  yangi  mahsulot  tadqiqotlari  va  ishlanmalari  bilan 

bog‘liq xarajatlarni avval qoplash kabi imkoniyatlarga ega bo‘ladi. Yuqori 

narx  strategiyasi  firmaga,  agar  hisob-kitoblarda  xatoga  yo‘l  qo‘yilgan 

bo‘lsa,  narxni  pasaytirishga  imkon  berishi  mumkin.  Tovar  narxini 

pasaytirish uni oshirishdan oson.  

Yuqori narx strategiyasi quyidagi hollarda yuqori natija beradi:  

 



yuqori narx tovarning yuqori sifat tarzini saqlaydi;  

 



narxga nisbatan e’tiborsiz bo‘lgan ko‘p sonli xaridorlar tomonidan 

joriy  talabga  yuqori  barqaror  daraja  kuzatiladi.  Bunday  hollarda  katta 

miqdordagi  mahsulotlarni  sotishdan  tushgan  tushumlar  yo‘qolishi  kam 

sonli mahsulotlarni dastlabki yuqori narxlarda sotilganiga nisbatan uncha 

sezilarli bo‘lmaydi;  

 



yuqori  va  me’yordagi  narxlar  orasidagi  farq  uncha  katta  emas, 

chunki bunday hollarda  bozorga  raqobatchilar «yorib  kirishi»ga sharoit 

yaratilmaydi;  

 



raqobat chegaralangan;  

 



tovarning  uncha  katta  bo‘lmagan  hajmi  chiqarilganda  mahsulot 

birligiga  ishlab  chiqarish  va  sotish  xarajatlari  darajasi  ishlab  chiqarish 

quvvati  to‘liq  ta’minlanib  ishlaganda  qilinadigan  xarajat  darajasidan 

unchalik oshmaydi;  

 

bozorga  kirish  uchun  anchagina  to‘siqlar  mavjud  (patentlar, 



tovarlar  ishlab  chiqish  bo‘yicha  xarajatlarning  yuqori  darajasi, 

mahsulotlarni bozorga yo‘llash bo‘yicha vaqtiga ko‘ra katta va davomli 

xarajatlar va boshqalar).  


Download 3,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   329




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish