Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot


-§. Narxlar shakllanishining xarajatlar mexanizmi



Download 1,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/41
Sana07.12.2019
Hajmi1,81 Mb.
#28806
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi 3e87e-разблокирован


3-§. Narxlar shakllanishining xarajatlar mexanizmi 
 
 Narx  mexanizmi  o’z ichiga narxlar va narxlarni tashkil topishini oladi. Narx uni tashkil 
etuvchi, uning miqdorini belgilovchi omillarga bog’liq. 
 Narx tovar va xizmatlarga to’lanadigan pul birligi miqdorini ifodalasa,narxni tashkil etish 
esa shu pul miqdorini aniqlashning, belgilashning qoidalari, usulini ifodalaydi. 
 Narxni tashkil etish mexanizmi bir tomondan, narx va narxni tashkil topishi omillari 
o’rtasidagi aloqa,ikkinchi tomondan narxni tashkil topish usuli, uni vujudga kelish texnologiyasi, 
amal qilishi va vaqt mobaynida o’zgarishini ifodalaydi. 
 Narxni tashkil topishida ikki usul mavjud: 
 1.  Xarajatlar  mexanizmi. 
 2. Bozor mexanizmi. 
 Xarajatlar mexanizmi asosida narx bevosita tashkil topadi. U ishlab chiqarish va 
muomala xarajatlariga bog’liq. Bunda asosan o’rtacha xarajatlar olinadi. Iqtisodiyotda ishlab 
chiqarish xarajatlari tarkibida mehnat xarajatlari boshqa xarajatlarga nisbatan ko’p. Odatda, 
mehnat xarajatlari sarflangan vaqt hamda soatbay ish haqi miqdoridan kelib chiqib, boshqa 
xarajatlarga qo’shiladi. Shuning uchun mehnat xarajatlari ikki omil — mehnat unumdorligi va 
ish haqi darajasiga bog’liq. Tovar ishlab chiqaruvchi va sotuvchi narx orqali o’z xarajatlarini 
qoplabgina qolmay, ma’lum miqdorda foyda, daromad ham olishi kerak. U holda narxni tashkil 
topishi formulasini quyidagicha ifodalasa bo’ladi: 
R
1
 = AS + Pf.  
 Bu erda AS — tovar birligi uchun qilingan o’rtacha ishlab chiqarish va muomala 
xarajatlari; Pf  — ishlab chiqaruvchilar (sotuvchilar) tomonidan tovarlarni ishlab chiqarish va 
sotishdan olingan foyda. 
 Foydani nazariy jihatdan turlicha talqin etilishi, qonuniyligi haqidagi fikrlarni bir chetga 
yig’ishtirib, xarajatlar ustiga qo’shilgan qo’shimcha haq tarzida qarasak, u xaridor uchun o’ziga 
xos soliq. Uni davlat emas, balki sotuvchi qo’yadi. Foyda olish imkoniyati ishlab chiqaruvchini u 
yoki bu turdagi tovar ishlab chiqarish va sotish uchun o’z mablag’ini qo’yishga undaydi. 
 Narx tashkil topishining xarajatlar mexanizmi tom ma’nosi bilan markazlashgan rejali 
boshqarish asosida belgilab qo’yiladigan narxlarga to’g’ri keladi. Shu bilan birga, bozor 
iqtisodiyoti sharoitida ham xarajatlar mexanizmi elementlaridan foydalaniladi. Narxlarga ustama 
ko’pincha aktsizlar yoki boshqa soliqlar solishdan soliq tarzida qo’shiladi. Narxlardan chegirma 
esa, bu davlat dotatsiyalari bo’lib, u tovarni xarajatlaridan past narxda sotish imkonini beradi.  
 Agarda davlat u yoki bu turdagi tovarni sotish va iste’mol qilinishini kengaytirishdan 
manfaatdor bo’lmasa, hamda shu tovar va xizmatlar ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lmasa, ya’ni 
kundalik ehtiyoj uchun zarur bo’lmasa, u holda qo’shimcha aktsiz va boshqa egri soliqlar kiritib 
davlat byudjeti foydasiga daromadlar ko’payishiga erishadi. Masalan, spirtli ichimliklar, tamaki 
mahsulotlari, qimmatbaho metallardan tayyorlangan buyumlar, taqinchoqlar va hokazo. 
 Agarda kundalik ehtiyoj uchun zarur mollarning narxlari iste’molchilarning keng qatlami 
uchun qimmatli qilsa, unda davlat idoralari skidka joriy etadi. Bu skidka davlat yoki mahalliy 
byudjetlardan pul dotatsiyalari bilan qoplanadi. Bunda tovar iste’molchiga skidka miqdoricha 
xarajatlar mexanizmi asosida belgilangan narxdan arzon sotiladi, lekin ishlab chiqaruvchilar 
zarar ko’rishmaydi, chunki u byudjetdan qoplanadi. 
 Shunday qilib, markazlashgan rejali iqtisodiyotda bozor muvozanatiga erishishning 
o’ziga xos yo’lidan foydalanilgan. 
 Iqtisodiyotda xarajatlar mexanizmi, eng avvalo taklif narxiga ta’sir ko’rsatadi. Sotuvchi 
ishlab chiqarish va muomala xarajatlarini qoplash hamda ma’lum miqdorda foyda olishni 
ko’zlaydi.  
Bozor qonunlari amal qilgan holatda esa ular faqat o’z xarajatlarini qoplash emas, xaridorning 
narxga munosabatiga qarashga majbur. Bunda sotuvchilar goh o’rtacha xarajatlardan past 
(likvidatsion narx) narxda yoki xarajatlariga teng (zarar keltirmaydigan darajada) narxda 
sotishga majbur bo’ladi. 

 
 
4-§. Narxlar shakllanishining bozor mexanizmi 
 
 Mukammal raqobat sharoitida narxning tashkil topishi. Ma’lumki, iqtisodiyotdagi 
bosh muammo bu alohida iste’mol va ishlab chiqarishdan boshlab, to makroiqtisodiyot 
darajasigacha muvozanatga erishishdir. 
 Bozor iqtisodiyoti muvozanatga erishishda uch narsaga tayanadi: narx, talab va  taklif, 
raqobat. Bunda talab va taklif nisbati, raqobat ham oxir-oqibat narx orqali ifodalanadi. 
 Bozor uning aniq shaklidan qat’i nazar tovarlar —xizmatlar bozorimi, moliya bozori yoki 
mehnat bozorimi narx orqali talab va taklifni muvozanatga keltiradi. 
 1.  Narxlarni o’zgarishi ishlab chiqaruvchilar uchun ishlab chiqarish hajmini o’zgartirishni 
mo’ljalga olishga xizmat qiladi. Narx texnika-texnologiyani o’zgartirishga ta’sir qiladi. Oxir-
oqibat mavjud shakllangan daromadlar darajasida mahsulotning kim tomonidan iste’mol 
qilinishini ham belgilaydi. 
 2.  Talab va taklif. Ularning nisbatini o’zgarishi. Narxni tebranishi, o’zgarishi tufayli oxir-
oqibat shunday narx belgilanadiki, uning natijasida talab va taklif muvozanatga keladi, o’z 
navbatida ishlab chiqarish bilan iste’mol o’rtasida ham muvozanat o’rnatiladi. 
 3.  Raqobat. Xar bir ishlab chiqaruvchining maqsadi maksimal darajada foyda olish, 
demak o’z faoliyatini kengaytirish. Bu so’zsiz raqobatga olib keladi. Agarda u yoki bu turdagi 
tovarning taklifi ko’p bo’lsa, sotuvchilar o’rtasida raqobat kurashi kuchayadi. Xar biri o’z 
tovarini sotish uchun narxini tushirishga majbur bo’ladi. Bu ishlab chiqarishni qisqartirishga olib 
keladi. Agarda talab taklifga qaraganda ko’p bo’lsa, xaridorlar o’rtasida raqobat kurashi 
kuchayadi. Xar biri taqchil bo’lgan tovarni qo’lga kiritish uchun balandroq (narx) haq to’lashga 
rozi bo’ladi. Bu shunday turdagi tovar chiqarishni rag’batlantiradi. 
 Raqobat bozor mexanizmining zarur elementi. Lekin raqobat xarakteri turlicha, u bozor 
muvozanatiga erishishga katta ta’sir ko’rsatadi. Narx tashkil topishining xarajatlar mexanizmiga 
klassik siyosiy iqtisod nazariyasi asos bo’lgan bo’lsa, bozor mexanizmiga neoklassik iqtisod 
nazariyasi asos bo’ladi. 
 Erkin raqobat kurashiga asoslangan sharoitda narxning qanday tashkil topishini Marshall 
shunday tushuntiradi. 
 Marshallning  fikricha,  oldi-sotdi qilgunga qadar tovarning go’yoki ikki narxi mavjud 
bo’ladi. Sotuvchi narxi va xaridor narxi. Bir tomondan, har bir sotuvchi o’z tovarini qimmatga 
sotishni o’ylaydi, lekin bu narx xaridorni qanoatlantirmasa sotuvchi o’z tovarini sota olmay 
qolish xavfi bor. Ikkinchi tomondan, xaridor iloji boricha tovarni arzonroqqa sotib olishga 
harakat qiladi, lekin sotuvchini bu narx qanoatlantirmasa, u tovarsiz qolishi mumkin. 
Sotuvchining narxini eng past darajasi shu tovarni ishlab chiqarish uchun ketgan xarajatlarni 
qoplashi kerak. Xaridor bergan narxning yuqori darajasi esa me’yoriy nafliligiga teng bo’li-shi 
kerak. Ular o’rtasidagi savdo to xaridor bilan sotuvchi narxi mos kelguncha davom etadi. Xamda 
ana shu muvofiq kelgan narx bozor narxi hisoblanadi. Shunday qilib, sotuvchining narxi klassik 
qoida bo’yicha shakllanadi. Xaridorning narxi esa marjinal qoida bo’yicha shakllanadi. Real narx 
esa ana shu har ikkisini nisbati asosida shakllangan o’rtacha daraja bo’ladi. Ko’rinib turibdiki, 
neoklassik nazariyada o’ziga xos ikki yondashuvni sintezi yuz berib, yangicha nuqtai nazar 
vujudga keldi. Bu yangilik narx bozorda talab bilan taklif o’rtasidagi nisbat asosida o’rnatilishida 
ifodalanadi. 
 Bunda narx qancha yuqori bo’lsa taklif shuncha ko’payadi. Talab kamayadi yoki 
aksincha. Bozorda narx talab va taklifning muvoza-natga kelishi tomon o’zgaradi. Narx talab 
bilan taklif muvozanatini tiklaydi. Shunday qilib, bozor mexanizmi, boshqacha aytganimizda 
narx davlat aralashmay talab va taklifni tartibga soladi. Marshallning fikricha, bu nozik 
mexanizmga davlat aralashuvi kerak emas. Xar qanday aralashuv, hattoki yaxshi niyatda 
qilingan bo’lsa ham kuchlar balansini buzadi. Oxir-oqibat cheklangan kamyob resurslardan 
samarasiz foydalanishga olib keladi. Marshall talab va taklif asosida narxning shakllanishini 
tushuntirar ekan, ularga ta’sir etuvchi omillarga ham e’tibor beradi. Undan tashqari, talab va 
taklif elastikligi tushunchasiga asos soladi. 

 
 
 Narx tashkil topishining bozor mexanizmi deb, bu bozordagi vaziyatga ko’ra narxning 
shakllanishiga aytiladi. Ma’lumki, bozor turlari nihoyatda ko’p, agar shu nuqtai nazardan 
qarasak, narxni tashkil topishini bozor mexanizmi deganda juda ko’p mexanizmlarni 
tushunamiz. Bozor mexanizmi yana shunday xususiyatga egaki, bu mexanizmni «prujina, 
vintlar» harakatini ko’ra olmaymiz. Shuning uchun ham Adam Smit «ko’zga ko’rinmas qo’l» 
iborasini ishlatgan. Xatto auktsionda o’zaro savdolashishda shundoqqina hammasini sotuvchini 
ham, xaridorni ham his qilib bilib turgandaysiz, lekin aynan nima ularni u yoki bu qarorga 
kelishga majbur qildi («Xudo biladi») bilolmaymiz. Faqat taxmin qilishimiz mumkin. Aynan ana 
shu jarayon, kuch narxni tashkil topish mexanizmi bo’ladi. Narx to’g’risida turli nazariyotchilar 
o’z fikrlarini asoslashga qanchalik urinmasinlar, bir narsa aniq, ya’ni tovarning haqiqiy qimmati 
bozorda yuzaga chiqadi. Erkin bozor buyuk va genial baholovchi. Boshqa hech nima uni 
o’rnini bosa olmaydi. Bozor yo’qmi, demak ob’ektiv narx ham yo’q. Lekin bu qoida erkin 
raqobat kurashi cheklanmagan bozorga tegishli. Mukammal erkin raqobat kurashi sharoitida 
bozorda qanday muvozanat o’rnatiladi va narx belgilanadi? (Bu masala VII bobda ko’rib 
chiqilgan.)  
 Raqobat kurashining cheklanishi, ya’ni nomukammal raqobat kurashi sharoitida narxning 
shakllanishi mukammal raqobat kurashidagidan farqlanadi. 
 Ishlab chiqaruvchini maqsadi yuqori darajada foyda olish ekan, bu maqsad nomukammal 
raqobat sharoitida qanday yuz berishini tahlil qilamiz. 
 Buning uchun ikki firmani olaylik. Biri mukammal raqobat kurashi sharoitida, ikkinchisi 
nomukammal raqobat kurashi sharoitida ish olib borsin. 
 Birinchi firma xohlagancha tovar sotishi mumkin, lekin u narx-ga ta’sir ko’rsata olmaydi. 
Chunki xuddi shunday tovar ishlab chiqaruvchi boshqa firmalar ko’p. Buni chizmada 
quyidagicha ko’rish mumkin (a rasm).  
 
Undan shunday muhim xulosa chiqishi mumkin. 
Firma bozorga qancha ko’proq tovar chiqarmasin, u narxga 
ta’sir ko’rsata olmaydi. Foydani ko’paytirishning asosiy yo’li 
xarajatlarni pasaytirish. 
 
Nomukammal raqobat sharoitida talab kamayib 
boruvchi egri chiziq tarzida bo’ladi. Firma qancha ko’p (Q) 
tovar chiqarsa shuncha narxini tushirish mumkin. Chunki 
shunday tovar ishlab chiqaruvchilarning soni cheklangan. 
Monopolist firma bozorga katta hajmda tovar chiqarsa, uning 
narxi kamayadi. 
  Agar firma sof to’la monopolist bo’lmasa narx R ni 
arzonlashuvi DD egri chiziqni chapga D1D1  ga  ko’chishiga     
olib keladi. Raqobatdosh firma tufayli narx tushgan taqdirda 
ham kamroq miqdorda tovar sotiladi. 
 
 
Bu chizmadan quyidagi muhim xulosani 
chiqarish mumkin: talab egri chizig’iga qarab firma 
mukammal yoki nomukammal raqobat kurashi sharoitida 
ekanligini aniqlay olamiz. Nomukammal raqobat sharoitida 
qanday qilib maksimal foyda olish mumkin? Buni ikki usul 
bilan tahlil qilish mumkin: 
 1. Yalpi daromad va yalpi xarajatlarni taqqoslash. 
 
2. Me’yoriy daromad bilan me’yoriy xarajatlarni 
taqqoslash orqali. Buni quyidagi jadval yordamida tahlil 
qilamiz. 
(Jadval  
A. Pezentining «Ocherki politicheskoy ekonomii kapitalizma» kitobidan olingan.) 
 Xar bir qo’shimcha miqdordagi tovarni sotish uchun narxini pasaytirish kerakligini 
nazarda tutib tovar miqdori ko’paytiriladi. 

 
 
 Ishlab chiqarilgan tovar miqdori (1- ustun) ko’payishi bilan umumiy xarajatlar Ts (3-
 ustun) ortib boradi. O’rtacha xarajatlar AS (2- ustun) esa ma’lum miqdorgacha, misolimizda 9-
 mahsulotgacha kamayib, so’ngra ko’payib boradi. Sababi me’yoriy xarajatlar MS (4- ustun) 
ma’lum chegaragacha pasayib, so’ngra ortishni boshlaydi (VIII bob). 
 
1 2 3 4 

6 7 
Ishlab 
chikarilga

tovarlar 
mikdori 
Urtacha 
xarajatlar 
Umumiy 
xarajatlar 
Me’eriy 
xarajatlar 
NAR
X 
Yalpi 
daromad 
Me’eriy 
daromad 









10 
11 
12 
13 
14 
15 
16 
17 
24 
21,75 
19,75 
18 
16,5 
15,25 
14,25 
13,5 
13 
12,75 
12,75 
13 
13,5 
14,25 
15,25 
16,25 
18 
24 
43,5 
59,25 
72 
82,5 
91,5 
99,75 
108 
117 
127,5 
140,25 
156 
175,5 
199,5 
228,25 
264 
306 
24 
19,5 
15,75 
12,75 
10,5 

8,25 
8,25 

10,5 
12,75 
16,25 
19,5 
24 
29,25 
36,75 
42 
41 
39 
37 
35 
33 
31 
29 
27 
25 
23 
21 
19 
17 
15 
13 
11 
9 
41 
78 
111 
140 
165 
186 
203 
216 
225 
230 
231 
228 
221 
210 
195 
176 
153 
41 
37 
33 
29 
25 
21 
17 
13 



-3 
-7 
-11 
-15 
-19 
-23 
Q AC TC MC 

TR 
MR 
 
 
Taklif ko’paygan sari narx R (5- ustun) tushib boradi. Yalpi daromad yoki tushum TR (6-
 ustun) ham ma’lum chegaragacha o’sib, so’ngra pasayishni boshlaydi. Chunki ma’lum 
chegaragacha, misolimizda 11- mahsulotgacha narxni pasayishi ishlab chiqarib sotilgan tovar 
miqdorini ko’payishi bilan miqdor effekti ustunligi tufayli yalpi daromadni o’sishiga olib keladi. 
12- mahsulotdan boshlab esa narxning pasayishi evaziga sotish miqdorini ko’paytirish orqali 
kompensatsiya qilish mumkin bo’lmay qoladi, yalpi daromad qisqara boshlaydi. Natijada har bir 
keyingi mahsulot 11- siga qadar avvalgisiga nisbatan me’yoriy daromad MR (7- ustun) olib 
kelgan bo’lsa, 12- mahsulotdan boshlab zarar keltiradi. 
 Firmaning yalpi daromad chizmasi nomukammal raqobat sharoitida tepalik shaklida 
bo’ladi. Bundan ko’rinib turibdiki, yalpi daromad bilan yalpi xarajat o’rtasidagi farq 9- 
mahsulotda maksimum darajada bo’lyapti. 
 Maksimum darajadagi yalpi daromad 11- mahsulotda, lekin ko’p foyda 9- mahsulotga 
to’g’ri kelyapti.  
 

 
 
 
 
 Foydani aniqlashning yuqori ko’rsatilganidek ikkinchi yo’li me’yoriy daromad bilan 
me’yoriy xarajatlarni taqqoslash. 
 Me’yoriy daromad — bu qo’shimcha sotilgan tovardan olinadigan daromad. U TRn dan 
TRn—1 ni ayirib, ya’ni keyingi tovarni sotib, olingan daromaddan avvalgisini ayirib topamiz. 
 Erkin raqobat kurashida firma narxga hech qanday ta’sir ko’rsata olmas edi. U holda 
firma 1 dona tovarni 41 birlikka sotsa, 2 donasini 82 birlikka sotadi, me’yoriy daromad 41 ga 
teng, 3 donasi 3Ѕ41=123 ga teng, me’yoriy daromad yana 123–82=41 ga teng. Demak, erkin 
raqobat sharoitida me’yoriy daromad uning narxiga MR=R teng. Nomukammal raqobat 
sharoitida qanday bo’lishini ko’rib chiqaylik. 
 Nomukammal raqobat sharoitida avvalgisiga nisbatan ko’proq sotish uchun tovar narxi 
pasaytiriladi. Bu tadbirkorga bir tomondan yutuq. Ko’proq yalpi daromad olish imkoniyatini 
bersa, ikkinchi tomondan ma’lum yo’qotish. Sababi narxni tushirish har bir navbatdagi tovarni 
sotib olinadigan daromad, ya’ni me’yoriy daromadni kamayishiga olib keladi. 
 Masalan, 3 ta tovarni 37 birlikdan sotilsa, bu bilan 41 ga yoki 39 ga sotib olishi mumkin 
bo’lganlarga ham 37 dan sotiladi. Zarar 2+2=4. Bu zararni 37 dan ayirilsa 37–4=33 me’yoriy 
daromad bo’ladi. Lekin ishlab chiqaruvchini, sotuvchini faqatgina olinadigan daromad emas, 
olinadigan foyda qiziqtiradi. Buning uchun olingan daromadni qilingan xarajatlar bilan 
taqqoslash kerak. 
 
Ma’lumki, o’rtacha xarajatlar yoy shaklida bo’lib, ma’lum miqdor tovar ishlab 
chiqarguncha pasayib, so’ngra o’sishni boshlar edi. Misolimizga qaytib, abstrakt raqamlar 
asosida uni ko’rsatishga harakat qilamiz. 
 Yodga solaylik Ts=QЅAS, ya’ni umumiy xarajatlar o’rtacha xarajatlarni tovar miqdoriga 
ko’paytmasiga teng: 21,75Ѕ2=43,50; MS=Tsn–Tsn–1, ya’ni me’yoriy xarajatlar n miqdor tovar 
ishlab chiqarish uchun sarflangan umumiy xarajatlardan n–1 tovar uchun sarflangan umumiy 
xarajatlarning farqiga teng: 43,5–24=19,5; TR=QЅP, ya’ni yalpi daromad ishlab chiqarilgan 
tovar va uning narxini ko’paytmasiga teng: 39Ѕ2=78. 
 MR=TRn–TRn–1, ya’ni me’yoriy daromad n ta tovar sotishdan olingan yalpi daromad 
bilan n–1 ta tovarni sotishdan olingan yalpi daromad farqi 78–41=37. 
 2, 3, 4 ustunlardagi raqamlar, firma monopolistni ishlab chiqarish xarajatlarini ko’rsatsa, 
5, 6, 7 ustunlar sotish sharoitini ko’rsatadi. 
 Mukammal raqobatda muvozanat MS=R, ya’ni narx me’yoriy daromad bilan teng 
bo’lardi. Demak, MS=MR=P. 

 
 
 Firmaning to’la muvozanatga erishuvi Joan Robinson ta’kidlaganidek ikki sharoitni 
bajarishni talab etadi: 
 1. Me’yoriy daromad xarajatlarga teng bo’lishi kerak. 
 2. Narx o’rtacha xarajatlarga teng bo’lishi kerak (o’rtacha xarajatlar normal foydani ham 
o’z ichiga oladi): 
 MS=MR=P=AC. 
 Monopolist firmaning bozorda o’zini tutishi ham ana shu me’yoriy daromad va me’yoriy 
xarajatlarga bog’liq. Sababi, har bir qo’shimcha ishlab chiqarilgan mahsulot ma’lum miqdorda 
yalpi daromad, qo’shimcha daromad olib keladi, shu bilan birga umumiy xarajatlarni ham 
ko’paytiradi. Firma doimo ana shu ikki ko’rsatkich: me’yoriy daromad bilan me’yoriy xarajatni 
taqqoslashi kerak. Me’yoriy daromad bilan me’yoriy xarajat o’rtasidagi farq musbat bo’lsa, 
firma ishlab chiqarishni kengaytiradi. Me’yoriy xarajat bilan me’yoriy daromad teng bo’lganda 
muvozanatga erishiladi. Lekin unda narx darajasi qanday bo’ladi, MS=MR=P=AC formulasi 
saqlanadimi? 
 Jadval raqamlariga murojaat qilamiz. Monopolist yuqori narx belgilashga harakat qiladi. 
Lekin u 41 belgilasa bitta tovar sotadi, yalpi daromad 41 bo’lib, foydasi (41–24)=17 ni tashkil 
etadi. 
 Foyda — bu yalpi daromad bilan umumiy xarajatlar farqiga teng. Agar monopolist narxni 
tushirib 35 ga keltirsa, u holda u 4 ta tovar sotadi, umumiy daromadi 140(34Ѕ4), foydasi 68(140–
72) bo’ladi. Ana shunday tarzda narxni tushirish tufayli umumiy foyda olishni ko’paytirish 
mumkin. Lekin uni qaysi chegaraga tushirish mumkin. Bu me’yoriy daromad bilan me’yoriy 
xarajatlar tenglashguncha davom etadi, jadvaldagi raqamlarga qarasak bu 9- tovarni sotishimizda 
yuz berar ekan. 
 Aynan ana shu hajmda tovar ishlab chiqarishimiz eng ko’p foyda keltirar ekan. Ya’ni 
225–117=108. Agar narxni 25 dan pastga tushirsak misolimizda 23 ga, 10 ta tovar sotilar ekan. 
Lekin 
me’- 
yoriy xarajatlar 10,5 ga, avvalgisidan 10,5–9=1,5 ga ko’tarilar ekan. Bu umumiy foydani (230–
127,5)=102,5, 108–102,5=5,5 ga kamayishiga olib keladi. 
 Nomukammal raqobat sharoitida firma muvozanatiga, ya’ni me’yoriy xarajatlar bilan 
me’yoriy daromadlar MS=MR muvozanatiga o’rtacha xarajatlarning minimal darajasiga etmay 
erishiladi. Bunda narx o’rtacha xarajatlardan yuqori bo’ladi. 
 Mukammal  raqobatda  MS=MR=R=AS. 
 Nomukammal raqobatda esa (MS=MR) Shunday qilib, maksimum foydani va yalpi daromad bilan umumiy xarajatlarni mahsulot 
ishlab chiqarishning turli hajmlarida taqqoslab yoki me’yoriy daromad bilan me’yoriy 
xarajatlarni taqqoslab topish mumkin. Maksimum darajada foyda yalpi daromad bilan umumiy 
xarajatlarni farqi maksimal bo’lganda yoki me’yoriy daromad bilan me’yoriy xarajat teng 
(MS=MR) bo’lganda olinar ekan. Xar ikki usul ham bir xil natija beradi. Bunda narx 
misolimizda 25 ga teng. Buni 340 va 341- betdagi rasmlarda ko’rish mumkin. 
 Jamiyat uchun ko’proq mahsulotni kamroq xarajatlar bilan ishlab chiqargan afzal, lekin 
bu monopolist firmani tabiatiga to’g’ri kelmaydi. U narxni tushirib foydani kamaytirishni 
istamaydi. Foydani maksimallashtirish uchun ma’lum darajada sun’iy taqchillik yaratadi, ya’ni 
nisbatan cheklangan miqdorda tovar taklif qiladi. Buning natijasida misolimizda aytaylik, eng 
kam o’rtacha xarajatlar 12,75, eng yuqori yalpi daromad 231 bo’lganda, narx 21 bo’lardi. Narxni 
25 darajasida ushlab turish uchun 11 ta emas, 9 ta taklif qiladi. Bu qachongacha davom etishi 
mumkin? Bu hol shu tarmoqqa yangi firmalar kirib kelishiga bog’liq. Agarda boshqalarni shu 
tarmoqqa kirib kelishi uchun to’siqlar nisbatan yuqori bo’lsa, monopol foyda olish barqaror 
xarakterga ega bo’ladi. 
 Iqtisodiy nazariyada monopol hukmronligi darajasini o’lchash uchun Lerner indeksi 
qo’llaniladi. (A. Lerner ingliz iqtisodchisi bo’lib, bu ko’rsatkichni XX asrning 30- yillarida taklif 
qilgan.) 

 
 
 L=R–MS. Bunda R bilan MS, ya’ni narx bilan me’yoriy xarajatlar o’rtacha farq qancha 
katta bo’lsa, monopoliyalar hukmronligi shuncha yuqoriligini ko’rsatadi. L kattaligi 0 bilan 1 
orasida bo’lib, mukammal raqobat sharoitida Lerner indeksi tabiiy nolga teng bo’ladi. 
 Mukammal raqobat ishlab chiqarish omillarini bir tarmoqdan ikkinchisiga erkin oqib 
o’tishini ta’minlaydi. Shuning uchun mukammal raqobatda neoklassik maktab vakillari 
ta’kidlaganidek foydaning nolga tomon yaqinlashuvi, intilish tendentsiyasi aniq namoyon bo’ladi 
(nolga intilish deganda — normal foydaga tenglashuvi tushuniladi). 
 Agarda resurslarni erkin oqib o’tishida to’siqlar paydo bo’lsa, bu monopol foydani hosil 
bo’lishiga olib keladi. 
 
Download 1,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish