aylanish vaqtini bilish muhim ahamiyatga ega. Chunki, shunga qarab, qaysi vaqtni qisqartirish
mumkin, uni qanday amalga oshirsa bo’ladi, yo’llari va usullari axtariladi, maqbullari tanlab olib
amalga oshiriladi.
Oborot mablag’laridan qanday foydalanilayotganini yil davomida aylanish
soni bilan
o’lchanadi. Bu ko’rsatkich yil davomida realizatsiya qilingan tovar hajmini o’rtacha yillik oborot
mablag’lari qoldig’iga nisbati topiladi. Aytaylik, realizatsiya hajmi 120 mln so’m, o’rtacha
oborot mablag’lari qoldig’i 40 mln so’mlik bo’lsin, bu 120:40=3. Demak, yil davomida to’la uch
marta aylanishini bildiradi. Bundan tashqari, aylanma mablag’larining aylanish muddatidan
foydalanish mumkin. U yil davomida kunlarni aylanish soniga bo’lish bilan topiladi. Misolimiz
bo’yicha 355:3=118 kun atrofida bo’ladi. Aylanma kapitaldan foydalanish darajasiga material
sig’imi, energiya sig’imi, mehnat sig’imi kabi ko’rsatkichlar orqali ham baho berish mumkin.
Shunday qilib, tadbirkorning resurslarga sarflagan kapitali
ishlab chiqarish jarayonida
unumli kapitalga, ya’ni ishlab chiqarish omillariga aylanadi. Ishlab chiqarilgan tovar va
xizmatlarda xarajatlar tarzida gavdalanadi.
Xulosa
*Bozor iqtisodiyotining muhim afzalligidan biri uni tadbirkorlikka asoslanganligidir.
Iqtisodiy nuqtai nazardan tadbirkorlikni
1) iqtisodiy kategoriya sifatida;
2)xo’jalik yuritish metodi;
3) iqtisodiy fikrlashning o’ziga xos tipi sifatida qaraladi.
*Tadbirkorlik qobiliyatini ishga solish, faoliyatga aylantirishning namoyon bo’lishi,
tashkiliy shakli g’arbda biznes deb yuritiladi. Tadbirkorlikning asosiy tashkiliy shakllari uchga:
individual xususiy,
sherikchilik, korporatsiyaga bo’linadi.
*Tadbirkorlik faoliyati sub’ektlarning huquqiy maqomiga ko’ra: yuridik shaxslar, yakka
xususiy tadbirkorlik bilan shug’ullanuvchi jismoniy shaxslar tadbirkorligi; Mulkchilik maqomiga
ko’ra: individual-xususiy, oilaviy-xususiy,
korporativ-xususiy, jamoa, davlat, aralash
mulkchilikka asoslangan tadbirkorlik; Faoliyat yuritish mazmuni jihatidan: ishlab chiqarish va
xizmat ko’rsatish ( tijorat, moliya, vositachilik, servis, konsalting, maishiy va boshqalar)ga;
Tadbirkorlik yuritish tarmoq, sohalariga ko’ra sanoat, qurilish, qishloq xo’jaligi,
xizmat
ko’rsatish; Faoliyat yuritish ko’lami, ishlab chiqarish hajmi yoki band bo’lgan ishlovchilar
soniga qarab, kichik, o’rta, yirik tadbirkorlik-biznesdan iborat.
*Bozor iqtisodiyotida individual –xususiy tadbirkorlik o’ziga xos muhim o’rin tutadi.
Lekin iqtisodiy faoliyatga nisbatan obro’li, barqaror, uzoq muddatli vaqtga mo’ljallangan,
ko’lami jihatidan salmoqli shakli korxona, firmadir.
*Biznesning tashkiliy shaklining o’ziga xos afzalliklari va kamchiliklari mavjudki,
tadbirkor, biznesmen biznesning tashkiliy shaklini tanlaganda, davlat tadbirkorlik faoliyatini
ko’llab quvatlash uchun chora-tadbirlar belgilaganda hisobga olishi zarur.
*Korxona, firmalar o’z maqsadlariniamalga oshirish uchun turli iqtisodiy
birlashmalartashkil etishadi.
Bular xolding, kartel, va hokazolar bo’lib, undan tashqari turli
jamoatchilik uyushmalari, tadbirkorlar ittifoqi, savdo-sanoat palatalari, biznesni qo’llovchi turli
fondlar va hokazolardan iborat.
*Tadbirkorlik riskka asoslanadi, doimo tavakkalchilik xatari mavjud. Shuning uchun ham
tadbirkorlik qilish hammani qo’lidan kelavermaydi. Tadqiqotchilarning kuzatishicha riskka
ishqivozlar tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanishga moyil bo’lishar ekan.
Tadbirkorlar riskni
kamaytirish yo’llarini qidirib topishadi. Tadbirkorlik faoliyati yuritishda 2 xil strategiya mavjud:
mudofaaga asoslangan, hujumkorlikka asoslangan.
*Tadbirkorni faoliyat yuritish uchun sarflagan mablag’i uning foyda olish maqsadiga
xizmat qilishi uchun real kapitalga aylanishi zarur. Real kapital o’z xususiyatlari: ishlab
chiqarish jarayonida o’z xossalarini o’zgartirish yoki o’zgartirmasligi, qiymatini tiklash
muddatiga ko’ra asosiy va aylanma kapitalga bo’linadi.
*Tadbirkorlar asosiy va aylanma kapital samaradorligiga alohida diqqat qaratishadi.
Kapital samaradorligi, mehnat, material. Energiya sig’imi, kapitalning aylanish tezligi, kapital,
mehnat unumdorligi va hokazo ko’rsatkichlar orqali baholanadi.
*Tadbirkorlikning iqtisodiy o’sishni, ish bilan bandlikni ta’minlashda
nihoyatda katta
ahamiyatga ega ekanligini hisobga olib, respublikamizda uni rivojlantirishga alohida e’tibor
berilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: