4-MAVZU: BIOSFERA.
REJA:
1.Biosfera haqida Vernadskiy ta’limoti.
2.Biosfera chegaralari va tarkibiy qismlari
3. Biosferadagi moddalarning xossasi va funktsiyalari.
4. Biosferada moddalarning aylanishi.
Tayanchso’zlar:
Biosfera, litosfera, gidrosfera, tirik modda, o’lik modda,
oraliq modda, biogenmodda, biogeokimyoviy, energetik xususiyat, fotosintez,
oksidlanish-qaytarilish, parchalanish, transport xususiyati
Quyosh sistemasida Yerning boshqa sayyoralardan farqi nimada? Asosiy farq
bu Yerda tirik organizmining mavjudligidadir.Yerning bir qismini - biosfera
tashkil qiladi.Biosfera bu- yerning suv va atmosfera qobig’ining bir qismini tashkil
qiladi. Biosfera nimalardan tashkil topgan? Birinchi shakl ko'rsatadiki, Biosfera
turli xil organizmlardan, bir biridan farqlanuvchi muhitlardan iborat. Cho'l
zonasida yomg'ir miqdori kam bo'ladi. Kaktus o'simligi, Amerika bo'risi (koyot),
kaltakesaklarcho'l zonasiga xos o’simlik va hayvonlardir. Tropic zonalar esa ko’p
miqdorda yog’ingarchilik bo’ladigan issiq zonalar hisoblanadi. To'tiqush, maymun
va minglab boshqa organizmlar tropik o'rmonlarda yashaydi.
Marjon qoyalar okean suvining issiq va sayoz joylarida hosil bo'ladi. Qor va
muz bilan qoplangan Arktika zonasi shimolda joylashgan Qutb ayig'l, tyulen,
morjlar Arktikada yashaydi. Biosfera okean , tropik cho'l va qutblardan iborat
bo'lgan ko'plab zonalarni o'z ichiga oladi.
Suvning ay lanishi
Agarda siz suv tomchisini quyosh tushib turgan tomonda oyna ustiga
qo’ysangiz, suv parlanadi. Parlanish shunday ro’y beradiki, bunda suv bug’ga
aylanadi va gaz shaklida atmosferaga chiqadi. Suv ko’llar, jilg’alar, hovuzlar va
okeanlarning yuza qismidan parlanadi. SHuningdek, suv bug’i atmosferaga
transpiratsiya jarayonida o’simlik barglaridan ham ko’tariladi. Hayvonlar suv
bug’ini havoga yugurib kelganda yoki harakat qilganda ko’proq chiqaradi. Suv
hayvonlarning chiqindilaridan ham atrofmuhitga qaytadi.
Yeryuzidagi tirik organizmlar tarqalgan, ularning doimiy ta’siri ostida
bo‘lgan va faoliyati mahsulotlari egallagan qobiq biosfera (yunoncha “bios” –
hayot, “sfera” – shar) deb ataladi. Biosferaning ikkinchi tarkibiy qismi o‘lik
moddalar (iqlim, atmosfera, tog‘ jinslari va boshqalar) hisoblanib, ularning hosil
bo‘lishida tirik organizmlar qatnashmaydigan biosferadagi moddalar yig‘indisi
kiradi. Biosferada oraliq moddalar ham ajratilib, ular o‘lik va tirik moddalarning
birgalikdagi faoliyatidan hosil bo‘ladi. Tirik organizmlar oraliq moddalar hosil
bo‘lishida yetakchio‘rinni egallaydi. Oraliq moddalar - Yerdagi tirik moddaning
faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan tuproq, yemirilgan tog‘ jinslari va barcha tabiiy
suvlardir. Bulardan tashqari, biogen moddalar ham mavjud. Ular tirik
organizmlarning hayoti davomida hosil bo‘ladi va o‘zgarishlarga uchraydi.
Ularga nihoyatda katta potensial energiyaga ega bo‘lgan toshko‘mir, bitum, neft,
ohaktosh va boshqalar kiradi (1-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |