Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot


-§. Raqobat muhiti va uni vujudga keltirishda



Download 1,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/41
Sana07.12.2019
Hajmi1,81 Mb.
#28806
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi 3e87e-разблокирован


6-§. Raqobat muhiti va uni vujudga keltirishda 
davlatning roli 
 
 Bozor iqtisodiyotida raqobat kurashi bo’lishi uchun zarur muhit yaratiladi. Bu muhit, eng 
avvalo mulkchilikning va xo’jalik yuritishning turli-tuman shaklining mavjudligi va ularning 
o’zaro teng mavqega asoslanishida ifodalanadi. Qolaversa, faoliyat erkinligi, har bir kishini 
tanlash imkoniyatiga ega bo’lishi ham raqobat uchun keng yo’l ochadi. 
 O’arb mamlakatlarida bu muhit uzoq yillar davomida shakllangan. 
 Mukammal raqobatning so’zsiz afzalligi bilan bir qatorda kamchiligi ham borki, u ham 
bo’lsa bozorning rivojlanish jarayonida xo’jalik hayotining u yoki bu sohasida, 
monopoliyalarning vujudga kelishining osonligi. Mukammal raqobat tezda nomukammal 
raqobatga aylanib ketishi mumkin. Bu esa iqtisodiy plyuralizm, iqtisodiy demokratiyani barham 
topishiga olib keladi. Iqtisodiy demokratiya esa siyosiy demokratiyaning asosidir. Shuning 
uchun XIX asrning oxirida sanoati rivojlangan o’arb mamlakatlari, eng avvalo AQSh da 
monopoliyalarni vujudga kelishiga to’sqinlik qilish zarurligini tushunib etishdi. Iqtisodiyotda 
monopollashuv tendentsiyasini paydo bo’lishi bilan erkin raqobat cheklanadi. Sog’lom raqobat 
muhitini yaratishda davlat qatnashishi zaruratga aylanadi. Bu davlatning antimonopol siyosati 
orqali amalga oshiriladi. Bu siyosat eng avvalo, qabul qilingan antimonopol qonunlarda 
ifodalanadi. Dunyoda antimonopol qonunchilik nisbatan mukammal tarz-da AQShda olib 
borilishi e’tirof etilgan. Bu sohada AQShda katta tajriba to’plangan. AQSh ning antimonopol 
qonunchiligi bu borada qabul qilingan uchta asosiy qonunga tayanadi: 
 1. Sherman qonuni (1890). Qonunning asosiy ma’nosi ikki punktda ifodalangan, unda 
ishlab chiqarish va savdoni cheklash maqsadida tuzilgan bitimlar noqonuniy deb e’lon qilinadi. 
Monopollashtirishga erishgan shaxs jinoyat qilgan hisoblanadi. 
 2. Kleyton qonuni (1914). Narxlar bilan xarajatlar o’rtasida katta farq bo’lib, 
iste’molchilarni narx orqali diskriminatsiya qilish, majburiy shartnomalar tuzish, raqobatchi 
korporatsiyaning zaiflashuviga olib keladigan aktsiyalarni sotib olishni taqiqlaydi. Undan 
tashqari direktoratlarni chirmashib ketishi, bir firmani rahbari boshqa firmaga a’zo bo’lishini 
taqiqlaydi. 
 3. Seller-Kefover qonuni (1950). Bu qonunda Kleyton qonuniga o’zgartirishlar kiritildi. 
Bunda raqobatchi korporatsiyaning zaiflashuviga olib keluvchi aktsiyalargina emas, ishlab 
chiqarish fondlari (asbob-uskuna, boshqa moddiy narsalar)ni sotib olish ham taqiqlandi. 
 Antitrest qonunchiligini nazorat qilish uchun 1914 yilda Federal savdo komissiyasi 
haqida qonun qabul qilinib, maxsus komissiya tuzilib, uning zimmasiga g’irrom, nopok 
raqobatchilarni aniqlash va ularni tanobini tortib qo’yish yuklatildi. 
 
Keyinchalik (1938 yil), Ukler-Li qonuniga muvofiq iste’molchilarni aldaydigan, 
chalg’itadigan reklama, noto’g’ri axborotlarni ham nazorat qilish topshirildi. 
 Antimonopol qonunni hayotga tadbiq etishda davlat idoralarining oldida turgan eng 
murakkab vazifa monopoliya o’rnatilishi faktini isbot qilish. Masalan, qanday narxlarni yuqori 
yoki atayin pasaytirilgan deb aytish mumkin? Ishlab chiqarishni qancha ulushi monopoliyani 
bildiradi. Mahsulotni ishlab chiqarishni chegaralashning qanday darajasi sun’iy ravishda 
taqchillik yaratish deb qaraladi. 
 Bular hammasi har qanday holatlarda ham bir xilda javob beradigan oddiy savollar emas. 
Agar yirik korporatsiya tovar (xizmat) narxini pasaytirishga, xarajatlarni pasaytirish, yuqori 
darajadagi texnologiyani qo’llash, xo’jalik yuritish samaradorligini ko’tarishi evaziga erishgan 
bo’lsa-chi? 
 Shuni esda tutish kerakki, davlat siyosatiga iste’molchilar emas, ishlab chiqaruvchilar 
ko’proq samarali bosim ko’rsatishadi. 
 Davlat xizmatchilari antimonopol qonunni amalga oshirar ekanlar, ikki printsip: 
 a) qonunga qattiq rioya qilish; 
 b) oqilona ish yuritish printsipiga asoslanadi. 

 
 
 Monopollashtirish faktini aniqlash maqsadida matematik uslublardan foydalanib, E. 
Chemberlin, J. Robinson, V. Pareto va boshqa iqtisodchilarning nazariy kontseptsiyalaridan 
kelib chiqib, monopolistik cheklashlarni oldi olinadi. Masalan, Adliya vazirligi tomonidan 
belgilangan qarorlarni ijro etuvchi idoralar faqat jazolash emas, profilaktika ishlarini ham olib 
boradi. Antitrest qonuni kompaniyalarni qo’shilishi, bir-birini yutishi, kattalari kichiklarini 
domiga tortishi bo’yicha tuziladigan bitimlarni qaysi birlarini monopoliyaga kiritishni 
ko’rsatuvchi qo’llanma nashr qilinadi. Monopoliya mezonlari bo’yicha mahsulotning 33% i bir 
korxona uchun, 50% i ikkita korxona, 66,6% i beshtagacha korxona tashkil qilish uchun 
mo’ljallangan. Antitrest qonunlari yirik korporatsiyalarga qarshi qaratilgan emas, chunki uning 
kattaligi hali monopoliya degani emas. Antimonopol tartibga solish samarali raqobatni 
amaliyotda qo’llab-quvvatlashni ko’zda tutadi. 
 Tartibga solish 4 yo’nalishda olib boriladi: 
 1.Bozorni monopollashtirish cheklanadi. Bunda monopollashtirish ishlab chiqarishni 
yiriklashtirish emas, savdoni jiddiy cheklash nuqtai nazaridan qaraladi. Bozorda 60 va undan 
ortiq ulushga ega bo’lsa, monopollashgan deb hisoblanadi. Shtatlar o’rtasida chet el bilan 
qilinadigan savdoni cheklash noqonuniy hisoblanadi. 
 2.Raqobatchi kompaniyalarning qo’shilishi, birlashuvi taqiqlanadi. Kleyton qonunida 
shunday birlashuv monopollashtirishni kuchaytirish deb qaraladi. Shu asosda bir qancha 
monopolistik birlashmalar bekor qilingan. Lekin Kleyton qonuni bilan iqtisoddagi markazlashuv 
jarayoni to’xtatilgani yo’q. AQSh da har yili 2 minggacha firmalar birlashuvi yuz beradi. 
Ularning kam qismini davlat nazorat qiladi. 
 3.Monopol narxlarni belgilash taqiqlanadi. Buni 1914 yilda tashkil etilgan Federal savdo 
komissiyasi nazorat qiladi. 
 4.Raqobatni  tsivilizatsiyalashgan holda olib borilishini qo’llab-quvvatlash. Bunday 
huquqiy tadbirlarni qo’llash zarurligi g’irrom raqobat usullaridan foydalanishni kuchaytirishdan 
kelib chiqdi. Bunga raqiblarning mahsulotlariga o’xshatib qalbaki mahsulotlar tayyorlash, obro’li 
tovar va firma belgilarining nusxasini tayyorlab iste’molchilarni aldash, raqiblarni sirlarini 
xoinlik bilan qo’lga kiritish va boshqa shunga o’xshashlar kiradi. 
 Ayrim raqiblar esa jinoiy ishlardan ham qaytmaydilar. Bunga o’t qo’yish, terrorchilik 
qilish, raqibni jismonan yo’q qilish va boshqalarni ko’rsatish mumkin. 
 AQSh antimonopol qonunida raqibni engish uchun raqobatda g’irromlik qilish, aldash 
yo’llari bilan ish olib borish qonunga xilof ekanligi ko’rsatilgan. Bunda raqibni engish uchun 
narxlarni pasaytirish (demping narxlarni qo’llash), oziq-ovqat tovarlariga, dori, xushro’ylik, 
tibbiyot uskunalariga qalbaki reklamani noqonuniy deb ko’rsatilgan. 
 
o’arbda antimonopol qonunchilik ikki maqsadni ko’zlaydi. 
 
Birinchidan, bozorni monopollashuvini cheklash, ikkinchidan, raqobatni himoya qilib, madaniy 
— tsivilizatsiyalashgan qonun-qoidalar asosida ish olib borishni yo’lga qo’yish. Bu XX asrda, 
ayniqsa uning ikkinchi yarmida bozor tubdan o’zgargan sharoitda, undagi asosiy raqiblar mayda 
tovar ishlab chiqaruvchilar emas, balki yirik monopoliyalar bozorni egallagan sharoitda, ayniqsa 
zarur bo’lib qoldi. 
 Bozordagi vaziyat tez o’zgarib turadi. Uni hisobga olish qiyin, shu boisdan antimonopol 
qonunlar o’zining noaniqligi bilan ajralib turadi. Raqobatni cheklash borasida aniq ahvol 
shundayki, bu qonunlarni keng talqin qilishga to’g’ri keladi. Bu, ayniqsa, antitrest, antikartel 
qonunlariga taalluqlidir. Bu erda qonun va davlat qarorlarining talabi ularni taqiqlab qo’yishdan 
boshlab, to ma’lum muddatga (bir yilgacha) ularga ruxsat berishgacha bo’lgan talabni o’z ichiga 
oladi. Antimonopol qonunlarning roli ularning o’zlarida emas, balki ularni amalga oshirishga 
qodir bo’lgan maxsus ma’muriyatning ishchanligidadir, chunki u korxonalar tarkibi va 
aktsiyalarni taqsimlash masalalariga aralashadi va ba’zi hollarda bajarilishi majburiy bo’lmagan 
tavsiyalar beradi. 
 Evropa Ittifoqi to’plagan tajriba ham katta ahamiyatga ega. 1957 yil Evropa Iqtisodiy 
Uyushmasi tashkil topdi. Rim shartnomasida uyushmaning barcha hududida to’g’ridan-to’g’ri 
yoki egri (boshqacha) yo’llar bilan monopol narxlar o’rnatish, ishlab chiqarish, sotish, 

 
 
texnologik rivojlanishni cheklash, sheriklarni kamsitish yoki qo’shimcha shartlar qo’yish 
noqonuniyligi belgilangan. 
 Erkin raqobat qonunlari nazoratini Evropa uyushmasi komissiyasi olib boradi. Bu ijro 
etuvchi idora jarima solish, bitimni qonuniy bekor qilish huquqiga ega. Xar yili komissiya 25—
30 hodisani aniqlaydi. 
 Evropa  hamkorligi  hujjatlarida kichik va o’rta korxonalarni — sog’lom 
raqobatlashuvchilar, yangilikka intiluvchilar sifatida ularga g’amxo’rlik qilish ta’kidlangan. 
 Yaponiyada ikkinchi jahon urushidan keyin antimonopol qonunlarni amal qilishini 
nazorat qiluvchi adolatli bitimlar qo’mitasi tuzilgan bo’lib, u keng vakolatga va mustaqillikka 
ega. Bu qo’-mita tomonidan qayd qilingan va sud tomonidan tasdiqlangan qonunbuzarchilik 
qattiq jazolanadi, bundan qonunbuzar korporatsiyalar katta ziyon ko’rishi mumkin. 
 Davlatning antimonopol siyosati har bir mamlakatda o’ziga xos xususiyatga ega, lekin 
umumiy tarzda milliy iqtisodiyotda raqobat kurashi allaqachon shakllanib bo’lgan 
mamlakatlarda raqobat muhitini saqlash raqobatni takomillashtirishga qaratilgan bo’lsa, 
bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan mamlakatlarda raqobatni yangidan shakl-lantirishdan 
iborat. 
 Antimonopol qonunlar qabul qilish va hayotga tatbiq qilish bozor munosabatlariga 
o’tayotgan har bir mamlakat uchun hayotiy zaruratdir, chunki erkin raqobatga yo’l bermay turib, 
bozorni shakl-lantirib bo’lmaydi. 
 Respublikamizda raqobat muhitini yaratish davlatning faoliya-tisiz o’z-o’zidan amalga 
oshmasligini anglagan holda zarur chora-tadbirlar ishlab chiqilib, ular amaliyotga joriy 
etilmoqda. 
 Bu, eng avvalo, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish, turli mulk shakllarini vujudga 
keltirishni jadallashtirishda o’z ifodasini topadi. 
 Ikkinchidan, raqobatni o’zi taqozo etadigan iqtisodiy vaziyat narxlarni erkinlashtirishni 
amalga oshirishda ifodalanadi. 
 Uchinchidan, bozor iqtisodiyotiga o’tish, albatta tsivilizatsiyalashgan raqobatni vujudga 
keltirishni talab qiladi. U davlatning iqtisodiy monopolizmni cheklash, umuman olganda 
antimonopol yo’l tutishini zarur qilib qo’yadi. Shuni nazarda tutib, O’zbekistonda monopoliyaga 
qarshi me’yoriy-huquqiy asos yaratildi. 1992 yili O’zbekiston Respublikasining «Monopolistik 
faoliyatni cheklash to’g’risida» qonuni qabul qilindi. Qonunga qo’shimcha ravishda uni amalga 
oshirishni ta’minlaydigan bir qator me’yoriy-uslubiy hujjatlar ham qabul qilindi. Monopoliyaga 
qarshi siyosat o’tkazish Moliya vazirligiga yuklandi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 
1996 yil 15 maydagi farmoni bilan Moliya vazirligi huzurida Monopoliyadan chiqarish va 
raqobatni rivojlantirish qo’mitasi tashkil etildi. Shu qo’mita negizida Prezident farmoni bilan 2 
avgust 2000 yilda O’zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish 
davlat qo’mitasi tashkil etildi. 
 
O’zbekiston monopolistik birlashma (korxona)larni Davlat reestriga kiritish uchun 
mezonlar belgilashda jahon tajribasi hamda o’tish davrining o’ziga xos tomonlari hisobga olindi. 
 Sababi  respublika  iqtisodiyotida monopol tarmoqlar soni hali ko’p. Agar korxonalar 
ishlab chiqargan mahsulotni hissasi umumrespublika yoki mahalliy viloyat miqyosida, tovar 
bozorida, ma’lum bir turdagi tovarlar guruhida, o’zaro o’rinbosar tovarlar yoki bir texnologik 
maqsadlardagi mahsulotlar orasida 35%dan ortiq bo’lsa, bu korxona monopolistik birlashma 
(korxona)lar Davlat ro’yxatiga kiritiladi. Oziq-ovqat tovarlari guruhi uchun bunday mezon 
darajasi 20% belgilangan. 
 
Qabul qilingan qonunga ko’ra bozorda ataylab taqchillik hosil qilish, narxlarni 
monopollashtirish, raqobatga to’sqinlik qilish, raqobatning g’irrom usullarini qo’llash man 
qilingan. Qonunni buzganlar javobgarlikka tortiladilar. 
 Shunday qilib, hozirgi vaqtda respublikamizda monopoliyaga qarshi tartibga solishning 
qonuniy asoslari, me’yoriy hujjatlari yaratildi va davlatning monopoliyaga qarshi organlari tizimi 
tashkil etildi. Bu mamlakatimizda raqobat muhitini saqlashga xiz-mat qiladi. 

 
 
 Madaniylashgan raqobat kurashiga asoslangan bozorni vujudga keltirish uchun ham 
nazariy, ham amaliy jihatdan qator muammolarni hal etish kerak: 
 a) inflyatsiyani jilovlash; 
 b) bozorni demonopollashuvini amalga oshirish; 
 v) bozor munosabatlari sub’ektlarini kritik massasini, ya’ni miqdorini yaratish
 g) bozorni barcha turlarini rivojlantirish; 
 d) bozor tipini to’g’ri tanlash. Ana shu muammolarni ijobiy hal etish mamlakatimiz 
kelajagini ko’p jihatdan belgilab beradi. 
 
«Iqtisodiyotni erkinlashtirish haqiqiy raqobat muhitini shakllantirish bilan uzviy 
bog’liqdir. Raqobat bo’lmasa bozor iqtisodiyotini barpo etib bo’lmaydi. Raqobat bozorning 
asosiy sharti, aytish mumkinki, uning qonunidir»1. 
 
Shuning uchun ham respublikada sog’lom raqobat muhitini yaratish, g’irrom 
raqobatchilarni bozorda, birinchi navbatda iste’mol tovarlari bozorida yakka hukmron bo’lib 
olishga qaratilgan har qanday xatti-harakatlarga chek qo’yishga alohida e’tibor berilmoqda. 
 
Taniqli iqtisodchi Nobel mukofoti nomzodi Vasiliy Leontev studentlarga bozor 
iqtisodiyoti mexanizmini tushuntirar ekan uni ochiq dengizda suzib yurgan yaxta misolida 
ko’rsatadi. 
 Yaxta suzib ketishi uchun parusni to’ldirib, yaxtani harakatga keltiradigan shamol kerak, 
lekin uni harakatini korrektirovka qilish, boshqarish uchun rul kerak. Iqtisodiyotga qiyoslasak 
shamol — bu ishlab chiqaruvchining moddiy manfaatdorligi. Aynan ana shu manfaatdorlik 
raqobatga olib keladiki, u o’z navbatida butun iqtisodiyotni harakatga keltiradi. Rul esa davlat. 
Davlat raqobat muhitini yaratish uchun zarur huquqiy baza yaratib, uni amalga oshirishni nazorat 
qiladi. 
 
Xulosa 
 
 *Bozor 
iqtisodiyotining muhim afzalligi uning raqobatga asoslanganligidir. 
Raqobatiqtisodiyot sub’ektlarining manfaatlari to’qnashuvi tufayli yuz bradigan kurashdir. U 
raqobat qonuniga ko’ra muqarrar bo’ladi.  
 *Raqobat kurashi turli usullarda olib boriladi. Raqobat kurashi qonunini amal qilishi 
tufayli resurslardan optimal foydalanish ta’minlanadi. Raqobat ishtirokchilarining maqsadlari 
ham.  
 
* Bozor munosabatlarida ishtirokchilarning cheklanish-cheklanmasligiga ko’ra 
mukammal va nomukammal raqobat kurashi yuz beradi. Erkin bozorda raqobat hech qanday 
to’siqlarsiz amal qiladi. Unda bozor munosabatlari ishtirokchilari cheklanmagan.  
 * Nomukammal raqobat kurashi cheklangan bozorga xos. Bunday raqobat monopolistik 
raqobatga asoslangan bozor, oligopolistik, sof monopolistik bozor va monopsoniyaga xos. 
 * Monopoliyalarni kelib chiqish sabablariga ko’ra: tabiiy monopoliya, legal monopoliya, 
sun’iy monopoliya, tasodifiy monopoliyaga bo’lish mumkin.  
 * Monopoliyalar o’z mavqeidan kelib chiqib, raqobatni cheklash orqali narxga ta’sir 
ko’rsatishi va o’z manfaatlari yo’lida boshqa harakatlar qilishi salbiy oqibatlarga olib keladi. 
Shuning uchun ham davlat raqobatni cheklashga urinishlarni oldini olish uchun iqtisodiy erkinlik 
muhitini yaratishga faol amalga oshirishi zarur. 
 
ASOSIY TAYaNCh TUShUNChALAR 
1. 
Raqobat. 
 
   2. 
Monopoliya. 
 
3. Nomukammal raqobat.  
 
4. Oligopoliya.  
5. Mukammal rakobat.  
 
6. Sof monopoliya.  
7. Monopoliyaning maqsadi.   
8. Jamiyatning sof yo’qotishlari.  
9. Sun’iy monopoliya.  
 
10. Monopsoniya. 
 

 
 
a) tarmoqda yagona, o’rnini bosadigan, almashtirib bo’lmaydigan mahsulot sotuvi (ishlab 
chiqarish); 
b) (yunoncha ozchilik, sotaman) – ishlab chiqarish va bozorda uncha ko’p bo’lmagan, 
sanoqli firmalar hukmronligidir; 
v) iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining o’z manfaatlaridan kelib chiqib yuqori daromad 
olish imkoniga, nufuzli mavqega ega bo’lish uchun boshqalar bilan bellashuvi, kurashi; 
g) bir yoki bir necha sotuvchi bozorda narx ustidan nazorat o’rnatish imkoniga ega 
bo’lgan bozordagi raqobat;  
d) erkin raqobatga asoslangan, cheklanmagan miqdorda bozorga (tarmoqqa) kirish, erkin 
mustaqil ishlab chiqaruvchilar bozorda narx ustidan nazorat o’rnatish imkoni yo’q bozordagi 
ideal raqobat; 
e) narx ustidan nazorat o’rnatish yoki ishlab chiqarish hajmini o’zgartirish orqali 
maksimal darajada daromad, monopol foyda olish;  
yo) monopolistik manfaatni ko’zlab korxonalarning birlashuvi; 
j) tarmoqda mahsulot ishlab chiqarish va bozorda yagona firma hukmronlik qilishi; 
z) (monopoliyalarning sotsial bahosi) – monopoliyalar tomonidan mahsulot ishlab 
chikarish hajmini samarali darajadan kamaytirish natijasida iste’molchi va sotuvchilar uchun 
ma’lum miqdorda mahsulotni yo’qotilishi, ishlab chiqarishni kamayishi; 
i) yagona iste’molchiga asoslangan bozor. 
 
Takrorlash va munozara uchun savollar 
 
 1. Raqobat nima? Uning qanday shakllarini bilasiz? 
 2. Raqobat iqtisodiyotda qanday ahamiyatga ega? 
 3. Oligopoliya va sof monopoliya bir-biridan qanday farqlanadi? 
 4. Monopoliyaning kelib chiqish sabablarini ko’rsating. 
 5. Raqobat qanday usullar bilan olib boriladi? 
 6. Raqobat cheklanishidan iste’molchi uchun, ishlab chiqaruvchi va jamiyat uchun 
yo’qotishlarni ko’rsating. 
 
7. Respublikamizda raqobat muhitini yaratish uchun qanday chora-tadbirlar 
qo’llanilmoqda?  
 8. Raqobatda reklama qanday o’rin tutadi? Televidenie va boshqa axborot vositalari 
orqali reklama qilinishini ijobiy va salbiy tomonlarini izohlay olasizmi? 
 
 
 
Masala va mashqlar. 
 
1. Mukammal raqobatga asoslangan tarmoqda 20ta firma faoliyat yuritadi. Mahsulotning 
bozor bahosi 40 ga teng. Agar uzok muddatli davrda tarmoqning minimal o’rtacha xarajatlari 30, 
umumiy xarajatlar esa 60 bo’lsa. Tarmoqni raqobatli muvozanatga yaqinlashuvi ro’y berayapti.. 
U holda baho va taklif qanday o’zgaradi. 
2. Mukammal raqobatli firma yiliga 20 ming dona telefon ishlab chiqaradi. Ishlab 
chiqarishning o’rtacha xarajatlari 21500 so’m. O’zgaruvchi xarajatlar 17500 so’m, bozor bahosi 
25000 so’m bo’lsa, firma qancha foyda ko’radi. 
3. Mamlakatimizda turli shakldagi xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan o’z ustunlik 
mavqeidan foydalanib, har xil qonun buzilishi holatlariga yo’l qo’ymaslik maqsadida monopolist 
korxonalar Davlat reestriga kiritiladi. 
O’zbekistonda 1996 yil monopolist korxonalar soni 827ta bo’lib, mahsulotlar soni 4351ta 
bo’lgan bo’lsa, 2003 yilga kelib, Davlat reestriga kiritilgan korxonalar soni 386taga tushdi. 
Mahsulot (tovar va xizmatlar) esa 247ta. Monopol mahsulotlarning asosiy qismi xizmat 
ko’rsatish 43%, qurilish materiallari ishlab chiqarish 19%ni tashkil etadi. 

 
 
2003 yilga nisbatan monopolist korxona va mahsulotlar 1996 yilga nisbatan qancha 
kamayganini, xizmat ko’rsatish va qurilish bo’yicha monopol mahsulotlar turini hisoblang. U 
nimadan dalolat beradi? Nima sababdan monopol mahsulotlar xizmat ko’rsatish va qurilish 
mollari bo’yicha ko’p deb uylaysiz? 
4. Jadvaldagi raqamlarga diqqat qiling. Ular asosida qanday xulosa chiqarish mumkin? 
Fikringizni izohlang. 
 
Respublikada YaIMda monopoliyalar ulushi %da. 
 
 
1998 1999 2000 2001 
Yalpi ichki mahsulotda monopol mahsulotlar 
hissasi 
25,7 22,9 21,7 20,5 
Sanoat 
mahsulotlari 
ulushi 
14,9 14,3 13,8 14,3 
 
5. Respublikamizda 2004 yil monopol korxona va mahsulotlar soni quyidagicha bo’lgan 
deylik: 
 
 Korxona 
soni 
Mahsulot 
soni 
1. Non va bulka mahsulotlari 
21 
43 
2. Ko’mir 


3. Oziq-ovqat mahsulotlari 
92 
35 
4. Gaz 


5. Engil sanoat 
43 
87 
6. Mahalliy sanoat 
12 
17 
7. Neft-kimyo sanoati 
27 
50 
8. Mashinasozlik 
30 
60 
9. Qurilish materiallari 
71 
193 
10. Xizmatlar 
338 
659 
11. Boshqa tarmoqlar 
108 
238 
Jami 753 
1532 
 
Sizning fikringizcha qaysi sohalarni tabiiy monopoliyaga kiritsak to’g’ri bo’ladi? Unga 
ko’ra, korxonalar va mahsulotlar bo’yicha tabiiy va sun’iy monopoliyalar hissasini aniklang. 
Tabiiy monopoliyalar sun’iy monopoliyalardan qanday farqlanadi, izohlang. Javobingizni 
asoslab bering. 
 
6. Quyidagi jadvalda mukammal raqobat sharoitida firmaning faoliyati haqida 
ma’lumotlar berilgan. 
 
P Q TR 
TC 
TVC 
TFC 
ATC 
AVC 
MC 
 100 
 
 
250ming 
150ming 
 
 3ming 
 
Bozorda mahsulot birligiga baho 5ming so’m miqdorida o’rnatiladi. 
1) jadvaldagi etishmovchi ma’lumotlarni topib, jadvalni to’ldiring; 
2) firma foydani maksimallashtirish uchun harakat qiladimi yoki zararni minimallashtirish 
uchun, aniklang; 
3) firma foydani ko’paytirish, zararni kamaytirish uchun nima qilishi kerak, tushuntiring; 
a) mahsulot ishlab chiqarishni kamaytirish; 
b) mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirish; 
v) korxonani yopish; 
g) hech narsani o’zgartirish kerakmas. 
4). Aytaylik, firmani yopilish vaziyati vujudga keldi. Bu qanday baho darajasida yuz 
beradi? 

 
 
 
7. Quyidagilarni diqqat bilan o’qing: 
a) AQShda meditsina va yurispundentsiya bo’yicha xususiy ish ochish uchun 
hukumat organlaridan litsenziya olish zarur; 
b) O’zbekistonda tabiiy resurslar davlat mulki hisoblanadi. Undan tashqari ulardan juda 
ko’plarini qayta tiklab bo’lmaydi; 
v) mualliflik huquqi bo’yicha qonunchilik rivojlangan mamlakatlarda firma odatda o’z 
mahsulotini patent yordamida himoya kiladi, shuningdek undan nusxa ko’chirishni ham faqat 
o’zi amalga oshiradi yoki uning ruxsati bilan amalga oshiriladi. 
Ko’rsatilgan misollarni tahlil qiling va quyidagi savollarga javob bering: 
1) tarmoqqa kirishga qo’yiladigan to’siqlar deganda nima tushuniladi? 
2) to’siqlar, bar’erlar muammosi nimada? 
3) barerlarni qanday tasniflash mumkin? 
8. Siz katta merosga ega bo’ldingiz va o’z ishingizni ochishchga qaror qildingiz. Siz 
velosiped ishlab chiqaruvchi zavod qo’rmoqchisiz. Tarmoqqa kirish uchun qanday to’siqlarni 
engib o’tishingizga to’g’ri keladi: 
a) ishlab chiqarish quvvati yoki masshtab effekti; 
b) moliyaviy to’siqlar; 
v) litsenziya; 
g) hukumat ijro organlari yoki qonun chiqaruvchi aloqalar; 
d) pora berish zaruriyati; 
e) reklama kampaniyasi; 
j) faoliyat yuritayotgan boshqa firmalar tomonidan g’irrom raqobat olib borish 
Ko’rsatilgan to’siqlar O’zbekiston uchun ham rivojlangan mamlakatlar: GFR, AQSh, 
Frantsiya uchun ham umumiymi? 
 
Download 1,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish