Narxni raqobatga yo‘naltirish metodi
raqobatchilar narxlarini
kuzatib borishni talab etadi, o‘z xarajatlari va talabning hisobi
bo‘ysunuvchi rolini o‘ynaydi. Narxning yetakchisi sifatida raqobatchi
yetakchining narxi yoki o‘rtacha tarmoqli so‘raladigan narxning yuzaga
kelgan darajasi ko‘rib chiqiladi. Narx yuqori, past yoki firma xaridorga
uning takliflarini boshqa raqobatbardoshlikni tashkil etuvchilar sifati,
foydali xossasi, servisi, kafolati va boshqalarga ko‘ra ustuvorligi sifatida
raqobatchi tovar narxi darajasida bo‘lishi mumkin.
Yuqorida aytilganlardan ko‘rinadiki, narx belgilash metodining har
biri alohida bozorning, boshqa ijtimoiy-iqtisodiy yo‘nalishlardan ajralgan
273
holda yuz beradi. Optimal narx odatda, sotuvchi, xaridor va raqobatchilar
manfaatlarini tenglashtirmog‘i zarur. Tovarni sotish narxini narx
siyosatining “sehrli uchburchagi” doirasida belgilash marketingga oid
yondashuv hisoblanadi.
Xalqaro savdoda narxni belgilash murakkab, chunki narx noturg‘un
kattalikdir. Unga jahon iqtisodiyoti egallab turgan sikli, bozor
konyunkturasi, raqobatchilar, vositachilar va xaridorlar, valutalar
kursining o‘zgarishi ta’sir qilib turadi. Xalqaro savdoda bahoning turli
ko‘rinishlaridan foydalaniladi. Bu baholarni ifodalashda maxsus
so‘zlardan foydalaniladi, ularni qo‘shib aytish zarur.
Firma ichida tovar siyosati o‘tkazilganda firmaning umumiy
natijalarini muvofiqlashtirish nuqtayi nazaridan baho belgilanishi kerak.
Ikkita maqsadga intilish zarur:
-
baho yetarlicha yuqori bo‘lishi kerak, ya’ni ishlab chiqarish
bo‘limini quvvatlash, bunda tovar ichki bozorda ham yaxshi sotilishi
ko‘zda tutiladi;
-
baho yetarlicha past bo‘lishi kerak, ya’ni tashqi savdo tarmog‘i chet
el bozorlarida raqobatdosh bo‘lishi uchun.
Chet eldagi filiallar uchun transfert baho ancha murakkab, chunki
soliq qonunlari, valuta kurslari, mahalliy qoidalar, bojxona tariflari va
firmaning filial faoliyatida ishtirok etish darajasini hisobga olishni talab
qiladi.
Agar soliq solish miqdori ikkala mamlakatda har xil bo‘lsa, qaysi
mamlakatda sotish foydali ekanligi masalasi ko‘ndalang turadi.
Umumiy holda firma soliq miqdori past bo‘lgan mamlakatda past
transfert bahosi belgilashdan manfaatdor, lekin bu o‘z mamlakatining
soliq xizmati tomonidan qarshilikka sabab bo‘ladi. Ikkinchi tomondan esa
eksportyor mamlakat bojxona xizmati past baholarni asos sifatida qabul
qila olmaydi, chunki u kam foyda berish bilan birga, mamlakatdagi
mahalliy ishlab chiqaruvchilarni himoya qilish sifatiga ham ta’sir qiladi.
Firmaning filial faoliyatida qatnashishi shu tomondan muhimki,
qo‘shma korxona yoki litsenziya haqida gap ketsa, eksport qiluvchi uni
yuqori transfert bahoda sotadi, foydani esa hamkori bilan bo‘lishmaydi.
Agar firma filialiga to‘liq egalik qilsa, past narx belgilashga harakat
qiladi.
274
Turli davlatlarda huquq formalari va soliq qonunchiligining har xilligi
hisobga olinsa, xalqaro saviyada standart strategiya ishlab chiqish
qiyinligini baholash qiyin emas.
Eksport xarajatlari tashqi bozorda belgilanadigan bahoning ancha
qismini o‘z ichiga oladi. Shuning uchun ham tashqi bozorda
belgilanadigan baho bilan xalqaro transfert baho eksport xarajatlarini
hisobga olgan holda solishtirilishi kerak.
Eksport xarajatlari, ya’ni tovarni quruqlik, dengiz yoki havo yo‘llari
transportida tashish, yuklash-tushirish, bojxona, port kabilar yig‘imlari,
sug‘urta, eksport-import bojlari eksport qilinayotgan tovar narxini
sezilarli ko‘tarib, uning raqobatbardoshligini pasaytirishi mumkin.
Shuning uchun bu xarajatlarni aniq baholashni, javobgar shaxs kim
bo‘lishini aniq tasavvur qilishni talab qiladi.
Narx belgilashda chet eldagi narx ichki narxdan kam bo‘lmasligiga
e’tibor berish kerak, chunki importer mamlakat firmani dempingda
ayblashi mumkin.
Endi tovarning jahon bahosiga kelsak, u mana shu tovarni jahon
bozorida sotiladigan o‘rta bahosidir.
Jahon bahosi quyidagi asosiy alomatlari bilan ifodalanadi: katta tovar
bozorlari talablariga mos keladigan yirik eksport va import kelishuvlarida
qo‘llaniladigan baho, muhim bozorlardagi muntazam amalga
oshiriladigan
bitimlarda
qo‘llaniladigan
baho,
to‘lov
erkin
konvertirlangan valutada olib boriladigan kelishuvlarda qo‘llaniladigan
baho.
Ommaviy tovarlar uchun jahon bahosi sifatida xalqaro savdoning
asosiy markazlari birjasi hamda auksiondagi baho qabul qilinishi mumkin.
Sotuvchilar uchun ham, xaridorlar uchun ham jahon baholari haqida
ma’lumotga ega bo‘lish muhim ahamiyatga ega.
Jahon bozoridan baholar haqida ma’lumot saqlanadigan manbalarni
quyidagicha guruhlash mumkin.
1.
Hisob-kitob erkin konvertirlangan valutada olib boriladigan
oddiy bitimlardagi baholar haqida olinadigan ma’lumotlar, xalqaro tovar
birjalarida e’lon qilinadigan xomashyolar uchun kotirovkalar.
2.
Jurnallarda muntazam chop etiladigan baholar haqida
ma’lumotlar, xalqaro uyushmalar, biznesmenlar, yirik agentliklar, maxsus
tashkilotlarning davriy nashrlarida e’lon qilinadigan ma’lumotlar.
275
3.
Importyorlarning chet ellik mahsulot yetkazib beruvchilari
bilan import shartnomalari haqida ma’lumotlar.
4.
Eksportyorlarning tashqi bozorda ma’lum tovarni sotishidagi
baholar haqida ma’lumotlar.
5.
Preyskurantlar, firma kataloglari va shunga o‘xshash
manbalardagi ma’lumotlar.
Ko‘pincha bojxona statistikasi orqali ham baholar haqida
ma’lumotlar olish mumkin. Har bir tashqi faoliyat bilan shug‘ullanuvchi
firma doimiy ravishda jahon bahosi haqida ma’lumotlarni o‘rganishi
zarur. Bu ishlar bilan narx bo‘yicha xizmatchilargina emas, balki bevosita
eksport-import operatsiyalari bilan shug‘ullanadigan tezkor guruh ham
shug‘ullanishi mumkin.
Xalqaro bozorda baho siyosati strategiyasini tanlashda quyidagilarga
e’tibor berish kerak: eksport xarajatlari, xalqaro talab, raqiblar narxi, narx
belgilashdan ko‘zlangan maqsadlar, narxlarni boshqarish bo‘yicha davlat
tadbirlari va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |