Noutbuklarning ustun bo‘lgan jihatlari



Download 17,61 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi17,61 Kb.
#275610
Bog'liq
Notebook


Noutbuk – qulay, oson olib yurish mumkin bo‘lgan shaxsiy kompyuter bo‘lib, uning korpusiga oddiy kompyuterlarning eng muhim tarkibiy qismlari jamlangan. Ularga displey (ekran), klaviatura, sichqoncha o‘rniga alohida ko‘rsatish-belgilash qurilmasi (tachped), DVD disklarga axborot yozish va o‘qish qurilmasi, akkumulyator batareyasi va ovoz dinamiklari kiradi. Bunday shaxsiy kompyuterlar o‘zining uncha katta bo‘lmagan o‘lchamlari va nisbatan yengil vazni bilan ajralib turadi.
Noutbuklarning ustun bo‘lgan jihatlari:
• Kichik hajm va yengilligi. Bu noutbuklarning eng asosiy qulayligi hisoblanadi.Ularni xizmat safarlariga, shahar chekkasidagi dala hovlilarga, dam olish uylari va boshqa joylarga osongina olib ketish mumkin. Shu maqsadda noutbuklarni solib yurish uchunmaxsus sumkalar tayyorlangan bo‘lib, ular ancha mustahkam bo‘ladi. Oddiy stol kompyuterlarini esa boshqa joyga olib borish u yoqda tursin, bir xonadan ikkinchi xonaga ko‘chirib o‘tkazishning o‘zi yetarlicha muammolarni keltirib chiqaradi.

• Noutbukda ishlash uchun unga boshqa qurilmalarni ulash shart emas. Yuqorida aytib o‘tilganidek, displey, klaviatura, sichqoncha o‘rniga tachped, ovoz dinamiklarining barchasi noutbukda jamlangan. Shunchaki, kerak bo‘lsagina unga alohida tashqi monitor, sichqoncha, ovoz qurilmalari, o‘yin uchun joystiklarni ulash mumkin.

• Uzoq vaqt tok manbaisiz ishlay olishligi. Oddiy stol kompyuterlari tok manbaisiz ishlay olmaydi. Noutbuklar bir marta to‘liq zaryadlangandan keyin, elektr toki bo‘lmay qolgan taqdirda ham o‘rtacha 2–3 soat avtonomholda ishlay oladi. Shuning uchun noutbuklarni poezdda, samolyotda, avtomobillarda, kafe va umuman, ko‘chalarda ishlatish mumkin.

• Aloqa tarmoqlariga simsiz ulana olish imkoniyati. Hozirgi kunda ishlabchiqarilayotgan noutbuklarningdeyarlari hammasiga Wi-Fi (Wireless Fider, cimsiz uzatish kanali) adapter joylashtirilgan bo‘lib, u Internet tarmog‘iga ortiqcha simlarsiz ulanish imkoniyatini beradi. Buning uchun Wi-Fi tarmog‘ini tashkil qilib beruvchi kirish nuqtalari bo‘lishi lozim.

Noutbuklarning kamchiliklari:
• Narxining qimmatligi. Bu noutbuklarning eng katta kamchiligi. Bir xil qurilma va qo‘shimchalarga egabo‘lgan stol kompyuteri va noutbuk solishtirsa, noutbukning narxi o‘rtacha 150$ qimmatroq bo‘ladi. Bundan tashqari, noutbuklarga nisbatan oddiy kompyuterlardan foydalanish samaradorligi yuqori.

• Ish unumdorligining yuqori emasligi. Noutbuklarning kichik o‘lchamlari ishlash davomida uni sovitib turish uchun maxsustalablarni keltirib chiqaradi. Yuqori grafikali o‘yinlarni o‘ynashga mo‘ljallangan noutbuklar ham xuddi shunday talablarga mo‘ljallangan stol kompyuterlari bilan tenglasha olmaydi, xususan, uch o‘lchamli modellashtirish va loyihalash, muhandislik hisob-kitoblari va shunga o‘xshashlar. O‘lchamlarning kichikligi tufayli noutbuklar kam quvvat sarflashga mo‘ljallangan. Agar ularda yuqorida sanab o‘tilgan «og‘ir» ishlar bajarilsa, tezda qizib ketadi. Bu esa ba'zan noutbuklarning ish davomida o‘chib qolishiga olib kelishi mumkin.

• Modernizatsiyalashning chegaralanganligi. Noutbuk tarkibiy qismlari, masalan, protsessor, videokarta, tezkor xotira (RAM), doimiy xotira qurilmalari asosan o‘sha model uchungina mo‘ljallab ishlab chiqarilgan bo‘ladi. Agar noutbukning qaysidir qismi buzilgan bo‘lsa yoki yangirog‘iga almashtirish kerak bo‘lsa, o‘sha qismni topish qiyinbo‘ladi. Stol kompyuterlarida esa tezkor xotira qurilmasi, qattiq disk va shu kabilarni mustaqil ravishda osongina almashtirish mumkin. Noutbuklarda almashtirish mumkin bo‘lgan taqdirda ham yuqori malakali usta-mutaxassislarga murojaat qilish kerak bo‘ladi.

• Turli xil operatsion tizimlar bilan moslasha olmaslik. Noutbuk ishlab chiqaruvchilarning ko‘pchiligi uni ma'lum bir operatsion tizimda ishlashga mo‘ljallaydilar. Chunki noutbuklarda oddiy kompyuterlarnikiga qaraganda maxsus dasturlar ko‘proq ishlatiladi va bu dasturlar faqat muayyan operatsion tizimlardagina ishlay oladi.

• Narxining qimmatligi. Bu noutbuklarning eng katta kamchiligi. Bir xil qurilma va qo‘shimchalarga egabo‘lgan stol kompyuteri va noutbuk solishtirsa, noutbukning narxi o‘rtacha 150$ qimmatroq bo‘ladi. Bundan tashqari, noutbuklarga nisbatan oddiy kompyuterlardan foydalanish samaradorligi yuqori.

• Modernizatsiyalashning chegaralanganligi. Noutbuk tarkibiy qismlari, masalan, protsessor, videokarta, tezkor xotira (RAM), doimiy xotira qurilmalari asosan o‘sha model uchungina mo‘ljallab ishlab chiqarilgan bo‘ladi



Agar noutbukning qaysidir qismi buzilgan bo‘lsa yoki yangirog‘iga almashtirish kerak bo‘lsa, o‘sha qismni topish qiyinbo‘ladi. Stol kompyuterlarida esa tezkor xotira qurilmasi, qattiq disk va shu kabilarni mustaqil ravishda osongina almashtirish mumkin
Download 17,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish