Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot



Download 1,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/41
Sana07.12.2019
Hajmi1,81 Mb.
#28806
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi 3e87e-разблокирован


T
/
 
1. Raqobatli bozorda uzoq muddatli davrda normal foyda nolga teng.  
2. Ishlab chiqarishdagi ob’ektiv texnologik jarayonlarni xususiyatlaridan hamda kamyob
erkin tarzda takror ishlab chiqarib bo’lmaydigan tabiiy resurslar, infrastrukturaning jamiyat 
uchun alohida strategik ahamiyatga ega tarmoqlari tabiiy monopoliyalarga kiradi. 
Respublikamizda tabiiy monopoliyalar faoliyati «Tabiiy monopoliyalar to’g’risida»gi qonun 
(1999 y.) asosida tartibga solinadi.  
3. Monopoliya raqobatbardosh tarmoqqa nisbatan yuqori samaradorligi boisi yuqori foyda 
oladi.  
4. Talab egri chizig’i monopoliya uchun doimo gorizontal.  
5. Mukammal raqobatli firmalar bozorda monopolistik bozorga qaraganda nisbatan 
ko’prok turli-tuman tovarlar taklif qiladi.  
6. Agar oligopolistik bozorda firma mahsulot narxini ko’tarsa yoki tushirsa, mahsulot 
hajmini ko’paytirsa yoki kamaytirsa u raqobatchi firmalarning foydasi va mahsulot sotish 
hajmiga ta’sir qiladi.  
7. Monopolistik raqobatli bozorda resurslardan samarali foydalanib bo’lmaydi.  
8. Oligopoliyalar o’rtasidagi raqobat ko’pincha narx yordamida amalga oshiriladi.  
9. Raqobat bozor iqtisodiyotini harakatlantiruvchi kuch.  
10. Raqobatni qanday tarzda amalga oshirilishiga ko’ra halol yoki g’irrom raqobatga 
bo’linadi.  
11. Bozor iqtisodiyotining muhim afzalligi uning raqobatga asoslanganligidir. 
12. Bozor iqtisodiyotida reklama qilish-qilmaslikning ahamiyati yo’q.  
 
 
 

 
 
Testlar 
 
1. «Mukammal raqobatdosh firma» tushunchasi bu firma: 
a) o’z raqiblari bilan raqobatning faqat qonuniy metodlarini qo’llashni; 
b) bozor bahosi shakllanishiga ta’sir o’tkazmasligini; 
v) bozorni egallash uchun har qanday metodlarni qo’llashni; 
g) raqobatda o’zi uchun ko’zlagan bahosini o’rnatishga erishishni; 
d) o’z raqiblari bilan halol raqobat kurashi olib borishini anglatadi. 
 
2. Agar firma mukammal raqobatli bozorda faoliyat yuritar ekan, o’z mahsulotini taklifini 
qisqartirsa, u holda: 
a) mahsulotni bozor bahosini pasayishiga olib keladi; 
b) taklifni kamaytiradi, mahsulot narxini ko’taradi; 
v) mahsulotning bozor bahosini o’sishiga olib keladi; 
g) bozorga hech qanday ta’sir o’tkazmaydi; 
d) taklifni ko’paytiradi, mahsulot narxini pasaytiradi. 
 
3. Quyidagi bozorlardan qaysi birlarini mukammal raqobatga asoslangan bozorga kiritish 
mumkin? 
a) avtomobil, velosiped bozori; 
b) muzlatkich, televizor bozori; 
v) dehkon bozori, qimmatli qog’ozlar bozori; 
g) axborot, intellektual mulk bozori; 
d) ko’chmas mulk bozori. 
 
4. Tabiiy monopoliyaga ... misol bo’la oladi. 
a) OPEK – xalqaro neft karteli; 
b) Fallabank; 
v) «Sharq» matbaa ishlab chiqarish kontserni; 
g) IBM kompaniyasi; 
d) Toshkent metropoliteni. 
 
5. Aytaylik monopolist 10 birlik tovarini 10000 so’mdan sota oladi. 11- tovarni sotish esa 
uni bahosini 9950 so’mga tushishga olib keladi. Bunda me’yoriy daromad sotish hajmini 10dan 
11gacha o’sishi evaziga 
a) 10000; 
b) 9950; 
v) 9450; 
g) 9400; 
d) 10995 teng bo’ladi. 
 
6. O’zbekiston iqtisodiyotida ko’pchilik bozor: 
a) mukammal raqobatga asoslanadi; 
b) tartibga solib bo’lmaydigan monopoliya; 
v) tartibga solinadigan monopoliya;  
g) muayyan raqobatga va monopolistik bozorga xos elementlarga xos
d) tabiiy monopoliyalardan iborat. 
 
7. Oligopoliya – bu. . .  
a) bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi raqobatlashuvchi ko’plab firmalar; 
b) tabaqalashgan mahsulot ishlab chiqaruvchi ko’plab raqobatdosh firmalar; 
v) bir necha yirik raqobatdosh firmalar; 

 
 
g) bitta yirik firma; 
d) yagona yirik iste’molchi kompaniya. 
 
8. Birinchi bo’lib oligopoliya nazariyasini asoslashga harakat qilgan iqtisodchi – bu . . . 
a) Ogyusten Kurno; 
b) Edvard Chemberlen; 
v) Joan Robinson; 
g) Jon Gelbreyt;  
d) Alfred Marshall. 
 
9. Mukammal va monopolistik raqobatga asoslangan bozorning umumiy tomoni 
a) tabaqalashgan mahsulot ishlab chiqaradi; 
b) bozorda sotuvchi va xaridorlar soni ko’p; 
v) har bir firma o’z mahsulotiga talab egri chizig’i gorizontal bo’lgan sharoitga duch 
keladi; 
g) bir turdagi tovarlar ishlab chiqarishadi; 
d) har bir firma o’z raqiblarini reaktsiyasiga ko’ra ish tutadi. 
 
10. Oligopolistik bozor monopolistik raqobatli bozor bilan quyidagi tomonlari bilan 
o’xshash 
a) tarmoqqa kirish uchun to’siklar yo’qligi; 
b) firmalar uchun strategik yo’nalish xos; 
v) uncha ko’p bo’lmagan sotuvchilar ish yuritishadi; 
g) firmalar bozorda hukmron rol o’ynaydi; 
d) firmalar tarmoqdan to’siqlarsiz chiqib ketadi 
 
11. Kartel bitimini buzish uchun urinish shuncha kam bo’ladi, qachonki:  
a) bitimni buzilishi va uni aniqlash o’rtasida uzoq vaqt o’tishi; 
b) bitimga rioya qilinmagani sezilmaslik ehtimoli yuqori bo’lsa; 
v) diskontlash koeffitsienti yuqori bo’lsa; 
g) kartel a’zolari o’rtasida xarajatlar teng bo’lsa;  
d) kartel bir turdagi mahsulotni ishlab chiqarishni tartibga solganda. 
 
12. Tarmoqda 40ta firma bo’lib, ulardan hech biriga umumiy ishlab chiqarish hajmining 
3%dan ortig’i to’g’ri kelmaydi. Mahsulot bozorda tabaqalashgan hisoblanadi. Bunday tarmoq: 
a) monopolistik raqobatga; 
b) sof monopoliyaga; 
v) mukammal raqobatga; 
g) oligopoliyaga; 
d) monopsoniyaga misol bo’la oladi. 
 
13. Oligopoliyani boshqa bozor modellariga nisbatan tahlil qilish qiyin, sababi a) firmalar 
soni shuncha ko’pki, ularni nima qilishini aniqlik bilan aytib bo’lmaydi; 
b) me’yoriy xarajat va me’yoriy tushum egri chiziqlari oligopoliyalar uchun muvozanatli 
narxni va miqdorni aniqlashda hech qanday rol o’ynamaydi; 
v) firmalar faoliyati bir-biriga bog’liq bo’lmay, har biri haqida ma’lumot to’plash qiyin; 
g) boshqa bozor modelidagi firmalardan farqli ravishda oligopolistik bozorda firmalar 
foydani maksimallashtirishga intila di deb, faraz qila olmaymiz; 
d) firmalar o’rtasida sezilarli darajada bog’lanish mavjud hamda oligopolistik bozorda 
firmani bir qarorga kelishi boshqa bozorlarga nisbatan noaniqroq  
 
Tarqatma materiallardan namunalar 

 
 
Monopolistik ittifoqlarning qay tarzda vujudga kelishini quyidagi chizma orqali ko’rish 
mumkin.  
  
Monopolistik ittifoqlarning vujudga kelishi 
 
 
 
  
  
  
   
 
 
 
  
 
 
 
 
 
 
 
                                          
 
 
  
 
 
  
   
 
 
 
  
 
 
 
 
 
Bozor tarkibini farqlovchi xarakteristikasi. 
 
1) firmalar soni
2) mahsulot tipii; 
3) tarmoqqa kirish naqadar osonligi; 
4) narx o’rnatish imkoniyati; 
5) raqobat usullari: narx yordamida yoki narxdan foydalanmay. 
Javoblar  
Asosiy tayanch tushunchalar:  
1v); 2a); 3g); 4b); 5d); 6j); 7e); 8z); 9yo); 10i); 
Masala va mashqlar:. 
1. Taklifning o’sishi, bahoni tushishi kuzatiladi. 
2. 70 mln. so’m. 
3. Monopol korxonalar 1996 yilga nisbatan 2,5 marta, mahsulotlar 17 marta kamaygan. 
Bu albatta ijobiy holat. Xizmat ko’rsatishda 106 turdagi xizmat, qurilish materiallarining 47 turi 
monopol iahsulot. 
5. Agarda ko’mir, gaz, neft-kimyo sanoati, xizmatlarni tabiiy monopoliyalarga kiritsak, 
korxonalar sonida ularning ulushi 50%ni, mahsulotlari 47%ni tashkil etadi. 
6.  
1)(ming so’m hisobida) 

Q  TR  TC  TVC TFC ATC AVC MC 
5,0 100 500 400 250 150  4  2,5  6 
2) foydani maksimallashtirish MR (R)>MS; R>ATs; 
3) optimal foyda olish uchun mahsulot ishlab chiqarishni shu darajaga etkazish kerakki, 
R
=MR=MS bo’lishi, lekin ATs bahodan past bo’lishi lozim;  
4) firma Rishlab chiqarish 
omillarining rivojlanishida 
I shlab chiqarishda kapital 
sakrash sig’imining o’sishi 
ishlab chiqarish va kapital  
to’planuvi va arkazlashuvi 
yirik korxonalarning vu judga 
kelishi kuchayishi 
 
raqobat kurashining 
monopolistik ittifoqlar 
mumkinligi zarurligi 
 
monopolistik ittifoqlar 
monopoliyalar tashkil topishi 

 
 
7. 1) «Tarmoqqa kirish to’siqlari» deb shunday to’siqlarga aytiladiki, shu tarmoqda 
ilgaridan faoliyat yuritayotgan firmalar bilan raqobatlashadigan yangi firmalarni shu tarmoqda 
faoliyat yuritishini qiyinlashtiradigan shart-sharoitlar tushuniladi; 
2) to’siqlarni engish muammosi ularni bartaraf qilish mumkinligi va mumkin emasligida 
ifodalanadi; 
3) bunday to’siqlar: 
-  siyosiy; 
-  tashkiliy; 
-  tabiiy; 
-  moddiy; 
-  vaqtinchalik va hokazo bo’lishi mumkin.  
8. a, b, v, e, j – rivojlangan mamlakatlarga ham xos. Shu bilan birga «g» punkti ham katta 
rol o’ynaydi. O’zbekistonda hozirgi paytda barcha punktlar ahamiyatga ega. Shuning uchun ham 
ularga diqqat qaratilmoqda. 
T/N 
1N; 2T; 3N; 4N; 5N; 6T; 7T; 8N; 9T; 10T; 11T; 12N; 
Testlar 
 1b); 2g); 3v); 4d); 5v); 6g); 7v); 8a; 9b); 10b); 11v); 12a); 13d); 
 
 
 
 

 
 
XV BOB. RAQOBAT VA BOZOR NARXLARINING 
ShAKLLANISHI 
Iqtisodiyot nazariyasida mikromiqyosdagi tadqiqotda narx alohida o’rin tutadi. 
 Ma’lumki mukammal raqobat kurashiga asoslangan bozorda narxga hech bir firma 
tomonidan tazyiq o’tkazish imkoni yo’q. Narxning shakllanishi talab va taklif asosida yuz 
beradi. Cheklangan raqobatga asoslangan bozorda esa narx shakllanishining o’ziga xos 
xususiyatlari mavjud. Navbatdagi bobda ana shu masalalarga diqqat qaratamiz. 
Oligopolistik, monopolistik va monopsonistik bozorda qanday tarzda narx va mahsulot 
hajmi o’rnatiladi ko’rib chiqamiz.. 
 
1-§. Narx va uning iqtisodiyotdagi ahamiyati 
 
 Sotsiologlarning hisob-kitobiga qaraganda insonlarni eng ko’p qiziqtiradigan narsa ob-
havo va narx-navo ekan. 
 Narxning  ahamiyatini  tushuntirishning  hojati yo’q. Chunki u har birimizning 
manfaatimizga taalluqli. Aqlimizni tanib biron narsani sotib olgan kunimizdan yoki oila 
a’zolarimizni qilgan xaridlaridan maishiy darajada narx nima, u kishilarning hayotida qanday rol 
o’ynashini his qila boshlaymiz. Narx qancha yuqori bo’lsa, demak buyum qimmat, uni sotib 
olish uchun ko’p pul talab etiladi, narx arzon bo’lsa, aksincha nisbatan kam pul kerak. Lekin 
narx, to’g’rirog’i narxlar faqat shaxsiy tushunchanigina emas, balki ijtimoiy kategoriyani ham 
ifodalaydi. Narxlar har bir kishining tovar xarid qilishi yoki sotishiga ta’sir qilibgina qolmay, 
barcha iqtisodiy jarayonlarni ham tartibga soladi. 
 Narx bir tomondan nozik, moslashuvchan vosita bo’lsa, ikkinchi tomondan iqtisodiyotni 
boshqarishning, bozor mexanizmining qudratli quroli. Narx tarixiy kategoriya bo’lib, uning 
vujudga kelishi pulning vujudga kelishi bilan bog’liq. Dastlab, natural ayirboshlashdayoq 
ayirboshlash nisbatlari tarzida namoyon bo’lgan. 
 Tovar shaklidagi, so’ngra metall va qog’oz pullarning vujudga kelishi bilan narx tovarga 
to’lash lozim bo’lgan pul miqdorini bildirgan. 
 Bu erda shunday savol tug’iladi: «U yoki bu tovar uchun necha pul to’lash kerak?», 
boshqacha aytganimizda, narx qanday shakllanadi, ya’ni narx mexanizmi qanday ishlaydi? Narx 
deganda o’zi nimani tushunamiz? 
 Narxni tashkil topishiga iqtisodiy nazariyada ikki xil yondashuv mavjud: klassik  va 
neoklassik. Ana shu ikki xil yondashuvdan kelib chiqib, narxlarga ikki xil ta’rif beriladi. 
 Birinchisi, klassik yondashuv, ya’ni ishlab chiqarish nuqtai nazaridan yondashish. Bunda 
narxlar ishlab chiqarish omillari, eng avvalo mehnat omili bilan bog’liqligi asoslanadi. Bunda 
narx quyidagicha ta’riflanadi: «Narx — tovar qiymatining puldagi ifodasidir». Narxni bunday 
ta’riflaganda asosiy diqqat qiymatga qaratiladi. 
 A. Smit va D. Rikardo tomonidan asos solinib, keyinchalik J. S. Mill tomonidan 
rivojlantirilgan mehnat nazariyasiga ko’ra, tovarning qiymati unga sarflangan mehnat xarajatlari 
bilan o’lchanadi. Lekin avval ta’kidlaganimizdek u nazariy kategoriyaligicha qola berdi. Chunki 
amalda tovar ishlab chiqarish uchun sarflangan mehnatni o’lchashning iloji yo’q. 
 Amalda qiymat bilan narx o’rtasidagi bog’lanish xarajatlar printsipini qo’llash orqali 
tatbiq etildi. Unga ko’ra narx miqdori tovar birligini ishlab chiqarish uchun barcha omillarga 
qilingan xarajatlar bilan o’lchanadi, ya’ni narx xarajatlar asosida shakllanadi. Xarajatlarga 
ma’lum miqdorda olinadigan foydaning qo’shilishi natijasida narx tashkil topadi. 
 Narxni shunday tarzda ta’riflanishi: a) tovar va xizmatlarni baholashni faqat mehnat 
mahsuli bo’lgan tovarlar bilan cheklashga; b) xarajatlar ko’paygan sari narxni qimmatlashuvini 
o’rinli deb e’tirof etishga olib keladi. 
 Ikkinchi, neoklassik nuqtai nazarga ko’ra «Narx tovarlar va xizmatlarning nafliligini 
baholash vositasi bo’lib, unga to’lanadigan pul miqdorini ifodalaydi». Narxni bunday 
ta’riflashda ikki narsaga: a) narxni tovar va xizmatlarning nafliligi, foydaliligi bilan bevosita 
bog’liq ekanligiga e’tibor qaratiladi; 
 

 
 
b) tovar va xizmat narxi ayirboshlash jarayonidagina yuzaga chiqishi ta’kidlanadi. Demak, 
bozorsiz, bozorda yuz beradigan oldi-sotdisiz narx haqida bir nima deyish qiyin. Faqat 
bozordagina narx o’rnatilishi mumkin. 
 
Xozirgi zamon iqtisodiy nazariyasida iqtisodchilar tomonidan eng ko’p qo’llab-
quvvatlangan neoklassik nazariya Marshallning baho1 kontseptsiyasidir. U qiymatni inkor qilib, 
faqat almashuv qiymati, ya’ni baho mavjudligini tan oladi. U bahoning shakllanishida me’yoriy 
naflilik, ishlab chiqarish xarajatlari, talab va taklif kontseptsiyalarini birlashtirib, yagona 
kontseptsiya tarzida ilgari suradi: qisqa muddatli muvozanatda narxga naflilik ko’proq ta’sir 
ko’rsatsa, uzoq muddatli davrda ishlab chiqarish xarajatlari muhim rol o’ynashini ko’rsatib 
beradi. 
 Xar ikkisini solishtirib ko’rib, narxni ta’riflashga bozor mexanizmi nuqtai nazaridan 
yondashuv nisbatan universal hamda amaliy ekanligiga ishonch hosil qilish mumkin. 
 Narx va uning o’sish darajasiga qarab nainki bozordagi vaziyatga, kon’yunkturaga, balki 
mamlakatdagi iqtisodiy holatga ham baho berish mumkin. Narxning iqtisodiy mazmuni, 
ahamiyatini uning funktsiyalari to’laroq ko’rsatib beradi. Narx asosan quyidagi funktsiya va 
vazifalarni bajaradi. 
 1. O’lchov, hisob-kitob qilish. Narx vositasida tovarning naf-liligini taqqoslash 
imkoniyatiga ega bo’lamiz. Narxlar orqali qilingan sarflar va olingan natijani, ishlab chiqarish va 
iste’mol hajmini o’lchash mumkin bo’ladi. Ma’lumki, hamma narsa ham moddiy o’lchamli 
bo’lavermaydi. 
 Masalan, sozanda ijro etgan musiqa, xonanda ijro etgan qo’shiq, shifokor, o’qituvchi 
mehnati va boshqa shunga o’xshash ishlarning moddiy o’lchami yo’q. Ularni faqat xizmatning 
narxiga qarab pulda o’lchash mumkin. Qolaversa moddiy o’lchamga ega bo’lgan taqdirda ham 
hamma mahsulotlarni faqat narx orqaligina umumiy ko’rsatkichda ifodalash mumkin. Chunki 
moddiy o’lchamlar turlicha hisoblanib, ularni bir butun qilib qo’shib bo’lmaydi. Masalan, gaz 
ishlab chiqarish kubometrda ifodalansa, neft tonnada, gazlama metrda o’lchanadi va hokazo. 
 YaIM miqdori bozor narxi asosida hisoblanib, avvalgi yillar bilan taqqoslanadi. Umuman 
olganda, har bir oiladan, firmadan boshlab to butun mamlakat miqyosigacha narxlar yordamida 
faoliyat natijalari o’lchanadi, tahlil qilinadi, rejalashtiriladi hamda kelgusidagi o’zgarishlar 
taxmin qilinadi, istiqbol belgilanadi. 
 2. Iqtisodiyotni tartibga solish. Bozor narxi va uning o’zgarib turishi orqali qanday 
tovarlar ishlab chiqarish, xizmatlar ko’rsatish zarurligi aniqlanadi. Bozor iqtisodiyoti tovar ishlab 
chiqarishga asoslanadi. Bozor ishlab chiqaruvchi bilan iste’molchini bir-biri bilan bog’laydi. Ana 
shu bog’lanish narx-navo orqali yuz beradi. 
 
Narxdagi o’zgarish bozor holatini belgilaydi. U talab va taklif nisbatidan kelib chiqadi.  
 Qanday turdagi tovarga talab yuqori bo’lsa, narxi baland bo’ladi, aksincha bo’lsa narxi 
past bo’ladi. Natijada talabning ko’pligi ishlab chiqarishning hajmini ko’paytirish, aksincha 
taklifning ko’pligi ishlab chiqarish hajmini qisqartirish zarurligini ko’rsatadi. Bu erda narx ishlab 
chiqaruvchi faoliyatiga o’z-o’zidan emas, balki uning oladigan daromadi orqali ta’sir qiladi. 
Muayyan ishlab chiqarish xarajatlari saqlangan holda narx yuqori bo’lsa, foyda ko’p bo’ladi, 
narx pasaysa foyda kamayadi. Agarda narx qilgan xarajatlarni qoplamasa zarar ko’riladi. Foyda 
olgan korxona rivoj topadi, kengayadi, zarar ko’rgani bankrot bo’lib yopilib ketadi. Bunda talab 
katta bo’lgan tovarlar ishlab chiqarish uchun qo’shimcha resurslar jalb qilinadi, zarar keltirgan 
tovarlar ishlab chiqarish to’xtatiladi. Shunday qilib, resurslar foyda keltiradigan soha, 
tarmoqlariga oqib o’tadi. Natijada zarur tovarlar taklifi ko’payadi, narxlar tushadi. O’z navbatida 
resurslar endi narxi yuqori tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish sohasiga ko’chadi. 
Shunday qilib, narxlarning tebranib turishi re-surslarni kerakli sohalarga oqib o’tishini 
ta’minlaydi. Narx firmalarni kerakli mahsulot ishlab chiqarishga majbur qiladi. Narx ana shu 
yo’sinda iqtisodiyotni tartibga soladi. 
 3. Taqsimlash. Narxning bu vazifasi avvalgi tartibga solish funktsiyasi bilan bog’liq. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida talab taklifga qaraganda yuqori bo’lsa, yuqori narx orqali 
xaridorning puli sotuvchi, ishlab chiqaruvchining cho’ntagiga o’tib, uni ana shu xaridorgir 

 
 
mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirishga undaydi, rag’batlantiradi. Aksincha, taklif ko’p 
bo’lib, narxning past bo’lishi ishlab chiqaruvchining, sotuvchining ko’zlagan daromadini 
ololmay, xaridorning qo’shimcha naf ko’rishiga olib keladi. Aytaylik, bir hafta avval ko’ylak 
1000 so’m bo’lsin. Xaridor kelasi hafta ko’ylak olish maqsadida bozorga chiqqanda ko’rdiki 
narx tushib 500 so’m bo’libdi. Endi u xohlasa 2 ta ko’ylak olishi yoki bir ko’ylakdan ortgan 
puliga boshqa zarur tovarni sotib olishi mumkin. Narx orqali daromad taqsimlanadi. U o’z 
navbatida korxona, soha, tarmoqlar o’rtasida resurslarni taqsimlanishiga olib keladi. 
 4. Ijtimoiy himoya vazifasi. Aholining iste’mol byudjeti yashash minimumi, turli 
ne’matlarni iste’mol qilishi, xarajatlari hajmi, tarkibi, qolaversa turmush darajasi, narxlar va 
ularning o’zgarishiga bog’liq. Narxlarning o’zgarishi kishilarning reaktsiyasi, munosabatida juda 
sezgirlik bilan aks etadi. Kishilar narxlarning o’sishi turmush darajasini pasaytiradi deb 
qarashadi. Odatda, daromadlarning ortishi, bozordagi tovarlar taklifi miqdori, iste’mol tarkibi 
o’zgarishiga bunchalik ahamiyat berilmaydi. 
 Bozor iqtisodiyoti sharoitida aholining nochor va kambag’al qatlamlariga tovarlar 
arzonlashtirilgan narxda sotiladi. Bular ijtimoiy dotatsiyalashgan narxlar bo’lib, ular moliyaviy 
jihatdan davlat byudjeti yoki turli xayriya mablag’lari orqali ta’minlanadi. Masalan, g’arb 
mamlakatlarida aholi kambag’al qatlamlari uchun alohida do’konlar mavjud. Respublikamizda 
non, shakar kabi oziq-ovqat mahsulotlariga dotatsion narx belgilanadi. 
 Bu narx ijtimoiy himoyani ta’minlasa-da, iqtisodiy o’sishni rag’batlantirmaydi. Chunki 
narx hamma uchun bir xil bo’ladi. Ular ma’lum vaqtgacha qo’llanib, so’ngra erkin bozor 
narxlariga almashtiriladi. Bulardan tashqari, narx bozor iqtisodiyotining muhim vositasi sifatida 
o’zaro bog’langan boshqa qator vazifalarni ham bajaradi. 
 

 
 
2-§. Narx turlari 
 
 Bozor iqtisodiyoti sharoitida bir-birini taqozo etuvchi, har xil maqsadlarda qo’llanuvchi, 
turli vazifalarni bajaruvchi narxlar majmui amal qiladi. Narxlarga qaysi nuqtai nazardan 
yondashishga hamda iqtisodiyotda qanday amal qilishiga qarab, ularni turli guruhlarga ajratish 
mumkin. 
 1. Sotish usuli, operatsiyasi, miqyosi, sohasi jihatidan narxlar ulgurji, chakana, xarid 
narxlari, xizmat ko’rsatish tariflaridan iborat. 
 Mahsulotlarni ko’tarasiga, ya’ni katta miqdorda sotish narxlari ulgurji narxlar deyiladi. 
Firmalar, korxonalar, maxsus do’konlar, tovar birjalari tomonidan ulgurji narxlar bo’yicha 
sotiladi. Odatda, ulgurji narxlarda ishlab chiqaruvchilar bir-birlariga yoki vositachilarga 
mahsulotlarini sotadilar. Ulgurji narxlar ishlab chiqarish samaradorligining oshishiga, fan va 
texnika taraqqiyotining rivojlanishiga ta’sir qiladi. Ulgurji narxlar ko’pincha shart-noma—
kontrakt narxlari tarzida qo’llaniladi. Bu narxlar ishlab chiqaruvchilarning xarajatlarini qoplash 
va ma’lum miqdorda foyda olishini ta’minlashi kerak. Ulgurji narx odatda chakana narxning 
60—80% ini tashkil etadi. Tovarning iste’molchiga chakana savdo tarmoqlari orqali donalab 
yoki kichik miqdorlarda sotilganda qo’yiladigan narx chakana narx deyiladi. Chakana narxlarda 
asosan iste’mol tovarlari aholiga, nisbatan kamroq — firma, tashkilot, tadbirkorlarga sotiladi. 
 
Chakana savdo orqali, chakana narxlarda tovarlar pirovard iste’molchiga sotiladi. 
Chakana narxlarning ulgurji narxlarga qaraganda savdo ustamasi miqdori ko’p. Savdo ustamasi 
chakana savdo xarajatlarini qoplash va foyda olish imkoniyatini beradi. Respublikamizda savdo 
ustamasi ulgurji narxga nisbatan 20% miqdorida belgilangan. Chakana narx talab va taklifga 
qarab o’zgarib turadi. 
 Xarid narxlari — bu davlat tomonidan korxona, tashkilot, aholidan sotib olinadigan 
mahsulotlarga belgilanadi. Xarid narx-lari bo’yicha amaliyotimizda davlat korxonalardan qishloq 
xo’jalik mahsulotlari chunonchi bug’doy, paxta, pilla sotib oladi. Bu narxlar xarajatlarni qoplash 
bilan birgalikda ishlab chiqarishni kengaytirish uchun zarur jamg’arishni ta’minlashni ham 
ko’zda tutadi. Bu narxlarning alohida xususiyati shundaki, ma’lum hollarda xarid narxlariga 
ustamalar, imtiyozlar ko’zda tutiladi. 
 
O’ziga xos narx turlaridan biri tariflardir. Tariflar xizmat ko’rsatish sohalarida 
qo’llaniladi. Xizmat ko’rsatish jarayonida yangi mahsulot yaratilmaydi, balki mavjud 
mahsulotning sifati o’zgartiriladi. 
 
Ko’pincha, xizmat jarayoni uni iste’mol qilish bilan birga boshlanadi. Xizmat 
ko’rsatishni iqtisodiy faoliyat turi sifatida o’ziga xos xususiyatga ega ekanligi ularga narx 
belgilashda ham namoyon bo’ladi. Uni tarif  deb yuritiladi. Xizmatlarga tarif belgilaganda 
faqatgina ish hajmi emas, balki vaqti, sifati ham muhim rol o’ynaydi. Tariflarning tipik shakli 
sifatida misol qilib maishiy xizmatlar — telefon, kommunal xizmat tariflarini ko’rsatish 
mumkin. 
 
2. Tartibga solish darajasi va uslubiga ko’ra narxlar qat’iy belgilangan, tartibga 
solinadigan, shartnoma va erkin narxlarga bo’linadi. 
 Qat’iy narxlar davlat tashkilotlari tomonidan belgilanadi va uning darajasi rasmiy 
hujjatlarda aks ettiriladi. 
 
Bu turdagi narxlar asosan davlat iqtisodiyotida monopol mav- 
qega ega bo’lgan mamlakatlarda mavjud. 
 Bozor iqtisodiyotiga o’tish bilan qat’iy belgilangan narxlardan erkin bozor narxiga o’tib 
boriladi. Bu jarayonni liberallashtirish yoki erkin narxlarga o’tish deb yuritiladi. 
 Tartibga solinadigan narxlar — bu davlat idoralari tomonidan tartibga solinadigan 
narxlardir. Davlat soliq imtiyozlari berib, narxni tushirishni rag’batlantirishi mumkin. Yoki 
ayrim tovarlarga narx miqdorini cheklashi mumkin. Bu albatta narxlarning o’sib ketishining 
oldini oladi. Lekin, uning qator kamchiliklari bor. Narxni yuqori chegarasini davlat tomonidan 
belgilab qo’yilishi ishlab chiqarish hajmini kamaytirishga olib kelishi mumkin. Sababi narx 
ketgan xarajatlarni qoplab ishlab chiqarishni kengaytirish imkoni darajasida foyda olish imkonini 

 
 
bermaydi. Natijada tovar taqchilligi vujudga keladi. Bu o’z navbatida qat’iy belgilangan narxlar 
kabi, nolegal — chayqov bozorini vujudga kelishiga sabab bo’ladi. 
 Bozor iqtisodiyoti sharoitida tartibga solinadigan narxlar davlat tomonidan mamlakatdagi 
shart-sharoitga ko’ra tatbiq etiladi. Bunda davlat narxning yuqori chegarasini belgilab qo’yadi. 
Aytaylik, rentabellik darajasi, foyda normasi 50% dan oshmasligi kerakligi ko’rsatilgan bo’lsa, 
demak mahsulotga sarflangan xarajatlar 800 so’m bo’lsa, uning narxi 1200 so’mdan oshmasligi 
kerak. Odatda, ko’pincha bunday narxlar jamiyat hayotida muhim o’rin tutadigan tovar va 
xizmatlarga nisbatan qo’llaniladi. Xozirgi payt-da juda ko’p mamlakatlarda ana shunday tovarlar 
15—20% ni tashkil etadi. 
 Shartnoma narxlari — oldi-sotdi qilish yuzasidan shartnoma asosida kelishilgan narx 
bo’lib, u shartnoma hujjatlarida rasmiylashtiriladi. Xozirgi paytda shartnomalarda alohida bo’lim 
narx masalasiga bag’ishlanadi. Unda ko’pincha narxning absolyut miqdori emas, balki narxning 
diapazoni (dan  boshlab  gacha,  chegarasi) yoki bu narxlarni davlat, bozor, jahon narxlari bilan 
aloqasi ko’rsatiladi. Shuningdek, shartnomada ko’rsatilgan narxlarni o’zgartirish mumkin 
bo’lgan holatlar, aytaylik inflyatsiya, yangi qonunlarni qa-bul qilish kabilar izohlanadi. 
 Erkin narxlar. Nomining o’zi ko’rsatib turibdiki, bu narxlar bozordagi talab va taklif 
asosida belgilanadi. U bozordagi muvozanat narxi bo’ladi. 
 Bu baholar xalq iste’mol mollarining barcha turlari yoki aholiga ko’rsatiladigan xizmat 
tariflarida namoyon bo’ladi. Savdo tashkilotlarining turli do’konlarida, dehqon bozorida, 
iste’mol bozorida yo boshqa turdagi bozorlarda har kuni biz chakana narxlarni ko’ramiz. 
 Yuqoridagi sanab o’tilgan narxlar turli me’yoriy hujjatlarda o’z ifodasini topadi. Ulgurji 
va chakana narx preyskurantlari, narx kataloglari, smeta-normalar, narx kitoblari kabi hujjatlar 
shular jumlasidandir. Aholiga hujjatlar yoki birja e’lonlari orqali ma’lum qilinadigan baholar — 
nominal narxlar deb ataladi. Bunday hujjatlar narxlar haqida axborot bankini tuzib narx 
siyosatini yuritishda zamonaviy kompyuterlardan foydalanish imkoniyatini beradi. 
 Mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan savdo tashkilotlari o’rtasida oldindan 
kelishib olingan va belgilangan baho kelishilgan narx deyiladi.Bu narxlar davlat belgilagan 
qat’iy narx-dan ham, erkin bozor narxlaridan ham farq qilishi mumkin, ammo faqat kelishilgan 
muddat davomida amal qilishi bilan boshqa narxlardan ajralib turadi. Bunday narxlarni 
qo’llashda tegishli nazorat joriy etilishi kerak.Chunki monopoliya tovarlar taqchilligidan 
foydalanib, kelishilgan holda narxni sun’iy oshirib, xalq hisobidan foyda ko’rishi yoki 
chayqovchilik vositasiga ayla-nishi mumkin.  
 Tovarlarni  ishlab  chiqaruvchi (sotuvchi) bilan uni iste’mol etuvchi (xaridor) o’rtasida 
bitimga binoan har ikki tomonni roziligiga qarab belgilangan narxlar shartnoma narxlari 
deyiladi. 
 
Yuqorida ko’rsatib o’tilgan narxlardan tashqari turli jihatlariga ko’ra guruhlarga 
ajratilgan narx turlari xilma-xil. 
 
 Iqtisodiy tahlil qilish statistikada iqtisodiy taraqqiyot darajasi, erishilgan natijalarni 
taqqoslash uchun o’zgarmas yoki qiyosiy narxlardan foydalaniladi.Chunki real hayotda 
narxlarga inflyatsiya ta’sir etadi.Buni hisobga olinmasa noto’g’ri xulosa chiqarish mumkin. 
 Yangi turdagi tovar ishlab chiqarish yo’lga qo’yilayotganda, yangi o’zlashtiriladigan 
tovar, xizmat, material, yarim fabrikatlar, energiya, ishlab chiqarish uchun ob’ektlar qurishda 
loyiha baholari qo’llaniladi. Yangi tovar xizmatlari sifatini aniqlash uchun qo’llaniladigan 
baholar bazis narxlari bo’ladi. U namunaviy narx sifatida xizmat qiladi. Xalqaro savdoda ham 
bazis narxlar ishlatiladi. Agarda tovarning sifati kelishilgandan farq qilsa, bazis narx 
boshlang’ich narx sifatida xizmat qiladi. 
 Monopoliyalar tomonidan mahsulotlarni ishlab chiqarish bahosidan baland yoki past qilib 
belgilangan narx — monopoliya narxi deb ataladi.Odatda, monopoliyalar sotadigan tovarlarning 
narxini yuqori, boshqa firmalardan oladigan mahsulotlar narxini esa past qilib belgilashadi. 
 Maksimal va minimal chegaralari belgilangan baholar limit narxlari deb ataladi. Bu 
narxlardan yangi tovarni bozorda qaysi narxda o’tishini sinab ko’rish va yangiliklarni 
rag’batlantirish uchun foydalaniladi. 

 
 
 Erning, suvning, har xil er osti qazilmalaridan olinadigan xom ashyolarning va hayvonot 
dunyosining o’z narxlari bor. 
 Qonun bilan taqiqlangan faoliyat uchun yashirin narxlar mavjud. 
 Jahon bozorida tovar va xizmatlar jahon narxlari asosida oldi-sotdi qilinadi.Bozorlarni 
egallash maqsadida demping narx-lari belgilanishi mumkin.Bu narxlar bozordagi mavjud 
narxlardan past darajada belgilanadi.Uni xususiy firmalar qo’llashi yoki davlatning o’zi 
belgilashi mumkin. 
 Umuman, narxlar xilma-xil bo’lib, u iqtisodiy tizimda o’ziga xos mustaqil yo’nalishni 
tashkil etadi. Narxlar olamini yaxshi bilish, tushunish bozor iqtisodiyoti sharoitida nihoyatda 
katta aha-miyatga ega.  
 

 
 
Download 1,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish