Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot


va yig’imlar to’g’risida traktat»



Download 1,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/41
Sana07.12.2019
Hajmi1,81 Mb.
#28806
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi 3e87e-разблокирован


va yig’imlar to’g’risida traktat» (1662),  «Donishmandlarga so’z» (1665),  «Siyosiy 
arifmetika»  (1676),  «Pul haqida ba’zi bir narsalar» (1676) asarlari buning dalilidir. U. 
Pettining eng buyuk xizmati boylikning manbai er va mehnat ekanini e’tirof etishidir. 
«Boylikning onasi er, otasi mehnat» degan mashhur ibora U. Pettiga tegishlidir. 
 Iqtisodiy tafakkur tarixiga klassik siyosiy iqtisodning asoschisi bo’lib kirgan A. Smit 
buyuk iqtisodchilar ro’yxatining boshida turadi. Asosiy asari «Odamlar boyligining tabiati va 
sabablari to’g’risida tadqiqot» 1776 yili nashr etilgan. Uning ta’limotidagi asosiy g’oya 
liberalizm bo’lib, iqtisodiyotga davlat aralashuvini eng kam darajaga keltirish, talab va taklif 
asosida shakllanadigan erkin narxlar asosida bozor o’zini o’zi tartibga solishi, ya’ni «ko’zga 
ko’rinmas qo’l» tartibga solishi g’oyasini ilgari suradi. U qiymat yaratuvchi mehnatni unumli 
mehnat deb ko’klarga ko’tardi. Mehnat taqsimoti rolini hamda mehnat unumdorligini oshirish 
yo’llarini ko’rsatdi. Daromadlar to’g’risida ta’limot yaratib, soliqqa tortish printsiplarini ta’riflab 
berdi. 
 
Klassik siyosiy iqtisodning yana bir atoqli vakili D. Rikar- 
do A. Smit g’oyalarining davomchisi hisoblanadi. U o’zining «Siyosiy iqtisod ibtidosi va soliq 
olish»  nomli asarida qiymatning yagona manbai ishchining mehnati ekanligi, u turli sinflar 
daromadining asosi, foydasi esa ishchining haq to’lanmagan mehnati ekanligini ko’rsatdi. Ish 
haqi bilan foyda o’rtasida teskari proportsional bog’lanish qonuni amal qilishini asoslab, foyda 
normasining pasayish tendentsiyasi mavjudligini ko’rsatdi, differentsial renta mexanizmini ochib 
berdi. U foyda normasini kapitalistik rivojlanishning rag’batlantiruvchi kuchi deb hisobladi.  
  
 Uning ta’limoti utopik sotsializmga asos bo’lib xizmat qildi. 
 Qahon iqtisodiy ta’limoti tarixida shveytsariyalik iqtisodchi va tarixchi Qan Sharl 
Leonard Simon de Sismondi ham muhim o’rin tutadi. Uning bosh asari «Siyosiy iqtisodning 
yangicha boshlanishi» (1819) bo’lib, unda kapitalistik jamiyatning iqtisodiy mexanizmi tanqid 
qilinadi. U o’zining iqtisodiy ta’limotida asosiy diqqat-e’tiborni taqsimotga qaratadi. Uning 
fikricha, taqsimotga qarab iste’mol va ishlab chiqarish tarkib topadi. U insonlarning baxt-saodati 
uchun siyosiy iqtisod sotsial mexanizmni takomillashtirish to’g’risidagi fan bo’lishi kerak deb 
ko’rsatadi. 
 Kelajakda qanday jamiyat qurish kerakligi haqida har bir iqtisodchi o’z tushunchasiga 
muvofiq ravishda fikrlarini bildirgan. A. Sen-Simon, Sharl Fure, Robert Ouenlar tarixda sotsial-
utopistlar nomi bilan qolishdi. Ular kapitalizmni tanqid qilib, uni o’tkinchi tizim hisoblaganlar. 
Sotsial-utopistlar  (utopiya — xayoliy) xususiy mulkchilikni yo’q qilish, aqliy mehnat bilan 
jismoniy mehnat o’rtasida qarama-qarshiliklarni tugatish, ishlab chiqarish, taqsimot va iste’molni 
qayta tashkil etish, adolatli tuzum o’rnatish talabi bilan chiqishgan. Kelajakda quriladigan yangi 
jamiyatni Sen-Simon — industrial jamiyat, Fure — garmonik jamiyat, Ouen — kommunizm deb 
atashgan.  
 Klassik iqtisodiy maktabning mashhur namoyondalaridan biri Q. S. Mill hisoblanadi. 
Asosiy asari besh kitobdan iborat «Siyosiy iqtisod printsiplari» (1848 yil) bo’lib, unda shu 
paytga qadar ilgari surilgan juda ko’p kontseptsiyalarni o’rganib, umumlashtirdi va rivojlantirdi. 

  
Baho o’zgarishining talab miqdori ta’siri(talab elastikligi), bozor muvozanatini o’rnatish 
mexanizmi, bozor iqtisodiyotida davlatning roli va boshqa qator fikrlari uning ilmiy 
xizmatlaridan hisoblanadi.  
 XIX asr oxiri va XX asr boshlariga kelib, iqtisodiy ta’limotda yangi oqim vujudga keldi. 
Bu oqim marjinalizm nazariyasi sifatida shakllandi. Bu nazariyaning klassiklari — Karl Minger, 
Fridrix fon Vizer, Eygen fon Bem-Baverk hamda Uilyam Stenli Qevons hisoblanadi. 
 Marjinalizm  (marginal — frantsuzcha me’yoriy degan so’zdan olingan) iqtisodiy 
jarayonlarni, qonunlarni me’yoriy-iqtisodiy ko’rsatkichlar orqali tushuntirishga harakat qiladi. 
Marjinalizmda iqtisodiyot xo’jalik munosabatlarida qatnashayotgan alohida sub’ekt 
psixologiyasi nuqtai nazaridan tahlil etiladi. Ular fikricha, tovarning qiymati ishlab chiqarishda 
emas, balki ayirboshlash jarayonida yuzaga chiqadi. Tovarning bahosi xaridor sotib olgan narx 
bilan belgilanadi. Shunday qilib, tovar bahosi uni ishlab chiqarish uchun sarflangan mehnat bilan 
ham emas, ishlab chiqarishning umumiy xarajatlari bilan ham emas, balki xaridorning tovarni 
baholashdagi sub’aktiv psixologik xususiyatlari bilan belgilanadi. 
 Individual tarzda har bir xaridor uchun tovarning bahosi uni sotib olayotgan kishiga 
keltiradigan nafga bog’liq. Tovarning naf-liligi esa iste’molchida tovarning bor-yo’qligi, 
zaxirasiga bog’liq. 
 Inson doimo, birinchi navbatda, eng zarur narsani sotib oladi. Ikkinchi tomondan, har bir 
sotib olingan bir turdagi tovar avvalgisidan kam naf keltiradi. 
 
Me’yoriy naflilikning kamayib borish qonuni marjinalizmning asosiy printsipi 
hisoblanadi. Shunday qilib, narx xarajatlarga bog’liq bo’lmay, me’yoriy naflilikka qarab 
belgilanadi. 
 
Marjinalizmning iqtisodiy fikr rivojiga qo’shgan hissasi iste’molchilar ruhiyatini 
o’rganish, aniq iqtisodiy vaziyatda sub’ektning o’zini tutishi, erkin raqobat kurashi sharoitida 
firma faoliyatining samaradorligini oshirish bo’yicha matematikaga oid uslublardan foydalanish 
printsiplari bo’lib, hozirgi paytda ham nazariy tadqiqotlarda keng qo’llaniladi. 
 XIX asrning ikkinchi yarmida klassik maktab bilan marjinalizm maktabi o’rtasida kurash 
kuchaydi. Qator savollarga birida javob topilsa, ikkinchisida topilmay qoldi. Uchinchi, har 
ikkisini birlashtiruvchi nuqtai nazar zarur bo’lib qoldi. Bu vazifani iqtisodiy nazariyadagi 
navbatdagi, iqtisodiy ta’limot tarixiga neoklassik maktab bo’lib kirgan kontseptsiya bajardi. Bu 
yo’nalish asoschisi Alfred Marshall hisoblanadi. S. Millning shogirdi bo’lgan Marshall avval 
klassik maktab tarafdori bo’lgan, lekin marjinal tahlilning ijobiy tomonlariga befarq qarab 
turolmadi. 1890 yili uning «Iqtisodiyot printsiplari» (Principles of ecohomics) nomli kitobi 
nashrdan chiqdi. Unda Marshall «ekonomiks» atamasi bilan (politekonomiya) siyosiy iqtisodni 
nazarda tutgan. 
 Kembrij universitetida 1902 yildan boshlab Q. S. Millning klassik maktabida siyosiy 
iqtisod kursini «Ekonomiks»  egalladi. «Ekonomiks» atamasining ishlatilishi bejiz emas. XIX 
asrning ikkinchi yarmida yuz berib, deyarli yigirma yil davom etgan depressiya iqtisodiyotga 
davlatning aralashuvi uni tartibga solishga qodir emasligini ko’rsatdi. Erkin raqobatli bozorni 
ulug’lovchi A. Marshall bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning aralashuvini cheklash g’oyasini 
ilgari surdi. U yangi atama — «ekonomiks» da ifodasini topdi.  
 Hozirgi kunda iqtisodiy nazariya bo’yicha ko’plab darsliklar aynan ana shu nom bilan 
nashrdan chiqmoqda. 
 Marshall  fikricha,  iqtisodiyotdagi hodisalar bir-biri bilan sabab-oqibatli bog’lanishda 
emas, balki funktsional bog’lanishda bo’ladi. Narxning sabab-oqibatli bog’lanishda qanday qilib 
shakllanishi to’g’risidagi munozara hech narsa bermaydi. Muammo narx qanday belgilanishida 
emas, balki uning qanday o’zgarishida, bajaradigan funktsiyalarida. Shuning uchun iqtisodiy 
nazariyaning vazifasi boylik va uni oshirish sabablari, yo’llarini o’rganish bo’lmay, real amal 
qilayotgan bozor xo’jaligi mexanizmini o’rganish, uning amal qilish printsiplarini tushunishdan 
iborat bo’lishi kerak. 

 
 
 A. Marshall bozor mexanizmining buzilishi faqat davlat aralashuvi bilan emas, balki 
sotuvchining hukmron mavqega ega bo’lib, xaridorning aralashuvisiz narx belgilaganda, ya’ni 
monopoliyalar vujudga kelganda ham yuz berishini ko’rsatadi. 
 
XX asr boshlarida monopoliyalar sonining o’sish tendentsiyasi kuzatildi. Bu 
tendentsiyani hisobga olgan holda neoklassik nazariya doirasida narxning shakllanishini tadqiq 
qilib, iqtisodiy nazariyaning rivojlanishiga Q. Robinson va E. Chemberlinlar katta hissa 
qo’shdilar. Ayniqsa, Qoan Robinson o’zining nomukammal raqobat sharoitida foydani 
maksimallashtirish asosida narxning tashkil topishi haqidagi fikrlari bilan eng mashhur 
iqtisodchi ayolga aylandi. 
 XX asrning 30- yillarida yuz bergan inqiroz va Buyuk depressiya erkin raqobat 
jamiyatning barcha sotsial-iqtisodiy muammolarini hal qila olmasligini ko’rsatdi. 
 Iqtisodiyotni tanglikdan olib chiqish uchun yangi g’oya zarur edi. Ana shunday g’oya 
bilan iqtisodiy nazariyaga K. M. Keyns kirib keldi. U o’z nazariyasi tarafdorlari bilan 
keynschilik maktabiga asos soldi. U rivojlangan bozor iqtisodiyotini davlat tomonidan tartibga 
solib turish zarurligini asoslab berdi. Bunday tartiblash, eng avvalo yalpi talabga ta’sir etish 
orqali inflyatsiyaga, ish bilan bandlikka ta’sir ko’rsatish mumkinligini ko’rsatadi. 
 Davlat iqtisodiyotga ta’sir ko’rsatish orqali iqtisodiy inqirozlarni bartaraf qilishi mumkin. 
 
Ikkinchi jahon urushidan keyin Keyns yo’nalishi iqtisodiy nazariyada hukmron 
nazariyaga aylandi. Ko’pgina mamlakatlarda iqtisodiyotni tartibga solishda uning takliflaridan 
foydalanildi. Lekin davlatning aralashuvi iqtisodiyotda qator salbiy holatlarga — byudjet 
taqchilligiga, davlat qarzining ko’payishi, inflyatsiyaning kuchayishiga olib keldi. Xo’jalik 
hayoti byurokratlashib, iqtisodiy o’sish sur’ati pasaya bordi. 
 XX asrning 50—60- yillaridan boshlab neoklassik yo’nalishda qator yangi maktab va 
oqimlar vujudga keldi. 
 Bular  neoliberalizm, monetarizm, instituttsionalizm va boshqalar. 
 
Neoliberalizm oqimi va uning mashhur vakillari F. Xayek, 
 
I. Shumpeter, L. Erxard asosiy e’tiborni davlatning iqtisodiyotga aralashuvi minimal darajada 
bo’lishiga, xususiy tadbirkorlikni o’sishiga qaratish lozimligini uqtiradilar. 
 
Monetar oqim vakillari va yangi monetaristik maktabning asoschisi M. Fridman 
iqtisodiyotni boshqarishni pul muomalasini tartibga solish orqaligina amalga oshirish 
mumkinligini asoslab berdilar. 
 Zamonaviy iqtisodiy nazariyaning institutsional oqimi (lotincha institut so’zidan olingan 
bo’lib, tuzilish, muassasa ma’nosini bildiradi) tarafdorlari hamda ko’zga ko’ringan vakillariT. 
Veblen, Q. Gelbreyt va boshqalar fikriga ko’ra, iqtisodiyot — bu tizim. Xo’jalik yurituvchilar 
o’rtasida munosabatlar iqtisodiy va noiqtisodiy omillar ta’siri ostida vujudga keladi. Demak, 
jamiyat taraqqiyotiga erishishda faqat iqtisodiy omillargagina emas, balki noiqtisodiy, xususan 
ruhiy, ma’naviy, huquqiy va boshqa omillarga ham e’tibor berish lozim.   
 Iqtisodiy ta’limotning rivojlanishida respublikamiz iqtisodchi olimlari faoliyati ham 
o’ziga xos o’rin tutadi. Bu borada Prezidentimiz I. A. Karimovning «O’zbekiston iqtisodiy 
islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida», «O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, 
barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» kabi asarlarida yoritilgan masalalar jahon 
miqyosida e’tirof etilmoqda. 
 

  
2-§. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti 
 
 Iqtisodiy nazariya vujudga kelib hozirgi darajaga etgunga qadar fanning predmetiga 
turlicha ta’rif berilgan. 
 Iqtisodiy  nazariyaning  birinchi maktabi dastlabki kapital jamg’arilishi, tovar ishlab 
chiqarish va ayirboshlash rivojlanishi davrida vujudga kelgan merkantilistlar ilmiy-tadqiqot 
predmetini boylik, boylikning manbai — savdo sifatida qarashgan. 
 Klassik iqtisod vakillari fanning predmeti sifatida moddiy ishlab chiqarish, taqsimlash, 
ayirboshlash, iste’molni nazarda tutib, tadqiqot doirasini kengaytirishdi. Har bir maktab fanning 
predmetini turlicha talqin etadi. 
 Mashhur iqtisodchi P. Samuelson o’zining «Ekonomika» kitobida iqtisodiyot nazariyasi 
fanining predmeti to’g’risidagi fikr-larni o’rganib, ulardan ba’zilari quyidagilar deydi: 
 1. Iqtisodiyot nazariyasi ayirboshlash va pullik bitimlar bilan bog’liq iqtisodiy faoliyat 
turlari haqidagi fan. 
 2. Iqtisodiyot nazariyasi har xil tovarlar (bug’doy, mol go’shti, palto, kontsertlar, yo’llar, 
yaxtalar) ishlab chiqarish uchun kishilar tomonidan kamyob yoki cheklangan unumli resurslar 
(er, mehnat, ishlab chiqarishda ishlatishga mo’ljallangan tovarlar, masalan, mashinalar va 
texnikaviy bilimlar)dan foydalanish va ularni jamiyat a’zolari tomonidan iste’mol qilish 
maqsadida taqsimlash to’g’risidagi fan. 
 3. Iqtisodiyot nazariyasi kishilarning kundalik ishbilarmonlik faoliyati, yashashi uchun 
mablag’ topishi va undan foydalanishi to’g’risidagi fan. 
 4. Iqtisodiyot nazariyasi insoniyatning iste’mol va ishlab chiqarish borasida o’z vazifasini 
qanday uddalayotgani haqidagi fan. 
 5. Iqtisodiyot nazariyasi boylik to’g’risidagi fan. 
 Shu bilan birga bu ro’yxatni bir necha marta cho’zish mumkin deb ko’rsatadi P. 
Samuelson
3

 Respublikamizning yirik iqtisodchilaridan A. O’lmasov, M. Sharifxo’jaevlar iqtisodiyot 
nazariyasiga quyidagicha ta’rif berishadi: «Iqtisodiyot nazariyasi jamiyatda yuz beradigan 
iqtisodiy hodisalar, jarayonlar, ularga xos bo’lgan aloqa-bog’lanishlarni, ularning qonun-
qoidalarini va kishilar faoliyatida namoyon bo’lishini o’rganuvchi fandir»
4

 
Hozirgi zamon iqtisodiyot nazariyasi iqtisodiy hodisa, jarayonlarni resurslarning 
cheklanganligi inson va jamiyat ehtiyojlarining cheksizligidan kelib chiqqan holda tadqiq etadi. 
 «Ekonomiks» mualliflari Kempbell R. Makkonnell va Stenli L. Bryu ham buni ta’kidlab, 
juda ko’p iqtisodchilarning fikricha, iqtisodiy nazariyasi cheklangan resurslar doirasida kishilar 
tomonidan moddiy ne’matlar va xizmatlarni ishlab chiqarish, taqsimlash va iste’mol jarayonida 
o’zlarini qanday tutishlarini tadqiq qilishdan iborat deb ko’rsatadilar. 
 Ular iqtisodiy nazariyaga umumiy tarzda quyidagicha ta’rif berish mumkin deyishadi. 
Iqtisodiyot nazariyasi insonning moddiy ehtiyojlarini yuqori darajada qondirishga erishish 
maqsadida cheklangan ishlab chiqarish resurslaridan samarali foydalanish yoki ularni 
boshqarish muammolarini tadqiq etadi. 
 Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti haqida aniq tasavvurga ega bo’lish uchun uning 
tadqiqot doirasi, ob’ekti, sub’ekti, maqsadi va vazifalarini alohida ko’rsatib o’tish maqsadga 
muvofiq. 
 Iqtisodiyot nazariyasining tadqiqot doirasi - bu xo’jalik faoliyati yuritish muhitidir. Bu 
muhit mikro - firma, korxonalar, mezo - tarmoqlarmakro - mamlakat, mega - jahon miqyosi 
doirasida bo’lishi mumkin. 
 Bundan tashqari, shuni yoddan chiqarmaslik kerakki, kishilar iqtisodiy aloqalarni, ular 
o’rtasidagi bog’lanishlarni, iqtisodiy munosabatlarni o’z xohishlaricha tanlay olmaydilar, chunki 
bu ob’ektiv reallikdan kelib chiqadi. Agar jamiyatda monopoliyalar hukmronligi mavjud bo’lsa 
yoki totalitar, markazdan boshqariladigan iqtisodiyot bo’lsa, yoki bozor iqtisodiyoti bo’lsa 
                                                 
3
 Samuelson P. Ekonomika. M., MGP,Algon, VIIISI, t., 1,1992, str. 6-7. 
4
 . O’lmasov A., Sharifxo’jaev M. Iqtisodiyot nazariyasi, Toshkent, «Mehnat», 1995, 9-10 betlar. 

 
 
iqtisodiy munosabatlar ham shunga muvofiq bo’ladi. Har kim o’z xohishiga ko’ra, ulardan 
boshqacha munosabatlarni o’rnata olmaydi, chunki ob’ektiv reallik, iqtisodiy sharoit shunday. 
Ana shu ob’ektiv reallikni o’rganib, ularning oqibati haqida xulosa chiqarish mumkin.   
 Tadqiqot  sub’ekti  — bu inson, kishilar guruhi va davlatdir. 
 Tadqiqot ob’ekti esa iqtisodiy hodisalar, jarayonlar, ya’ni xo’jalik yuritish faoliyatidir. 
 Tadqiqot predmeti — «iqtisodiy odam»ning, kishilar guruhi va davlatning iqtisodiy 
faoliyati bo’lib, boshqa aniq iqtisodiy fanlardan farqli ravishda alohida u yoki bu soha, tarmoq 
faoliya-ti emas, balki barcha iqtisodiy faoliyatni bir butun holda tadqiq etadi. 
 Tadqiqot maqsadi iqtisodiy voqea, jarayonlarni o’rganish asosida ularning o’zaro qay 
darajada bog’liqligini, bir-birini taqozo qilishi, ya’ni bu jarayonlarning qonuniyatlarini ochish, 
ular asosida xulosa chiqarish, nazariy qoidalar hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdir. 
 Bu maqsadni amalga oshirish uchun qator vazifalar bajariladi. 
 Iqtisodiy nazariyaning asosiy vazifasi: 
 — iqtisodiy hodisa, jarayonlarni va ularga xos bog’lanishni o’rganish (ma’lumki, 
iqtisodiy hodisalar dinamik tarzda iqtisodiy jarayonlar deb ataladi); 
 — iqtisodiy sub’ektlarni asosiy resurslarning kamyobligi va ehtiyojlarning cheksizligi 
sharoitida iqtisodning quyidagi:  
 nima ishlab chiqarish kerak? 
 qancha ishlab chiqarish kerak? 
 qanday qilib ishlab chiqarish kerak? 
 kim uchun ishlab chiqarish kerak?  
 tizim o’zgarishlarga moslasha oladimi?  
kabi muammolarni echish uchun nazariy asos, faoliyat uchun amaliy xulosalar ishlab 
chiqish; 
 — iqtisodiy nazariyadagi alohida yo’nalishlar, oqimlarning ijobiy tomonlari, takliflarini 
sintez qilish; 
 — jahon tajribasi va milliy iqtisodiyotning ijobiy-salbiy tomonlarini o’rganish va ular 
asosida nazariy xulosalar chiqarish. 
 Umuman olganda, sanab o’tilgan va o’tilmagan yo’nalishlar, oqimlar har xil nom bilan 
atalishidan qat’i nazar, fanning mohiyatini o’zgartirmaydi. Iqtisodiyot nazariyasi fani yagona, 
uning tad-qiqot ob’ekti ham bitta — xo’jalik yuritish faoliyatidir. 
 Faqat predmet ta’rifiga ko’p marta aniqlik kiritilgan. Chunki xo’jalik yuritish shart-
sharoiti o’zgargan. Har bir maktab iqtisodiyot nazariyasi predmetining u yoki bu jihatiga alohida 
ahamiyat beradi, ajratib ko’rsatadi. Shuning uchun mashhur ingliz yozuvchisi Bernard Shou 
«hatto, hamma iqtisodchilarni bitta zanjirga bog’lagan taqdirda ham ular yagona fikrga 
kelishmaydi» deb, haq gapni aytgan deya e’tirof etishadi, iqtisodchilar. 
 Sotsial yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti uchun iqtisodiy nazariyada diqqat ko’proq 
tadqiqot ob’ektidan tadqiqot sub’ektiga qaratiladi. 
 Ko’pchilik iqtisodchilarning iqtisodiyot nazariyasini resurslarni tanlash va insonning 
iqtisodiy faoliyati muammolari to’g’risidagi universal fan sifatida qarashiga e’tibor beradigan 
bo’lsak, iqtisodiyot nazariyasi predmetini quyidagicha ta’riflash mumkin. 
 Iqtisodiyot nazariyasi ijtimoiy fan bo’lib, resurslarning cheklanganligi va 
ehtiyojlarni yuksalib borishi sharoitida samarali xo’jalik yuritish qonunlari va iqtisodiy 
faoliyat muammolarini o’rganadi. 
 Iqtisodiyot nazariyasi kishilar faoliyatini o’rganar ekan, tad-qiqot asosida xulosalar 
chiqariladi. Uning amaliy faoliyati shundaki, chiqarilgan xulosalar oldindan ko’rish imkoniyatini 
beradi. 
  K. M. Keyns «Iqtisodiy nazariya bevosita xo’jalik yuritish siyosatida qo’llaniladigan 
tayyor tavsiyalar yig’indisi emas. U ta’limotdan ham ko’ra ko’proq usul, intellektual instrument, 
fikrlash texnikasi bo’lib, uni egallagan kishiga to’g’ri xulosa chiqarishga yordam beradi», degan. 
 To’g’ri xulosa chiqarish — bu kelajakdagi faoliyat yo’nalishini to’g’ri belgilash degani. 
Iqtisodiyot nazariyasi iqtisodiy siyosatning asosini tashkil etadi. 

  
 Iqtisodiyot nazariyasi jamiyat rivojlanishi jarayonida iqtisodiy faoliyat natijasida kelib 
chiqqan muammolarni nazariy jihatdan izohlab javob topishga qaratilgan bo’lib, kelajakda 
qanday o’zgarishlar bo’lishi mumkinligini oldindan prognoz qiladi, yo’nalishlarini ko’rsatadi. 
 Iqtisodiy siyosat bu davlatning ishlab chiqarish, taqsimot, iste’mol sohasidagi aniq 
maqsadga qaratilgan chora-tadbirlar tizimi. Odatda, iqtisodiy siyosat umumiy bo’lib, u qator 
yo’nalishlar asosida olib boriladi. Masalan, pul-kredit siyosati, amortizatsiya siyosati, moliya 
siyosati, sotsial siyosat va hokazo. U jamiyatning barcha sotsial guruhlari manfaatini hisobga 
olib, milliy iqtisodiyotni mustahkamlashga qaratilgan bo’ladi. 
 
Qanday iqtisodiy siyosat yuritish eng avvalo, jamiyat qanday g’oya, mafkurani 
tanlaganiga bog’liq. «Chunki mafkura — jamiyatda yashaydigan odamlarning hayot mazmunini, 
ularning intilishlarini o’zida mujassamlashtiradi, ... toki hayot mavjud ekan, mamlakatlar, 
davlatlar va ularning manfaatlari bor ekan, ular o’z taraqqiyot yo’lini, ertangi kun ufqlarini 
o’zining milliy g’oyasi, milliy mafkurasi orqali belgilab olishga intiladi.»
5
 
 Iqtisodiy siyosat iqtisodiy muammolarning echimini topish va uni amalda qo’llash bilan 
shug’ullanadi. Bunda iqtisodiyot nazariya-si chiqargan xulosalarga tayaniladi (1- chizma). 
 Amalga oshirilayotgan iqtisodiy siyosat muvaffaqiyatli bo’lishi uchun hal qilinayotgan 
muammolarni har tomonlama (huquqiy, siyosiy, madaniy, sotsial va hokazo) hisobga olish 
kerak. 
 
Yuritilayotgan iqtisodiy siyosat jamiyatning rivojlanishiga, iqtisodiy tizimning 
o’zgarishiga, takomillashuviga olib kelishi mumkin. U o’z navbatida iqtisodiyot nazariyasini 
boyitadi, kelgusi rivojlanishida o’z aksini topadi. 
 Iqtisodiy siyosat olib borishiga qarab, davlat: 
 a) ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ob’ektiv, mantiqiy tarzda to’g’ri ifodalasa, iqtisodiy 
taraqqiyotni jadallashtirishi mumkin; 
 b) aksincha, qo’llayotgan chora-tadbirlari yarim-yorti bo’lib, nazariy jihatdan berilgan 
xulosalar, tavsiyalar izchillik bilan amalga oshirilmasa, iqtisodiy taraqqiyot sur’atlari 
sekinlashishi mumkin; 
 v) siyosat iqtisodiy taraqqiyotga ziddiyatli ta’sir ko’rsatishi, ya’ni uning bir yo’nalishdagi 
harakatini tezlashtirib, ikkinchisini sekinlashtirishi mumkin. 
 Bu erda yana shuni ta’kidlash kerakki, ayrim paytlarda nazariy jihatdan chiqarilgan 
xulosalar to’g’ri bo’lib, uni qo’llashdan ijobiy natijalar kutish, lekin amalda ana shu kutilgan 
natija bo’lmasligi mumkin. Sababi — uni amalda qo’llash jamiyatdagi turli tabaqalar manfaatiga 
borib taqaladiki, buning natijasida iqtisodiy sub’ekt o’zini qanday tutishini avvaldan aniqlash 
qiyin. 
 Nazariya iqtisodiyotni sof holda emas, balki sotsial-siyosiy, ruhiy-axloqiy, milliy-
demografik omillar ta’sirini ham inobatga olib o’rganadi. Iqtisodiyot ijtimoiy hayotning bir 
qismi, shuning uchun ijtimoiy hayotning iqtisodiyotdan boshqa jabhalari albatta unga ta’sir 
qilmay qolmaydi. Iqtisodiy jihat (aspekt) 
ni yagona hal qiluvchi deb qarash noto’g’ri. Iqtisodiyot birlamchi bo’la turib, o’z navbatida 
boshqa turdagi munosabatlar ta’sirida bo’ladi. 
 Ayniqsa, siyosiy vaziyat, o’zgarishlar iqtisodiyotga katta ta’sir etadi. Masalan, eng oddiy 
misol, siyosiy vaziyat o’zgarishi bilan fond birjalarida qimmatbaho qog’ozlar kursi, tovar 
birjalarida tovarlar narxi o’zgaradi: oshadi yoki pasayadi. Buning natijasida kapital oqimi 
o’zgaradi va ishlab chiqarishga ta’sir qiladi. 
 
 
 
 
 
 
                                                 
5
 Karimov I.A. Milliy istiqlol mafkurasi – xalq e’tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir. T., «O’zbekiston», 2000, 6- 
bet 

 
 
 
1-chizma 
Download 1,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish